Men chet tillarini o'rganishni yoqtiraman.
Menga bu mashg'ulot shunchalik yoqadiki,
men har ikki yilda yangi til o'rganaman.
Hozirda esa sakkizinchisini o'rganayapman.
Odamlar bu haqda xabar topganlarida
doim so'rashadi:
"Buni qanday qilasan? Siring nimada?"
To'g'risini aytsam, yillar davomida
shunday deb kelganman:
"Bilmadim. Men til o'rganishni
yoqtiraman xolos".
Ammo bu javob odamlarni hech
ham qoniqtirmasdi.
Ular bitta til o'rganish uchun yillarni
sarflasa ham, nega yuqori darajaga erisha
olmasligini bilishni istashardi.
Shunday bir holatda ular oldida ko'p
tillarni o'rganuvchi men...
Ular poliglotlar, ko'p tillarda
so'zlay oluvchi
insonlar sirini bilishni xohlashadi.
Bunga men ham qiziqib qoldim,
aslida poliglotlar buni qanday
uddalashadi?
Umumiy tomonlarimiz nimada?
Bizga boshqa insonlarga nisbatan tilni
tezroq tilni o'zlashtirishga nima
yordam beradi?
Poliglotlar bilan ko'rishib,
buni aniqlashga qaror qildim.
Eng oson yo'li - bir vaqtning o'zida bir
nechasini uchratish, yuzlab poliglotlar
bir joyda
yig'ilib, tajriba almashadigan tadbirda.
Dunyo miqyosida o'tkaziladigan bir nechta
poliglotlar tadbirlari bor.
Men shu tadbirlarga bordim,
poliglotlardan o'zlarining metodlari
haqda so'radim.
Men irlandiyalik Benni bilan tanishdim.
Aytishicha, uning metodi birinchi kundanoq
muloqot qilishga intilishdan iborat.
U so'zlashgichdan bir necha iboralarni
o'rganadi va shu tilda
gaplashuvchi odam bilan tanishib,
ortga surmasdan darrov muloqot
qilishni boshlaydi.
U kuniga 200 marta xato qilsa ham
bundan havotir olmaydi.
Chunki u shunday o'rganadi,
muloqot orqali.
Hozirgi kunda buning uchun sayohat qilish
ham shartmas, bu ajoyib!
Chunki hozir boshqa tilda gapiruvchilar
bilan so'zlashish oson
va buni o'z xonangizdan chiqmasdan
ham qila olasiz.
Men braziliyalik Lukasni uchratdim,
uning rus tilini o'rganish metodi
bilan tanishdim.
U Skype'da istalgan yuzlab ruslarga
do'stlik takliflari yuboradi,
va istalgan bittasini tanlab chat
oynasini ochadi.
Va "Привет" deb yozadi.
U inson "Привет, как дела?" javob yozadi.
Lukas buni "копировать" qiladi va boshqa
bir chatga tashlaydi,
u chatdagi inson esa bunga: "Я хорошо,
спасибо, а как ты?" deb yozadi.
Lukas buni ham nusxalaydi va birinchi
insonga yuboradi.
Va shu yo'l bilan u orqali ikkita inson
o'zlari bilmagan holda
bir-biri bilan gaplashadi.
(Kulgu)
Tez orada o'zi ham yozishni boshlaydi.
Suhbatlar soni ko'payib,
endi uning o'zi ham tushuna boshlaydi.
Mohirona metod, shunday emasmi?
Keyin men o'rganishni shu tildagi
tovushlarni qo'llash bilan boshlaydigan,
shu tilda eng ko'p ishlatiladigan 500 ta
so'zdan boshlaydigan, va hattoki
grammatikasini o'rganish bilan
boshlaydiganlarni ham ko'rdim.
Yuzlab poliglotlardan so'rab,
siz yuzta tur xil usullarni eshitishingiz
mumkin.
Har birining o'zining til o'rganish
metodi bor,
lekin hammamiz bir xil natijaga erishamiz:
bir necha tilda oson gapiramiz.
O'z usullari haqida gapirayotgan barcha
poliglotlarni tinglayotib,
men shuni tushundim,
bizni bir narsa bog'laydi:
biz til o'rganish jarayonidan zavq
olishning yo'llarini topganmiz xolos.
Barcha poliglotlar o'zlarining til
o'rganishlari haqida
zavqlanib gapirishardi.
Ularni bir ko'rsangiz edi.
Rangli grammatik jadvallarini
namoyish etishlari,
qo'lda yasalgan yangi so'zlar yozilgan
kartochkalar,
va ularning dasturlar orqali so'z
o'rganish statistikalarini.
Hattoki chet tilida yozilgan retseptlar
bo'yicha ovqatlar tayyorlashar edi.
Har kim har xil metodlar qo'llaydi.
Shu bilan birga ular tanlagan metod
ularga zavq olibn kelishiga untilishadi.
Aslida men ham shunga o'xshash yo'l
bilan til o'rganishimni tushundim.
Men ispan tilini o'rganayotganimda
darslikdagi matnlardan zerikkan edim.
Temiryo'l bekatiga qanday o'tish
haqida so'rayotgan Xose haqida o'qish
kimga qiziq, to'g'rimi?
O'rniga men "Garri Potter"ni
o'qishni xoxladim,
juda ko'p marotaba o'qigan, bolalik
davrimdagi eng sevimli kitobim.
"Garri Potter"ning ispancha tarjimasini
topdim va o'qishi boshladim.
Boshida, albatta, men deyarli hech
narsani tushunmadim, lekin bu
kitobni yoqtirganim uchun o'qishda
davom etdim.
Va oxiriga kelganimda muammolarsiz
tushuna boshladim.
Xuddi shu holat nemis tilini
boshlaganimda ham bo'ldi.
Sevimli serialim "Friends"ni nemis tilida
ko'rishga qaror qildim,
va yana boshida hammasi tushunarsiz edi.
Qachon bitta so'z tugab, boshqasi
boshlanayotganini tushunmasdim.
Lekin har kuni ko'rishda davom etdim,
chunki bu Friends.
Men uni istalgan tilda ko'rishim mumkin,
juda
yoqtiraman.
Va nihoyat 2-3 fasldan keyin
men ular nima deyotganini tushuna
boshladim.
Boshqa poliglotlar bilan ko'rishgach,
shuni tushundim:
bizlar daho emasmiz, bizda tezkor
va oddiy til o'rganish
usullari ham yo'q.
Biz faqat bu jarayondan zavqlana olamiz.
Til o'rganishni zerikarli maktab darsidan
har kungi yoqimli mashg'ulotga
aylantirgan holda. Agar siz
so'zlarni qog'ozga yozishni
yoqtirmasangiz,
ularni dasturda saqlashingiz
mumkin.
Agar darslikdagi zerikarli materiallarni
eshitishni
xohlamasangiz, unda YouTube yoki
podkastlarni shu tilda topishingiz mumkin.
Agar siz introvert bo'lsangiz,
va kim bilandir muloqotni tasavvur
qila olmasangiz, unda
ichki monolog metodidan foydalanishingiz
mumkin.
O'z xonangizda hotirjam o'z-o'zingiz
bilan gaplashing,
hafta rejasini, kun qanday o'tganini
gapirib bergan,
yoki telefondagi istalgan bir rasmni olib,
uni tasvirlab bergan holda.
Mana poliglotlar tillarni qanday
o'rganadi.
Eng yaxshi tomoni shuki, bu til
o'rganishni xoxlagan
barcha uchun qulaydir.
Boshqa poliglotlar bilan uchrashuv menga
til o'rganishdan zavqlana olish juda muhim
ekanligini tushunishimga yordam berdi.
Lekin bitta buning o'zi kamlik qiladi.
Agar ma'lum bir tilda erkin muloqot
qilishni xoxlasangiz,
siz yana uchta qoidaga amal qilishingiz
kerak.
Birinchidan, samarali metodlardan
foydalaning.
Agar siz ertaga testda tushadigan
so'zlarni yodlashga harakat qilsangiz,
so'zlar sizning qisqa xotirangizga
joylashadi,
siz ularni bir necha kun o'tib unutasiz.
Agar so'zlar uzoq xotirada saqlanishini
xoxlasangiz,
siz ularni bir necha kun davomida
takrorlab yurishingiz kerak,
intervalli takrorlash yordamida.
Siz buning uchun Anki yoki Memrise
kabi dasturlarni qo'llashingiz mumkin.
Yoki poliglotlar orasida keng
qo'llaniladigan "Oltin ro'yhat" metodi
ya'ni daftarga so'zlarni yozib borishdan
foydalaning.
Agar qaysidir metod samarali yoki
qulayligiga ishonchingiz komil bo'lmasa,
poliglotlarning YouTube kanallari va
vebsaytlarini kuzating,
ulardan ilhomlanish mumkin.
Agar bu usullar ularda ishlasa,
sizga ham asqotishi kerak.
Uchinchi qoida, bu o'rganish jarayonda
tizimli yondashuvni qo'llay olish.
Biz hammamiz juda bandmiz va odatda
bizga til o'rganish uchun vaqt yetmaydi.
Lekin biz agar hammasini oldindan
rejalashtirsak bo'sh vaqt topa olamiz.
Siz odatdagidan 15 daqiqa oldinroq
uyg'ona olasizmi?
Bu so'zlarni takrorlash uchun eng qulay
vaqt bo'lgan bo'lardi.
Ishga ketayotib yoki mashina boshqarayotib
podkastlarni tinglay olasizmi?
Chet tilidagi nutqni eshita boshlash siz
uchun foydali bo'ladi.
Rejalashtirmasdan ham qilsa bo'ladigan
ko'plab mashg'ulotlar bor.
Masalan, podkastlarni siz ishga
ketayotib yoki uyingizni
tozalayotib tinglashingiz mumkin.
Til o'rganish rejasini tuzish muhimdir.
"Men har seshanba va payshanba
o'rtog'im bilan
muloqot qilishni 20 daqiqa mashq qilamiz.
Nonushta payti YouTubeda videolarni
tinglayman".
Agar siz tizimli yondashuvni qo'llasangiz,
vaqt yetishmovchiligini his qilmaysiz,
til o'rganish hayotingizni bir bo'lagiga
aylanadi.
Va so'ngida siz bu tilni mukammal
bilishni xoxlasangiz,
sizdan yanada sabr talab etiladi.
Ikki oy ichida tilni o'rganishning
iloji yo'q,
lekin ikki oy ichida sezilarli progressga
erishish mumkin.
Albatta har kuni oz-ozdan, jarayondan
zavqlangan holda o'rgangan bo'lsangiz.
Va bizni shaxsiy rivojlanishimizdanda
ko'proq
motivatsiyani o'zi yo'q.
Men "Friends" serialida birinchi marta
nemis tilidagi hazilni tushungan lahzamni
juda yaxshi eslayman.
Men juda baxtiyor va ilhomlangan edim.
Men shu kuni odatdagidan ikki seriya
ko'proq ko'rdim,
va ko'rayotib
men sahnalarni yanada yaxshi tushunishni
boshladim.
Mening kichkina g'alabam meni qadamma-
qadam yangi darajaga,
bu tilni qo'llay olishimga olib keldi.
Bu ajoyib hissoyot!
Menga bu his shunchalik yoqdiki,
men har ikki yilda yangi til o'rganaman.
Mana poliglotlarning asosiy siri.
Ma'lum bir vaqt oralig'ida tizimli
qo'llasa bo'ladigan
samarali metodni topish va bu jarayondan
zavqlanish.
Poliglotlar tillarni aynan shunday
o'rganishadi, yillar emas, oylar davomida.
Hozir kimlardir o'ylashi mumkin:
"Bu albatta chiroyli eshitiladi,
zavq olish...
Lekin asosiy sir poliglotlarning
bizlarga qaraganda
superqobiliyatliroq ekanliklaringizda
emasmi?"
Benni va Lukas haqida men sizlarga
aytmagan yana bir narsa bor.
Benni maktabda 11 yil irlandcha va 5 yil
nemis tilini o'rgangan.
Maktabni tamomlagach, u bu tillarda umuman
gapira olmasdi.
21 yoshgacha u o'zida "til o'rganish
geni" yo'q
va chet tillarida gapira olmayman deb
hisoblardi.
Keyin u til o'rganishda o'zining yo'lini
qidira boshladi,
turli xil tillarda gapiruvchi insonlar
bilan muloqotga kirishishga intildi.
Va bugun Benni 10 xil tilda suhbat
qura oladi.
Lukas maktabda ingliz tilini o'rganishga
10 yil uringan.
U sinfdagi eng yomon o'quvchilardan
biri bo'lgan.
Hatto do'stlari ustidan kulishgan
va hazil tariqasida unga rus tili
darsligini berishgan.
Ular u hech qachon bu yoki boshqa
tilni o'zlashtirolmaydi deb o'ylashgan.
Shunda Lukas turli metodlarni
tajriba qilib,
o'z usulini qidira boshlagan.
Masalan, Skype orqali notanish insonlar
bilan muloqot.
Va oradan 10 yil o'tib
Lukas 11 ta tilda bemalol gaplasha oladi.
Bu mo'jizadek eshitiladimi?
Men har kuni bunday mo'jizalarni guvohi
bo'laman.
Til o'rganish bo'yicha
ko'pchilikka mustaqil o'rganishida
yordamlashaman,
har kun mo'jiza ko'raman.
Odamlar til o'rganishga 5 yil, 10 yoki
hattoki, 20 yil harakat qilishadi,
va ular o'rganishni o'z qo'llariga
olganlarida,
o'zlariga yoqadigan material va
metodlarni qo'llay boshlaganlarida,
yoki o'z ta'limini kuzatib,
o'z rivojlanishiga baho berishni
boshlaganlarida,
aynan shu vaqtdan boshlab, go'yoki
mo'jizadek ko'ringan til o'rganish
layoqatini o'zida kuzatishni boshlashadi.
Shunday ekan, agarda siz ham til
o'rganishga
harakat qilib, keyin bu juda qiyin
yoki men
qobiliyatsizman deb tashlab qo'ygan
bo'lsangiz,
yana bir bor urinib ko'ring.
Balki sizga tilni yaxshi o'zlashtirish
uchun
qiziqarli metod yetishmayotgandir.
Balki sizga poliglot bo'lishingiz uchun
bor-yo'g'i bitta metod yetishmayotgandir.
Rahmat.
(Qarsaklar)