1 00:00:00,000 --> 00:00:02,000 Men savantman (ko'p narsa biluvchi, autismning bir turi) 2 00:00:02,000 --> 00:00:04,000 yoki aniqrog'i, 3 00:00:04,000 --> 00:00:06,000 yuqori faoliyatli 4 00:00:06,000 --> 00:00:08,000 autistik savantman. 5 00:00:08,000 --> 00:00:10,000 Bu noyob holat. 6 00:00:10,000 --> 00:00:13,000 Mening holatimdagiek 7 00:00:13,000 --> 00:00:15,000 o'zlikni anglash va 8 00:00:15,000 --> 00:00:17,000 tilni mukammal egallash qobiliyati 9 00:00:17,000 --> 00:00:20,000 bilan birga kelganda yanada noyobroq holatdir. 10 00:00:20,000 --> 00:00:23,000 Ko'pincha, men biror kimsa bilan uchrashganimda, 11 00:00:23,000 --> 00:00:25,000 ular mening bu holatimni bilishadi va 12 00:00:25,000 --> 00:00:28,000 ularda ma'lum bir turdagi noqulaylik bo'ladi. 13 00:00:28,000 --> 00:00:31,000 Men buni ularning ko'zlarida ko'ra olaman. 14 00:00:31,000 --> 00:00:34,000 Ular mendan nimanidir so'rashni xohlaydilar. 15 00:00:34,000 --> 00:00:36,000 Va nihoyat, juda ko'p holatda, 16 00:00:36,000 --> 00:00:39,000 ishtiyoq odatdagidan kuchliroq 17 00:00:39,000 --> 00:00:41,000 va ular darrov o'ylamasdan gapirib yuboradilar: 18 00:00:41,000 --> 00:00:43,000 "Agar men sizga tug'ilgan sanamni aytsam, 19 00:00:43,000 --> 00:00:45,000 haftaning qaysi kunida tug'ilganligimni aytib bera olasizmi?" 20 00:00:45,000 --> 00:00:48,000 (Kulgi) 21 00:00:48,000 --> 00:00:51,000 Yoki kub ildizlarni 22 00:00:51,000 --> 00:00:55,000 yoki uzun raqam yoki matnni yoddan aytib berishimni so'raydilar. 23 00:00:55,000 --> 00:00:57,000 Agar men bugun sizlarga 24 00:00:57,000 --> 00:01:00,000 bir savant kishining ko'rsatuvini 25 00:01:00,000 --> 00:01:04,000 ijro etmasam meni kechirasizlar deb umid qilaman. 26 00:01:04,000 --> 00:01:07,000 Uning o'rniga men 27 00:01:07,000 --> 00:01:09,000 tug'ilgan sanalar yoki 28 00:01:09,000 --> 00:01:11,000 kub ildizlaridan ancha qiziqarliroq, 29 00:01:11,000 --> 00:01:14,000 mening ishimdan ko'ra 30 00:01:14,000 --> 00:01:16,000 ongimga biroz 31 00:01:16,000 --> 00:01:19,000 chuqurroq va ancha yaqinroq narsa haqida gapiraman. 32 00:01:19,000 --> 00:01:21,000 Men sizlarga ong, tushuncha haqida 33 00:01:21,000 --> 00:01:24,000 qisqagina gapirib bermoqchiman. 34 00:01:24,000 --> 00:01:27,000 U o'zining ismini mashhur qiladigan pyesa va 35 00:01:27,000 --> 00:01:29,000 qisqa hikoyalar yozayotganida, 36 00:01:29,000 --> 00:01:32,000 Anton Chekhov o'z atrofidagi 37 00:01:32,000 --> 00:01:34,000 dunyoni kuzatganlarini 38 00:01:34,000 --> 00:01:36,000 yozib boradigan 39 00:01:36,000 --> 00:01:38,000 kundalik daftari bo'lgan edi -- 40 00:01:38,000 --> 00:01:40,000 boshqa kishilar e'tibor bermay qoladigan 41 00:01:40,000 --> 00:01:43,000 kichkina parchalarni, qismlarni yozib borar edi. 42 00:01:43,000 --> 00:01:46,000 Har safar Chekhovni va uning 43 00:01:46,000 --> 00:01:50,000 inson hayotining o'ziga xos tasavvurini o'qiganimda, 44 00:01:50,000 --> 00:01:52,000 bu menga mening ham nima sababdan yozuvchi 45 00:01:52,000 --> 00:01:54,000 bo'lganligimni eslatadi. 46 00:01:54,000 --> 00:01:56,000 Men kitoblarimda 47 00:01:56,000 --> 00:01:58,000 ong tabiatini o'rganaman 48 00:01:58,000 --> 00:02:01,000 ongning har xil turlari qanday qilib 49 00:02:01,000 --> 00:02:03,000 bilish va tushunishning har xil turlarini paydo 50 00:02:03,000 --> 00:02:06,000 qilishini o'rganaman. 51 00:02:08,000 --> 00:02:10,000 Mening ishimdan kelib chiqqan 52 00:02:10,000 --> 00:02:12,000 mana bu uchta savol. 53 00:02:12,000 --> 00:02:14,000 Bularga javobni o'ylab o'tirgandan ko'ra, 54 00:02:14,000 --> 00:02:17,000 Sizlarga iltimosim bor, 55 00:02:17,000 --> 00:02:19,000 siz bu savollarga qarashingiz bilan 56 00:02:19,000 --> 00:02:21,000 boshingiz va yuragingizda 57 00:02:21,000 --> 00:02:23,000 sodir bo'layotgan sezgi va chuqur ichki sezgiga 58 00:02:23,000 --> 00:02:26,000 bir soniya mobaynida e'tibor bering 59 00:02:26,000 --> 00:02:29,000 Masalan, hisoblash. 60 00:02:29,000 --> 00:02:31,000 Yechimi raqamlar chizig'ining qayerida 61 00:02:31,000 --> 00:02:34,000 joylashishini seza olasizmi? 62 00:02:34,000 --> 00:02:37,000 Yoki chet tilidagi so'zga va tovushlarga e'tibor bering. 63 00:02:37,000 --> 00:02:39,000 Bu zo'zlarning nimaligini anglash uchun 64 00:02:39,000 --> 00:02:42,000 bir necha ma'nolarni ayta olasizmi? 65 00:02:42,000 --> 00:02:45,000 Shoirlik sohasida esa, 66 00:02:45,000 --> 00:02:47,000 nima uchun shoir 'uy quyoni' o'rninga 67 00:02:47,000 --> 00:02:50,000 'yovvoyi quyon' so'zini ishlatadi. 68 00:02:51,000 --> 00:02:53,000 Men sizlarning shu narsani bajarishingizni xohlayman, 69 00:02:53,000 --> 00:02:57,000 chunki ishonamanki, bizning shaxsiy tushunchamiz 70 00:02:57,000 --> 00:02:59,000 ilmni qanday egallashimizning 71 00:02:59,000 --> 00:03:01,000 eng asosidir. 72 00:03:01,000 --> 00:03:03,000 Mavhum fikr mulohazalardan ko'ra 73 00:03:03,000 --> 00:03:06,000 estetik fikr mulohazalar 74 00:03:06,000 --> 00:03:08,000 biz hammamiz biladigan narsani 75 00:03:08,000 --> 00:03:11,000 bilishimizdagi jarayonni 76 00:03:11,000 --> 00:03:13,000 boshqarib, shakllantiradi. 77 00:03:13,000 --> 00:03:16,000 Men buning juda yaqqol misoliman. 78 00:03:16,000 --> 00:03:19,000 Mendagi so'z va raqamlar dunyosi 79 00:03:19,000 --> 00:03:21,000 rang, his-tuyg'u va 80 00:03:21,000 --> 00:03:23,000 shahsiyat bilan aralashadi. 81 00:03:23,000 --> 00:03:25,000 Huanning (Juan) aytishicha, 82 00:03:25,000 --> 00:03:28,000 bu olimlar sinesteziya deb ataydigan holat, 83 00:03:28,000 --> 00:03:30,000 ya'ni, his-tuyg'ular orasida 84 00:03:30,000 --> 00:03:33,000 o'zaro g'ayrioddiy suhbatdir. 85 00:03:36,000 --> 00:03:38,000 Mana birdan 12 gacha bo'lgan raqamlar, 86 00:03:38,000 --> 00:03:40,000 mening ko'rishimcha -- 87 00:03:40,000 --> 00:03:44,000 har bir raqamning o'ziga hos shakli va hususiyatlari bor. 88 00:03:44,000 --> 00:03:46,000 Bir - oppoq yorug'likning cho'g'i. 89 00:03:46,000 --> 00:03:51,000 Olti - juda kichkina va juda g'amgin qora teshik. 90 00:03:51,000 --> 00:03:54,000 Bu chizmalar bu yerda qora va oq rangda, 91 00:03:54,000 --> 00:03:56,000 lekin mening ongimda ularning rangi bor. 92 00:03:56,000 --> 00:03:58,000 Uch - yashil. 93 00:03:58,000 --> 00:04:00,000 To'rt - ko'k. 94 00:04:00,000 --> 00:04:03,000 Besh - sariq. 95 00:04:05,000 --> 00:04:07,000 Men rasm ham chizaman. 96 00:04:07,000 --> 00:04:10,000 Mana bu rasmlarimdan bittasi. 97 00:04:10,000 --> 00:04:14,000 Bu ikkita tub sonning ko'paytmasi. 98 00:04:14,000 --> 00:04:16,000 Uch o'lchamli shakllar 99 00:04:16,000 --> 00:04:19,000 va o'rtada ular hosil qiladigan bo'shliq 100 00:04:19,000 --> 00:04:21,000 yangi shaklni hosil qiladi, 101 00:04:21,000 --> 00:04:24,000 bu esa ko'paytmaning javobi. 102 00:04:24,000 --> 00:04:26,000 Kattaroq raqamlarchi? 103 00:04:26,000 --> 00:04:30,000 Matematik konstanta - Pi dan ancha kattaroq sonni 104 00:04:30,000 --> 00:04:32,000 bunday tasavvur qila olmaysiz. 105 00:04:32,000 --> 00:04:34,000 Bu cheksiz son -- 106 00:04:34,000 --> 00:04:36,000 cheksiz davom etaveradi, 107 00:04:36,000 --> 00:04:38,000 Pi ning birinchi 20ta o'nlik kasrini 108 00:04:38,000 --> 00:04:42,000 chizgan mana bu rasmimda 109 00:04:42,000 --> 00:04:44,000 ranglar, 110 00:04:44,000 --> 00:04:47,000 hissiyotlar va yuzasi, ya'ni tuzilishini olib, 111 00:04:47,000 --> 00:04:49,000 ularning hammasini 112 00:04:49,000 --> 00:04:54,000 past-tepalik raqamli landshaft kabi birga tasvirladim. 113 00:04:54,000 --> 00:04:57,000 Lekin, men rangli ko'radiganim, faqatgina raqamlar emas. 114 00:04:57,000 --> 00:04:59,000 Men uchun so'zlar ham 115 00:04:59,000 --> 00:05:01,000 ranglar va hissiyotlar 116 00:05:01,000 --> 00:05:03,000 va tuzilishga ega. 117 00:05:03,000 --> 00:05:05,000 Mana bu "Lolita" romanidan 118 00:05:05,000 --> 00:05:07,000 eng avvalgi ibora. 119 00:05:07,000 --> 00:05:11,000 Nabokovning o'zi ham synestetik edi. 120 00:05:11,000 --> 00:05:13,000 Ko'rib turibsizki, 121 00:05:13,000 --> 00:05:16,000 mening L tovushini tushunishim 122 00:05:16,000 --> 00:05:18,000 alliteratsiyani ajratishimga 123 00:05:18,000 --> 00:05:21,000 darrov yordam beradi. 124 00:05:21,000 --> 00:05:23,000 Boshqa bir misol: 125 00:05:23,000 --> 00:05:25,000 bu biroz matematikaga hos. 126 00:05:25,000 --> 00:05:27,000 Orangizda kimdir "The Great Gatsby" ("Buyuk Getsbi") dan 127 00:05:27,000 --> 00:05:29,000 olingan gapning tuzilishini 128 00:05:29,000 --> 00:05:32,000 sezarmikansiz. 129 00:05:33,000 --> 00:05:36,000 Bu yerda bo'g'inlarning bir biriga moslashib kelishi bor -- 130 00:05:36,000 --> 00:05:38,000 wheat - bir bo'g'in; 131 00:05:38,000 --> 00:05:40,000 prairies, ikki bo'g'in; 132 00:05:40,000 --> 00:05:43,000 lost Swede towna, uch bo'gin -- 133 00:05:43,000 --> 00:05:45,000 bir, ikki, uch. 134 00:05:45,000 --> 00:05:49,000 Bu ongga yoqimli ta'sir ko'rsatadi 135 00:05:49,000 --> 00:05:51,000 va gapning to'g'ri 136 00:05:51,000 --> 00:05:54,000 bo'lib tuyulishiga yordam beradi. 137 00:05:54,000 --> 00:05:56,000 Bir oz avval men sizlarga 138 00:05:56,000 --> 00:05:59,000 bergan savollarga qaytaylik. 139 00:05:59,000 --> 00:06:02,000 64 ni 75 ga ko'paytirish. 140 00:06:02,000 --> 00:06:05,000 Agar ba'zilarining shaxmat o'ynasangiz, 141 00:06:05,000 --> 00:06:07,000 64 kvadrat raqam 142 00:06:07,000 --> 00:06:10,000 ekanligini bilasiz, 143 00:06:10,000 --> 00:06:12,000 va shaxmat doskasida 144 00:06:12,000 --> 00:06:14,000 sakkizga sakkiz, 145 00:06:14,000 --> 00:06:17,000 ya'ni 64 kataklar bor. 146 00:06:17,000 --> 00:06:19,000 Hullas, bu bizga biz tasavvur qila oladigan, 147 00:06:19,000 --> 00:06:22,000 his qila oladigan shaklni beradi. 148 00:06:22,000 --> 00:06:25,000 75 chi? 149 00:06:25,000 --> 00:06:27,000 Ho'sh, agar 100, 150 00:06:27,000 --> 00:06:30,000 agar biz yuzni kvadratdek tasavvur qilsak, 151 00:06:30,000 --> 00:06:33,000 75 mana bunga o'xshaydi. 152 00:06:33,000 --> 00:06:35,000 Endi qiladigan ishimiz esa 153 00:06:35,000 --> 00:06:37,000 ana o'sha ikkita rasmni 154 00:06:37,000 --> 00:06:39,000 ongimizda mana bunday 155 00:06:39,000 --> 00:06:42,000 birga qo'yishdir. 156 00:06:42,000 --> 00:06:46,000 64 -- 6400 bo'ladi. 157 00:06:46,000 --> 00:06:50,000 O'ng burchakda 158 00:06:50,000 --> 00:06:52,000 hech narsani hisoblashning keragi yo'q. 159 00:06:52,000 --> 00:06:54,000 bu tomonlama to'rt, tepaga va pastga to'rt -- 160 00:06:54,000 --> 00:06:57,000 16 bo'ladi. 161 00:06:57,000 --> 00:06:59,000 Natijasini topish ucun 162 00:06:59,000 --> 00:07:01,000 16, 16 va 16 ni 163 00:07:01,000 --> 00:07:04,000 olish kerak. 164 00:07:04,000 --> 00:07:06,000 Bu esa maktabda sizga matematik hisoblashni 165 00:07:06,000 --> 00:07:09,000 o'rgatgandan ancha osonroq. Bunga ishonchim komil. 166 00:07:09,000 --> 00:07:11,000 Bu 16 + 16 + 16 = 48, 167 00:07:11,000 --> 00:07:13,000 4800 -- 168 00:07:13,000 --> 00:07:15,000 4000 169 00:07:15,000 --> 00:07:18,000 misolni javobi. 170 00:07:18,000 --> 00:07:20,000 Qanday bajarishni bilsangiz oson. 171 00:07:20,000 --> 00:07:23,000 (Kulgi) 172 00:07:23,000 --> 00:07:26,000 Ikkinchi savol Islandcha so'z edi. 173 00:07:26,000 --> 00:07:29,000 Bu yerda Islandcha gapiradigan odamlar 174 00:07:29,000 --> 00:07:31,000 ko'p emas deb o'ylayman. 175 00:07:31,000 --> 00:07:34,000 Shunday ekan, javob turini ikkitaga keltiray. 176 00:07:36,000 --> 00:07:38,000 Hnuggin: 177 00:07:38,000 --> 00:07:40,000 Bu quvnoq so'zmi, 178 00:07:40,000 --> 00:07:42,000 yoki g'amgin so'zmi? 179 00:07:42,000 --> 00:07:44,000 Nima deysiz? 180 00:07:45,000 --> 00:07:47,000 Ho'p. 181 00:07:47,000 --> 00:07:49,000 Ba'zi odamlar buni quvnoq so'z deydilar. 182 00:07:49,000 --> 00:07:51,000 Ko'p odamlar, ko'pchiligi, 183 00:07:51,000 --> 00:07:53,000 buni g'amgin so'z deydilar. 184 00:07:53,000 --> 00:07:57,000 Aslida, bu g'amgin degan ma'noni anglatadi. 185 00:07:57,000 --> 00:08:00,000 (Kulgi) 186 00:08:00,000 --> 00:08:03,000 Statistik jihatdan, nimaga 187 00:08:03,000 --> 00:08:05,000 ko'pchilik odamlar 188 00:08:05,000 --> 00:08:07,000 so'zni bu holatda g'amgin deb aytadilar, 189 00:08:07,000 --> 00:08:10,000 boshqa holatlarda esa og'ir deydilar? 190 00:08:10,000 --> 00:08:13,000 Mening nazariyotim bo'yicha, til shunday usulda paydo bo'ladi: 191 00:08:13,000 --> 00:08:15,000 tovushlar 192 00:08:15,000 --> 00:08:18,000 tinglovchining subyektiv, 193 00:08:18,000 --> 00:08:20,000 shaxsiy, 194 00:08:20,000 --> 00:08:22,000 ichki sezish tajribalari bilan 195 00:08:22,000 --> 00:08:24,000 moslashadi, moyil keladi. 196 00:08:25,000 --> 00:08:28,000 Keling, uchinchi savolni ko'raylik. 197 00:08:29,000 --> 00:08:32,000 Bu John Keatsning she'ridan bir misra. 198 00:08:32,000 --> 00:08:35,000 So'zlar, huddi sonlar kabi, 199 00:08:35,000 --> 00:08:38,000 bizning olamimizni tashkil qiladigan 200 00:08:38,000 --> 00:08:40,000 narsalar, voqealar 201 00:08:40,000 --> 00:08:42,000 va kuchlar o'rtasidagi eng asosiy 202 00:08:42,000 --> 00:08:44,000 aloqalarni ifodalayadi. 203 00:08:44,000 --> 00:08:47,000 Biz, bu dunyoda yashab turib, hayotimiz davomida 204 00:08:47,000 --> 00:08:49,000 ana o'sha aloqalarni ichki hissiyot bilan 205 00:08:49,000 --> 00:08:52,000 sezishimiz kerakligi odatiy tuyuladi. 206 00:08:52,000 --> 00:08:55,000 Shoirlar, huddi boshqa rassomlar kabi, 207 00:08:55,000 --> 00:08:58,000 ana o'sha ichki sezgi tushunadigan narsalar bilan o'ynaydi. 208 00:08:58,000 --> 00:09:01,000 Inglizcha "hare" so'zi 209 00:09:01,000 --> 00:09:03,000 ingliz tilida noaniq tovushdir. 210 00:09:03,000 --> 00:09:06,000 Bu boshimizda o'sadigan soch tolalarni ham anglatishi mumkin. 211 00:09:06,000 --> 00:09:08,000 Agar biz bu haqida o'ylaak -- 212 00:09:08,000 --> 00:09:10,000 rasmini sizlarga ko'rsatay -- 213 00:09:10,000 --> 00:09:13,000 tolalar noziklikni tasvirlaydi. 214 00:09:14,000 --> 00:09:17,000 Ular yengilgina harakat, 215 00:09:17,000 --> 00:09:20,000 qimirlash yoki hissiyotga ta'sirchan, harakatga keluvchi bo'ladi. 216 00:09:20,000 --> 00:09:24,000 Hullas, noziklik (ta'sirchanlik) va 217 00:09:24,000 --> 00:09:26,000 taranglik holati paydo bo'ladi. 218 00:09:26,000 --> 00:09:28,000 "Hare" so'zi - quyon, hayvon -- 219 00:09:28,000 --> 00:09:31,000 mushuk emas, it emas, "hare"-quyon -- 220 00:09:31,000 --> 00:09:33,000 nimaga "hare"-quyon? 221 00:09:33,000 --> 00:09:35,000 Sababi, rasmni hayolingizga keltiring, 222 00:09:35,000 --> 00:09:37,000 so'zni emas, rasmni. 223 00:09:37,000 --> 00:09:39,000 Juda uzun quloqlar, 224 00:09:39,000 --> 00:09:41,000 juda katta oyoqlar 225 00:09:41,000 --> 00:09:44,000 "limp" - oqsoqlanish va "tremble" - qaltirash nimaligini 226 00:09:44,000 --> 00:09:47,000 ko'z oldimizda tasavvur qilishimizga, ichki hissiyot bilan sezishimizga 227 00:09:47,000 --> 00:09:50,000 yozrdam beradi. 228 00:09:50,000 --> 00:09:52,000 Mana shu oz daqiqalar davomida 229 00:09:52,000 --> 00:09:54,000 mening narsalar haqidagi nazarimni 230 00:09:54,000 --> 00:09:57,000 sizlarga tushuntirib bera oldim 231 00:09:57,000 --> 00:10:00,000 va so'zlar ham rang va hissiyotga, 232 00:10:00,000 --> 00:10:03,000 raqamlar, shakllar va shaxsiy xarakter, hususiyatlarga 233 00:10:03,000 --> 00:10:06,000 ega ekanligini sizlarga ko'rsata oldim deb umid qilaman. 234 00:10:06,000 --> 00:10:08,000 Dunyo bizga sezilganidan ko'ra 235 00:10:08,000 --> 00:10:10,000 boyroq 236 00:10:10,000 --> 00:10:13,000 va ulkanroqdir. 237 00:10:13,000 --> 00:10:16,000 Sizlarda dunyoni yangi ko'zlar bilan ko'rishni 238 00:10:16,000 --> 00:10:19,000 o'rganish xohishini uyg'otdim deb umid qilaman. 239 00:10:19,000 --> 00:10:21,000 Rahmat. 240 00:10:21,000 --> 00:10:32,000 (Qarsaklar)