Taxminan 365 million odam Ingliz tilini
o'z ona tili sifatida egallaydi.
Ikki milliarddan oshiq odamlar
Ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til
sifatida o'zlashtirishadi va gapirishadi.
Agar Ingliz tilini bilsangiz,
siz o'zingizni deyarli 2.5 milliard odamga
tushuntira olasiz.
Siz nima uchun boshqa har qanday
xorijiy tilni o'rganishingiz kerak?
Bu shunchaki bir kulguli
vaqt isrofi emasmi?
Nelson Mandela Afrikancha so'zlagani uchun
qora tanli Janubiy Afrikaliklar tomonidan
qattiq tanqid qilingan edi.
U javob berdi,
"Siz odamga u tushunadigan tilda
gapirganingizda,
bu uning boshiga boradi.
Qachonki siz u odamga uning ona tilida
gapirsangiz,
bu uning qalbiga boradi."
Bundan xulosa shuki:
Agar kimningdir e'tiborini qozonishni
istasangiz,
siz ularning qalbiga so'zlashingiz kerak.
Cherkov otalari buni bilishadi.
John Paul II o'ntacha tilni
mukammal egallagan
va o'nlab boshqa tillarni
boshlang'ich darajada o'zlashtirgan.
U qayerga bormasin, odamlarni
ularning ona tilida kamida ikki-uchta
gap bilan kutib olardi;
va bu uning taniqliligida
muhim ahamiyatga ega edi.
Xorijiy qaynonali odamlar,
yoki bo'lajak xorijiy qaynonalilar ham
buni bilishadi.
Ular qiz ortoqlari bilan Ingliz tilida
suhbatlashishlari mumkin,
lekin qachonki qizning onasi bilan
ijobiy munosabatda bo'lishni istashganda,
yigitlar har qanday antiqa tillarni
o'rganishga tayyor,
shu jumladan Golland tili.
(Kulgi)
Va bu odatda ish beradi.
Nima uchun?
Chunki, ona tilimiz
bizning shaxsiyatimiz, bizning kimligimiz
bilan uzluksiz bog'langan.
Bizning butun shaxsiy tariximiz
ona tilimizda chuqur ildiz otgan,
unda shakllangan.
Juda ko'plab xotiralar va tuyg'ular
so'zlarga, iboralarga bog'langan,
hattoki, biz birga o'sib bilgan grammatikaga
bog'langan.
Agar o'zga odamning tilini o'rgansangiz,
siz ularning hayotiga, shaxsiyatiga
chin dildan qiziqishingizni
namoyon etasiz.
Qaysi qaynona mamnun bo'lmasdi?
Siz o'z tilingizni eshitganingizda
bog'langanday his qilasiz.
Qachonki siz safarda bo'lganingizda,
va siz xorijiy tilda kunlab yoki haftalab
so'zlaganingizda,
samolyotga qadam bosgan on
ekipaj azosi sizni ona tilingizda
kutib olganida
siz bilasizki siz uyga qaytyapsiz.
Agar ona tillarning
xushbo'y hidlari bo'lganda,
mening fikrimcha ular
pishiriqlarday xushbo'y,
va yoqimli tovuq sh'orvasiday,
va buvimning atiriday
balki hatto bir oz naftalinday bo'lardi.
Bu Esperanto kabi sun'iy tillar
hech qachon keng miqdorda qo'lga
olinmaganligining sababi bo'lishi mumkin.
Qanchaki mukammal tuzilgan,
va sodda, o'zlashtirishga oson bo'lmasin,
hech bir mamlakat sun'iy tilni
o'z tiliday qabul qilgan emas.
Hatto keng miqdorda, uzoq vaqt mobaynida
muntazam ravishda o'zlashtiriladigan
xorijiy til sifatida ham qo'llanilmagan,
ammo bu sinab ko'rilgan.
Lekin negadir, tabiiy tillarning
murakkabligiga qaramasdan -
g'ashga teguvchi notekisliklari,
imlo va talaffuzning farqlanishi,
ba'zan grammatikaning judayam
murakkabligi kabi -
bularning hech biriga qaramay
biz odamlar bilan tabiiy tashkil topgan
tillarni o'zlashtirishni afzal ko'ramiz.
Sun'iy tillar boshga so'zlaydi.
Tabiiy tillar pishiriqlarday xushbo'y.
Nelson Mandela uchun
Afrikanchani o'zlashtirish batamom
"dushmaningni bilish uchun" edi.
U aytidki, "ularning ustidan g'alaba
qozonishni istasang, sen ularning
tilini, ehtiroslarini, umidlarini,
va qo'rquvlarini billishing kerak".
U shunday qildi. Bu samara berdi.
Ammo bu doimo dushmanlar haqida emas,
shunday emasmi?
Bu turli-tuman insoniy munosabatlarga
taluqli.
Va men qaynonalar dushman deydigan
eng oxirgi odam bo'laman -
ta'rifiga asosan.
Yetti-sakkiz yil oldin
men oilam bilan Polshada avtomobil
haydab ketayotgan edim.
Do'konlar bekiladigan vaqt yaqin va biz
oziq ovqat sotib olishimiz kerak edi.
Nihoyat, biz ko'chaning narigi tomonoda
katta do'kon ko'rdik.
U joyga vaqtida yetib borishning yagona
usuli to'liq burilish qilish orqali edi.
Men shunday qildim.
Ehtimol bu xavfli edi.
Bu albatta noqonuniy edi.
Avtomobil parkida, motorni o'chirishga
imkoniyat bo'lishidan avval
men taqillatish eshitdim.
Men derazani tushurdim,
va ikki juft ko'zlar turardi.
Har juft ko'z militsionerga
biriktirilgan edi.
Men hatto eng qulay holatda ham Polsha
tilida hech qanday ravonlikga ega emasman,
lekin men oddiy suhbat qura olardim.
Ammo bu muhitda, ayibdor vijdon bilan,
formadagi ikkita qonun himoyachisi bilan
ko'zma-ko'z bo'lgan holda
men biladigan har bir manoli Polshacha
so'z to'liq esimdan chiqdi.
Shunga qaramay, men bu holat bilan
Ingliz tilida ish ko'rishni
bir lahza ham hisoblamadim.
Ingliz tili menga tilda ustunlik
bergan bo'lardi,
ammo bu militsionerlarni noqulay ahvolga
solishi mumkin edi.
Shu sababli, men Polsha tilidan
foydalanishga qat'iy qaror qilgan edim.
Qanday qilib?
Boshimning kichkinagina Polshacha qismi
hozirgina bo'sh edi,
faqat bir narsadan tashqari.
Men tez-tez qaytalagan bir narsa bor ediki
hatto men uni uyqumda ham
bayon eta olardim.
Bu bolalar she'ri edi -
kasal qurbaqa haqida.
(Kulgi)
Menda shugina bor edi.
Men bunday qilish antiqaligini bilardim,
lekin mutloq o'ylamastdan aytdim:
(Polsha tilida) "Bir qurbaqa zaif his qildi
u shifokorga bordi
va men kasalman dedi.
Shifokor ko'zoynak taqdi
chunki u ancha keksa edi."
Men militsionerlarga qaradim.
Va ular menga tikilib qarar edi.
(Kulgi)
Eslashimcha ulardan biri
boshini qashib turardi.
Va ular jilmaydi.
Tabassum qilishdi.
Va shu, o'z navbatida, menga
vaziyatga muvofiq bir necha so'zlarni
esimga tushirishga onsonlik berdi.
Men shu bir-ikki yarim gaplarni
duduqlay olardim,
"Juda uzr, oziq-ovqat zarur edi,
boshqa hech qaytarilmaydi."
Ular menga ruxsat berishdi.
Men do'konga shoshilar ekanman, ular
(Polsha tilida) "Szczęśliwej podróży!"
"Oq yo'l!" deyishdi.
Sizlar dunyoni sayohat qilib,
qonunlar buzib, qutilib ketishingiz uchun
tillar o'rganishni undash
mening maqsadim emas.
Lekin bu kichik voqea birnecha so'zlar,
qanchaki sodda yoki antiqa bo'lmasin,
shunchaki birnecha so'zlar
to'g'ri qalbga bora oladi
va uni erita oladi.
Aytgancha, kasal qurbaqaga boshqa
variant bor edi.
Men unga barobar biladigan
yana bir narsa bor edi:
ichkilik qo'shig'i.
(Kulgi)
U menga tabassum qozonmasligi mumkin edi.
Ehtimol mahalliy militsiya mahkamasiga
qon testi uchun tashrif.
Siz ko'plab tillar organishingiz
shart emas,
va siz ularni mukammal
o'zlashtirishingiz shart emas.
Ozning o'zi ko'p foyda keltirishi mumkin.
Qalbga aytilgan o'n soz,
boshga aytilgan ming so'zdan
afzal natijaga erishishi mumkin.
Siz doimo Ingliz tilini tanlashingin
va betaraf bo'lishingiz mumkin.
Lekin siz o'sha ortadagi to'siqdan
o'tishingiz
va yangi tanishingizni, yoki raqibingizni,
kim bo'lishidan qat'i nazar,
ularni o'z qulay doirasida uchratishingiz
mumkin.
O'zgalar tilida gapirish sizni nimjon
qilib ko'rsatmaydi,
u sizni kuchli deb isbotlaydi.
To'siqlardan o'tishga harakat qilishga
jasorati bor odam
bu oxirida yutadigan odamdir.
Xatolarga yo'l qo'yishdan xavotirlanmang.
Xatolar insonliginginzni ko'rsatadi.
Va ushbu holatda, bundan foyda bor:
Agar siz xato qilsangiz,
siz boshqalarning sizga yordam berishiga,
siz bilan tanishishiga imkon yaratasiz.
Shu tarzda, siz boshlagan aloqa
mustahkam bo'ladi.
Shunday qilib, siz ozingizni
tushunishlarini hohlaysizmi
yoki aloqa o'rnatishnimi?
Keling barchamiz Ingliz tilini o'rganish
va foydalanishda davom etaylik.
Bu yerdagi TEDx kabi turli tinglovchilar
bilan muloqot qila olishimiz uchun.
Ingliz tili bilim bo'lishish,
va dunyoviy masalalar borasida xalqaro
yig'ilishlar uchun kuchli vosita.
Avvalo, Ingliz tili 365 million
qalblarga yo'l.
365 million odam uchun Ingliz tili
pishiriqlarday xushbo'y.
Lekin nega bunga qoniqish kerak?
Nega endi qo'shimcha harakat qilib
kamida yana bir o'zga tilni
o'rganmasligimiz kerak?
Pishiriqlarning ko'p turli mazalari bor.
Qani keling yangisidan tatib ko'raylik.
Rahmat.
(Qarsaklar)