Qalbga so'zlang | Marleen Laschet | TEDxTrondheim
-
0:00 - 0:15Taxminan 365 million odam Ingliz tilini
o'z ona tili sifatida egallaydi. -
0:17 - 0:21Ikki milliarddan oshiq odamlar
Ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til -
0:21 - 0:23sifatida o'zlashtirishadi va gapirishadi.
-
0:24 - 0:26Agar Ingliz tilini bilsangiz,
-
0:26 - 0:32siz o'zingizni deyarli 2.5 milliard odamga
tushuntira olasiz. -
0:32 - 0:37Siz nima uchun boshqa har qanday
xorijiy tilni o'rganishingiz kerak? -
0:37 - 0:41Bu shunchaki bir kulguli
vaqt isrofi emasmi? -
0:41 - 0:45Nelson Mandela Afrikancha so'zlagani uchun
-
0:45 - 0:49qora tanli Janubiy Afrikaliklar tomonidan
qattiq tanqid qilingan edi. -
0:50 - 0:51U javob berdi,
-
0:51 - 0:55"Siz odamga u tushunadigan tilda
gapirganingizda, -
0:56 - 0:58bu uning boshiga boradi.
-
0:59 - 1:02Qachonki siz u odamga uning ona tilida
gapirsangiz, -
1:03 - 1:04bu uning qalbiga boradi."
-
1:05 - 1:07Bundan xulosa shuki:
-
1:07 - 1:09Agar kimningdir e'tiborini qozonishni
istasangiz, -
1:09 - 1:12siz ularning qalbiga so'zlashingiz kerak.
-
1:13 - 1:15Cherkov otalari buni bilishadi.
-
1:15 - 1:19John Paul II o'ntacha tilni
mukammal egallagan -
1:19 - 1:22va o'nlab boshqa tillarni
boshlang'ich darajada o'zlashtirgan. -
1:23 - 1:27U qayerga bormasin, odamlarni
-
1:27 - 1:31ularning ona tilida kamida ikki-uchta
gap bilan kutib olardi; -
1:31 - 1:36va bu uning taniqliligida
muhim ahamiyatga ega edi. -
1:37 - 1:40Xorijiy qaynonali odamlar,
-
1:40 - 1:43yoki bo'lajak xorijiy qaynonalilar ham
buni bilishadi. -
1:44 - 1:47Ular qiz ortoqlari bilan Ingliz tilida
suhbatlashishlari mumkin, -
1:47 - 1:51lekin qachonki qizning onasi bilan
ijobiy munosabatda bo'lishni istashganda, -
1:51 - 1:55yigitlar har qanday antiqa tillarni
o'rganishga tayyor, -
1:55 - 1:57shu jumladan Golland tili.
-
1:57 - 1:59(Kulgi)
-
1:59 - 2:01Va bu odatda ish beradi.
-
2:02 - 2:03Nima uchun?
-
2:04 - 2:09Chunki, ona tilimiz
bizning shaxsiyatimiz, bizning kimligimiz -
2:09 - 2:13bilan uzluksiz bog'langan.
-
2:13 - 2:16Bizning butun shaxsiy tariximiz
-
2:16 - 2:21ona tilimizda chuqur ildiz otgan,
unda shakllangan. -
2:21 - 2:28Juda ko'plab xotiralar va tuyg'ular
so'zlarga, iboralarga bog'langan, -
2:29 - 2:32hattoki, biz birga o'sib bilgan grammatikaga
bog'langan. -
2:33 - 2:37Agar o'zga odamning tilini o'rgansangiz,
-
2:37 - 2:40siz ularning hayotiga, shaxsiyatiga
-
2:40 - 2:44chin dildan qiziqishingizni
namoyon etasiz. -
2:45 - 2:48Qaysi qaynona mamnun bo'lmasdi?
-
2:49 - 2:53Siz o'z tilingizni eshitganingizda
bog'langanday his qilasiz. -
2:54 - 2:56Qachonki siz safarda bo'lganingizda,
-
2:56 - 3:00va siz xorijiy tilda kunlab yoki haftalab
so'zlaganingizda, -
3:01 - 3:03samolyotga qadam bosgan on
-
3:03 - 3:06ekipaj azosi sizni ona tilingizda
kutib olganida -
3:06 - 3:08siz bilasizki siz uyga qaytyapsiz.
-
3:10 - 3:14Agar ona tillarning
xushbo'y hidlari bo'lganda, -
3:14 - 3:19mening fikrimcha ular
pishiriqlarday xushbo'y, -
3:19 - 3:21va yoqimli tovuq sh'orvasiday,
-
3:22 - 3:24va buvimning atiriday
-
3:25 - 3:28balki hatto bir oz naftalinday bo'lardi.
-
3:29 - 3:34Bu Esperanto kabi sun'iy tillar
-
3:34 - 3:40hech qachon keng miqdorda qo'lga
olinmaganligining sababi bo'lishi mumkin. -
3:41 - 3:44Qanchaki mukammal tuzilgan,
-
3:44 - 3:47va sodda, o'zlashtirishga oson bo'lmasin,
-
3:48 - 3:53hech bir mamlakat sun'iy tilni
o'z tiliday qabul qilgan emas. -
3:54 - 3:59Hatto keng miqdorda, uzoq vaqt mobaynida
muntazam ravishda o'zlashtiriladigan -
3:59 - 4:03xorijiy til sifatida ham qo'llanilmagan,
-
4:03 - 4:05ammo bu sinab ko'rilgan.
-
4:06 - 4:12Lekin negadir, tabiiy tillarning
murakkabligiga qaramasdan - -
4:12 - 4:15g'ashga teguvchi notekisliklari,
-
4:15 - 4:20imlo va talaffuzning farqlanishi,
-
4:20 - 4:25ba'zan grammatikaning judayam
murakkabligi kabi - -
4:26 - 4:27bularning hech biriga qaramay
-
4:28 - 4:34biz odamlar bilan tabiiy tashkil topgan
tillarni o'zlashtirishni afzal ko'ramiz. -
4:36 - 4:40Sun'iy tillar boshga so'zlaydi.
-
4:41 - 4:45Tabiiy tillar pishiriqlarday xushbo'y.
-
4:46 - 4:48Nelson Mandela uchun
-
4:48 - 4:52Afrikanchani o'zlashtirish batamom
"dushmaningni bilish uchun" edi. -
4:52 - 4:56U aytidki, "ularning ustidan g'alaba
qozonishni istasang, sen ularning -
4:56 - 5:00tilini, ehtiroslarini, umidlarini,
va qo'rquvlarini billishing kerak". -
5:01 - 5:04U shunday qildi. Bu samara berdi.
-
5:05 - 5:08Ammo bu doimo dushmanlar haqida emas,
shunday emasmi? -
5:09 - 5:12Bu turli-tuman insoniy munosabatlarga
taluqli. -
5:13 - 5:18Va men qaynonalar dushman deydigan
eng oxirgi odam bo'laman - -
5:18 - 5:19ta'rifiga asosan.
-
5:20 - 5:23Yetti-sakkiz yil oldin
-
5:23 - 5:26men oilam bilan Polshada avtomobil
haydab ketayotgan edim. -
5:27 - 5:31Do'konlar bekiladigan vaqt yaqin va biz
oziq ovqat sotib olishimiz kerak edi. -
5:32 - 5:36Nihoyat, biz ko'chaning narigi tomonoda
katta do'kon ko'rdik. -
5:37 - 5:42U joyga vaqtida yetib borishning yagona
usuli to'liq burilish qilish orqali edi. -
5:42 - 5:43Men shunday qildim.
-
5:44 - 5:47Ehtimol bu xavfli edi.
-
5:48 - 5:50Bu albatta noqonuniy edi.
-
5:52 - 5:58Avtomobil parkida, motorni o'chirishga
imkoniyat bo'lishidan avval -
5:58 - 6:00men taqillatish eshitdim.
-
6:01 - 6:06Men derazani tushurdim,
va ikki juft ko'zlar turardi. -
6:08 - 6:12Har juft ko'z militsionerga
biriktirilgan edi. -
6:13 - 6:19Men hatto eng qulay holatda ham Polsha
tilida hech qanday ravonlikga ega emasman, -
6:20 - 6:24lekin men oddiy suhbat qura olardim.
-
6:24 - 6:28Ammo bu muhitda, ayibdor vijdon bilan,
-
6:29 - 6:32formadagi ikkita qonun himoyachisi bilan
ko'zma-ko'z bo'lgan holda -
6:33 - 6:38men biladigan har bir manoli Polshacha
so'z to'liq esimdan chiqdi. -
6:40 - 6:44Shunga qaramay, men bu holat bilan
Ingliz tilida ish ko'rishni -
6:45 - 6:48bir lahza ham hisoblamadim.
-
6:49 - 6:53Ingliz tili menga tilda ustunlik
bergan bo'lardi, -
6:54 - 6:57ammo bu militsionerlarni noqulay ahvolga
solishi mumkin edi. -
6:58 - 7:02Shu sababli, men Polsha tilidan
foydalanishga qat'iy qaror qilgan edim. -
7:02 - 7:03Qanday qilib?
-
7:04 - 7:09Boshimning kichkinagina Polshacha qismi
hozirgina bo'sh edi, -
7:10 - 7:12faqat bir narsadan tashqari.
-
7:13 - 7:18Men tez-tez qaytalagan bir narsa bor ediki
-
7:18 - 7:21hatto men uni uyqumda ham
bayon eta olardim. -
7:23 - 7:25Bu bolalar she'ri edi -
-
7:28 - 7:30kasal qurbaqa haqida.
-
7:30 - 7:32(Kulgi)
-
7:33 - 7:35Menda shugina bor edi.
-
7:35 - 7:40Men bunday qilish antiqaligini bilardim,
lekin mutloq o'ylamastdan aytdim: -
7:40 - 7:43(Polsha tilida) "Bir qurbaqa zaif his qildi
-
7:43 - 7:46u shifokorga bordi
va men kasalman dedi. -
7:46 - 7:50Shifokor ko'zoynak taqdi
chunki u ancha keksa edi." -
7:52 - 7:54Men militsionerlarga qaradim.
-
7:54 - 7:56Va ular menga tikilib qarar edi.
-
7:56 - 7:58(Kulgi)
-
7:59 - 8:02Eslashimcha ulardan biri
boshini qashib turardi. -
8:03 - 8:05Va ular jilmaydi.
-
8:06 - 8:07Tabassum qilishdi.
-
8:07 - 8:11Va shu, o'z navbatida, menga
-
8:11 - 8:14vaziyatga muvofiq bir necha so'zlarni
-
8:14 - 8:17esimga tushirishga onsonlik berdi.
-
8:17 - 8:20Men shu bir-ikki yarim gaplarni
duduqlay olardim, -
8:20 - 8:23"Juda uzr, oziq-ovqat zarur edi,
boshqa hech qaytarilmaydi." -
8:25 - 8:26Ular menga ruxsat berishdi.
-
8:27 - 8:32Men do'konga shoshilar ekanman, ular
(Polsha tilida) "Szczęśliwej podróży!" -
8:32 - 8:34"Oq yo'l!" deyishdi.
-
8:35 - 8:39Sizlar dunyoni sayohat qilib,
qonunlar buzib, qutilib ketishingiz uchun -
8:39 - 8:43tillar o'rganishni undash
mening maqsadim emas. -
8:45 - 8:49Lekin bu kichik voqea birnecha so'zlar,
-
8:50 - 8:54qanchaki sodda yoki antiqa bo'lmasin,
shunchaki birnecha so'zlar -
8:54 - 8:58to'g'ri qalbga bora oladi
va uni erita oladi. -
8:59 - 9:02Aytgancha, kasal qurbaqaga boshqa
variant bor edi. -
9:02 - 9:04Men unga barobar biladigan
yana bir narsa bor edi: -
9:06 - 9:07ichkilik qo'shig'i.
-
9:07 - 9:09(Kulgi)
-
9:09 - 9:11U menga tabassum qozonmasligi mumkin edi.
-
9:12 - 9:14Ehtimol mahalliy militsiya mahkamasiga
-
9:14 - 9:16qon testi uchun tashrif.
-
9:18 - 9:21Siz ko'plab tillar organishingiz
shart emas, -
9:21 - 9:24va siz ularni mukammal
o'zlashtirishingiz shart emas. -
9:24 - 9:25Ozning o'zi ko'p foyda keltirishi mumkin.
-
9:27 - 9:30Qalbga aytilgan o'n soz,
boshga aytilgan ming so'zdan -
9:30 - 9:33afzal natijaga erishishi mumkin.
-
9:35 - 9:39Siz doimo Ingliz tilini tanlashingin
va betaraf bo'lishingiz mumkin. -
9:40 - 9:45Lekin siz o'sha ortadagi to'siqdan
o'tishingiz -
9:45 - 9:49va yangi tanishingizni, yoki raqibingizni,
kim bo'lishidan qat'i nazar, -
9:49 - 9:52ularni o'z qulay doirasida uchratishingiz
mumkin. -
9:52 - 9:55O'zgalar tilida gapirish sizni nimjon
qilib ko'rsatmaydi, -
9:55 - 9:57u sizni kuchli deb isbotlaydi.
-
9:58 - 10:04To'siqlardan o'tishga harakat qilishga
jasorati bor odam -
10:05 - 10:07bu oxirida yutadigan odamdir.
-
10:08 - 10:12Xatolarga yo'l qo'yishdan xavotirlanmang.
Xatolar insonliginginzni ko'rsatadi. -
10:13 - 10:17Va ushbu holatda, bundan foyda bor:
-
10:18 - 10:21Agar siz xato qilsangiz,
-
10:21 - 10:26siz boshqalarning sizga yordam berishiga,
siz bilan tanishishiga imkon yaratasiz. -
10:26 - 10:32Shu tarzda, siz boshlagan aloqa
mustahkam bo'ladi. -
10:33 - 10:37Shunday qilib, siz ozingizni
tushunishlarini hohlaysizmi -
10:38 - 10:40yoki aloqa o'rnatishnimi?
-
10:42 - 10:47Keling barchamiz Ingliz tilini o'rganish
va foydalanishda davom etaylik. -
10:48 - 10:53Bu yerdagi TEDx kabi turli tinglovchilar
bilan muloqot qila olishimiz uchun. -
10:54 - 10:58Ingliz tili bilim bo'lishish,
-
10:58 - 11:04va dunyoviy masalalar borasida xalqaro
yig'ilishlar uchun kuchli vosita. -
11:05 - 11:10Avvalo, Ingliz tili 365 million
qalblarga yo'l. -
11:11 - 11:17365 million odam uchun Ingliz tili
pishiriqlarday xushbo'y. -
11:19 - 11:21Lekin nega bunga qoniqish kerak?
-
11:22 - 11:25Nega endi qo'shimcha harakat qilib
-
11:25 - 11:28kamida yana bir o'zga tilni
o'rganmasligimiz kerak? -
11:29 - 11:32Pishiriqlarning ko'p turli mazalari bor.
-
11:32 - 11:34Qani keling yangisidan tatib ko'raylik.
-
11:35 - 11:36Rahmat.
-
11:36 - 11:38(Qarsaklar)
- Title:
- Qalbga so'zlang | Marleen Laschet | TEDxTrondheim
- Description:
-
Ushbu muloqot TED konferentsiyasi formati asosida mahalliy jamiyat tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilgan TEDx tadbirida berilgan. Qo'shimcha ma'lumot: http://ted.com/tedx
Tillarning xushbo'yligi va kasal qurbaqa qanday qilib sizni vaziyatdan saqlay olishi haqida.
Marleen hikoya bayon qilishga va tillarga ehtirosli filolog va aloqa eksperti.
U o'zining jiddiy quvnoqi blogida, ko'p tillikning foydalari va madaniy farqlar haqida yozadi. Uning blog hikoyalari o'z hayotidagi poliglot sifatida boshidan kechirgan antiqaviy holatlarga asoslangan bo'lib, til va madaniy tushuncha va tajribaga tayanadi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TEDxTalks
- Duration:
- 11:56
![]() |
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Gulnoza Yakubova accepted Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Gulnoza Yakubova edited Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Farrukh Yakubov edited Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Farrukh Yakubov edited Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Farrukh Yakubov edited Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Farrukh Yakubov edited Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim | |
![]() |
Farrukh Yakubov edited Uzbek subtitles for Speak to the heart | Marleen Laschet | TEDxTrondheim |