Miyaning 83 mingta skanerlari bizga nima haqida hikoya qiladi? | Deniel Emen | TEDxOrangeCoast
-
0:07 - 0:13Ushbu maruzada sizga miyaning
83 mingta skanerlaridan hamkasblarim -
0:13 - 0:19va o’zim o’rgangan eng muhim
saboqni ulashmoqchiman. -
0:19 - 0:23Lekin undan avval, bu saboqni bir
misolda tushuntirib beray. -
0:23 - 0:26Men yetti nafar
farzandning o’rtanchasiman. -
0:26 - 0:29Dadam meni o’zbilarmon deb chaqirardi,
-
0:29 - 0:32uning nazarida, bu yaxshi xislat emasdi.
-
0:32 - 0:34(Kulgu)
-
0:34 - 0:371972-yilda armiyadan qo’ng’iroq qilishdi
-
0:37 - 0:42va men harbiy shifokorlikka o’qidim,
o'sha yerda tibbiyotga mehrim uyg’ongandi. -
0:43 - 0:50O’qqa tutilish yoki botqoqda uxlash
niyatim yo'qligi -
0:50 - 0:54uchun radiologlikka qayta o’qidim,
va shu tariqa -
0:54 - 0:58menda radiologiyaga bo'lgan
chanqoqlik uyg’ondi. -
0:58 - 1:03Professorlarimiz shunday der edilar:
“Qiyo boqmaguningcha qanday bilasan?” -
1:03 - 1:07Talabaligimning 2-yili,1979-yilda
oila a’zolarimdan biri -
1:07 - 1:11suitsidga qo’l urish fikrlariga
chulg'anib qolgandi, -
1:12 - 1:15men uni mohir psixiatr huzuriga
olib bordim. -
1:15 - 1:21Bora-bora shuni angladimki, agar
psixiatr unga yordam berganida edi, -
1:21 - 1:24yordam berdi ham, bu bilan nafaqat uning
hayoti asrab qolinadi, -
1:24 - 1:30balki bu uning farzandlari va nevaralari
uchun ham foydali bo’ladi, -
1:30 - 1:36negaki ular baxtiyor va sog’lomroq
inson tarbiyasini olib ulg’ayishadi. -
1:37 - 1:39Psixiatriyaga mehrim tushdi, chunki u
-
1:39 - 1:45bir necha avlod insonlarini
o’zgartirishdek salohiyatga ega edi. -
1:47 - 1:511991-yilda miya spektografiyasi haqidagi
ilk ma’ruzaga kirdim. -
1:51 - 1:57Spektografiya qon aylanishi va
faoliyati, miyangiz qanday ishlayotganini -
1:57 - 2:00ko’zdan kechiradigan nuklear tibbiyot
sohasi hisoblanadi. -
2:01 - 2:04Spektrografiya bemorlarga
ko'maklashishda psixiatrlar uchun ko’proq -
2:04 - 2:09ma’lumotga ega bo’lishlarida
qo'l keluvchi vosita. -
2:10 - 2:13Mana shu bitta darsda mening sevimli
ikki kasbim, -
2:13 - 2:16radiologiya va psixiatriya birlashdi
-
2:16 - 2:21va hayotimni butkul o’zgartirib yubordi.
-
2:21 - 2:25Hamkasblarim bilan birga keyingi
22 yil mobaynida 93 ta mamlakat -
2:25 - 2:30bemorlarining xulq-atvoriga oid
dunyodagi eng yirik miya skanerlari -
2:30 - 2:33jamlangan ma’lumot ba’zasini bunyod etamiz
-
2:34 - 2:38Sodda qilib aytganda, spektografiya
bizga miya haqida 3 narsani aytadi: -
2:38 - 2:41me’yordagi faoliyati, o’ta sust yoki
ortiqcha faoliyati. -
2:41 - 2:44Ekranda sog’lom spektografiya
skanerlarini aks etgan. -
2:44 - 2:48Chap tomondagi suratda miyaning
tashqi yuzasi aks etgan va soz rentgen -
2:48 - 2:53to’liq, hattoki simmetrik faoliyatni
ham ko'rsatadi. -
2:53 - 2:58Rang hech qanaqangi ahamiyatga ega
emas, muhimi uning shakli. -
2:58 - 3:04O’ng tomondagi suratda aks etgan qizil
rang faol nuqtalardan va bu bilan sog’lom -
3:04 - 3:09miyadan darak bermoqda, ular
asosan miyaning orqa qismida joylashgan. -
3:10 - 3:14Bu yerda sog’lom miya va ikki marta
lat yegan miya skanerlari ko’rsatilgan. -
3:14 - 3:17Chuqurliklarga guvoh bo'lib turibsiz.
-
3:18 - 3:19Namoyon bo’lib turganidek,
-
3:19 - 3:23altsgeymerda miyaning
yarmida shikastlanish kuzatilmoqda. -
3:23 - 3:28Xastalikining alomatlari
kuzatila boshlashidan 30-50 yil avval -
3:28 - 3:33Altsgeymer miyada paydo
bo‘lishidan xabadormisiz? -
3:34 - 3:37Ekranda bosh miya jarohati aks etgan.
-
3:37 - 3:40Miyangiz yumshoq va suyagingiz
nihoyatda mustahkam bo’ladi. -
3:41 - 3:43Yoki giyohvandlik.
-
3:43 - 3:47Giyohvand moddalarning ta'qiqlanishiga
asl sabab, u miyani shikastlaydi. -
3:48 - 3:50Obsessiv-kompulsiv buzilish
-
3:50 - 3:53kuzatiladigan bemorda miyaning
old qismi yuqori faollikda ishlaydi -
3:54 - 3:57shu sababdan kishi fikrlar
girdobiga o’ralashib qoladi. -
3:57 - 4:03Epilepsiyada esa miya
faollashishi tez-tez kuzatiladi. -
4:04 - 4:091992-yilda miya spektografiyasi
bo’yicha konfrensiyada ishtirok etdim. -
4:09 - 4:12U unutilmas edi, psixiatriyada
-
4:12 - 4:18spektografiyadan foydalanishdagi
ilgarigi tajribalarimizni aks ettirdi. -
4:18 - 4:23Biroq aynan shu kengashda tadqiqotchilar
men kabi psixiatrlarning miya skanerlari -
4:23 - 4:28bilan shug’ullanishiga baralla norozilik
bildira boshladilar, -
4:28 - 4:32ularning aytishicha, bu soha faqatgina
ularga tegishli emish. -
4:33 - 4:37O’zbilarmon bo’lganim, klinik tajribaga
ega bo’lganim sababdan -
4:37 - 4:40buni ahmoqona fikr deb o'yladim.
-
4:40 - 4:42(Kulgu)
-
4:42 - 4:44Rentgen tasvirlarisiz
-
4:44 - 4:50psixiatrlar bemorga Abraham
Linkoln depressiyaga duchor bo’lganda -
4:50 - 4:53qo’yiladigan, bemor bilan suhbatlashish
va alomatlarni -
4:53 - 4:58kuzatish - 1840-yilgi tashxislarni
qo’ygan bo'lardilar. -
4:58 - 5:02Yaxshiroq yo'li rentgen edi.
-
5:02 - 5:07Psixiatr organlarga nazar solmay,
-
5:07 - 5:10ularni davolaydigan yagona tibbiyot
xodimlari sanaladi. -
5:10 - 5:11O'ylab ko'ring.
-
5:12 - 5:17Kardiolog, nevrolog,
-
5:17 - 5:22ortoped va barcha tibbiyot xodimlari
ko’zdan kechirishadi – -
5:22 - 5:24psixiatrlar esa faraz qilishadi.
-
5:25 - 5:26Avvalari, rentgensiz
-
5:26 - 5:32o’zimni bemorlarga nayza
-
5:32 - 5:37ularning ba’zilarini
jarohatlaganimdan qo’rqib ketgandim. -
5:38 - 5:39Aksariyat psixiatrik dorilarga
-
5:39 - 5:43uning nojo’ya ta’sirlari ilova
qilib berilishi bejizga emas. -
5:43 - 5:49Adashib berib yuboring, undan
so’ng fojeani kutavering. -
5:52 - 5:56Avvalroq o’tkazgan skanerlarimiz
bizga ko’plab saboqlarni o’rgatdi, -
5:56 - 6:00shu jumladan Giperaktivlik sindromi,
xavotir va qaramliklar kabi xastaliklar -
6:00 - 6:04miyadagi oddiy yoki bir turdagi
kasalliklar emas, balki -
6:04 - 6:07ularning bir qancha xillari mavjud ekan.
-
6:07 - 6:09Masalan, bu yerda depressiya tashxisi
-
6:09 - 6:13qo’yilgan ikki bemorda
bir xil alomatlar -
6:13 - 6:18kuzatilgan, ammo ularning miyasi
bir-birinikidan tubdan farq qiladi. -
6:18 - 6:24Birida past miya faolligi. boshqa
birining miyasi yuqori faollikda bo’lgan. -
6:25 - 6:31To’liq ko’zdan kechirmaguncha
ularga qanday chora ko’rishni bilasizmi? -
6:32 - 6:34Muolaja kasallik alomatlariga qarab emas,
-
6:34 - 6:39har kimning miya faoliyati asosida
tashkil etilishi lozim. -
6:40 - 6:42Qo’lgan kiritgan skanerlarimizning
-
6:42 - 6:49ko'rsatishicha,
kichik miya travmasi -
6:49 - 6:51ham inson hayotini zaharlaydigan
-
6:51 - 6:56psixiatrik xastaliklarning o'chog'i,
-
6:56 - 7:01ekanligini hech kim bilmaydi, ular
xavotir, depressiya va insomniadan -
7:01 - 7:04shikoyat qilib psixiatrga boradi
va e'tiborsizlik bois bexabar qolaveradi -
7:05 - 7:08Ekranda 3 yoshida zinadan yiqilib tushgan
-
7:08 - 7:1215-yoshli bolaning miya skaneri
ko’rsatilgan. -
7:12 - 7:17Garchi u atigi bir necha daqiqa
xushsiz bo’lsa-da, -
7:19 - 7:25jarohatning bu bolakay hayotiga
ta’siri -
7:25 - 7:28sezilarli darajada edi.
-
7:28 - 7:32U bilan 15 yasharligida
ko’rishganimda bundan hech qancha avval -
7:32 - 7:37reabilitatsiya markazidan uchinchi
marta tajovuzkorligi sabab haydalgan edi. -
7:37 - 7:40Unga nafaqat qorong’i xonada otiladigan
-
7:40 - 7:45bir quloch dori va xulq-atvor terapiyasi
zarur edi, balki ular bilan birga -
7:45 - 7:51miya reabilitatsiyasi uchun ishlab
chiqiladigan mahsus dastur ham kerak edi. -
7:51 - 7:53Uning xulq-atvori muammoning asl o’zagi
emas, balki uning yetilishi bo’lib -
7:53 - 7:58turganda xulq-atvor terapiyasi
qo'llanmoqda. -
8:00 - 8:03Tadqiqotlarning aniqlashicha,
tashxissiz qoldirilgan miya jarohatlari -
8:03 - 8:08uysizlik, giyohvandlik va
kashandalik depressiya, ruhiy sarosimalik, -
8:08 - 8:12giperaktivlik sindromi va suitsidning
eng asosiy sababidir. -
8:12 - 8:15Iroq va Afg’onistondan qaytayotgan yuzlab
-
8:15 - 8:18va minglab askarlar bor, ularning
-
8:18 - 8:21miyasidagi o’zgarishlar bilan esa
-
8:21 - 8:25hech kim qiziqmayapti.
-
8:27 - 8:31Spektografiya bilan ishlar ekanmiz,
-
8:31 - 8:35tanqidlar ko’paya boshladi, ammo u
bilan birga olingan saboqlar ham. -
8:36 - 8:41Sudyalar va advokatlarga jinoiy
xulq-atvorni tushuntirishga ko'maklashdik. -
8:41 - 8:44Hozirga qadar, biz 500 nafar
jinoyatchini, ularning ichida qotillik -
8:44 - 8:46sodir etgan 90 nafar
shaxslarning miyasini skanerladik. -
8:47 - 8:50Tadqiqotlarga ko'ra,
jirkanch ishlarga qo'l uruvchi -
8:50 - 8:52insonlarning miyasi
odatda nosog’lom bo’ladi. -
8:52 - 8:54Bu yangilik emas edi.
-
8:54 - 8:57Bizni hayratga solgani shu bo’ldiki,
-
8:57 - 9:02miyalarning aksariyatini
reabilitatsiya qilish mumkin. -
9:04 - 9:06Radikal fikr esa shunday.
-
9:06 - 9:09Ularni zararli muhitda
saqlagandan ko’ra -
9:09 - 9:14nosog’lom miyani ko’rikdan o’tkazib,
uni davolash afzal emasmi? -
9:14 - 9:20Tajribamdan aytishim mumkinki,
mahbuslar ozodlikka chiqqanida -
9:20 - 9:23ishlashi oilasiga yordam berishi va
-
9:23 - 9:27soliqlarni to’lay olishi uchun
ularni jamiyatga nafi teguvchi -
9:27 - 9:31insonlarga aylantirsak, katta miqdordagi
mablag’ni tejashimiz mumkin. -
9:32 - 9:36Dostoyevskiy shunday degan edi,
“U yoki bu jamiyatning mavqeyi -
9:36 - 9:39uning obro’li fuqarolariga emas,
balki jinoyatchilarga qanday -
9:40 - 9:43munosabatda bo’lishi bilan
belgilanishi kerak.” -
9:43 - 9:47Jinoyat va jazo bilan cheklanib qolmay,
-
9:47 - 9:54jinoyat sababi va uning yechimini
topishimiz zarur. -
9:54 - 9:55(Qarsaklar)
-
10:00 - 10:0522 yildan va miyaning 83 mingta
-
10:05 - 10:10skanerlaridan hamkasblarim bilan
o’rgangan eng muhim saboq shuki, -
10:10 - 10:12insonlar miyasini chinakamiga
o’zgartirishga qodir. -
10:13 - 10:16Ularning miyasi o’zgatirish bilan
-
10:16 - 10:19ularning hayotini ham o’zgartirasiz.
-
10:19 - 10:22Miyangiz qotib qolmagan, uni
yaxshilay olasiz va bu haqiqat. -
10:23 - 10:27Hamkasblarim bilan birga futbol
bo’yicha milliy terma -
10:27 - 10:30jamoaning faol va nafaqadagi
o’yinchilarida eng katta, -
10:30 - 10:34ilk tadqiqotni o’tkazdik, terma jamoa
futbol o’yini miyaning -
10:34 - 10:38shikastlanishiga olib kelishi
haqida bilmaganini aytgan -
10:38 - 10:41o’yinchilarning miyasida chuqur
shikastlanish kuzatildi. -
10:42 - 10:44Ular buni bilishni istamagan deya olmaymiz
-
10:44 - 10:45Bu yangilik emasdi.
-
10:45 - 10:48Agar 9 yoshli bolalarga
-
10:48 - 10:52ularga miyaning sariyog’dek yumshoqligini,
-
10:52 - 10:56nihoyatda mustahkam suyak
ichida joylashgani, suyakli -
10:56 - 11:00qoplama ekanligi haqida
aytib bersangiz 30 nafar 9 yoshli boladan -
11:00 - 11:0228 tasi “Hayot uchun xatarli” der edi.
-
11:02 - 11:04(Kulgu)
-
11:05 - 11:10Ikkinchi tadqiqot
-
11:10 - 11:15smart-miya dasturida
-
11:15 - 11:20o’yinchilarning 80 foizining qon
aylanishi, xotira va o'z kayfiyatini -
11:20 - 11:24o’zgartirishga qodirligini
miyaning qayishuvchanligini, -
11:24 - 11:27uni yaxshilash mumkinligini
-
11:27 - 11:31uni charxlay olishingiz
mumkinligini ko’rsatib berdik. -
11:31 - 11:33Qanchalar quvonchli xabar-a?
-
11:33 - 11:35Sevinib ketyapman.
-
11:35 - 11:39Miya jarohatini davolash endi
vujudga kelayotgan -
11:39 - 11:43yangi soha, ammo u keng ishlatilmoqda
-
11:43 - 11:47Bu giperaktivlik sindromiga chalingan
o’smir qizning miya skaneri, u o'zini -
11:47 - 11:52jarohatlar, maktabda yomon baxolar
olar, oilasi bilan janjallashar edi. -
11:53 - 11:55Uning miyasini sog’lomlashtirganimizda
-
11:55 - 12:003, 2 bahodan 5, 4 bahoga o’tdi
-
12:00 - 12:03va ancha hissiy barqarorlikka erishdi.
-
12:03 - 12:05Bu Nensining miya skaneri.
-
12:05 - 12:09Nensiga demensiya tashxisi qo’yilgan edi,
-
12:09 - 12:13shifokori uning eriga uy topishi
zarurligini -
12:13 - 12:18chunki bir yil o’tmay ayol erining
ismini eslay olmasligini aytdi. -
12:18 - 12:25Intensiv miya reabilitatsiyasidan so’ng
Nensining xotirasi kabi miyasi ham -
12:26 - 12:30yaxshilandi, oradan 4 yil o’tib ham u
hali ham -
12:30 - 12:36erining ismini eslay oladi.
-
12:37 - 12:41Yoki o’z fikrimni bayon etishda
yoqtirgan hikoyamni aytib bersam: Endryu -
12:41 - 12:45basketbol maydonida biror vajsiz
bir qizaloqqa tashlangan 9 yoshli bola, -
12:45 - 12:47o’sha vaqtda u o’zining daraxtda
-
12:47 - 12:51osilgancha boshqa bolalarni
-
12:51 - 12:55o'qqa tutayotgan suratini
chizayotgan edi. -
12:56 - 13:00Endryu Kolumbin, Avrora Sendi Huk
-
13:02 - 13:04kabi talofotlarini yodga solardi.
-
13:04 - 13:07Ko’pchilik psixiatrlar Endryuga Erik
Harris va boshqa ommaviy -
13:07 - 13:11qirg’in uyushtirganlar jirkanch
jinoyatni sodir etishidan -
13:11 - 13:14avval bergan dorilarini berishardi, ammo
-
13:14 - 13:19spektografiya uning miyasini
ko’zdan kechirishim lozimligini va uning -
13:19 - 13:24ehtiyojini tushunish uchun
unga nayza otmaslikni o'rgatdi. -
13:24 - 13:30Uning spektografik skanerlari
bosh miyasining o’rta chakka -
13:30 - 13:34chap yonini egallab turgan golf
koptogi kattaligidagi kistani ko’rsatdi. -
13:34 - 13:38Endryuga hech qanday dori yoki
muolajaning foydasi tegmagan bo’lardi. -
13:38 - 13:40Kista olib tashlangandan so’ng
-
13:42 - 13:45uning xulqi avvalgi normal holatga
qaytdi va o’zi -
13:45 - 13:51hamisha istagan shirin, yoqimtoy
bolaga aylandi. -
13:52 - 13:56Oradan 18 yil o’tib, Endryu,
jiyanimning shaxsiy uyi, -
13:57 - 14:01ishi bor va soliqlarni to’laydi.
-
14:01 - 14:03(Kulgu)
-
14:03 - 14:07Chunki uning miyasini ko’zdan kechirishga
-
14:07 - 14:11kimdir jur’at qildi, u yaxshi o’g’il
-
14:11 - 14:16bo’ldi va yaxshi er, ota va buva bo’ladi.
-
14:18 - 14:23Agar siz kimningdir miyasini
o’zgartirishdek sharafga ega -
14:23 - 14:26bo’lsangiz, faqat bu inson hayotini emas,
-
14:26 - 14:31balki kelgusi avlodlarning hayotini ham
o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. -
14:32 - 14:34Ismim Endryu Emin.
-
14:34 - 14:35(Qarsaklar)
- Title:
- Miyaning 83 mingta skanerlari bizga nima haqida hikoya qiladi? | Deniel Emen | TEDxOrangeCoast
- Description:
-
Mazkur nutq mahalliy TEDx anjumanida so'zlangan, TED konfrensiyalardan mustaqil ravishda tashkillashtirilgan. Ushbu nutqda, doktor Deniel Emen, u va uning hamkasblari tomonidan 83 mingta miya skanerlarini ko'zdan kechirib o'rgangan saboqlarini o'rtoqlashadi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDxTalks
- Duration:
- 14:37