-
Xo'sh, qaysi sinfda o'qiysan? Ikkinchi. O'ninchi.
Birinchida. Men sakkizinchi sinfda bo'lganimda dasturlashni o'rganganman.
-
Oltinchi sinfda bo'lganimda birinchi kompyuterimga ega bo'lganman. Menga yoqadigani shundaki,
-
u odamlarning muammolarini hal qilish imkoniyatidir. O'zingizni ifoda etishingiz mumkin.
-
Siz g'oyalarni ro'yobga chiqarishingiz mumkin. Dasturlash o'quvchi va mutaxassislar keyingi 20 - 30 yil ichida yaratadigan
-
ko'p narsalar uchun asosdir. Dasturlashni yaxshi ko'raman chunki men odamlarga yordam berishni yaxshi ko'raman.
-
Dasturlash bilan men odamlarning hayotini osonlashtiradigan narsalarni yaratish imkoniyatiga ega bo'ldim.
-
Menimcha, bu bizdagi superkuchga eng yaqin bo'lgan qobiliyatdir.
-
Boshlash - eng muhim qismdir. Men ham dastrulashda yangiman. Keling, birga o'rganamiz.
Salom, mening ismim Lindsi.
-
Kollejda teatr san'atini o'rgandim, shuningdek, kompyuter fanini ham.
-
Va endi men model, aktrisa va dasturchiman. Keling, Anna va Elza bilan birga muzning sehrini va go'zalligini kashf qilaylik.
-
Siz konki uchib qorparchalar va naqshlarni yaratasiz hamda do'stlaringiz bilan baham ko'rishingiz mumkin bo'lgan qishki mo'jizalar mamlakatini yaratasiz.
-
Keyingi soat ichida siz dasturlash asoslarini o'rganasiz.
-
Odatda dasturlar matn shaklida yoziladi, lekin biz Blokli tilini ishlatamiz,
-
unda dasturni yozish uchun siz ekrandagi bloklardan foydalanasiz.
-
Hatto universitetlardagi talabalar ham xuddi shu tarzda dasturlash asoslarni o'rganadi. Aslida, siz ham dastur yozasiz.
-
Siz o'qiydigan tushunchalardan, dasturchilar har kuni foydalanadi
-
ular kompyuter fanining asosidir. Dastur kompyuterga nima qilish kerakligini aytadigan ko'rsatmalar to'plamidir.
-
Keling, Elzaga oddiy chiziqni yaratishga yordam beradigan dastur yoki kod yarataylik.
-
Keyinchalik bundan murakkab modellarni yaratish uchun foydalanamiz. Ekraningiz uch asosiy qismga bo'linadi.
-
Chap tomonda dasturni ishga tushiradigan muzli yuza.
-
Barcha bosqichdagi ko'rsatmalar bevosita ushbu yuza ostida beriladi. O'rta maydon -
-
bu asboblar qutisi va bu bloklarning har biri Elza va Anna bajarishi mumkin bo'lgan ko'rsatmalardir.
-
O'ngdagi oq joy ish maydoni deb ataladi va bu biz dasturimizni quradigan joy.
-
Muz yuzasida harakat qilish uchun siz "oldinga harakat qilish" blokidan foydalanasiz. Bu "oldinga harakat" bloki,
-
u "100 piksel oldinga harakat qil" deydi. "Run" tugmasini bosganimizda nima sodir bo'ladi?
-
Elza ekranda ma'lum bir masofaga oldinga yuradi, aslida roppa-rosa 100 pikselga! Piksellar sizning kompyuteringiz ekranidagi kichik kvadratchalar.
-
Ushbu jumboqdagi yana bir blok shunday deydi:
-
"90 darajaga o'ng tomonga buriling". Va biz ushbu "o'ng tomonga buriling" blokidan foydalanganimizda, Elza qandaydir burchakka buriladi.
-
Elza qanchalik burilishini xohlaysiz, o'ynab ko'rishingiz mumkin. Burchak Elza oldidagi yo'ldan o'lchanadi.
-
Bu 90 darajaga burilish. Va bu 120 daraja burilish.
-
Esingizda bo'lsin, bularning yonidagi o'qsimon tugmachalarni bosib,
-
piksel va daraja miqdorini o'zgartirishingiz mumkin.