Men savantman (ko'p narsa biluvchi, autismning bir turi) yoki aniqrog'i, yuqori faoliyatli autistik savantman. Bu noyob holat. Mening holatimdagiek o'zlikni anglash va tilni mukammal egallash qobiliyati bilan birga kelganda yanada noyobroq holatdir. Ko'pincha, men biror kimsa bilan uchrashganimda, ular mening bu holatimni bilishadi va ularda ma'lum bir turdagi noqulaylik bo'ladi. Men buni ularning ko'zlarida ko'ra olaman. Ular mendan nimanidir so'rashni xohlaydilar. Va nihoyat, juda ko'p holatda, ishtiyoq odatdagidan kuchliroq va ular darrov o'ylamasdan gapirib yuboradilar: "Agar men sizga tug'ilgan sanamni aytsam, haftaning qaysi kunida tug'ilganligimni aytib bera olasizmi?" (Kulgi) Yoki kub ildizlarni yoki uzun raqam yoki matnni yoddan aytib berishimni so'raydilar. Agar men bugun sizlarga bir savant kishining ko'rsatuvini ijro etmasam meni kechirasizlar deb umid qilaman. Uning o'rniga men tug'ilgan sanalar yoki kub ildizlaridan ancha qiziqarliroq, mening ishimdan ko'ra ongimga biroz chuqurroq va ancha yaqinroq narsa haqida gapiraman. Men sizlarga ong, tushuncha haqida qisqagina gapirib bermoqchiman. U o'zining ismini mashhur qiladigan pyesa va qisqa hikoyalar yozayotganida, Anton Chekhov o'z atrofidagi dunyoni kuzatganlarini yozib boradigan kundalik daftari bo'lgan edi -- boshqa kishilar e'tibor bermay qoladigan kichkina parchalarni, qismlarni yozib borar edi. Har safar Chekhovni va uning inson hayotining o'ziga xos tasavvurini o'qiganimda, bu menga mening ham nima sababdan yozuvchi bo'lganligimni eslatadi. Men kitoblarimda ong tabiatini o'rganaman ongning har xil turlari qanday qilib bilish va tushunishning har xil turlarini paydo qilishini o'rganaman. Mening ishimdan kelib chiqqan mana bu uchta savol. Bularga javobni o'ylab o'tirgandan ko'ra, Sizlarga iltimosim bor, siz bu savollarga qarashingiz bilan boshingiz va yuragingizda sodir bo'layotgan sezgi va chuqur ichki sezgiga bir soniya mobaynida e'tibor bering Masalan, hisoblash. Yechimi raqamlar chizig'ining qayerida joylashishini seza olasizmi? Yoki chet tilidagi so'zga va tovushlarga e'tibor bering. Bu zo'zlarning nimaligini anglash uchun bir necha ma'nolarni ayta olasizmi? Shoirlik sohasida esa, nima uchun shoir 'uy quyoni' o'rninga 'yovvoyi quyon' so'zini ishlatadi. Men sizlarning shu narsani bajarishingizni xohlayman, chunki ishonamanki, bizning shaxsiy tushunchamiz ilmni qanday egallashimizning eng asosidir. Mavhum fikr mulohazalardan ko'ra estetik fikr mulohazalar biz hammamiz biladigan narsani bilishimizdagi jarayonni boshqarib, shakllantiradi. Men buning juda yaqqol misoliman. Mendagi so'z va raqamlar dunyosi rang, his-tuyg'u va shahsiyat bilan aralashadi. Huanning (Juan) aytishicha, bu olimlar sinesteziya deb ataydigan holat, ya'ni, his-tuyg'ular orasida o'zaro g'ayrioddiy suhbatdir. Mana birdan 12 gacha bo'lgan raqamlar, mening ko'rishimcha -- har bir raqamning o'ziga hos shakli va hususiyatlari bor. Bir - oppoq yorug'likning cho'g'i. Olti - juda kichkina va juda g'amgin qora teshik. Bu chizmalar bu yerda qora va oq rangda, lekin mening ongimda ularning rangi bor. Uch - yashil. To'rt - ko'k. Besh - sariq. Men rasm ham chizaman. Mana bu rasmlarimdan bittasi. Bu ikkita tub sonning ko'paytmasi. Uch o'lchamli shakllar va o'rtada ular hosil qiladigan bo'shliq yangi shaklni hosil qiladi, bu esa ko'paytmaning javobi. Kattaroq raqamlarchi? Matematik konstanta - Pi dan ancha kattaroq sonni bunday tasavvur qila olmaysiz. Bu cheksiz son -- cheksiz davom etaveradi, Pi ning birinchi 20ta o'nlik kasrini chizgan mana bu rasmimda ranglar, hissiyotlar va yuzasi, ya'ni tuzilishini olib, ularning hammasini past-tepalik raqamli landshaft kabi birga tasvirladim. Lekin, men rangli ko'radiganim, faqatgina raqamlar emas. Men uchun so'zlar ham ranglar va hissiyotlar va tuzilishga ega. Mana bu "Lolita" romanidan eng avvalgi ibora. Nabokovning o'zi ham synestetik edi. Ko'rib turibsizki, mening L tovushini tushunishim alliteratsiyani ajratishimga darrov yordam beradi. Boshqa bir misol: bu biroz matematikaga hos. Orangizda kimdir "The Great Gatsby" ("Buyuk Getsbi") dan olingan gapning tuzilishini sezarmikansiz. Bu yerda bo'g'inlarning bir biriga moslashib kelishi bor -- wheat - bir bo'g'in; prairies, ikki bo'g'in; lost Swede towna, uch bo'gin -- bir, ikki, uch. Bu ongga yoqimli ta'sir ko'rsatadi va gapning to'g'ri bo'lib tuyulishiga yordam beradi. Bir oz avval men sizlarga bergan savollarga qaytaylik. 64 ni 75 ga ko'paytirish. Agar ba'zilarining shaxmat o'ynasangiz, 64 kvadrat raqam ekanligini bilasiz, va shaxmat doskasida sakkizga sakkiz, ya'ni 64 kataklar bor. Hullas, bu bizga biz tasavvur qila oladigan, his qila oladigan shaklni beradi. 75 chi? Ho'sh, agar 100, agar biz yuzni kvadratdek tasavvur qilsak, 75 mana bunga o'xshaydi. Endi qiladigan ishimiz esa ana o'sha ikkita rasmni ongimizda mana bunday birga qo'yishdir. 64 -- 6400 bo'ladi. O'ng burchakda hech narsani hisoblashning keragi yo'q. bu tomonlama to'rt, tepaga va pastga to'rt -- 16 bo'ladi. Natijasini topish ucun 16, 16 va 16 ni olish kerak. Bu esa maktabda sizga matematik hisoblashni o'rgatgandan ancha osonroq. Bunga ishonchim komil. Bu 16 + 16 + 16 = 48, 4800 -- 4000 misolni javobi. Qanday bajarishni bilsangiz oson. (Kulgi) Ikkinchi savol Islandcha so'z edi. Bu yerda Islandcha gapiradigan odamlar ko'p emas deb o'ylayman. Shunday ekan, javob turini ikkitaga keltiray. Hnuggin: Bu quvnoq so'zmi, yoki g'amgin so'zmi? Nima deysiz? Ho'p. Ba'zi odamlar buni quvnoq so'z deydilar. Ko'p odamlar, ko'pchiligi, buni g'amgin so'z deydilar. Aslida, bu g'amgin degan ma'noni anglatadi. (Kulgi) Statistik jihatdan, nimaga ko'pchilik odamlar so'zni bu holatda g'amgin deb aytadilar, boshqa holatlarda esa og'ir deydilar? Mening nazariyotim bo'yicha, til shunday usulda paydo bo'ladi: tovushlar tinglovchining subyektiv, shaxsiy, ichki sezish tajribalari bilan moslashadi, moyil keladi. Keling, uchinchi savolni ko'raylik. Bu John Keatsning she'ridan bir misra. So'zlar, huddi sonlar kabi, bizning olamimizni tashkil qiladigan narsalar, voqealar va kuchlar o'rtasidagi eng asosiy aloqalarni ifodalayadi. Biz, bu dunyoda yashab turib, hayotimiz davomida ana o'sha aloqalarni ichki hissiyot bilan sezishimiz kerakligi odatiy tuyuladi. Shoirlar, huddi boshqa rassomlar kabi, ana o'sha ichki sezgi tushunadigan narsalar bilan o'ynaydi. Inglizcha "hare" so'zi ingliz tilida noaniq tovushdir. Bu boshimizda o'sadigan soch tolalarni ham anglatishi mumkin. Agar biz bu haqida o'ylaak -- rasmini sizlarga ko'rsatay -- tolalar noziklikni tasvirlaydi. Ular yengilgina harakat, qimirlash yoki hissiyotga ta'sirchan, harakatga keluvchi bo'ladi. Hullas, noziklik (ta'sirchanlik) va taranglik holati paydo bo'ladi. "Hare" so'zi - quyon, hayvon -- mushuk emas, it emas, "hare"-quyon -- nimaga "hare"-quyon? Sababi, rasmni hayolingizga keltiring, so'zni emas, rasmni. Juda uzun quloqlar, juda katta oyoqlar "limp" - oqsoqlanish va "tremble" - qaltirash nimaligini ko'z oldimizda tasavvur qilishimizga, ichki hissiyot bilan sezishimizga yozrdam beradi. Mana shu oz daqiqalar davomida mening narsalar haqidagi nazarimni sizlarga tushuntirib bera oldim va so'zlar ham rang va hissiyotga, raqamlar, shakllar va shaxsiy xarakter, hususiyatlarga ega ekanligini sizlarga ko'rsata oldim deb umid qilaman. Dunyo bizga sezilganidan ko'ra boyroq va ulkanroqdir. Sizlarda dunyoni yangi ko'zlar bilan ko'rishni o'rganish xohishini uyg'otdim deb umid qilaman. Rahmat. (Qarsaklar)