Yangi tillar o'rganish sirlari
-
0:02 - 0:05Men chet tillarini o'rganishni yoqtiraman.
-
0:05 - 0:09Menga bu mashg'ulot shunchalik yoqadiki,
men har ikki yilda yangi til o'rganaman. -
0:09 - 0:11Hozirda esa sakkizinchisini o'rganayapman.
-
0:11 - 0:13Odamlar bu haqda xabar topganlarida
doim so'rashadi: -
0:14 - 0:16"Buni qanday qilasan? Siring nimada?"
-
0:16 - 0:19To'g'risini aytsam, yillar davomida
shunday deb kelganman: -
0:19 - 0:21"Bilmadim. Men til o'rganishni
yoqtiraman xolos". -
0:22 - 0:24Ammo bu javob odamlarni hech
ham qoniqtirmasdi. -
0:24 - 0:28Ular bitta til o'rganish uchun yillarni
sarflasa ham, nega yuqori darajaga erisha -
0:28 - 0:30olmasligini bilishni istashardi.
-
0:30 - 0:33Shunday bir holatda ular oldida ko'p
tillarni o'rganuvchi men... -
0:33 - 0:35Ular poliglotlar, ko'p tillarda
so'zlay oluvchi -
0:35 - 0:37insonlar sirini bilishni xohlashadi.
-
0:37 - 0:39Bunga men ham qiziqib qoldim,
-
0:39 - 0:41aslida poliglotlar buni qanday
uddalashadi? -
0:41 - 0:43Umumiy tomonlarimiz nimada?
-
0:43 - 0:45Bizga boshqa insonlarga nisbatan tilni
-
0:45 - 0:47tezroq tilni o'zlashtirishga nima
yordam beradi? -
0:48 - 0:51Poliglotlar bilan ko'rishib,
buni aniqlashga qaror qildim. -
0:52 - 0:54Eng oson yo'li - bir vaqtning o'zida bir
-
0:54 - 0:56nechasini uchratish, yuzlab poliglotlar
bir joyda -
0:56 - 0:59yig'ilib, tajriba almashadigan tadbirda.
-
0:59 - 1:02Dunyo miqyosida o'tkaziladigan bir nechta
poliglotlar tadbirlari bor. -
1:02 - 1:04Men shu tadbirlarga bordim,
-
1:04 - 1:06poliglotlardan o'zlarining metodlari
haqda so'radim. -
1:07 - 1:09Men irlandiyalik Benni bilan tanishdim.
-
1:09 - 1:13Aytishicha, uning metodi birinchi kundanoq
muloqot qilishga intilishdan iborat. -
1:14 - 1:17U so'zlashgichdan bir necha iboralarni
o'rganadi va shu tilda -
1:17 - 1:19gaplashuvchi odam bilan tanishib,
-
1:19 - 1:22ortga surmasdan darrov muloqot
qilishni boshlaydi. -
1:22 - 1:24U kuniga 200 marta xato qilsa ham
bundan havotir olmaydi. -
1:24 - 1:27Chunki u shunday o'rganadi,
muloqot orqali. -
1:27 - 1:31Hozirgi kunda buning uchun sayohat qilish
ham shartmas, bu ajoyib! -
1:31 - 1:34Chunki hozir boshqa tilda gapiruvchilar
bilan so'zlashish oson -
1:34 - 1:36va buni o'z xonangizdan chiqmasdan
ham qila olasiz. -
1:36 - 1:38Men braziliyalik Lukasni uchratdim,
-
1:38 - 1:41uning rus tilini o'rganish metodi
bilan tanishdim. -
1:41 - 1:47U Skype'da istalgan yuzlab ruslarga
do'stlik takliflari yuboradi, -
1:47 - 1:51va istalgan bittasini tanlab chat
oynasini ochadi. -
1:51 - 1:52Va "Привет" deb yozadi.
-
1:53 - 1:56U inson "Привет, как дела?" javob yozadi.
-
1:56 - 2:00Lukas buni "копировать" qiladi va boshqa
bir chatga tashlaydi, -
2:00 - 2:04u chatdagi inson esa bunga: "Я хорошо,
спасибо, а как ты?" deb yozadi. -
2:04 - 2:07Lukas buni ham nusxalaydi va birinchi
insonga yuboradi. -
2:07 - 2:10Va shu yo'l bilan u orqali ikkita inson
o'zlari bilmagan holda -
2:10 - 2:12bir-biri bilan gaplashadi.
-
2:12 - 2:13(Kulgu)
-
2:13 - 2:15Tez orada o'zi ham yozishni boshlaydi.
-
2:15 - 2:17Suhbatlar soni ko'payib,
-
2:17 - 2:20endi uning o'zi ham tushuna boshlaydi.
-
2:20 - 2:22Mohirona metod, shunday emasmi?
-
2:22 - 2:27Keyin men o'rganishni shu tildagi
tovushlarni qo'llash bilan boshlaydigan, -
2:27 - 2:31shu tilda eng ko'p ishlatiladigan 500 ta
so'zdan boshlaydigan, va hattoki -
2:31 - 2:35grammatikasini o'rganish bilan
boshlaydiganlarni ham ko'rdim. -
2:36 - 2:38Yuzlab poliglotlardan so'rab,
-
2:38 - 2:42siz yuzta tur xil usullarni eshitishingiz
mumkin. -
2:42 - 2:45Har birining o'zining til o'rganish
metodi bor, -
2:45 - 2:49lekin hammamiz bir xil natijaga erishamiz:
bir necha tilda oson gapiramiz. -
2:50 - 2:54O'z usullari haqida gapirayotgan barcha
poliglotlarni tinglayotib, -
2:54 - 2:57men shuni tushundim,
-
2:57 - 3:00bizni bir narsa bog'laydi:
-
3:00 - 3:05biz til o'rganish jarayonidan zavq
olishning yo'llarini topganmiz xolos. -
3:05 - 3:08Barcha poliglotlar o'zlarining til
o'rganishlari haqida -
3:08 - 3:10zavqlanib gapirishardi.
-
3:10 - 3:11Ularni bir ko'rsangiz edi.
-
3:11 - 3:14Rangli grammatik jadvallarini
namoyish etishlari, -
3:14 - 3:16qo'lda yasalgan yangi so'zlar yozilgan
kartochkalar, -
3:16 - 3:19va ularning dasturlar orqali so'z
o'rganish statistikalarini. -
3:19 - 3:24Hattoki chet tilida yozilgan retseptlar
bo'yicha ovqatlar tayyorlashar edi. -
3:25 - 3:26Har kim har xil metodlar qo'llaydi.
-
3:26 - 3:30Shu bilan birga ular tanlagan metod
ularga zavq olibn kelishiga untilishadi. -
3:30 - 3:34Aslida men ham shunga o'xshash yo'l
bilan til o'rganishimni tushundim. -
3:34 - 3:38Men ispan tilini o'rganayotganimda
darslikdagi matnlardan zerikkan edim. -
3:38 - 3:39Temiryo'l bekatiga qanday o'tish
-
3:40 - 3:43haqida so'rayotgan Xose haqida o'qish
kimga qiziq, to'g'rimi? -
3:43 - 3:45O'rniga men "Garri Potter"ni
o'qishni xoxladim, -
3:45 - 3:47juda ko'p marotaba o'qigan, bolalik
-
3:47 - 3:49davrimdagi eng sevimli kitobim.
-
3:49 - 3:52"Garri Potter"ning ispancha tarjimasini
topdim va o'qishi boshladim. -
3:53 - 3:56Boshida, albatta, men deyarli hech
narsani tushunmadim, lekin bu -
3:56 - 3:58kitobni yoqtirganim uchun o'qishda
davom etdim. -
3:58 - 4:02Va oxiriga kelganimda muammolarsiz
tushuna boshladim. -
4:02 - 4:05Xuddi shu holat nemis tilini
boshlaganimda ham bo'ldi. -
4:05 - 4:08Sevimli serialim "Friends"ni nemis tilida
ko'rishga qaror qildim, -
4:08 - 4:11va yana boshida hammasi tushunarsiz edi.
-
4:11 - 4:15Qachon bitta so'z tugab, boshqasi
boshlanayotganini tushunmasdim. -
4:15 - 4:17Lekin har kuni ko'rishda davom etdim,
chunki bu Friends. -
4:17 - 4:20Men uni istalgan tilda ko'rishim mumkin,
juda -
4:20 - 4:22yoqtiraman.
Va nihoyat 2-3 fasldan keyin -
4:22 - 4:24men ular nima deyotganini tushuna
boshladim. -
4:25 - 4:28Boshqa poliglotlar bilan ko'rishgach,
shuni tushundim: -
4:28 - 4:30bizlar daho emasmiz, bizda tezkor
-
4:30 - 4:32va oddiy til o'rganish
usullari ham yo'q. -
4:32 - 4:36Biz faqat bu jarayondan zavqlana olamiz.
-
4:36 - 4:39Til o'rganishni zerikarli maktab darsidan
-
4:39 - 4:43har kungi yoqimli mashg'ulotga
aylantirgan holda. Agar siz -
4:44 - 4:46so'zlarni qog'ozga yozishni
yoqtirmasangiz, -
4:46 - 4:47ularni dasturda saqlashingiz
mumkin. -
4:47 - 4:50Agar darslikdagi zerikarli materiallarni
eshitishni -
4:50 - 4:55xohlamasangiz, unda YouTube yoki
podkastlarni shu tilda topishingiz mumkin. -
4:55 - 4:56Agar siz introvert bo'lsangiz,
-
4:56 - 4:59va kim bilandir muloqotni tasavvur
qila olmasangiz, unda -
4:59 - 5:02ichki monolog metodidan foydalanishingiz
mumkin. -
5:02 - 5:04O'z xonangizda hotirjam o'z-o'zingiz
bilan gaplashing, -
5:04 - 5:07hafta rejasini, kun qanday o'tganini
gapirib bergan, -
5:07 - 5:09yoki telefondagi istalgan bir rasmni olib,
-
5:09 - 5:13uni tasvirlab bergan holda.
-
5:13 - 5:16Mana poliglotlar tillarni qanday
o'rganadi. -
5:16 - 5:19Eng yaxshi tomoni shuki, bu til
o'rganishni xoxlagan -
5:19 - 5:21barcha uchun qulaydir.
-
5:23 - 5:25Boshqa poliglotlar bilan uchrashuv menga
-
5:25 - 5:28til o'rganishdan zavqlana olish juda muhim
-
5:28 - 5:30ekanligini tushunishimga yordam berdi.
-
5:30 - 5:33Lekin bitta buning o'zi kamlik qiladi.
-
5:34 - 5:36Agar ma'lum bir tilda erkin muloqot
qilishni xoxlasangiz, -
5:36 - 5:39siz yana uchta qoidaga amal qilishingiz
kerak. -
5:40 - 5:42Birinchidan, samarali metodlardan
foydalaning. -
5:43 - 5:47Agar siz ertaga testda tushadigan
so'zlarni yodlashga harakat qilsangiz, -
5:47 - 5:49so'zlar sizning qisqa xotirangizga
joylashadi, -
5:49 - 5:51siz ularni bir necha kun o'tib unutasiz.
-
5:51 - 5:54Agar so'zlar uzoq xotirada saqlanishini
xoxlasangiz, -
5:54 - 5:57siz ularni bir necha kun davomida
takrorlab yurishingiz kerak, -
5:57 - 6:00intervalli takrorlash yordamida.
-
6:00 - 6:04Siz buning uchun Anki yoki Memrise
kabi dasturlarni qo'llashingiz mumkin. -
6:04 - 6:07Yoki poliglotlar orasida keng
qo'llaniladigan "Oltin ro'yhat" metodi -
6:07 - 6:10ya'ni daftarga so'zlarni yozib borishdan
foydalaning. -
6:10 - 6:14Agar qaysidir metod samarali yoki
qulayligiga ishonchingiz komil bo'lmasa, -
6:14 - 6:17poliglotlarning YouTube kanallari va
vebsaytlarini kuzating, -
6:17 - 6:18ulardan ilhomlanish mumkin.
-
6:19 - 6:21Agar bu usullar ularda ishlasa,
sizga ham asqotishi kerak. -
6:23 - 6:25Uchinchi qoida, bu o'rganish jarayonda
-
6:25 - 6:27tizimli yondashuvni qo'llay olish.
-
6:28 - 6:32Biz hammamiz juda bandmiz va odatda
bizga til o'rganish uchun vaqt yetmaydi. -
6:32 - 6:36Lekin biz agar hammasini oldindan
rejalashtirsak bo'sh vaqt topa olamiz. -
6:36 - 6:39Siz odatdagidan 15 daqiqa oldinroq
uyg'ona olasizmi? -
6:39 - 6:42Bu so'zlarni takrorlash uchun eng qulay
vaqt bo'lgan bo'lardi. -
6:43 - 6:46Ishga ketayotib yoki mashina boshqarayotib
podkastlarni tinglay olasizmi? -
6:46 - 6:50Chet tilidagi nutqni eshita boshlash siz
uchun foydali bo'ladi. -
6:50 - 6:53Rejalashtirmasdan ham qilsa bo'ladigan
ko'plab mashg'ulotlar bor. -
6:53 - 6:56Masalan, podkastlarni siz ishga
ketayotib yoki uyingizni -
6:56 - 6:58tozalayotib tinglashingiz mumkin.
-
6:58 - 7:01Til o'rganish rejasini tuzish muhimdir.
-
7:01 - 7:03"Men har seshanba va payshanba
o'rtog'im bilan -
7:03 - 7:05muloqot qilishni 20 daqiqa mashq qilamiz.
-
7:06 - 7:10Nonushta payti YouTubeda videolarni
tinglayman". -
7:10 - 7:12Agar siz tizimli yondashuvni qo'llasangiz,
-
7:12 - 7:14vaqt yetishmovchiligini his qilmaysiz,
-
7:14 - 7:16til o'rganish hayotingizni bir bo'lagiga
aylanadi. -
7:18 - 7:21Va so'ngida siz bu tilni mukammal
bilishni xoxlasangiz, -
7:21 - 7:24sizdan yanada sabr talab etiladi.
-
7:25 - 7:27Ikki oy ichida tilni o'rganishning
iloji yo'q, -
7:27 - 7:31lekin ikki oy ichida sezilarli progressga
erishish mumkin. -
7:31 - 7:35Albatta har kuni oz-ozdan, jarayondan
zavqlangan holda o'rgangan bo'lsangiz. -
7:35 - 7:37Va bizni shaxsiy rivojlanishimizdanda
ko'proq -
7:37 - 7:38motivatsiyani o'zi yo'q.
-
7:39 - 7:41Men "Friends" serialida birinchi marta
-
7:41 - 7:45nemis tilidagi hazilni tushungan lahzamni
juda yaxshi eslayman. -
7:45 - 7:47Men juda baxtiyor va ilhomlangan edim.
-
7:47 - 7:50Men shu kuni odatdagidan ikki seriya
ko'proq ko'rdim, -
7:50 - 7:52va ko'rayotib
-
7:52 - 7:56men sahnalarni yanada yaxshi tushunishni
boshladim. -
7:56 - 8:00Mening kichkina g'alabam meni qadamma-
qadam yangi darajaga, -
8:00 - 8:03bu tilni qo'llay olishimga olib keldi.
-
8:03 - 8:04Bu ajoyib hissoyot!
-
8:05 - 8:06Menga bu his shunchalik yoqdiki,
-
8:07 - 8:09men har ikki yilda yangi til o'rganaman.
-
8:09 - 8:11Mana poliglotlarning asosiy siri.
-
8:11 - 8:14Ma'lum bir vaqt oralig'ida tizimli
qo'llasa bo'ladigan -
8:14 - 8:18samarali metodni topish va bu jarayondan
zavqlanish. -
8:18 - 8:22Poliglotlar tillarni aynan shunday
o'rganishadi, yillar emas, oylar davomida. -
8:23 - 8:25Hozir kimlardir o'ylashi mumkin:
-
8:25 - 8:27"Bu albatta chiroyli eshitiladi,
zavq olish... -
8:27 - 8:30Lekin asosiy sir poliglotlarning
bizlarga qaraganda -
8:30 - 8:32superqobiliyatliroq ekanliklaringizda
emasmi?" -
8:33 - 8:36Benni va Lukas haqida men sizlarga
aytmagan yana bir narsa bor. -
8:37 - 8:43Benni maktabda 11 yil irlandcha va 5 yil
nemis tilini o'rgangan. -
8:43 - 8:46Maktabni tamomlagach, u bu tillarda umuman
gapira olmasdi. -
8:46 - 8:5021 yoshgacha u o'zida "til o'rganish
geni" yo'q -
8:50 - 8:53va chet tillarida gapira olmayman deb
hisoblardi. -
8:53 - 8:56Keyin u til o'rganishda o'zining yo'lini
qidira boshladi, -
8:56 - 9:00turli xil tillarda gapiruvchi insonlar
bilan muloqotga kirishishga intildi. -
9:00 - 9:04Va bugun Benni 10 xil tilda suhbat
qura oladi. -
9:05 - 9:08Lukas maktabda ingliz tilini o'rganishga
10 yil uringan. -
9:08 - 9:11U sinfdagi eng yomon o'quvchilardan
biri bo'lgan. -
9:11 - 9:13Hatto do'stlari ustidan kulishgan
-
9:13 - 9:15va hazil tariqasida unga rus tili
darsligini berishgan. -
9:15 - 9:19Ular u hech qachon bu yoki boshqa
tilni o'zlashtirolmaydi deb o'ylashgan. -
9:19 - 9:21Shunda Lukas turli metodlarni
tajriba qilib, -
9:22 - 9:23o'z usulini qidira boshlagan.
-
9:25 - 9:29Masalan, Skype orqali notanish insonlar
bilan muloqot. -
9:29 - 9:31Va oradan 10 yil o'tib
-
9:31 - 9:34Lukas 11 ta tilda bemalol gaplasha oladi.
-
9:35 - 9:37Bu mo'jizadek eshitiladimi?
-
9:37 - 9:40Men har kuni bunday mo'jizalarni guvohi
bo'laman. -
9:41 - 9:42Til o'rganish bo'yicha
-
9:42 - 9:45ko'pchilikka mustaqil o'rganishida
yordamlashaman, -
9:45 - 9:46har kun mo'jiza ko'raman.
-
9:46 - 9:50Odamlar til o'rganishga 5 yil, 10 yoki
hattoki, 20 yil harakat qilishadi, -
9:50 - 9:54va ular o'rganishni o'z qo'llariga
olganlarida, -
9:54 - 9:57o'zlariga yoqadigan material va
metodlarni qo'llay boshlaganlarida, -
9:57 - 9:59yoki o'z ta'limini kuzatib,
-
9:59 - 10:02o'z rivojlanishiga baho berishni
boshlaganlarida, -
10:02 - 10:04aynan shu vaqtdan boshlab, go'yoki
-
10:04 - 10:08mo'jizadek ko'ringan til o'rganish
layoqatini o'zida kuzatishni boshlashadi. -
10:09 - 10:12Shunday ekan, agarda siz ham til
o'rganishga -
10:12 - 10:14harakat qilib, keyin bu juda qiyin
yoki men -
10:14 - 10:16qobiliyatsizman deb tashlab qo'ygan
bo'lsangiz, -
10:16 - 10:18yana bir bor urinib ko'ring.
-
10:18 - 10:21Balki sizga tilni yaxshi o'zlashtirish
uchun -
10:21 - 10:23qiziqarli metod yetishmayotgandir.
-
10:23 - 10:27Balki sizga poliglot bo'lishingiz uchun
bor-yo'g'i bitta metod yetishmayotgandir. -
10:27 - 10:28Rahmat.
-
10:28 - 10:32(Qarsaklar)
- Title:
- Yangi tillar o'rganish sirlari
- Speaker:
- Lidiya Maxova
- Description:
-
Yangi til o'rganishni xoxlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi? Sizga buning uchun alohida qobiliyatga ega bo'lish yoki sizda "til o'rganish geni" bo'lishi shart emas, ta'kidlaydi Lidiya Maxova. O'zining optimistik va ilhomlantiruvchi chiqishida ma'ruzachi poliglotlarning sirlari bilan ulashadi va sizning til o'rganishga bo'lgan yashirin qobiliyatingizni kashf etishga va bundan zavq olishga yordam beradigan to'rtta qoida bilan tanishtiradi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 10:45
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for The secrets to learning a new language | ||
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The secrets to learning a new language | ||
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The secrets to learning a new language | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The secrets to learning a new language | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The secrets to learning a new language |