1 00:00:06,041 --> 00:00:10,240 Xo'sh, qaysi sinfda o'qiysan? Ikkinchi. O'ninchi. Birinchida. Men sakkizinchi sinfda bo'lganimda dasturlashni o'rganganman. 2 00:00:10,240 --> 00:00:12,417 Oltinchi sinfda bo'lganimda birinchi kompyuterimga ega bo'lganman. Menga yoqadigani shundaki, 3 00:00:12,417 --> 00:00:15,206 u odamlarning muammolarini hal qilish imkoniyatidir. O'zingizni ifoda etishingiz mumkin. 4 00:00:16,759 --> 00:00:20,101 Siz g'oyalarni ro'yobga chiqarishingiz mumkin. Dasturlash o'quvchi va mutaxassislar keyingi 20 - 30 yil ichida yaratadigan 5 00:00:20,309 --> 00:00:23,538 ko'p narsalar uchun asosdir. Dasturlashni yaxshi ko'raman chunki men odamlarga yordam berishni yaxshi ko'raman. 6 00:00:24,486 --> 00:00:27,083 Dasturlash bilan men odamlarning hayotini osonlashtiradigan narsalarni yaratish imkoniyatiga ega bo'ldim. 7 00:00:27,083 --> 00:00:31,153 Menimcha, bu bizdagi superkuchga eng yaqin bo'lgan qobiliyatdir. 8 00:00:31,153 --> 00:00:34,122 Boshlash - eng muhim qismdir. Men ham dastrulashda yangiman. Keling, birga o'rganamiz. Salom, mening ismim Lindsi. 9 00:00:34,219 --> 00:00:39,173 Kollejda teatr san'atini o'rgandim, shuningdek, kompyuter fanini ham. 10 00:00:39,319 --> 00:00:41,493 Va endi men model, aktrisa va dasturchiman. Keling, Anna va Elza bilan birga muzning sehrini va go'zalligini kashf qilaylik. 11 00:00:41,607 --> 00:00:43,763 Siz konki uchib qorparchalar va naqshlarni yaratasiz hamda do'stlaringiz bilan baham ko'rishingiz mumkin bo'lgan qishki mo'jizalar mamlakatini yaratasiz. 12 00:00:43,868 --> 00:00:48,025 Keyingi soat ichida siz dasturlash asoslarini o'rganasiz. 13 00:00:48,099 --> 00:00:49,339 Odatda dasturlar matn shaklida yoziladi, lekin biz Blokli tilini ishlatamiz, 14 00:00:49,339 --> 00:00:53,069 unda dasturni yozish uchun siz ekrandagi bloklardan foydalanasiz. 15 00:00:53,069 --> 00:00:56,086 Hatto universitetlardagi talabalar ham xuddi shu tarzda dasturlash asoslarni o'rganadi. Aslida, siz ham dastur yozasiz. 16 00:00:56,241 --> 00:01:01,295 Siz o'qiydigan tushunchalardan, dasturchilar har kuni foydalanadi 17 00:01:01,440 --> 00:01:04,795 ular kompyuter fanining asosidir. Dastur kompyuterga nima qilish kerakligini aytadigan ko'rsatmalar to'plamidir. 18 00:01:04,798 --> 00:01:07,689 Keling, Elzaga oddiy chiziqni yaratishga yordam beradigan dastur yoki kod yarataylik. 19 00:01:08,395 --> 00:01:11,574 Keyinchalik bundan murakkab modellarni yaratish uchun foydalanamiz. Ekraningiz uch asosiy qismga bo'linadi. 20 00:01:12,651 --> 00:01:14,966 Chap tomonda dasturni ishga tushiradigan muzli yuza. 21 00:01:14,966 --> 00:01:20,239 Barcha bosqichdagi ko'rsatmalar bevosita ushbu yuza ostida beriladi. O'rta maydon - 22 00:01:20,516 --> 00:01:23,151 bu asboblar qutisi va bu bloklarning har biri Elza va Anna bajarishi mumkin bo'lgan ko'rsatmalardir. 23 00:01:23,151 --> 00:01:26,021 O'ngdagi oq joy ish maydoni deb ataladi va bu biz dasturimizni quradigan joy. 24 00:01:26,021 --> 00:01:30,691 Muz yuzasida harakat qilish uchun siz "oldinga harakat qilish" blokidan foydalanasiz. Bu "oldinga harakat" bloki, 25 00:01:30,691 --> 00:01:33,217 u "100 piksel oldinga harakat qil" deydi. "Run" tugmasini bosganimizda nima sodir bo'ladi? 26 00:01:34,202 --> 00:01:37,936 Elza ekranda ma'lum bir masofaga oldinga yuradi, aslida roppa-rosa 100 pikselga! Piksellar sizning kompyuteringiz ekranidagi kichik kvadratchalar. 27 00:01:38,929 --> 00:01:43,332 Ushbu jumboqdagi yana bir blok shunday deydi: 28 00:01:44,224 --> 00:01:46,882 "90 darajaga o'ng tomonga buriling". Va biz ushbu "o'ng tomonga buriling" blokidan foydalanganimizda, Elza qandaydir burchakka buriladi. 29 00:01:48,418 --> 00:01:50,790 Elza qanchalik burilishini xohlaysiz, o'ynab ko'rishingiz mumkin. Burchak Elza oldidagi yo'ldan o'lchanadi. 30 00:01:50,916 --> 00:01:54,746 Bu 90 darajaga burilish. Va bu 120 daraja burilish. 31 00:01:55,995 --> 00:01:59,144 Esingizda bo'lsin, bularning yonidagi o'qsimon tugmachalarni bosib, 32 00:01:59,768 --> 00:02:01,627 piksel va daraja miqdorini o'zgartirishingiz mumkin.