Daniel Tammet: Bilishning har xil yo'llari
-
0:00 - 0:02Men savantman (ko'p narsa biluvchi, autismning bir turi)
-
0:02 - 0:04yoki aniqrog'i,
-
0:04 - 0:06yuqori faoliyatli
-
0:06 - 0:08autistik savantman.
-
0:08 - 0:10Bu noyob holat.
-
0:10 - 0:13Mening holatimdagiek
-
0:13 - 0:15o'zlikni anglash va
-
0:15 - 0:17tilni mukammal egallash qobiliyati
-
0:17 - 0:20bilan birga kelganda yanada noyobroq holatdir.
-
0:20 - 0:23Ko'pincha, men biror kimsa bilan uchrashganimda,
-
0:23 - 0:25ular mening bu holatimni bilishadi va
-
0:25 - 0:28ularda ma'lum bir turdagi noqulaylik bo'ladi.
-
0:28 - 0:31Men buni ularning ko'zlarida ko'ra olaman.
-
0:31 - 0:34Ular mendan nimanidir so'rashni xohlaydilar.
-
0:34 - 0:36Va nihoyat, juda ko'p holatda,
-
0:36 - 0:39ishtiyoq odatdagidan kuchliroq
-
0:39 - 0:41va ular darrov o'ylamasdan gapirib yuboradilar:
-
0:41 - 0:43"Agar men sizga tug'ilgan sanamni aytsam,
-
0:43 - 0:45haftaning qaysi kunida tug'ilganligimni aytib bera olasizmi?"
-
0:45 - 0:48(Kulgi)
-
0:48 - 0:51Yoki kub ildizlarni
-
0:51 - 0:55yoki uzun raqam yoki matnni yoddan aytib berishimni so'raydilar.
-
0:55 - 0:57Agar men bugun sizlarga
-
0:57 - 1:00bir savant kishining ko'rsatuvini
-
1:00 - 1:04ijro etmasam meni kechirasizlar deb umid qilaman.
-
1:04 - 1:07Uning o'rniga men
-
1:07 - 1:09tug'ilgan sanalar yoki
-
1:09 - 1:11kub ildizlaridan ancha qiziqarliroq,
-
1:11 - 1:14mening ishimdan ko'ra
-
1:14 - 1:16ongimga biroz
-
1:16 - 1:19chuqurroq va ancha yaqinroq narsa haqida gapiraman.
-
1:19 - 1:21Men sizlarga ong, tushuncha haqida
-
1:21 - 1:24qisqagina gapirib bermoqchiman.
-
1:24 - 1:27U o'zining ismini mashhur qiladigan pyesa va
-
1:27 - 1:29qisqa hikoyalar yozayotganida,
-
1:29 - 1:32Anton Chekhov o'z atrofidagi
-
1:32 - 1:34dunyoni kuzatganlarini
-
1:34 - 1:36yozib boradigan
-
1:36 - 1:38kundalik daftari bo'lgan edi --
-
1:38 - 1:40boshqa kishilar e'tibor bermay qoladigan
-
1:40 - 1:43kichkina parchalarni, qismlarni yozib borar edi.
-
1:43 - 1:46Har safar Chekhovni va uning
-
1:46 - 1:50inson hayotining o'ziga xos tasavvurini o'qiganimda,
-
1:50 - 1:52bu menga mening ham nima sababdan yozuvchi
-
1:52 - 1:54bo'lganligimni eslatadi.
-
1:54 - 1:56Men kitoblarimda
-
1:56 - 1:58ong tabiatini o'rganaman
-
1:58 - 2:01ongning har xil turlari qanday qilib
-
2:01 - 2:03bilish va tushunishning har xil turlarini paydo
-
2:03 - 2:06qilishini o'rganaman.
-
2:08 - 2:10Mening ishimdan kelib chiqqan
-
2:10 - 2:12mana bu uchta savol.
-
2:12 - 2:14Bularga javobni o'ylab o'tirgandan ko'ra,
-
2:14 - 2:17Sizlarga iltimosim bor,
-
2:17 - 2:19siz bu savollarga qarashingiz bilan
-
2:19 - 2:21boshingiz va yuragingizda
-
2:21 - 2:23sodir bo'layotgan sezgi va chuqur ichki sezgiga
-
2:23 - 2:26bir soniya mobaynida e'tibor bering
-
2:26 - 2:29Masalan, hisoblash.
-
2:29 - 2:31Yechimi raqamlar chizig'ining qayerida
-
2:31 - 2:34joylashishini seza olasizmi?
-
2:34 - 2:37Yoki chet tilidagi so'zga va tovushlarga e'tibor bering.
-
2:37 - 2:39Bu zo'zlarning nimaligini anglash uchun
-
2:39 - 2:42bir necha ma'nolarni ayta olasizmi?
-
2:42 - 2:45Shoirlik sohasida esa,
-
2:45 - 2:47nima uchun shoir 'uy quyoni' o'rninga
-
2:47 - 2:50'yovvoyi quyon' so'zini ishlatadi.
-
2:51 - 2:53Men sizlarning shu narsani bajarishingizni xohlayman,
-
2:53 - 2:57chunki ishonamanki, bizning shaxsiy tushunchamiz
-
2:57 - 2:59ilmni qanday egallashimizning
-
2:59 - 3:01eng asosidir.
-
3:01 - 3:03Mavhum fikr mulohazalardan ko'ra
-
3:03 - 3:06estetik fikr mulohazalar
-
3:06 - 3:08biz hammamiz biladigan narsani
-
3:08 - 3:11bilishimizdagi jarayonni
-
3:11 - 3:13boshqarib, shakllantiradi.
-
3:13 - 3:16Men buning juda yaqqol misoliman.
-
3:16 - 3:19Mendagi so'z va raqamlar dunyosi
-
3:19 - 3:21rang, his-tuyg'u va
-
3:21 - 3:23shahsiyat bilan aralashadi.
-
3:23 - 3:25Huanning (Juan) aytishicha,
-
3:25 - 3:28bu olimlar sinesteziya deb ataydigan holat,
-
3:28 - 3:30ya'ni, his-tuyg'ular orasida
-
3:30 - 3:33o'zaro g'ayrioddiy suhbatdir.
-
3:36 - 3:38Mana birdan 12 gacha bo'lgan raqamlar,
-
3:38 - 3:40mening ko'rishimcha --
-
3:40 - 3:44har bir raqamning o'ziga hos shakli va hususiyatlari bor.
-
3:44 - 3:46Bir - oppoq yorug'likning cho'g'i.
-
3:46 - 3:51Olti - juda kichkina va juda g'amgin qora teshik.
-
3:51 - 3:54Bu chizmalar bu yerda qora va oq rangda,
-
3:54 - 3:56lekin mening ongimda ularning rangi bor.
-
3:56 - 3:58Uch - yashil.
-
3:58 - 4:00To'rt - ko'k.
-
4:00 - 4:03Besh - sariq.
-
4:05 - 4:07Men rasm ham chizaman.
-
4:07 - 4:10Mana bu rasmlarimdan bittasi.
-
4:10 - 4:14Bu ikkita tub sonning ko'paytmasi.
-
4:14 - 4:16Uch o'lchamli shakllar
-
4:16 - 4:19va o'rtada ular hosil qiladigan bo'shliq
-
4:19 - 4:21yangi shaklni hosil qiladi,
-
4:21 - 4:24bu esa ko'paytmaning javobi.
-
4:24 - 4:26Kattaroq raqamlarchi?
-
4:26 - 4:30Matematik konstanta - Pi dan ancha kattaroq sonni
-
4:30 - 4:32bunday tasavvur qila olmaysiz.
-
4:32 - 4:34Bu cheksiz son --
-
4:34 - 4:36cheksiz davom etaveradi,
-
4:36 - 4:38Pi ning birinchi 20ta o'nlik kasrini
-
4:38 - 4:42chizgan mana bu rasmimda
-
4:42 - 4:44ranglar,
-
4:44 - 4:47hissiyotlar va yuzasi, ya'ni tuzilishini olib,
-
4:47 - 4:49ularning hammasini
-
4:49 - 4:54past-tepalik raqamli landshaft kabi birga tasvirladim.
-
4:54 - 4:57Lekin, men rangli ko'radiganim, faqatgina raqamlar emas.
-
4:57 - 4:59Men uchun so'zlar ham
-
4:59 - 5:01ranglar va hissiyotlar
-
5:01 - 5:03va tuzilishga ega.
-
5:03 - 5:05Mana bu "Lolita" romanidan
-
5:05 - 5:07eng avvalgi ibora.
-
5:07 - 5:11Nabokovning o'zi ham synestetik edi.
-
5:11 - 5:13Ko'rib turibsizki,
-
5:13 - 5:16mening L tovushini tushunishim
-
5:16 - 5:18alliteratsiyani ajratishimga
-
5:18 - 5:21darrov yordam beradi.
-
5:21 - 5:23Boshqa bir misol:
-
5:23 - 5:25bu biroz matematikaga hos.
-
5:25 - 5:27Orangizda kimdir "The Great Gatsby" ("Buyuk Getsbi") dan
-
5:27 - 5:29olingan gapning tuzilishini
-
5:29 - 5:32sezarmikansiz.
-
5:33 - 5:36Bu yerda bo'g'inlarning bir biriga moslashib kelishi bor --
-
5:36 - 5:38wheat - bir bo'g'in;
-
5:38 - 5:40prairies, ikki bo'g'in;
-
5:40 - 5:43lost Swede towna, uch bo'gin --
-
5:43 - 5:45bir, ikki, uch.
-
5:45 - 5:49Bu ongga yoqimli ta'sir ko'rsatadi
-
5:49 - 5:51va gapning to'g'ri
-
5:51 - 5:54bo'lib tuyulishiga yordam beradi.
-
5:54 - 5:56Bir oz avval men sizlarga
-
5:56 - 5:59bergan savollarga qaytaylik.
-
5:59 - 6:0264 ni 75 ga ko'paytirish.
-
6:02 - 6:05Agar ba'zilarining shaxmat o'ynasangiz,
-
6:05 - 6:0764 kvadrat raqam
-
6:07 - 6:10ekanligini bilasiz,
-
6:10 - 6:12va shaxmat doskasida
-
6:12 - 6:14sakkizga sakkiz,
-
6:14 - 6:17ya'ni 64 kataklar bor.
-
6:17 - 6:19Hullas, bu bizga biz tasavvur qila oladigan,
-
6:19 - 6:22his qila oladigan shaklni beradi.
-
6:22 - 6:2575 chi?
-
6:25 - 6:27Ho'sh, agar 100,
-
6:27 - 6:30agar biz yuzni kvadratdek tasavvur qilsak,
-
6:30 - 6:3375 mana bunga o'xshaydi.
-
6:33 - 6:35Endi qiladigan ishimiz esa
-
6:35 - 6:37ana o'sha ikkita rasmni
-
6:37 - 6:39ongimizda mana bunday
-
6:39 - 6:42birga qo'yishdir.
-
6:42 - 6:4664 -- 6400 bo'ladi.
-
6:46 - 6:50O'ng burchakda
-
6:50 - 6:52hech narsani hisoblashning keragi yo'q.
-
6:52 - 6:54bu tomonlama to'rt, tepaga va pastga to'rt --
-
6:54 - 6:5716 bo'ladi.
-
6:57 - 6:59Natijasini topish ucun
-
6:59 - 7:0116, 16 va 16 ni
-
7:01 - 7:04olish kerak.
-
7:04 - 7:06Bu esa maktabda sizga matematik hisoblashni
-
7:06 - 7:09o'rgatgandan ancha osonroq. Bunga ishonchim komil.
-
7:09 - 7:11Bu 16 + 16 + 16 = 48,
-
7:11 - 7:134800 --
-
7:13 - 7:154000
-
7:15 - 7:18misolni javobi.
-
7:18 - 7:20Qanday bajarishni bilsangiz oson.
-
7:20 - 7:23(Kulgi)
-
7:23 - 7:26Ikkinchi savol Islandcha so'z edi.
-
7:26 - 7:29Bu yerda Islandcha gapiradigan odamlar
-
7:29 - 7:31ko'p emas deb o'ylayman.
-
7:31 - 7:34Shunday ekan, javob turini ikkitaga keltiray.
-
7:36 - 7:38Hnuggin:
-
7:38 - 7:40Bu quvnoq so'zmi,
-
7:40 - 7:42yoki g'amgin so'zmi?
-
7:42 - 7:44Nima deysiz?
-
7:45 - 7:47Ho'p.
-
7:47 - 7:49Ba'zi odamlar buni quvnoq so'z deydilar.
-
7:49 - 7:51Ko'p odamlar, ko'pchiligi,
-
7:51 - 7:53buni g'amgin so'z deydilar.
-
7:53 - 7:57Aslida, bu g'amgin degan ma'noni anglatadi.
-
7:57 - 8:00(Kulgi)
-
8:00 - 8:03Statistik jihatdan, nimaga
-
8:03 - 8:05ko'pchilik odamlar
-
8:05 - 8:07so'zni bu holatda g'amgin deb aytadilar,
-
8:07 - 8:10boshqa holatlarda esa og'ir deydilar?
-
8:10 - 8:13Mening nazariyotim bo'yicha, til shunday usulda paydo bo'ladi:
-
8:13 - 8:15tovushlar
-
8:15 - 8:18tinglovchining subyektiv,
-
8:18 - 8:20shaxsiy,
-
8:20 - 8:22ichki sezish tajribalari bilan
-
8:22 - 8:24moslashadi, moyil keladi.
-
8:25 - 8:28Keling, uchinchi savolni ko'raylik.
-
8:29 - 8:32Bu John Keatsning she'ridan bir misra.
-
8:32 - 8:35So'zlar, huddi sonlar kabi,
-
8:35 - 8:38bizning olamimizni tashkil qiladigan
-
8:38 - 8:40narsalar, voqealar
-
8:40 - 8:42va kuchlar o'rtasidagi eng asosiy
-
8:42 - 8:44aloqalarni ifodalayadi.
-
8:44 - 8:47Biz, bu dunyoda yashab turib, hayotimiz davomida
-
8:47 - 8:49ana o'sha aloqalarni ichki hissiyot bilan
-
8:49 - 8:52sezishimiz kerakligi odatiy tuyuladi.
-
8:52 - 8:55Shoirlar, huddi boshqa rassomlar kabi,
-
8:55 - 8:58ana o'sha ichki sezgi tushunadigan narsalar bilan o'ynaydi.
-
8:58 - 9:01Inglizcha "hare" so'zi
-
9:01 - 9:03ingliz tilida noaniq tovushdir.
-
9:03 - 9:06Bu boshimizda o'sadigan soch tolalarni ham anglatishi mumkin.
-
9:06 - 9:08Agar biz bu haqida o'ylaak --
-
9:08 - 9:10rasmini sizlarga ko'rsatay --
-
9:10 - 9:13tolalar noziklikni tasvirlaydi.
-
9:14 - 9:17Ular yengilgina harakat,
-
9:17 - 9:20qimirlash yoki hissiyotga ta'sirchan, harakatga keluvchi bo'ladi.
-
9:20 - 9:24Hullas, noziklik (ta'sirchanlik) va
-
9:24 - 9:26taranglik holati paydo bo'ladi.
-
9:26 - 9:28"Hare" so'zi - quyon, hayvon --
-
9:28 - 9:31mushuk emas, it emas, "hare"-quyon --
-
9:31 - 9:33nimaga "hare"-quyon?
-
9:33 - 9:35Sababi, rasmni hayolingizga keltiring,
-
9:35 - 9:37so'zni emas, rasmni.
-
9:37 - 9:39Juda uzun quloqlar,
-
9:39 - 9:41juda katta oyoqlar
-
9:41 - 9:44"limp" - oqsoqlanish va "tremble" - qaltirash nimaligini
-
9:44 - 9:47ko'z oldimizda tasavvur qilishimizga, ichki hissiyot bilan sezishimizga
-
9:47 - 9:50yozrdam beradi.
-
9:50 - 9:52Mana shu oz daqiqalar davomida
-
9:52 - 9:54mening narsalar haqidagi nazarimni
-
9:54 - 9:57sizlarga tushuntirib bera oldim
-
9:57 - 10:00va so'zlar ham rang va hissiyotga,
-
10:00 - 10:03raqamlar, shakllar va shaxsiy xarakter, hususiyatlarga
-
10:03 - 10:06ega ekanligini sizlarga ko'rsata oldim deb umid qilaman.
-
10:06 - 10:08Dunyo bizga sezilganidan ko'ra
-
10:08 - 10:10boyroq
-
10:10 - 10:13va ulkanroqdir.
-
10:13 - 10:16Sizlarda dunyoni yangi ko'zlar bilan ko'rishni
-
10:16 - 10:19o'rganish xohishini uyg'otdim deb umid qilaman.
-
10:19 - 10:21Rahmat.
-
10:21 - 10:32(Qarsaklar)
- Title:
- Daniel Tammet: Bilishning har xil yo'llari
- Speaker:
- Daniel Tammet
- Description:
-
Daniel Tammet tilshunoslik, raqamlarga hos va ko'rish (vizual) sinesteziyasi kabi qobiliyatlar sohibi -- uning so'zlarni, sonlarni va ranglarni tushunishi dunyoni tushunish va anglashning yangi usuliga bog'langan. "Ko'k Kunda Tug'ilgan" ("Born on a Blue Day") kitobining muallifi bo'lmish Tammet ajoyib idrokka nazar solish bilan tillarga bo'lgan san'at va ishtoyog'ini bizga aytib beradi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 10:33