Ushbu maruzada sizga miyaning 83 mingta skanerlaridan hamkasblarim va o’zim o’rgangan eng muhim saboqni ulashmoqchiman. Lekin undan avval, bu saboqni bir misolda tushuntirib beray. Men yetti nafar farzandning o’rtanchasiman. Dadam meni o’zbilarmon deb chaqirardi, uning nazarida, bu yaxshi xislat emasdi. (Kulgu) 1972-yilda armiyadan qo’ng’iroq qilishdi va men harbiy shifokorlikka o’qidim, o'sha yerda tibbiyotga mehrim uyg’ongandi. O’qqa tutilish yoki botqoqda uxlash niyatim yo'qligi uchun radiologlikka qayta o’qidim, va shu tariqa menda radiologiyaga bo'lgan chanqoqlik uyg’ondi. Professorlarimiz shunday der edilar: “Qiyo boqmaguningcha qanday bilasan?” Talabaligimning 2-yili,1979-yilda oila a’zolarimdan biri suitsidga qo’l urish fikrlariga chulg'anib qolgandi, men uni mohir psixiatr huzuriga olib bordim. Bora-bora shuni angladimki, agar psixiatr unga yordam berganida edi, yordam berdi ham, bu bilan nafaqat uning hayoti asrab qolinadi, balki bu uning farzandlari va nevaralari uchun ham foydali bo’ladi, negaki ular baxtiyor va sog’lomroq inson tarbiyasini olib ulg’ayishadi. Psixiatriyaga mehrim tushdi, chunki u bir necha avlod insonlarini o’zgartirishdek salohiyatga ega edi. 1991-yilda miya spektografiyasi haqidagi ilk ma’ruzaga kirdim. Spektografiya qon aylanishi va faoliyati, miyangiz qanday ishlayotganini ko’zdan kechiradigan nuklear tibbiyot sohasi hisoblanadi. Spektrografiya bemorlarga ko'maklashishda psixiatrlar uchun ko’proq ma’lumotga ega bo’lishlarida qo'l keluvchi vosita. Mana shu bitta darsda mening sevimli ikki kasbim, radiologiya va psixiatriya birlashdi va hayotimni butkul o’zgartirib yubordi. Hamkasblarim bilan birga keyingi 22 yil mobaynida 93 ta mamlakat bemorlarining xulq-atvoriga oid dunyodagi eng yirik miya skanerlari jamlangan ma’lumot ba’zasini bunyod etamiz Sodda qilib aytganda, spektografiya bizga miya haqida 3 narsani aytadi: me’yordagi faoliyati, o’ta sust yoki ortiqcha faoliyati. Ekranda sog’lom spektografiya skanerlarini aks etgan. Chap tomondagi suratda miyaning tashqi yuzasi aks etgan va soz rentgen to’liq, hattoki simmetrik faoliyatni ham ko'rsatadi. Rang hech qanaqangi ahamiyatga ega emas, muhimi uning shakli. O’ng tomondagi suratda aks etgan qizil rang faol nuqtalardan va bu bilan sog’lom miyadan darak bermoqda, ular asosan miyaning orqa qismida joylashgan. Bu yerda sog’lom miya va ikki marta lat yegan miya skanerlari ko’rsatilgan. Chuqurliklarga guvoh bo'lib turibsiz. Namoyon bo’lib turganidek, altsgeymerda miyaning yarmida shikastlanish kuzatilmoqda. Xastalikining alomatlari kuzatila boshlashidan 30-50 yil avval Altsgeymer miyada paydo bo‘lishidan xabadormisiz? Ekranda bosh miya jarohati aks etgan. Miyangiz yumshoq va suyagingiz nihoyatda mustahkam bo’ladi. Yoki giyohvandlik. Giyohvand moddalarning ta'qiqlanishiga asl sabab, u miyani shikastlaydi. Obsessiv-kompulsiv buzilish kuzatiladigan bemorda miyaning old qismi yuqori faollikda ishlaydi shu sababdan kishi fikrlar girdobiga o’ralashib qoladi. Epilepsiyada esa miya faollashishi tez-tez kuzatiladi. 1992-yilda miya spektografiyasi bo’yicha konfrensiyada ishtirok etdim. U unutilmas edi, psixiatriyada spektografiyadan foydalanishdagi ilgarigi tajribalarimizni aks ettirdi. Biroq aynan shu kengashda tadqiqotchilar men kabi psixiatrlarning miya skanerlari bilan shug’ullanishiga baralla norozilik bildira boshladilar, ularning aytishicha, bu soha faqatgina ularga tegishli emish. O’zbilarmon bo’lganim, klinik tajribaga ega bo’lganim sababdan buni ahmoqona fikr deb o'yladim. (Kulgu) Rentgen tasvirlarisiz psixiatrlar bemorga Abraham Linkoln depressiyaga duchor bo’lganda qo’yiladigan, bemor bilan suhbatlashish va alomatlarni kuzatish - 1840-yilgi tashxislarni qo’ygan bo'lardilar. Yaxshiroq yo'li rentgen edi. Psixiatr organlarga nazar solmay, ularni davolaydigan yagona tibbiyot xodimlari sanaladi. O'ylab ko'ring. Kardiolog, nevrolog, ortoped va barcha tibbiyot xodimlari ko’zdan kechirishadi – psixiatrlar esa faraz qilishadi. Avvalari, rentgensiz o’zimni bemorlarga nayza ularning ba’zilarini jarohatlaganimdan qo’rqib ketgandim. Aksariyat psixiatrik dorilarga uning nojo’ya ta’sirlari ilova qilib berilishi bejizga emas. Adashib berib yuboring, undan so’ng fojeani kutavering. Avvalroq o’tkazgan skanerlarimiz bizga ko’plab saboqlarni o’rgatdi, shu jumladan Giperaktivlik sindromi, xavotir va qaramliklar kabi xastaliklar miyadagi oddiy yoki bir turdagi kasalliklar emas, balki ularning bir qancha xillari mavjud ekan. Masalan, bu yerda depressiya tashxisi qo’yilgan ikki bemorda bir xil alomatlar kuzatilgan, ammo ularning miyasi bir-birinikidan tubdan farq qiladi. Birida past miya faolligi. boshqa birining miyasi yuqori faollikda bo’lgan. To’liq ko’zdan kechirmaguncha ularga qanday chora ko’rishni bilasizmi? Muolaja kasallik alomatlariga qarab emas, har kimning miya faoliyati asosida tashkil etilishi lozim. Qo’lgan kiritgan skanerlarimizning ko'rsatishicha, kichik miya travmasi ham inson hayotini zaharlaydigan psixiatrik xastaliklarning o'chog'i, ekanligini hech kim bilmaydi, ular xavotir, depressiya va insomniadan shikoyat qilib psixiatrga boradi va e'tiborsizlik bois bexabar qolaveradi Ekranda 3 yoshida zinadan yiqilib tushgan 15-yoshli bolaning miya skaneri ko’rsatilgan. Garchi u atigi bir necha daqiqa xushsiz bo’lsa-da, jarohatning bu bolakay hayotiga ta’siri sezilarli darajada edi. U bilan 15 yasharligida ko’rishganimda bundan hech qancha avval reabilitatsiya markazidan uchinchi marta tajovuzkorligi sabab haydalgan edi. Unga nafaqat qorong’i xonada otiladigan bir quloch dori va xulq-atvor terapiyasi zarur edi, balki ular bilan birga miya reabilitatsiyasi uchun ishlab chiqiladigan mahsus dastur ham kerak edi. Uning xulq-atvori muammoning asl o’zagi emas, balki uning yetilishi bo’lib turganda xulq-atvor terapiyasi qo'llanmoqda. Tadqiqotlarning aniqlashicha, tashxissiz qoldirilgan miya jarohatlari uysizlik, giyohvandlik va kashandalik depressiya, ruhiy sarosimalik, giperaktivlik sindromi va suitsidning eng asosiy sababidir. Iroq va Afg’onistondan qaytayotgan yuzlab va minglab askarlar bor, ularning miyasidagi o’zgarishlar bilan esa hech kim qiziqmayapti. Spektografiya bilan ishlar ekanmiz, tanqidlar ko’paya boshladi, ammo u bilan birga olingan saboqlar ham. Sudyalar va advokatlarga jinoiy xulq-atvorni tushuntirishga ko'maklashdik. Hozirga qadar, biz 500 nafar jinoyatchini, ularning ichida qotillik sodir etgan 90 nafar shaxslarning miyasini skanerladik. Tadqiqotlarga ko'ra, jirkanch ishlarga qo'l uruvchi insonlarning miyasi odatda nosog’lom bo’ladi. Bu yangilik emas edi. Bizni hayratga solgani shu bo’ldiki, miyalarning aksariyatini reabilitatsiya qilish mumkin. Radikal fikr esa shunday. Ularni zararli muhitda saqlagandan ko’ra nosog’lom miyani ko’rikdan o’tkazib, uni davolash afzal emasmi? Tajribamdan aytishim mumkinki, mahbuslar ozodlikka chiqqanida ishlashi oilasiga yordam berishi va soliqlarni to’lay olishi uchun ularni jamiyatga nafi teguvchi insonlarga aylantirsak, katta miqdordagi mablag’ni tejashimiz mumkin. Dostoyevskiy shunday degan edi, “U yoki bu jamiyatning mavqeyi uning obro’li fuqarolariga emas, balki jinoyatchilarga qanday munosabatda bo’lishi bilan belgilanishi kerak.” Jinoyat va jazo bilan cheklanib qolmay, jinoyat sababi va uning yechimini topishimiz zarur. (Qarsaklar) 22 yildan va miyaning 83 mingta skanerlaridan hamkasblarim bilan o’rgangan eng muhim saboq shuki, insonlar miyasini chinakamiga o’zgartirishga qodir. Ularning miyasi o’zgatirish bilan ularning hayotini ham o’zgartirasiz. Miyangiz qotib qolmagan, uni yaxshilay olasiz va bu haqiqat. Hamkasblarim bilan birga futbol bo’yicha milliy terma jamoaning faol va nafaqadagi o’yinchilarida eng katta, ilk tadqiqotni o’tkazdik, terma jamoa futbol o’yini miyaning shikastlanishiga olib kelishi haqida bilmaganini aytgan o’yinchilarning miyasida chuqur shikastlanish kuzatildi. Ular buni bilishni istamagan deya olmaymiz Bu yangilik emasdi. Agar 9 yoshli bolalarga ularga miyaning sariyog’dek yumshoqligini, nihoyatda mustahkam suyak ichida joylashgani, suyakli qoplama ekanligi haqida aytib bersangiz 30 nafar 9 yoshli boladan 28 tasi “Hayot uchun xatarli” der edi. (Kulgu) Ikkinchi tadqiqot smart-miya dasturida o’yinchilarning 80 foizining qon aylanishi, xotira va o'z kayfiyatini o’zgartirishga qodirligini miyaning qayishuvchanligini, uni yaxshilash mumkinligini uni charxlay olishingiz mumkinligini ko’rsatib berdik. Qanchalar quvonchli xabar-a? Sevinib ketyapman. Miya jarohatini davolash endi vujudga kelayotgan yangi soha, ammo u keng ishlatilmoqda Bu giperaktivlik sindromiga chalingan o’smir qizning miya skaneri, u o'zini jarohatlar, maktabda yomon baxolar olar, oilasi bilan janjallashar edi. Uning miyasini sog’lomlashtirganimizda 3, 2 bahodan 5, 4 bahoga o’tdi va ancha hissiy barqarorlikka erishdi. Bu Nensining miya skaneri. Nensiga demensiya tashxisi qo’yilgan edi, shifokori uning eriga uy topishi zarurligini chunki bir yil o’tmay ayol erining ismini eslay olmasligini aytdi. Intensiv miya reabilitatsiyasidan so’ng Nensining xotirasi kabi miyasi ham yaxshilandi, oradan 4 yil o’tib ham u hali ham erining ismini eslay oladi. Yoki o’z fikrimni bayon etishda yoqtirgan hikoyamni aytib bersam: Endryu basketbol maydonida biror vajsiz bir qizaloqqa tashlangan 9 yoshli bola, o’sha vaqtda u o’zining daraxtda osilgancha boshqa bolalarni o'qqa tutayotgan suratini chizayotgan edi. Endryu Kolumbin, Avrora Sendi Huk kabi talofotlarini yodga solardi. Ko’pchilik psixiatrlar Endryuga Erik Harris va boshqa ommaviy qirg’in uyushtirganlar jirkanch jinoyatni sodir etishidan avval bergan dorilarini berishardi, ammo spektografiya uning miyasini ko’zdan kechirishim lozimligini va uning ehtiyojini tushunish uchun unga nayza otmaslikni o'rgatdi. Uning spektografik skanerlari bosh miyasining o’rta chakka chap yonini egallab turgan golf koptogi kattaligidagi kistani ko’rsatdi. Endryuga hech qanday dori yoki muolajaning foydasi tegmagan bo’lardi. Kista olib tashlangandan so’ng uning xulqi avvalgi normal holatga qaytdi va o’zi hamisha istagan shirin, yoqimtoy bolaga aylandi. Oradan 18 yil o’tib, Endryu, jiyanimning shaxsiy uyi, ishi bor va soliqlarni to’laydi. (Kulgu) Chunki uning miyasini ko’zdan kechirishga kimdir jur’at qildi, u yaxshi o’g’il bo’ldi va yaxshi er, ota va buva bo’ladi. Agar siz kimningdir miyasini o’zgartirishdek sharafga ega bo’lsangiz, faqat bu inson hayotini emas, balki kelgusi avlodlarning hayotini ham o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ismim Endryu Emin. (Qarsaklar)