Ushbu maruzada sizga miyaning
83 mingta skanerlaridan hamkasblarim
va o’zim o’rgangan eng muhim
saboqni ulashmoqchiman.
Lekin undan avval, bu saboqni bir
misolda tushuntirib beray.
Men yetti nafar
farzandning o’rtanchasiman.
Dadam meni o’zbilarmon deb chaqirardi,
uning nazarida, bu yaxshi xislat emasdi.
(Kulgu)
1972-yilda armiyadan qo’ng’iroq qilishdi
va men harbiy shifokorlikka o’qidim,
o'sha yerda tibbiyotga mehrim uyg’ongandi.
O’qqa tutilish yoki botqoqda uxlash
niyatim yo'qligi
uchun radiologlikka qayta o’qidim,
va shu tariqa
menda radiologiyaga bo'lgan
chanqoqlik uyg’ondi.
Professorlarimiz shunday der edilar:
“Qiyo boqmaguningcha qanday bilasan?”
Talabaligimning 2-yili,1979-yilda
oila a’zolarimdan biri
suitsidga qo’l urish fikrlariga
chulg'anib qolgandi,
men uni mohir psixiatr huzuriga
olib bordim.
Bora-bora shuni angladimki, agar
psixiatr unga yordam berganida edi,
yordam berdi ham, bu bilan nafaqat uning
hayoti asrab qolinadi,
balki bu uning farzandlari va nevaralari
uchun ham foydali bo’ladi,
negaki ular baxtiyor va sog’lomroq
inson tarbiyasini olib ulg’ayishadi.
Psixiatriyaga mehrim tushdi, chunki u
bir necha avlod insonlarini
o’zgartirishdek salohiyatga ega edi.
1991-yilda miya spektografiyasi haqidagi
ilk ma’ruzaga kirdim.
Spektografiya qon aylanishi va
faoliyati, miyangiz qanday ishlayotganini
ko’zdan kechiradigan nuklear tibbiyot
sohasi hisoblanadi.
Spektrografiya bemorlarga
ko'maklashishda psixiatrlar uchun ko’proq
ma’lumotga ega bo’lishlarida
qo'l keluvchi vosita.
Mana shu bitta darsda mening sevimli
ikki kasbim,
radiologiya va psixiatriya birlashdi
va hayotimni butkul o’zgartirib yubordi.
Hamkasblarim bilan birga keyingi
22 yil mobaynida 93 ta mamlakat
bemorlarining xulq-atvoriga oid
dunyodagi eng yirik miya skanerlari
jamlangan ma’lumot ba’zasini bunyod etamiz
Sodda qilib aytganda, spektografiya
bizga miya haqida 3 narsani aytadi:
me’yordagi faoliyati, o’ta sust yoki
ortiqcha faoliyati.
Ekranda sog’lom spektografiya
skanerlarini aks etgan.
Chap tomondagi suratda miyaning
tashqi yuzasi aks etgan va soz rentgen
to’liq, hattoki simmetrik faoliyatni
ham ko'rsatadi.
Rang hech qanaqangi ahamiyatga ega
emas, muhimi uning shakli.
O’ng tomondagi suratda aks etgan qizil
rang faol nuqtalardan va bu bilan sog’lom
miyadan darak bermoqda, ular
asosan miyaning orqa qismida joylashgan.
Bu yerda sog’lom miya va ikki marta
lat yegan miya skanerlari ko’rsatilgan.
Chuqurliklarga guvoh bo'lib turibsiz.
Namoyon bo’lib turganidek,
altsgeymerda miyaning
yarmida shikastlanish kuzatilmoqda.
Xastalikining alomatlari
kuzatila boshlashidan 30-50 yil avval
Altsgeymer miyada paydo
bo‘lishidan xabadormisiz?
Ekranda bosh miya jarohati aks etgan.
Miyangiz yumshoq va suyagingiz
nihoyatda mustahkam bo’ladi.
Yoki giyohvandlik.
Giyohvand moddalarning ta'qiqlanishiga
asl sabab, u miyani shikastlaydi.
Obsessiv-kompulsiv buzilish
kuzatiladigan bemorda miyaning
old qismi yuqori faollikda ishlaydi
shu sababdan kishi fikrlar
girdobiga o’ralashib qoladi.
Epilepsiyada esa miya
faollashishi tez-tez kuzatiladi.
1992-yilda miya spektografiyasi
bo’yicha konfrensiyada ishtirok etdim.
U unutilmas edi, psixiatriyada
spektografiyadan foydalanishdagi
ilgarigi tajribalarimizni aks ettirdi.
Biroq aynan shu kengashda tadqiqotchilar
men kabi psixiatrlarning miya skanerlari
bilan shug’ullanishiga baralla norozilik
bildira boshladilar,
ularning aytishicha, bu soha faqatgina
ularga tegishli emish.
O’zbilarmon bo’lganim, klinik tajribaga
ega bo’lganim sababdan
buni ahmoqona fikr deb o'yladim.
(Kulgu)
Rentgen tasvirlarisiz
psixiatrlar bemorga Abraham
Linkoln depressiyaga duchor bo’lganda
qo’yiladigan, bemor bilan suhbatlashish
va alomatlarni
kuzatish - 1840-yilgi tashxislarni
qo’ygan bo'lardilar.
Yaxshiroq yo'li rentgen edi.
Psixiatr organlarga nazar solmay,
ularni davolaydigan yagona tibbiyot
xodimlari sanaladi.
O'ylab ko'ring.
Kardiolog, nevrolog,
ortoped va barcha tibbiyot xodimlari
ko’zdan kechirishadi –
psixiatrlar esa faraz qilishadi.
Avvalari, rentgensiz
o’zimni bemorlarga nayza
ularning ba’zilarini
jarohatlaganimdan qo’rqib ketgandim.
Aksariyat psixiatrik dorilarga
uning nojo’ya ta’sirlari ilova
qilib berilishi bejizga emas.
Adashib berib yuboring, undan
so’ng fojeani kutavering.
Avvalroq o’tkazgan skanerlarimiz
bizga ko’plab saboqlarni o’rgatdi,
shu jumladan Giperaktivlik sindromi,
xavotir va qaramliklar kabi xastaliklar
miyadagi oddiy yoki bir turdagi
kasalliklar emas, balki
ularning bir qancha xillari mavjud ekan.
Masalan, bu yerda depressiya tashxisi
qo’yilgan ikki bemorda
bir xil alomatlar
kuzatilgan, ammo ularning miyasi
bir-birinikidan tubdan farq qiladi.
Birida past miya faolligi. boshqa
birining miyasi yuqori faollikda bo’lgan.
To’liq ko’zdan kechirmaguncha
ularga qanday chora ko’rishni bilasizmi?
Muolaja kasallik alomatlariga qarab emas,
har kimning miya faoliyati asosida
tashkil etilishi lozim.
Qo’lgan kiritgan skanerlarimizning
ko'rsatishicha,
kichik miya travmasi
ham inson hayotini zaharlaydigan
psixiatrik xastaliklarning o'chog'i,
ekanligini hech kim bilmaydi, ular
xavotir, depressiya va insomniadan
shikoyat qilib psixiatrga boradi
va e'tiborsizlik bois bexabar qolaveradi
Ekranda 3 yoshida zinadan yiqilib tushgan
15-yoshli bolaning miya skaneri
ko’rsatilgan.
Garchi u atigi bir necha daqiqa
xushsiz bo’lsa-da,
jarohatning bu bolakay hayotiga
ta’siri
sezilarli darajada edi.
U bilan 15 yasharligida
ko’rishganimda bundan hech qancha avval
reabilitatsiya markazidan uchinchi
marta tajovuzkorligi sabab haydalgan edi.
Unga nafaqat qorong’i xonada otiladigan
bir quloch dori va xulq-atvor terapiyasi
zarur edi, balki ular bilan birga
miya reabilitatsiyasi uchun ishlab
chiqiladigan mahsus dastur ham kerak edi.
Uning xulq-atvori muammoning asl o’zagi
emas, balki uning yetilishi bo’lib
turganda xulq-atvor terapiyasi
qo'llanmoqda.
Tadqiqotlarning aniqlashicha,
tashxissiz qoldirilgan miya jarohatlari
uysizlik, giyohvandlik va
kashandalik depressiya, ruhiy sarosimalik,
giperaktivlik sindromi va suitsidning
eng asosiy sababidir.
Iroq va Afg’onistondan qaytayotgan yuzlab
va minglab askarlar bor, ularning
miyasidagi o’zgarishlar bilan esa
hech kim qiziqmayapti.
Spektografiya bilan ishlar ekanmiz,
tanqidlar ko’paya boshladi, ammo u
bilan birga olingan saboqlar ham.
Sudyalar va advokatlarga jinoiy
xulq-atvorni tushuntirishga ko'maklashdik.
Hozirga qadar, biz 500 nafar
jinoyatchini, ularning ichida qotillik
sodir etgan 90 nafar
shaxslarning miyasini skanerladik.
Tadqiqotlarga ko'ra,
jirkanch ishlarga qo'l uruvchi
insonlarning miyasi
odatda nosog’lom bo’ladi.
Bu yangilik emas edi.
Bizni hayratga solgani shu bo’ldiki,
miyalarning aksariyatini
reabilitatsiya qilish mumkin.
Radikal fikr esa shunday.
Ularni zararli muhitda
saqlagandan ko’ra
nosog’lom miyani ko’rikdan o’tkazib,
uni davolash afzal emasmi?
Tajribamdan aytishim mumkinki,
mahbuslar ozodlikka chiqqanida
ishlashi oilasiga yordam berishi va
soliqlarni to’lay olishi uchun
ularni jamiyatga nafi teguvchi
insonlarga aylantirsak, katta miqdordagi
mablag’ni tejashimiz mumkin.
Dostoyevskiy shunday degan edi,
“U yoki bu jamiyatning mavqeyi
uning obro’li fuqarolariga emas,
balki jinoyatchilarga qanday
munosabatda bo’lishi bilan
belgilanishi kerak.”
Jinoyat va jazo bilan cheklanib qolmay,
jinoyat sababi va uning yechimini
topishimiz zarur.
(Qarsaklar)
22 yildan va miyaning 83 mingta
skanerlaridan hamkasblarim bilan
o’rgangan eng muhim saboq shuki,
insonlar miyasini chinakamiga
o’zgartirishga qodir.
Ularning miyasi o’zgatirish bilan
ularning hayotini ham o’zgartirasiz.
Miyangiz qotib qolmagan, uni
yaxshilay olasiz va bu haqiqat.
Hamkasblarim bilan birga futbol
bo’yicha milliy terma
jamoaning faol va nafaqadagi
o’yinchilarida eng katta,
ilk tadqiqotni o’tkazdik, terma jamoa
futbol o’yini miyaning
shikastlanishiga olib kelishi
haqida bilmaganini aytgan
o’yinchilarning miyasida chuqur
shikastlanish kuzatildi.
Ular buni bilishni istamagan deya olmaymiz
Bu yangilik emasdi.
Agar 9 yoshli bolalarga
ularga miyaning sariyog’dek yumshoqligini,
nihoyatda mustahkam suyak
ichida joylashgani, suyakli
qoplama ekanligi haqida
aytib bersangiz 30 nafar 9 yoshli boladan
28 tasi “Hayot uchun xatarli” der edi.
(Kulgu)
Ikkinchi tadqiqot
smart-miya dasturida
o’yinchilarning 80 foizining qon
aylanishi, xotira va o'z kayfiyatini
o’zgartirishga qodirligini
miyaning qayishuvchanligini,
uni yaxshilash mumkinligini
uni charxlay olishingiz
mumkinligini ko’rsatib berdik.
Qanchalar quvonchli xabar-a?
Sevinib ketyapman.
Miya jarohatini davolash endi
vujudga kelayotgan
yangi soha, ammo u keng ishlatilmoqda
Bu giperaktivlik sindromiga chalingan
o’smir qizning miya skaneri, u o'zini
jarohatlar, maktabda yomon baxolar
olar, oilasi bilan janjallashar edi.
Uning miyasini sog’lomlashtirganimizda
3, 2 bahodan 5, 4 bahoga o’tdi
va ancha hissiy barqarorlikka erishdi.
Bu Nensining miya skaneri.
Nensiga demensiya tashxisi qo’yilgan edi,
shifokori uning eriga uy topishi
zarurligini
chunki bir yil o’tmay ayol erining
ismini eslay olmasligini aytdi.
Intensiv miya reabilitatsiyasidan so’ng
Nensining xotirasi kabi miyasi ham
yaxshilandi, oradan 4 yil o’tib ham u
hali ham
erining ismini eslay oladi.
Yoki o’z fikrimni bayon etishda
yoqtirgan hikoyamni aytib bersam: Endryu
basketbol maydonida biror vajsiz
bir qizaloqqa tashlangan 9 yoshli bola,
o’sha vaqtda u o’zining daraxtda
osilgancha boshqa bolalarni
o'qqa tutayotgan suratini
chizayotgan edi.
Endryu Kolumbin, Avrora Sendi Huk
kabi talofotlarini yodga solardi.
Ko’pchilik psixiatrlar Endryuga Erik
Harris va boshqa ommaviy
qirg’in uyushtirganlar jirkanch
jinoyatni sodir etishidan
avval bergan dorilarini berishardi, ammo
spektografiya uning miyasini
ko’zdan kechirishim lozimligini va uning
ehtiyojini tushunish uchun
unga nayza otmaslikni o'rgatdi.
Uning spektografik skanerlari
bosh miyasining o’rta chakka
chap yonini egallab turgan golf
koptogi kattaligidagi kistani ko’rsatdi.
Endryuga hech qanday dori yoki
muolajaning foydasi tegmagan bo’lardi.
Kista olib tashlangandan so’ng
uning xulqi avvalgi normal holatga
qaytdi va o’zi
hamisha istagan shirin, yoqimtoy
bolaga aylandi.
Oradan 18 yil o’tib, Endryu,
jiyanimning shaxsiy uyi,
ishi bor va soliqlarni to’laydi.
(Kulgu)
Chunki uning miyasini ko’zdan kechirishga
kimdir jur’at qildi, u yaxshi o’g’il
bo’ldi va yaxshi er, ota va buva bo’ladi.
Agar siz kimningdir miyasini
o’zgartirishdek sharafga ega
bo’lsangiz, faqat bu inson hayotini emas,
balki kelgusi avlodlarning hayotini ham
o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Ismim Endryu Emin.
(Qarsaklar)