Salom. Men sizlarga maqtov, fahrlanish va rahmat aytishning muhimligi haqida gapirmoqchiman. Shu jumladan, buni mahsus va samimiy ayting. Bunga qiziqishim uyg'onganligining sababi yillar o'tib, ulg'ayganim sari yaqin yaqin yillarda men o'zimda shu narsani sezdim: kimgadir rahmat aytgim kelardi, kimlarnidir maqtagim kelardi, ularning menga bo'lgan maqtovini chuqur anglagim kelardi va bu fikrimdan to'xtab qolar edim. Nima uchun?, deb o'zimdan so'radim. Men uyalardim, o'zimni hijolatda his qilardim. So'ngra, menda shunday savol paydo bo'ldi: Shunday holatda bo'ladigan faqatgina menmi? Shu boisdan, men bu borada izlanishga qaror qildim. Men profilaktika klinikasida ishlaganimdan juda omadliman, chunki betinim hayot va o'lim bilan yuzlashayotgan insonlarni ko'ra oldim. Ba'zan, shunday sodda narsalar bo'ladi, ya'ni kimningdir asosiy jarohati shundaki otasi o'g'li bilan faxrlanishini hech ham aytmasdan vafot etgan. Lekin, keyinchalik o'g'li oila a'zolari va do'stlaridan shuni eshitadiki, otasi boshqalarga u bilan qanday faxrlanishini aytgan, ammo o'g'liga hech ham unday demagan. Buning sababi, u kishi o'g'lining bu gapni eshitishi muhimligini anglamagandi. Mening savolim: Nima uchun biz o'zimizga kerak narsalarni so'ramaymiz? Uylanganiga 25 yil bo'lgan bir kishini bilaman, u ayolidan shunday gapni eshitishni orzu qilib yuradi: "Uyga non olib keluvchi bo'lganingiz uchun rahmat, shu sababli men farzandlarim bilan uyda bo'la olaman," lekin u kishi bu gapni so'ramasdi. Bu borada mohir bir ayolni bilan. Haftasiga bir marta turmush o'rtogi bilan uchrashib, unga aytadi, "Mening uyda bajargan va farzandlarim uchun bajargan hamma narsalar uchun menga rahmat aytishingizni xohlayman." U esa aytadi, "Bu juda ham zo'r, juda zo'r." Maqtov rostdan ham samimiy bo'lishi kerak, ammo u ayol o'sha ish uchun mas'uliyatni o'ziga oladi. Mening bog'cha paytimdan beri bo'lgan do'stim, April farzandlari o'z vazifalarini bajarganligi uchun ularga rahmat aytadi. U shunday dedi, "Shu ishlarni bajarish farzandlarimning vazifalari bo'lishidan qat'iy nazar, nima uchun ularga rahmat demaslgim kerak?" Hullas, savol shu: Nimaga men bunga to'sqinlik qilayotgan edim? Nimaga boshqa odamlar bunga to'sqinlik qilayotgan edi? Nimaga men shunday deb ayta olaman, " men bifshteksning o'rtachasini olaman, oltinchi o'lchamdagi oyoq kiyim kerak," lekin bunday deb aytmayman. "Shunday desam, siz meni maqtaysizmi?" Chunki men sizga o'zim haqimda muhim ma'lumot beryapman. Sizga qaysi jihatdan ojizligimni aytyapman. Menga yordamingiz kerak bo'lganida sizga aytyapman. Shu bilan birga men sizga, ichki mulkimga, dushmanimday munosabatda bo'lyapman. Chunki ana o'sha ma'lumot bilan nima qila olasiz? Menga befarq bo'lishingiz mumkin. U ma'lumotni noto'g'ri maqsadda ishlatishingiz mumkin. Yoki mening hojatimni bajarishingiz mumkin. Va men velosipedimni velosiped do'koniga olib bordim-- buni men yaxshi ko'raman - huddi shu velosipedim, ular esa "g'ildiraklarini sozlash" degan narsalarni bajarar edi. Shu bir yigit aytdi, "Bilasizmi, g'ildiraklarni sozlasangiz, velosiped ancha yaxshi bo'ladi." Men ayni o'sha velosipedimni qaytib oldim va men ikki yarim yildan beri ishlatayotgan velosiped g'ildiraklaridan hamma mayda o'ralashgan arqonu iplarni olib tashladi va velosipedim yangidek bo'ldib qoldi. Endi, men hammanglarga murakkab vazifa bermoqchiman. "G'ildiraginlarni sozlashingizni" xohlayman: eshitishingizni istagan maqtovda samimiy bo'lib. Nimani eshitishni xohlaysiz? Uyga borib, ayolingizga ayting, undan so'rang, unga nima kerak? Uyingizga borib, turmush o'rtog'ingizga ayting -- unga nima kerak? Uyga borib, shu kabi savollarni so'rang va atrofingizdagilarga yordam bering. Bu juda sodda. Nima uchun biz bu haqida o'ylashimiz kerak? Biz dunyo tinchligi haqida gapiramiz. Turli madaniyatlar va turli tillar bilan biz qanday qilib dunyo tinchligiga erisha olamiz? O'ylashimcha, bu har bir uydan, umumiy boshpanadan boshlanadi. Ho'sh, bu narsani o'zimizning orqa hovlimizdan boshlaylik. Siz tomoshabinlar ajoyib turmush o'rtoq, ajoyib ona, do'st, qiz va o'g'il bo'lganinglar uchun hammangizga rahmat aytaman. Ehtimol, kimdir sizga bu gapni hech qachon aytmagandir, lekin sizlar juda ajoyib ishlarni bajardinglar. Mana shu yerda bo'lganinglar uchun va g'oyalaringiz bilan dunyoni o'zgartirganinglar uchun sizlarga rahmat. Rahmat. (Qarsaklar)