Simona de Bovuarning hayot mohiyati haqidagi qarashlari - Izult Gillespi
-
0:07 - 0:11Simona de Bovuar 21 yoshida Fransiyadagi
eng martabali universitetning -
0:11 - 0:15falsafa tanlovida ishtirok etgan
eng yosh talabaga aylanadi. -
0:15 - 0:17Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tadi.
-
0:17 - 0:20Ammo falsafa qoidalarini
puxta o'zlashtirishi bilanoq, -
0:20 - 0:21ularni buzmoqchi bo'ladi.
-
0:21 - 0:24U Aflotunning fizik dunyo oliy haqiqatlar
-
0:24 - 0:27va o'zgarmas ideallarning soyasi sifatida
-
0:27 - 0:30talqin etilgan
G'oyalar nazariyasini o'rganadi. -
0:30 - 0:34Ammo de Bovuar uchun
yerdagi hayot zavqli, -
0:34 - 0:36his-tuyg'uga boy,
o'zgaruvchan dunyo edi. -
0:36 - 0:40Fizik dunyoni to'la-to'kis tadqiq etish
istagi uning hayot yo'lini belgilab beradi -
0:40 - 0:45va fanda keskin burilish yasagan
yangi falsafalarga ilhomlantiradi. -
0:45 - 0:49Intellektual do'sti va sevgan kishisi Jan
Pol Sartr bilan oxiri yo'q munozaralarga -
0:49 - 0:53kirishishgan de Bovuar iroda erkinligi,
xohish, huquq va majburiyatlar hamda -
0:53 - 0:56shaxsiy tajribaning ahamiyati
haqida mushohada yuritadi. -
0:56 - 0:58Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi yillarda
-
0:58 - 1:01bu g'oyalar ularning
ilmiy faoliyati bilan chambarchas -
1:01 - 1:05bog'liq bo'lgan falsafiy oqim –
ekzistensializmga aylandi. Yahudiy- -
1:05 - 1:08-nasroniylik an'analari
odamlar oldindan tayin -
1:08 - 1:10etilgan maqsad bilan dunyoga
keladilar deb o'rgatgan -
1:10 - 1:14bir vaqtda de Bovuar va Sartr
inqilobiy g'oyani o'rtaga tashlaydi. -
1:14 - 1:16Ular inson erkin bo'lib tug'iladi va
-
1:16 - 1:20hech qanday ilohiy muddaosiz yaratiladi,
deya munozara yuritadilar. -
1:20 - 1:24De Bovuar e'tirof etganidek, bu erkinlik
ham baxt, ham tashvish keltiradi. -
1:24 - 1:29"Mujmallik etikasi" asarida u bizning eng
katta axloqiy majburiyatimiz o'z hayotimiz -
1:29 - 1:31mohiyatini o'zimiz yaratishimiz
va boshqalarning -
1:31 - 1:34bu erkinligini himoya qilishimizdan
iborat, deb ta'kidlaydi. -
1:34 - 1:36De Bovuar qayd etganidek:
-
1:36 - 1:42"O'zgalar erkinligini inkor etuvchi
erkinlikdan voz kechish lozim." -
1:42 - 1:46Mazkur falsafa talabalarni xohishlarimiz
tufayli yuzaga keluvchi muammolarni -
1:46 - 1:50zohiriy hamda botiniy jihatdan
o'rganishga undaydi. -
1:50 - 1:52De Bovuar o'z hayotiy maslagini
izlashga kirishar ekan, -
1:52 - 1:54o'ziga savol bera boshlaydi:
-
1:54 - 1:57agar har kim hayot mohiyatini
mustaqil belgilashga haqli -
1:57 - 2:02bo'lsa, nega jamiyat uni ayollar haqidagi
ideallari bilan cheklab qo'ydi? -
2:02 - 2:05Yozuvchi, o'qituvchi va faol jamoatchi
sifatida sermahsul ijodiga -
2:05 - 2:08qaramay, erkak tengdoshlari uning
qarashlarini jiddiy qabul qilmaydi. -
2:08 - 2:12Universitetda o'qish, memuar,
badiiy va falsafiy asarlar yozishni maqsad -
2:12 - 2:16qilgan de Bovar o'zining katolik tarbiyasi
va turmush qurish niyatidan voz kechadi. -
2:16 - 2:19Ammo shaxs erkinligini
qadrlamagan erkaklar -
2:19 - 2:21bu hayot tarzi keltirgan
tavakkalchiliklarga -
2:21 - 2:24yetarlicha baho bermaydi.
-
2:24 - 2:27Ayollarning ichki dunyosi, qolaversa,
-
2:27 - 2:29muallifning oshkora munosabati
va biseksualizm -
2:29 - 2:33tadqiq etilgan asarlarga
erkak faylasuflar qiziqish bildirmaydi. -
2:33 - 2:35O'z qarashlarining ahamiyatini
namoyish etish -
2:35 - 2:39maqsadida de Bovuar eng murakkab
kitobini yozishga kirishadi. -
2:39 - 2:42Ekzistensializm asoslarini
yaratgani sinagri endi u -
2:42 - 2:45gender chegaralarini
yangidan izohlab beradi. -
2:45 - 2:511949-yilda nashr etilgan "Ikkinchi jins"da
jins ham hayot mazmunidek taqdir tomonidan -
2:51 - 2:53belgilanmasligi fikri ilgari suriladi.
-
2:53 - 2:55De Bovuarning mashhur
iborasi bilan aytganda, -
2:55 - 2:58"kishi ayol bo'lib tug'ilmaydi,
balki ayolga aylanadi". -
2:58 - 3:03Uning fikricha, ayolga aylanish uchun
odam "O'zga"ga aylanishiga to'g'ri keladi. -
3:03 - 3:06De Bovuar ayollarni tarixan
ideal inson deb hisoblangan -
3:06 - 3:11erkaklar bilan teng ko'rmaslik jarayonini
-
3:11 - 3:13«O'zgaga aylantirish» deb ataydi.
"O'zga"ga aylangan -
3:13 - 3:17kishi sifatida u ayollarga 2-darajali
inson deb munosabat bildirilgani va -
3:17 - 3:22shuning uchun ularning erkinligi
doim cheklanib kelinganini tanqid qiladi. -
3:22 - 3:25"Ikkinchi jins" ayollarga ko'rsatilgan
jabr-zulmni behisob -
3:25 - 3:28tarixiy voqealar orqali yoritib bergan
-
3:28 - 3:30muhim feministik traktatga aylanadi.
-
3:30 - 3:33Shaxsiy tajriba va falsafiy qarashlar
-
3:33 - 3:35asosiga qurilgan asar tili
-
3:35 - 3:38feminizm nazariyasiga
yangicha ruh bag'ishlaydi. -
3:38 - 3:43Bu bahslar bugun ham de Bovuarning
tenglik uchun kurashda "falsafa va hayotni -
3:43 - 3:45bir-biridan ajratib bo'lmaydi"
-
3:45 - 3:49degan qarashlarini aks ettiradi.
-
3:49 - 3:52O'z sohasida yangilik bo'lgan
har qanday asar singari -
3:52 - 3:55"Ikkinchi jins" dagi g'oyalar ham nashr
etilishi bilan keng yoyila boshlaydi. -
3:55 - 3:59Ko'plab zamonaviy mutafakkirlar
odamlar "O'zgaga aylanish"ning de Bovuar -
3:59 - 4:01tan olmagan boshqa
usullarini o'rganishadi. -
4:01 - 4:04Bular sirasiga irqiy va
iqtisodiy kelib chiqish, -
4:04 - 4:09shuningdek, gender va
jinsiy o'ziga xosliklar kiradi. -
4:09 - 4:11De Bovuar ijodiy merosi
uning 2 talabasi qo'ygan -
4:11 - 4:16jinsiy zo'ravonlik haqidagi ayblov tufayli
katta bahs-munozaralarga sabab bo'ladi. -
4:16 - 4:18O'z lavozimini suiiste'mol qilganlikda
-
4:18 - 4:22ayblangach uning o'qituvchilik
litsenziyasi bekor qilinadi. -
4:22 - 4:26Bu va boshqa sabablarga ko'ra, de Bovuar
hayoti munozarali masala bo'lib qoladi, -
4:26 - 4:31uning faoliyati esa feminizmda
tortishuvli davrni boshlab beradi. -
4:31 - 4:35Vafotiga qadar (1986-yil ) u butun umri
davomida badiiy, falsafiy va memuar -
4:35 - 4:40asarlari orqali bu bahs-u
munozaralarda ishtirok etadi. -
4:40 - 4:43Bugun uning asarlari falsafiy tilini
qayta kashf etuvchilar -
4:43 - 4:46ham, unga qarshi isyon
ko'taruvchilar ham topiladi. -
4:46 - 4:50Inqilobchi mutaffakir bunday javobni
ochiq qarshi olsa ajab emas.
- Title:
- Simona de Bovuarning hayot mohiyati haqidagi qarashlari - Izult Gillespi
- Speaker:
- Izult Gillespi
- Description:
-
To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/the-meaning-of-life-according-to-simone-de-beauvoir-iseult-gillespie
Simona de Bovuar 21 yoshida Fransiyadagi eng martabali universitetning falsafa tanlovida ishtirok etgan eng yosh talabaga aylanadi. Ammo u falsafa qoidalarini puxta o'zlashtirishi bilanoq, ularni buzmoqchi bo'ladi. Fizik dunyoni to'la-to'kis tadqiq etish istagi uning hayot yo'lini belgilab beradi va, oxir-oqibat, fanda keskin burilish yasagan yangi falsafalarga ilhomlantiradi. Izult Gillespi o'tkir tafakkur sohibasining hayot yo'li to'g'risida hikoya qiladi.
Ma'ruzachi: Izult Gillespi, resissyor: Sara Saydan
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 04:50
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The meaning of life according to Simone de Beauvoir |