Laura Trice biz hammamiz rahmat aytishimiz kerakligini tavsiya qiladi
-
0:00 - 0:04Salom. Men sizlarga maqtov, fahrlanish
-
0:04 - 0:07va rahmat aytishning muhimligi haqida gapirmoqchiman.
-
0:07 - 0:09Shu jumladan, buni mahsus va samimiy ayting.
-
0:09 - 0:11Bunga qiziqishim uyg'onganligining sababi
-
0:11 - 0:14yillar o'tib, ulg'ayganim sari yaqin yaqin yillarda
-
0:14 - 0:15men o'zimda shu narsani sezdim:
-
0:15 - 0:17kimgadir rahmat aytgim kelardi,
-
0:17 - 0:18kimlarnidir maqtagim kelardi,
-
0:18 - 0:20ularning menga bo'lgan maqtovini chuqur anglagim kelardi
-
0:20 - 0:22va bu fikrimdan to'xtab qolar edim.
-
0:22 - 0:25Nima uchun?, deb o'zimdan so'radim.
-
0:25 - 0:27Men uyalardim, o'zimni hijolatda his qilardim.
-
0:27 - 0:29So'ngra, menda shunday savol paydo bo'ldi:
-
0:29 - 0:31Shunday holatda bo'ladigan faqatgina menmi?
-
0:31 - 0:32Shu boisdan, men bu borada izlanishga qaror qildim.
-
0:32 - 0:35Men profilaktika klinikasida ishlaganimdan juda omadliman,
-
0:35 - 0:38chunki betinim hayot va o'lim bilan yuzlashayotgan insonlarni ko'ra oldim.
-
0:38 - 0:42Ba'zan, shunday sodda narsalar bo'ladi, ya'ni kimningdir asosiy jarohati shundaki
-
0:42 - 0:47otasi o'g'li bilan faxrlanishini hech ham aytmasdan vafot etgan.
-
0:47 - 0:49Lekin, keyinchalik o'g'li oila a'zolari va do'stlaridan shuni eshitadiki,
-
0:49 - 0:52otasi boshqalarga u bilan qanday faxrlanishini aytgan,
-
0:52 - 0:53ammo o'g'liga hech ham unday demagan.
-
0:53 - 0:56Buning sababi, u kishi o'g'lining bu gapni eshitishi muhimligini anglamagandi.
-
0:56 - 1:00Mening savolim: Nima uchun biz o'zimizga kerak narsalarni so'ramaymiz?
-
1:00 - 1:02Uylanganiga 25 yil bo'lgan bir kishini bilaman,
-
1:02 - 1:04u ayolidan shunday gapni eshitishni orzu qilib yuradi:
-
1:04 - 1:07"Uyga non olib keluvchi bo'lganingiz uchun rahmat, shu sababli men farzandlarim bilan uyda bo'la olaman,"
-
1:07 - 1:08lekin u kishi bu gapni so'ramasdi.
-
1:08 - 1:10Bu borada mohir bir ayolni bilan.
-
1:10 - 1:12Haftasiga bir marta turmush o'rtogi bilan uchrashib, unga aytadi,
-
1:12 - 1:16"Mening uyda bajargan va farzandlarim uchun bajargan hamma narsalar uchun menga rahmat aytishingizni xohlayman."
-
1:16 - 1:19U esa aytadi, "Bu juda ham zo'r, juda zo'r."
-
1:19 - 1:21Maqtov rostdan ham samimiy bo'lishi kerak,
-
1:21 - 1:23ammo u ayol o'sha ish uchun mas'uliyatni o'ziga oladi.
-
1:23 - 1:26Mening bog'cha paytimdan beri bo'lgan do'stim, April
-
1:26 - 1:29farzandlari o'z vazifalarini bajarganligi uchun ularga rahmat aytadi.
-
1:29 - 1:31U shunday dedi, "Shu ishlarni bajarish farzandlarimning vazifalari bo'lishidan qat'iy nazar, nima uchun ularga rahmat demaslgim kerak?"
-
1:31 - 1:33Hullas, savol shu: Nimaga men bunga to'sqinlik qilayotgan edim?
-
1:33 - 1:34Nimaga boshqa odamlar bunga to'sqinlik qilayotgan edi?
-
1:34 - 1:37Nimaga men shunday deb ayta olaman, " men bifshteksning o'rtachasini olaman,
-
1:37 - 1:40oltinchi o'lchamdagi oyoq kiyim kerak," lekin bunday deb aytmayman.
-
1:40 - 1:42"Shunday desam, siz meni maqtaysizmi?"
-
1:42 - 1:46Chunki men sizga o'zim haqimda muhim ma'lumot beryapman.
-
1:46 - 1:48Sizga qaysi jihatdan ojizligimni aytyapman.
-
1:48 - 1:50Menga yordamingiz kerak bo'lganida sizga aytyapman.
-
1:50 - 1:53Shu bilan birga men sizga, ichki mulkimga,
-
1:53 - 1:55dushmanimday munosabatda bo'lyapman.
-
1:55 - 1:57Chunki ana o'sha ma'lumot bilan nima qila olasiz?
-
1:57 - 1:59Menga befarq bo'lishingiz mumkin.
-
1:59 - 2:00U ma'lumotni noto'g'ri maqsadda ishlatishingiz mumkin.
-
2:00 - 2:02Yoki mening hojatimni bajarishingiz mumkin.
-
2:02 - 2:04Va men velosipedimni velosiped do'koniga olib bordim-- buni men yaxshi ko'raman -
-
2:04 - 2:07huddi shu velosipedim, ular esa "g'ildiraklarini sozlash" degan narsalarni bajarar edi.
-
2:07 - 2:09Shu bir yigit aytdi, "Bilasizmi, g'ildiraklarni sozlasangiz,
-
2:09 - 2:10velosiped ancha yaxshi bo'ladi."
-
2:10 - 2:12Men ayni o'sha velosipedimni qaytib oldim
-
2:12 - 2:15va men ikki yarim yildan beri ishlatayotgan velosiped g'ildiraklaridan
-
2:15 - 2:18hamma mayda o'ralashgan arqonu iplarni olib tashladi va velosipedim yangidek bo'ldib qoldi.
-
2:18 - 2:20Endi, men hammanglarga murakkab vazifa bermoqchiman.
-
2:20 - 2:22"G'ildiraginlarni sozlashingizni" xohlayman:
-
2:22 - 2:25eshitishingizni istagan maqtovda samimiy bo'lib.
-
2:25 - 2:27Nimani eshitishni xohlaysiz? Uyga borib, ayolingizga ayting,
-
2:27 - 2:29undan so'rang, unga nima kerak?
-
2:29 - 2:31Uyingizga borib, turmush o'rtog'ingizga ayting -- unga nima kerak?
-
2:31 - 2:34Uyga borib, shu kabi savollarni so'rang va atrofingizdagilarga yordam bering.
-
2:34 - 2:35Bu juda sodda.
-
2:35 - 2:37Nima uchun biz bu haqida o'ylashimiz kerak?
-
2:37 - 2:38Biz dunyo tinchligi haqida gapiramiz.
-
2:38 - 2:41Turli madaniyatlar va turli tillar bilan biz qanday qilib dunyo tinchligiga erisha olamiz?
-
2:41 - 2:45O'ylashimcha, bu har bir uydan, umumiy boshpanadan boshlanadi.
-
2:45 - 2:47Ho'sh, bu narsani o'zimizning orqa hovlimizdan boshlaylik.
-
2:47 - 2:49Siz tomoshabinlar ajoyib turmush o'rtoq, ajoyib ona,
-
2:49 - 2:51do'st, qiz va o'g'il bo'lganinglar uchun
-
2:51 - 2:53hammangizga rahmat aytaman.
-
2:53 - 2:54Ehtimol, kimdir sizga bu gapni hech qachon aytmagandir,
-
2:54 - 2:56lekin sizlar juda ajoyib ishlarni bajardinglar.
-
2:56 - 2:59Mana shu yerda bo'lganinglar uchun va g'oyalaringiz bilan
-
2:59 - 3:02dunyoni o'zgartirganinglar uchun sizlarga rahmat.
-
3:02 - 3:04Rahmat.
-
3:04 - 3:11(Qarsaklar)
- Title:
- Laura Trice biz hammamiz rahmat aytishimiz kerakligini tavsiya qiladi
- Speaker:
- Laura Trice
- Description:
-
Qisqagina 3 daqiqali nutqda, Doktor Laura Trice sirli "rahmat" so'zining kuchiga e'tibor berib gapiradi - do'stlikni mustahkamlash uchun, aloqani tiklash uchun va o'zga inson o'zining siz uchun qanday ahamiyatli ekanligini anglashi uchun. Amalda bir qo'llab ko'ring.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 03:11