Return to Video

Simona de Bovuarning hayot mohiyati haqidagi qarashlari - Izult Gillespi

  • 0:07 - 0:11
    Simona de Bovuar 21 yoshida Fransiyadagi
    eng martabali universitetning
  • 0:11 - 0:15
    falsafa tanlovida ishtirok etgan
    eng yosh talabaga aylanadi.
  • 0:15 - 0:17
    Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tadi.
  • 0:17 - 0:20
    Ammo falsafa qoidalarini
    puxta o'zlashtirishi bilanoq,
  • 0:20 - 0:21
    ularni buzmoqchi bo'ladi.
  • 0:21 - 0:24
    U Aflotunning fizik dunyo oliy haqiqatlar
  • 0:24 - 0:27
    va o'zgarmas ideallarning soyasi sifatida
  • 0:27 - 0:30
    talqin etilgan
    G'oyalar nazariyasini o'rganadi.
  • 0:30 - 0:34
    Ammo de Bovuar uchun
    yerdagi hayot zavqli,
  • 0:34 - 0:36
    his-tuyg'uga boy,
    o'zgaruvchan dunyo edi.
  • 0:36 - 0:40
    Fizik dunyoni to'la-to'kis tadqiq etish
    istagi uning hayot yo'lini belgilab beradi
  • 0:40 - 0:45
    va fanda keskin burilish yasagan
    yangi falsafalarga ilhomlantiradi.
  • 0:45 - 0:49
    Intellektual do'sti va sevgan kishisi Jan
    Pol Sartr bilan oxiri yo'q munozaralarga
  • 0:49 - 0:53
    kirishishgan de Bovuar iroda erkinligi,
    xohish, huquq va majburiyatlar hamda
  • 0:53 - 0:56
    shaxsiy tajribaning ahamiyati
    haqida mushohada yuritadi.
  • 0:56 - 0:58
    Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi yillarda
  • 0:58 - 1:01
    bu g'oyalar ularning
    ilmiy faoliyati bilan chambarchas
  • 1:01 - 1:05
    bog'liq bo'lgan falsafiy oqim –
    ekzistensializmga aylandi. Yahudiy-
  • 1:05 - 1:08
    -nasroniylik an'analari
    odamlar oldindan tayin
  • 1:08 - 1:10
    etilgan maqsad bilan dunyoga
    keladilar deb o'rgatgan
  • 1:10 - 1:14
    bir vaqtda de Bovuar va Sartr
    inqilobiy g'oyani o'rtaga tashlaydi.
  • 1:14 - 1:16
    Ular inson erkin bo'lib tug'iladi va
  • 1:16 - 1:20
    hech qanday ilohiy muddaosiz yaratiladi,
    deya munozara yuritadilar.
  • 1:20 - 1:24
    De Bovuar e'tirof etganidek, bu erkinlik
    ham baxt, ham tashvish keltiradi.
  • 1:24 - 1:29
    "Mujmallik etikasi" asarida u bizning eng
    katta axloqiy majburiyatimiz o'z hayotimiz
  • 1:29 - 1:31
    mohiyatini o'zimiz yaratishimiz
    va boshqalarning
  • 1:31 - 1:34
    bu erkinligini himoya qilishimizdan
    iborat, deb ta'kidlaydi.
  • 1:34 - 1:36
    De Bovuar qayd etganidek:
  • 1:36 - 1:42
    "O'zgalar erkinligini inkor etuvchi
    erkinlikdan voz kechish lozim."
  • 1:42 - 1:46
    Mazkur falsafa talabalarni xohishlarimiz
    tufayli yuzaga keluvchi muammolarni
  • 1:46 - 1:50
    zohiriy hamda botiniy jihatdan
    o'rganishga undaydi.
  • 1:50 - 1:52
    De Bovuar o'z hayotiy maslagini
    izlashga kirishar ekan,
  • 1:52 - 1:54
    o'ziga savol bera boshlaydi:
  • 1:54 - 1:57
    agar har kim hayot mohiyatini
    mustaqil belgilashga haqli
  • 1:57 - 2:02
    bo'lsa, nega jamiyat uni ayollar haqidagi
    ideallari bilan cheklab qo'ydi?
  • 2:02 - 2:05
    Yozuvchi, o'qituvchi va faol jamoatchi
    sifatida sermahsul ijodiga
  • 2:05 - 2:08
    qaramay, erkak tengdoshlari uning
    qarashlarini jiddiy qabul qilmaydi.
  • 2:08 - 2:12
    Universitetda o'qish, memuar,
    badiiy va falsafiy asarlar yozishni maqsad
  • 2:12 - 2:16
    qilgan de Bovar o'zining katolik tarbiyasi
    va turmush qurish niyatidan voz kechadi.
  • 2:16 - 2:19
    Ammo shaxs erkinligini
    qadrlamagan erkaklar
  • 2:19 - 2:21
    bu hayot tarzi keltirgan
    tavakkalchiliklarga
  • 2:21 - 2:24
    yetarlicha baho bermaydi.
  • 2:24 - 2:27
    Ayollarning ichki dunyosi, qolaversa,
  • 2:27 - 2:29
    muallifning oshkora munosabati
    va biseksualizm
  • 2:29 - 2:33
    tadqiq etilgan asarlarga
    erkak faylasuflar qiziqish bildirmaydi.
  • 2:33 - 2:35
    O'z qarashlarining ahamiyatini
    namoyish etish
  • 2:35 - 2:39
    maqsadida de Bovuar eng murakkab
    kitobini yozishga kirishadi.
  • 2:39 - 2:42
    Ekzistensializm asoslarini
    yaratgani sinagri endi u
  • 2:42 - 2:45
    gender chegaralarini
    yangidan izohlab beradi.
  • 2:45 - 2:51
    1949-yilda nashr etilgan "Ikkinchi jins"da
    jins ham hayot mazmunidek taqdir tomonidan
  • 2:51 - 2:53
    belgilanmasligi fikri ilgari suriladi.
  • 2:53 - 2:55
    De Bovuarning mashhur
    iborasi bilan aytganda,
  • 2:55 - 2:58
    "kishi ayol bo'lib tug'ilmaydi,
    balki ayolga aylanadi".
  • 2:58 - 3:03
    Uning fikricha, ayolga aylanish uchun
    odam "O'zga"ga aylanishiga to'g'ri keladi.
  • 3:03 - 3:06
    De Bovuar ayollarni tarixan
    ideal inson deb hisoblangan
  • 3:06 - 3:11
    erkaklar bilan teng ko'rmaslik jarayonini
  • 3:11 - 3:13
    «O'zgaga aylantirish» deb ataydi.
    "O'zga"ga aylangan
  • 3:13 - 3:17
    kishi sifatida u ayollarga 2-darajali
    inson deb munosabat bildirilgani va
  • 3:17 - 3:22
    shuning uchun ularning erkinligi
    doim cheklanib kelinganini tanqid qiladi.
  • 3:22 - 3:25
    "Ikkinchi jins" ayollarga ko'rsatilgan
    jabr-zulmni behisob
  • 3:25 - 3:28
    tarixiy voqealar orqali yoritib bergan
  • 3:28 - 3:30
    muhim feministik traktatga aylanadi.
  • 3:30 - 3:33
    Shaxsiy tajriba va falsafiy qarashlar
  • 3:33 - 3:35
    asosiga qurilgan asar tili
  • 3:35 - 3:38
    feminizm nazariyasiga
    yangicha ruh bag'ishlaydi.
  • 3:38 - 3:43
    Bu bahslar bugun ham de Bovuarning
    tenglik uchun kurashda "falsafa va hayotni
  • 3:43 - 3:45
    bir-biridan ajratib bo'lmaydi"
  • 3:45 - 3:49
    degan qarashlarini aks ettiradi.
  • 3:49 - 3:52
    O'z sohasida yangilik bo'lgan
    har qanday asar singari
  • 3:52 - 3:55
    "Ikkinchi jins" dagi g'oyalar ham nashr
    etilishi bilan keng yoyila boshlaydi.
  • 3:55 - 3:59
    Ko'plab zamonaviy mutafakkirlar
    odamlar "O'zgaga aylanish"ning de Bovuar
  • 3:59 - 4:01
    tan olmagan boshqa
    usullarini o'rganishadi.
  • 4:01 - 4:04
    Bular sirasiga irqiy va
    iqtisodiy kelib chiqish,
  • 4:04 - 4:09
    shuningdek, gender va
    jinsiy o'ziga xosliklar kiradi.
  • 4:09 - 4:11
    De Bovuar ijodiy merosi
    uning 2 talabasi qo'ygan
  • 4:11 - 4:16
    jinsiy zo'ravonlik haqidagi ayblov tufayli
    katta bahs-munozaralarga sabab bo'ladi.
  • 4:16 - 4:18
    O'z lavozimini suiiste'mol qilganlikda
  • 4:18 - 4:22
    ayblangach uning o'qituvchilik
    litsenziyasi bekor qilinadi.
  • 4:22 - 4:26
    Bu va boshqa sabablarga ko'ra, de Bovuar
    hayoti munozarali masala bo'lib qoladi,
  • 4:26 - 4:31
    uning faoliyati esa feminizmda
    tortishuvli davrni boshlab beradi.
  • 4:31 - 4:35
    Vafotiga qadar (1986-yil ) u butun umri
    davomida badiiy, falsafiy va memuar
  • 4:35 - 4:40
    asarlari orqali bu bahs-u
    munozaralarda ishtirok etadi.
  • 4:40 - 4:43
    Bugun uning asarlari falsafiy tilini
    qayta kashf etuvchilar
  • 4:43 - 4:46
    ham, unga qarshi isyon
    ko'taruvchilar ham topiladi.
  • 4:46 - 4:50
    Inqilobchi mutaffakir bunday javobni
    ochiq qarshi olsa ajab emas.
Title:
Simona de Bovuarning hayot mohiyati haqidagi qarashlari - Izult Gillespi
Speaker:
Izult Gillespi
Description:

To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/the-meaning-of-life-according-to-simone-de-beauvoir-iseult-gillespie

Simona de Bovuar 21 yoshida Fransiyadagi eng martabali universitetning falsafa tanlovida ishtirok etgan eng yosh talabaga aylanadi. Ammo u falsafa qoidalarini puxta o'zlashtirishi bilanoq, ularni buzmoqchi bo'ladi. Fizik dunyoni to'la-to'kis tadqiq etish istagi uning hayot yo'lini belgilab beradi va, oxir-oqibat, fanda keskin burilish yasagan yangi falsafalarga ilhomlantiradi. Izult Gillespi o'tkir tafakkur sohibasining hayot yo'li to'g'risida hikoya qiladi.

Ma'ruzachi: Izult Gillespi, resissyor: Sara Saydan

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:50

Uzbek subtitles

Revisions