0:00:00.000,0:00:04.000 Salom. Men sizlarga maqtov, fahrlanish 0:00:04.000,0:00:07.000 va rahmat aytishning muhimligi haqida gapirmoqchiman. 0:00:07.000,0:00:09.000 Shu jumladan, buni mahsus va samimiy ayting. 0:00:09.000,0:00:11.000 Bunga qiziqishim uyg'onganligining sababi 0:00:11.000,0:00:14.000 yillar o'tib, ulg'ayganim sari yaqin yaqin yillarda 0:00:14.000,0:00:15.000 men o'zimda shu narsani sezdim: 0:00:15.000,0:00:17.000 kimgadir rahmat aytgim kelardi, 0:00:17.000,0:00:18.000 kimlarnidir maqtagim kelardi, 0:00:18.000,0:00:20.000 ularning menga bo'lgan maqtovini chuqur anglagim kelardi 0:00:20.000,0:00:22.000 va bu fikrimdan to'xtab qolar edim. 0:00:22.000,0:00:25.000 Nima uchun?, deb o'zimdan so'radim. 0:00:25.000,0:00:27.000 Men uyalardim, o'zimni hijolatda his qilardim. 0:00:27.000,0:00:29.000 So'ngra, menda shunday savol paydo bo'ldi: 0:00:29.000,0:00:31.000 Shunday holatda bo'ladigan faqatgina menmi? 0:00:31.000,0:00:32.000 Shu boisdan, men bu borada izlanishga qaror qildim. 0:00:32.000,0:00:35.000 Men profilaktika klinikasida ishlaganimdan juda omadliman, 0:00:35.000,0:00:38.000 chunki betinim hayot va o'lim bilan yuzlashayotgan insonlarni ko'ra oldim. 0:00:38.000,0:00:42.000 Ba'zan, shunday sodda narsalar bo'ladi, ya'ni kimningdir asosiy jarohati shundaki 0:00:42.000,0:00:47.000 otasi o'g'li bilan faxrlanishini hech ham aytmasdan vafot etgan. 0:00:47.000,0:00:49.000 Lekin, keyinchalik o'g'li oila a'zolari va do'stlaridan shuni eshitadiki, 0:00:49.000,0:00:52.000 otasi boshqalarga u bilan qanday faxrlanishini aytgan, 0:00:52.000,0:00:53.000 ammo o'g'liga hech ham unday demagan. 0:00:53.000,0:00:56.000 Buning sababi, u kishi o'g'lining bu gapni eshitishi muhimligini anglamagandi. 0:00:56.000,0:01:00.000 Mening savolim: Nima uchun biz o'zimizga kerak narsalarni so'ramaymiz? 0:01:00.000,0:01:02.000 Uylanganiga 25 yil bo'lgan bir kishini bilaman, 0:01:02.000,0:01:04.000 u ayolidan shunday gapni eshitishni orzu qilib yuradi: 0:01:04.000,0:01:07.000 "Uyga non olib keluvchi bo'lganingiz uchun rahmat, shu sababli men farzandlarim bilan uyda bo'la olaman," 0:01:07.000,0:01:08.000 lekin u kishi bu gapni so'ramasdi. 0:01:08.000,0:01:10.000 Bu borada mohir bir ayolni bilan. 0:01:10.000,0:01:12.000 Haftasiga bir marta turmush o'rtogi bilan uchrashib, unga aytadi, 0:01:12.000,0:01:16.000 "Mening uyda bajargan va farzandlarim uchun bajargan hamma narsalar uchun menga rahmat aytishingizni xohlayman." 0:01:16.000,0:01:19.000 U esa aytadi, "Bu juda ham zo'r, juda zo'r." 0:01:19.000,0:01:21.000 Maqtov rostdan ham samimiy bo'lishi kerak, 0:01:21.000,0:01:23.000 ammo u ayol o'sha ish uchun mas'uliyatni o'ziga oladi. 0:01:23.000,0:01:26.000 Mening bog'cha paytimdan beri bo'lgan do'stim, April 0:01:26.000,0:01:29.000 farzandlari o'z vazifalarini bajarganligi uchun ularga rahmat aytadi. 0:01:29.000,0:01:31.000 U shunday dedi, "Shu ishlarni bajarish farzandlarimning vazifalari bo'lishidan qat'iy nazar, nima uchun ularga rahmat demaslgim kerak?" 0:01:31.000,0:01:33.000 Hullas, savol shu: Nimaga men bunga to'sqinlik qilayotgan edim? 0:01:33.000,0:01:34.000 Nimaga boshqa odamlar bunga to'sqinlik qilayotgan edi? 0:01:34.000,0:01:37.000 Nimaga men shunday deb ayta olaman, " men bifshteksning o'rtachasini olaman, 0:01:37.000,0:01:40.000 oltinchi o'lchamdagi oyoq kiyim kerak," lekin bunday deb aytmayman. 0:01:40.000,0:01:42.000 "Shunday desam, siz meni maqtaysizmi?" 0:01:42.000,0:01:46.000 Chunki men sizga o'zim haqimda muhim ma'lumot beryapman. 0:01:46.000,0:01:48.000 Sizga qaysi jihatdan ojizligimni aytyapman. 0:01:48.000,0:01:50.000 Menga yordamingiz kerak bo'lganida sizga aytyapman. 0:01:50.000,0:01:53.000 Shu bilan birga men sizga, ichki mulkimga, 0:01:53.000,0:01:55.000 dushmanimday munosabatda bo'lyapman. 0:01:55.000,0:01:57.000 Chunki ana o'sha ma'lumot bilan nima qila olasiz? 0:01:57.000,0:01:59.000 Menga befarq bo'lishingiz mumkin. 0:01:59.000,0:02:00.000 U ma'lumotni noto'g'ri maqsadda ishlatishingiz mumkin. 0:02:00.000,0:02:02.000 Yoki mening hojatimni bajarishingiz mumkin. 0:02:02.000,0:02:04.000 Va men velosipedimni velosiped do'koniga olib bordim-- buni men yaxshi ko'raman - 0:02:04.000,0:02:07.000 huddi shu velosipedim, ular esa "g'ildiraklarini sozlash" degan narsalarni bajarar edi. 0:02:07.000,0:02:09.000 Shu bir yigit aytdi, "Bilasizmi, g'ildiraklarni sozlasangiz, 0:02:09.000,0:02:10.000 velosiped ancha yaxshi bo'ladi." 0:02:10.000,0:02:12.000 Men ayni o'sha velosipedimni qaytib oldim 0:02:12.000,0:02:15.000 va men ikki yarim yildan beri ishlatayotgan velosiped g'ildiraklaridan 0:02:15.000,0:02:18.000 hamma mayda o'ralashgan arqonu iplarni olib tashladi va velosipedim yangidek bo'ldib qoldi. 0:02:18.000,0:02:20.000 Endi, men hammanglarga murakkab vazifa bermoqchiman. 0:02:20.000,0:02:22.000 "G'ildiraginlarni sozlashingizni" xohlayman: 0:02:22.000,0:02:25.000 eshitishingizni istagan maqtovda samimiy bo'lib. 0:02:25.000,0:02:27.000 Nimani eshitishni xohlaysiz? Uyga borib, ayolingizga ayting, 0:02:27.000,0:02:29.000 undan so'rang, unga nima kerak? 0:02:29.000,0:02:31.000 Uyingizga borib, turmush o'rtog'ingizga ayting -- unga nima kerak? 0:02:31.000,0:02:34.000 Uyga borib, shu kabi savollarni so'rang va atrofingizdagilarga yordam bering. 0:02:34.000,0:02:35.000 Bu juda sodda. 0:02:35.000,0:02:37.000 Nima uchun biz bu haqida o'ylashimiz kerak? 0:02:37.000,0:02:38.000 Biz dunyo tinchligi haqida gapiramiz. 0:02:38.000,0:02:41.000 Turli madaniyatlar va turli tillar bilan biz qanday qilib dunyo tinchligiga erisha olamiz? 0:02:41.000,0:02:45.000 O'ylashimcha, bu har bir uydan, umumiy boshpanadan boshlanadi. 0:02:45.000,0:02:47.000 Ho'sh, bu narsani o'zimizning orqa hovlimizdan boshlaylik. 0:02:47.000,0:02:49.000 Siz tomoshabinlar ajoyib turmush o'rtoq, ajoyib ona, 0:02:49.000,0:02:51.000 do'st, qiz va o'g'il bo'lganinglar uchun 0:02:51.000,0:02:53.000 hammangizga rahmat aytaman. 0:02:53.000,0:02:54.000 Ehtimol, kimdir sizga bu gapni hech qachon aytmagandir, 0:02:54.000,0:02:56.000 lekin sizlar juda ajoyib ishlarni bajardinglar. 0:02:56.000,0:02:59.000 Mana shu yerda bo'lganinglar uchun va g'oyalaringiz bilan 0:02:59.000,0:03:02.000 dunyoni o'zgartirganinglar uchun sizlarga rahmat. 0:03:02.000,0:03:04.000 Rahmat. 0:03:04.000,0:03:11.000 (Qarsaklar)