1 00:00:06,685 --> 00:00:10,568 Simona de Bovuar 21 yoshida Fransiyadagi eng martabali universitetning 2 00:00:10,568 --> 00:00:15,038 falsafa tanlovida ishtirok etgan eng yosh talabaga aylanadi. 3 00:00:15,038 --> 00:00:17,048 Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tadi. 4 00:00:17,048 --> 00:00:19,580 Ammo falsafa qoidalarini puxta o'zlashtirishi bilanoq, 5 00:00:19,580 --> 00:00:21,350 ularni buzmoqchi bo'ladi. 6 00:00:21,350 --> 00:00:24,380 U Aflotunning fizik dunyo oliy haqiqatlar 7 00:00:24,380 --> 00:00:27,280 va o'zgarmas ideallarning soyasi sifatida 8 00:00:27,280 --> 00:00:30,220 talqin etilgan G'oyalar nazariyasini o'rganadi. 9 00:00:30,220 --> 00:00:34,070 Ammo de Bovuar uchun yerdagi hayot zavqli, 10 00:00:34,070 --> 00:00:36,020 his-tuyg'uga boy, o'zgaruvchan dunyo edi. 11 00:00:36,020 --> 00:00:40,360 Fizik dunyoni to'la-to'kis tadqiq etish istagi uning hayot yo'lini belgilab beradi 12 00:00:40,360 --> 00:00:44,656 va fanda keskin burilish yasagan yangi falsafalarga ilhomlantiradi. 13 00:00:44,656 --> 00:00:49,045 Intellektual do'sti va sevgan kishisi Jan Pol Sartr bilan oxiri yo'q munozaralarga 14 00:00:49,045 --> 00:00:53,275 kirishishgan de Bovuar iroda erkinligi, xohish, huquq va majburiyatlar hamda 15 00:00:53,275 --> 00:00:56,105 shaxsiy tajribaning ahamiyati haqida mushohada yuritadi. 16 00:00:56,105 --> 00:00:58,215 Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi yillarda 17 00:00:58,215 --> 00:01:00,825 bu g'oyalar ularning ilmiy faoliyati bilan chambarchas 18 00:01:00,825 --> 00:01:05,465 bog'liq bo'lgan falsafiy oqim – ekzistensializmga aylandi. Yahudiy- 19 00:01:05,465 --> 00:01:07,626 -nasroniylik an'analari odamlar oldindan tayin 20 00:01:07,626 --> 00:01:10,185 etilgan maqsad bilan dunyoga keladilar deb o'rgatgan 21 00:01:10,185 --> 00:01:14,105 bir vaqtda de Bovuar va Sartr inqilobiy g'oyani o'rtaga tashlaydi. 22 00:01:14,105 --> 00:01:16,315 Ular inson erkin bo'lib tug'iladi va 23 00:01:16,315 --> 00:01:19,545 hech qanday ilohiy muddaosiz yaratiladi, deya munozara yuritadilar. 24 00:01:19,545 --> 00:01:24,335 De Bovuar e'tirof etganidek, bu erkinlik ham baxt, ham tashvish keltiradi. 25 00:01:24,335 --> 00:01:28,992 "Mujmallik etikasi" asarida u bizning eng katta axloqiy majburiyatimiz o'z hayotimiz 26 00:01:28,992 --> 00:01:31,412 mohiyatini o'zimiz yaratishimiz va boshqalarning 27 00:01:31,412 --> 00:01:34,446 bu erkinligini himoya qilishimizdan iborat, deb ta'kidlaydi. 28 00:01:34,446 --> 00:01:36,136 De Bovuar qayd etganidek: 29 00:01:36,136 --> 00:01:41,524 "O'zgalar erkinligini inkor etuvchi erkinlikdan voz kechish lozim." 30 00:01:41,524 --> 00:01:45,754 Mazkur falsafa talabalarni xohishlarimiz tufayli yuzaga keluvchi muammolarni 31 00:01:45,754 --> 00:01:49,554 zohiriy hamda botiniy jihatdan o'rganishga undaydi. 32 00:01:49,554 --> 00:01:52,486 De Bovuar o'z hayotiy maslagini izlashga kirishar ekan, 33 00:01:52,486 --> 00:01:54,016 o'ziga savol bera boshlaydi: 34 00:01:54,016 --> 00:01:56,996 agar har kim hayot mohiyatini mustaqil belgilashga haqli 35 00:01:56,996 --> 00:02:01,586 bo'lsa, nega jamiyat uni ayollar haqidagi ideallari bilan cheklab qo'ydi? 36 00:02:01,586 --> 00:02:04,837 Yozuvchi, o'qituvchi va faol jamoatchi sifatida sermahsul ijodiga 37 00:02:04,837 --> 00:02:08,406 qaramay, erkak tengdoshlari uning qarashlarini jiddiy qabul qilmaydi. 38 00:02:08,406 --> 00:02:11,846 Universitetda o'qish, memuar, badiiy va falsafiy asarlar yozishni maqsad 39 00:02:11,846 --> 00:02:16,160 qilgan de Bovar o'zining katolik tarbiyasi va turmush qurish niyatidan voz kechadi. 40 00:02:16,160 --> 00:02:18,880 Ammo shaxs erkinligini qadrlamagan erkaklar 41 00:02:18,880 --> 00:02:21,300 bu hayot tarzi keltirgan tavakkalchiliklarga 42 00:02:21,300 --> 00:02:23,500 yetarlicha baho bermaydi. 43 00:02:23,500 --> 00:02:26,570 Ayollarning ichki dunyosi, qolaversa, 44 00:02:26,570 --> 00:02:28,780 muallifning oshkora munosabati va biseksualizm 45 00:02:28,780 --> 00:02:32,800 tadqiq etilgan asarlarga erkak faylasuflar qiziqish bildirmaydi. 46 00:02:32,800 --> 00:02:35,070 O'z qarashlarining ahamiyatini namoyish etish 47 00:02:35,070 --> 00:02:38,600 maqsadida de Bovuar eng murakkab kitobini yozishga kirishadi. 48 00:02:38,600 --> 00:02:41,910 Ekzistensializm asoslarini yaratgani sinagri endi u 49 00:02:41,910 --> 00:02:45,370 gender chegaralarini yangidan izohlab beradi. 50 00:02:45,370 --> 00:02:50,674 1949-yilda nashr etilgan "Ikkinchi jins"da jins ham hayot mazmunidek taqdir tomonidan 51 00:02:50,674 --> 00:02:52,694 belgilanmasligi fikri ilgari suriladi. 52 00:02:52,694 --> 00:02:54,786 De Bovuarning mashhur iborasi bilan aytganda, 53 00:02:54,786 --> 00:02:58,406 "kishi ayol bo'lib tug'ilmaydi, balki ayolga aylanadi". 54 00:02:58,406 --> 00:03:02,666 Uning fikricha, ayolga aylanish uchun odam "O'zga"ga aylanishiga to'g'ri keladi. 55 00:03:02,666 --> 00:03:06,389 De Bovuar ayollarni tarixan ideal inson deb hisoblangan 56 00:03:06,389 --> 00:03:10,526 erkaklar bilan teng ko'rmaslik jarayonini 57 00:03:10,526 --> 00:03:13,011 «O'zgaga aylantirish» deb ataydi. "O'zga"ga aylangan 58 00:03:13,011 --> 00:03:17,176 kishi sifatida u ayollarga 2-darajali inson deb munosabat bildirilgani va 59 00:03:17,176 --> 00:03:21,546 shuning uchun ularning erkinligi doim cheklanib kelinganini tanqid qiladi. 60 00:03:21,546 --> 00:03:24,944 "Ikkinchi jins" ayollarga ko'rsatilgan jabr-zulmni behisob 61 00:03:24,944 --> 00:03:27,556 tarixiy voqealar orqali yoritib bergan 62 00:03:27,556 --> 00:03:29,998 muhim feministik traktatga aylanadi. 63 00:03:29,998 --> 00:03:33,068 Shaxsiy tajriba va falsafiy qarashlar 64 00:03:33,068 --> 00:03:34,888 asosiga qurilgan asar tili 65 00:03:34,888 --> 00:03:38,368 feminizm nazariyasiga yangicha ruh bag'ishlaydi. 66 00:03:38,368 --> 00:03:42,920 Bu bahslar bugun ham de Bovuarning tenglik uchun kurashda "falsafa va hayotni 67 00:03:42,920 --> 00:03:44,780 bir-biridan ajratib bo'lmaydi" 68 00:03:44,780 --> 00:03:48,708 degan qarashlarini aks ettiradi. 69 00:03:48,708 --> 00:03:51,518 O'z sohasida yangilik bo'lgan har qanday asar singari 70 00:03:51,518 --> 00:03:55,498 "Ikkinchi jins" dagi g'oyalar ham nashr etilishi bilan keng yoyila boshlaydi. 71 00:03:55,498 --> 00:03:58,888 Ko'plab zamonaviy mutafakkirlar odamlar "O'zgaga aylanish"ning de Bovuar 72 00:03:58,888 --> 00:04:00,978 tan olmagan boshqa usullarini o'rganishadi. 73 00:04:00,978 --> 00:04:03,768 Bular sirasiga irqiy va iqtisodiy kelib chiqish, 74 00:04:03,768 --> 00:04:09,058 shuningdek, gender va jinsiy o'ziga xosliklar kiradi. 75 00:04:09,058 --> 00:04:11,328 De Bovuar ijodiy merosi uning 2 talabasi qo'ygan 76 00:04:11,328 --> 00:04:16,002 jinsiy zo'ravonlik haqidagi ayblov tufayli katta bahs-munozaralarga sabab bo'ladi. 77 00:04:16,002 --> 00:04:17,872 O'z lavozimini suiiste'mol qilganlikda 78 00:04:17,872 --> 00:04:21,972 ayblangach uning o'qituvchilik litsenziyasi bekor qilinadi. 79 00:04:21,972 --> 00:04:26,292 Bu va boshqa sabablarga ko'ra, de Bovuar hayoti munozarali masala bo'lib qoladi, 80 00:04:26,292 --> 00:04:31,342 uning faoliyati esa feminizmda tortishuvli davrni boshlab beradi. 81 00:04:31,342 --> 00:04:34,862 Vafotiga qadar (1986-yil ) u butun umri davomida badiiy, falsafiy va memuar 82 00:04:34,862 --> 00:04:39,788 asarlari orqali bu bahs-u munozaralarda ishtirok etadi. 83 00:04:39,788 --> 00:04:42,618 Bugun uning asarlari falsafiy tilini qayta kashf etuvchilar 84 00:04:42,618 --> 00:04:46,182 ham, unga qarshi isyon ko'taruvchilar ham topiladi. 85 00:04:46,182 --> 00:04:49,833 Inqilobchi mutaffakir bunday javobni ochiq qarshi olsa ajab emas.