Men savantman (ko'p narsa biluvchi, autismning bir turi)
yoki aniqrog'i,
yuqori faoliyatli
autistik savantman.
Bu noyob holat.
Mening holatimdagiek
o'zlikni anglash va
tilni mukammal egallash qobiliyati
bilan birga kelganda yanada noyobroq holatdir.
Ko'pincha, men biror kimsa bilan uchrashganimda,
ular mening bu holatimni bilishadi va
ularda ma'lum bir turdagi noqulaylik bo'ladi.
Men buni ularning ko'zlarida ko'ra olaman.
Ular mendan nimanidir so'rashni xohlaydilar.
Va nihoyat, juda ko'p holatda,
ishtiyoq odatdagidan kuchliroq
va ular darrov o'ylamasdan gapirib yuboradilar:
"Agar men sizga tug'ilgan sanamni aytsam,
haftaning qaysi kunida tug'ilganligimni aytib bera olasizmi?"
(Kulgi)
Yoki kub ildizlarni
yoki uzun raqam yoki matnni yoddan aytib berishimni so'raydilar.
Agar men bugun sizlarga
bir savant kishining ko'rsatuvini
ijro etmasam meni kechirasizlar deb umid qilaman.
Uning o'rniga men
tug'ilgan sanalar yoki
kub ildizlaridan ancha qiziqarliroq,
mening ishimdan ko'ra
ongimga biroz
chuqurroq va ancha yaqinroq narsa haqida gapiraman.
Men sizlarga ong, tushuncha haqida
qisqagina gapirib bermoqchiman.
U o'zining ismini mashhur qiladigan pyesa va
qisqa hikoyalar yozayotganida,
Anton Chekhov o'z atrofidagi
dunyoni kuzatganlarini
yozib boradigan
kundalik daftari bo'lgan edi --
boshqa kishilar e'tibor bermay qoladigan
kichkina parchalarni, qismlarni yozib borar edi.
Har safar Chekhovni va uning
inson hayotining o'ziga xos tasavvurini o'qiganimda,
bu menga mening ham nima sababdan yozuvchi
bo'lganligimni eslatadi.
Men kitoblarimda
ong tabiatini o'rganaman
ongning har xil turlari qanday qilib
bilish va tushunishning har xil turlarini paydo
qilishini o'rganaman.
Mening ishimdan kelib chiqqan
mana bu uchta savol.
Bularga javobni o'ylab o'tirgandan ko'ra,
Sizlarga iltimosim bor,
siz bu savollarga qarashingiz bilan
boshingiz va yuragingizda
sodir bo'layotgan sezgi va chuqur ichki sezgiga
bir soniya mobaynida e'tibor bering
Masalan, hisoblash.
Yechimi raqamlar chizig'ining qayerida
joylashishini seza olasizmi?
Yoki chet tilidagi so'zga va tovushlarga e'tibor bering.
Bu zo'zlarning nimaligini anglash uchun
bir necha ma'nolarni ayta olasizmi?
Shoirlik sohasida esa,
nima uchun shoir 'uy quyoni' o'rninga
'yovvoyi quyon' so'zini ishlatadi.
Men sizlarning shu narsani bajarishingizni xohlayman,
chunki ishonamanki, bizning shaxsiy tushunchamiz
ilmni qanday egallashimizning
eng asosidir.
Mavhum fikr mulohazalardan ko'ra
estetik fikr mulohazalar
biz hammamiz biladigan narsani
bilishimizdagi jarayonni
boshqarib, shakllantiradi.
Men buning juda yaqqol misoliman.
Mendagi so'z va raqamlar dunyosi
rang, his-tuyg'u va
shahsiyat bilan aralashadi.
Huanning (Juan) aytishicha,
bu olimlar sinesteziya deb ataydigan holat,
ya'ni, his-tuyg'ular orasida
o'zaro g'ayrioddiy suhbatdir.
Mana birdan 12 gacha bo'lgan raqamlar,
mening ko'rishimcha --
har bir raqamning o'ziga hos shakli va hususiyatlari bor.
Bir - oppoq yorug'likning cho'g'i.
Olti - juda kichkina va juda g'amgin qora teshik.
Bu chizmalar bu yerda qora va oq rangda,
lekin mening ongimda ularning rangi bor.
Uch - yashil.
To'rt - ko'k.
Besh - sariq.
Men rasm ham chizaman.
Mana bu rasmlarimdan bittasi.
Bu ikkita tub sonning ko'paytmasi.
Uch o'lchamli shakllar
va o'rtada ular hosil qiladigan bo'shliq
yangi shaklni hosil qiladi,
bu esa ko'paytmaning javobi.
Kattaroq raqamlarchi?
Matematik konstanta - Pi dan ancha kattaroq sonni
bunday tasavvur qila olmaysiz.
Bu cheksiz son --
cheksiz davom etaveradi,
Pi ning birinchi 20ta o'nlik kasrini
chizgan mana bu rasmimda
ranglar,
hissiyotlar va yuzasi, ya'ni tuzilishini olib,
ularning hammasini
past-tepalik raqamli landshaft kabi birga tasvirladim.
Lekin, men rangli ko'radiganim, faqatgina raqamlar emas.
Men uchun so'zlar ham
ranglar va hissiyotlar
va tuzilishga ega.
Mana bu "Lolita" romanidan
eng avvalgi ibora.
Nabokovning o'zi ham synestetik edi.
Ko'rib turibsizki,
mening L tovushini tushunishim
alliteratsiyani ajratishimga
darrov yordam beradi.
Boshqa bir misol:
bu biroz matematikaga hos.
Orangizda kimdir "The Great Gatsby" ("Buyuk Getsbi") dan
olingan gapning tuzilishini
sezarmikansiz.
Bu yerda bo'g'inlarning bir biriga moslashib kelishi bor --
wheat - bir bo'g'in;
prairies, ikki bo'g'in;
lost Swede towna, uch bo'gin --
bir, ikki, uch.
Bu ongga yoqimli ta'sir ko'rsatadi
va gapning to'g'ri
bo'lib tuyulishiga yordam beradi.
Bir oz avval men sizlarga
bergan savollarga qaytaylik.
64 ni 75 ga ko'paytirish.
Agar ba'zilarining shaxmat o'ynasangiz,
64 kvadrat raqam
ekanligini bilasiz,
va shaxmat doskasida
sakkizga sakkiz,
ya'ni 64 kataklar bor.
Hullas, bu bizga biz tasavvur qila oladigan,
his qila oladigan shaklni beradi.
75 chi?
Ho'sh, agar 100,
agar biz yuzni kvadratdek tasavvur qilsak,
75 mana bunga o'xshaydi.
Endi qiladigan ishimiz esa
ana o'sha ikkita rasmni
ongimizda mana bunday
birga qo'yishdir.
64 -- 6400 bo'ladi.
O'ng burchakda
hech narsani hisoblashning keragi yo'q.
bu tomonlama to'rt, tepaga va pastga to'rt --
16 bo'ladi.
Natijasini topish ucun
16, 16 va 16 ni
olish kerak.
Bu esa maktabda sizga matematik hisoblashni
o'rgatgandan ancha osonroq. Bunga ishonchim komil.
Bu 16 + 16 + 16 = 48,
4800 --
4000
misolni javobi.
Qanday bajarishni bilsangiz oson.
(Kulgi)
Ikkinchi savol Islandcha so'z edi.
Bu yerda Islandcha gapiradigan odamlar
ko'p emas deb o'ylayman.
Shunday ekan, javob turini ikkitaga keltiray.
Hnuggin:
Bu quvnoq so'zmi,
yoki g'amgin so'zmi?
Nima deysiz?
Ho'p.
Ba'zi odamlar buni quvnoq so'z deydilar.
Ko'p odamlar, ko'pchiligi,
buni g'amgin so'z deydilar.
Aslida, bu g'amgin degan ma'noni anglatadi.
(Kulgi)
Statistik jihatdan, nimaga
ko'pchilik odamlar
so'zni bu holatda g'amgin deb aytadilar,
boshqa holatlarda esa og'ir deydilar?
Mening nazariyotim bo'yicha, til shunday usulda paydo bo'ladi:
tovushlar
tinglovchining subyektiv,
shaxsiy,
ichki sezish tajribalari bilan
moslashadi, moyil keladi.
Keling, uchinchi savolni ko'raylik.
Bu John Keatsning she'ridan bir misra.
So'zlar, huddi sonlar kabi,
bizning olamimizni tashkil qiladigan
narsalar, voqealar
va kuchlar o'rtasidagi eng asosiy
aloqalarni ifodalayadi.
Biz, bu dunyoda yashab turib, hayotimiz davomida
ana o'sha aloqalarni ichki hissiyot bilan
sezishimiz kerakligi odatiy tuyuladi.
Shoirlar, huddi boshqa rassomlar kabi,
ana o'sha ichki sezgi tushunadigan narsalar bilan o'ynaydi.
Inglizcha "hare" so'zi
ingliz tilida noaniq tovushdir.
Bu boshimizda o'sadigan soch tolalarni ham anglatishi mumkin.
Agar biz bu haqida o'ylaak --
rasmini sizlarga ko'rsatay --
tolalar noziklikni tasvirlaydi.
Ular yengilgina harakat,
qimirlash yoki hissiyotga ta'sirchan, harakatga keluvchi bo'ladi.
Hullas, noziklik (ta'sirchanlik) va
taranglik holati paydo bo'ladi.
"Hare" so'zi - quyon, hayvon --
mushuk emas, it emas, "hare"-quyon --
nimaga "hare"-quyon?
Sababi, rasmni hayolingizga keltiring,
so'zni emas, rasmni.
Juda uzun quloqlar,
juda katta oyoqlar
"limp" - oqsoqlanish va "tremble" - qaltirash nimaligini
ko'z oldimizda tasavvur qilishimizga, ichki hissiyot bilan sezishimizga
yozrdam beradi.
Mana shu oz daqiqalar davomida
mening narsalar haqidagi nazarimni
sizlarga tushuntirib bera oldim
va so'zlar ham rang va hissiyotga,
raqamlar, shakllar va shaxsiy xarakter, hususiyatlarga
ega ekanligini sizlarga ko'rsata oldim deb umid qilaman.
Dunyo bizga sezilganidan ko'ra
boyroq
va ulkanroqdir.
Sizlarda dunyoni yangi ko'zlar bilan ko'rishni
o'rganish xohishini uyg'otdim deb umid qilaman.
Rahmat.
(Qarsaklar)