Mening baxtli hayot konsepsiyam — Sem Byornz
-
0:18 - 0:20Hammaga salom.
-
0:20 - 0:22Mening ismim Sem,
-
0:22 - 0:24men endigina 17 yoshga kirdim.
-
0:24 - 0:28Bir necha yil oldin, maktabda xali
9-sinfga o'tmasimdan avval, -
0:28 - 0:33men Foksboro maktabi marsh ansamblida
kichkina baraban chalishni xohlardim, -
0:33 - 0:36va bu orzuyim edi,
men uni amalga oshirishim kerak edi. -
0:36 - 0:38Lekin istalgan bir osiladigan baraban
-
0:38 - 0:40tahminan 18 kg og'irlikka ega edi,
-
0:40 - 0:43men esa kasalman.
Kasallik progeriya deb nomlanadi. -
0:43 - 0:47Tasavvur qila olishingiz uchun aytaman,
men 22,6 kg atrofidaman. -
0:47 - 0:52Ya'ni, texnik sabablarga ko'ra, men
oddiy kichkina baraban olib yurolmasdim, -
0:52 - 0:56va shuning uchun, ansambl dirijyori
meni oraliqlarda zarbli -
0:56 - 0:59musiqiy asboblarda o'ynash uchun qo'ydi.
-
0:59 - 1:01Xo'sh, zarbli asboblar —
bu qiziq edi... -
1:01 - 1:05Ularning ichiga juda zo'r yordamchi
zarbli asboblar kirardi: -
1:05 - 1:09bongo, litavrlar,
-
1:09 - 1:11timbales va qo'ng'iroqchalar kabi.
-
1:11 - 1:13Xa, bu qiziq edi.
-
1:13 - 1:18Lekin bu marsh qilishga kirmasdi
va bu meni tushkunlikka tushirardi. -
1:18 - 1:21Shundayam meni marsh jamoasida kichkina
-
1:21 - 1:24barabanda oraliqlarda o'ynash niyatidan
-
1:24 - 1:25hech narsa to'xtatolmasdi.
-
1:25 - 1:30Xo'sh, mening oilam va men,
muhandis bilan birga -
1:30 - 1:32menga olib yurishga oson bo'ladigan
-
1:32 - 1:36mahkamlash konstruksiyasi ustida ishladik.
-
1:36 - 1:40Ancha vaqt ishdan keyin biz yarata oldik.
-
1:40 - 1:44Bu kichkina baraban 2,7 kg edi.
-
1:44 - 1:48(Qarsaklar)
-
1:48 - 1:52Men sizlarga progeriya haqda ozgina
ta'rif bermoqchiman. -
1:52 - 1:58Hozirgi kunda dunyoda bu kasallikka
chalingan bolalar soni 350 ta. -
1:58 - 2:01Ya'ni, bu juda kam uchraydigan kasallik.
-
2:01 - 2:03Va uning zarar yetkazuvchi omillari
o'z ichiga: -
2:03 - 2:07terining yupqalashishi, o'sishdan to'xtab
qolish, juda sekin vazn olish, -
2:07 - 2:09va yurak kasalliklarini oladi.
-
2:09 - 2:13O'tgan yili mening onam o'zining
tadqiqotchilar jamoasi bilan progeriyani -
2:13 - 2:17davolash bo'yicha ilk muvaffaqiyatli
izlanishlarni taqdim etdi, -
2:17 - 2:19shundan keyin mendan NPR'da
intervyu olishdi va -
2:19 - 2:22Jon Gamilton menga savol berdi:
-
2:22 - 2:24"Insonlar siz haqingizda bilishi kerak
-
2:24 - 2:27bo'lgan eng muhim narsa nima?"
-
2:27 - 2:29Va men oddiy qilib,
-
2:29 - 2:32baxtli hayot kechirayotganimni aytdim.
-
2:32 - 2:36(Qarsaklar)
-
2:36 - 2:40Hayotimda yetarlicha ko'p
qiyinchiliklar bo'lsa-da, -
2:40 - 2:43va ularning ko'pi progeriya
sababli bo'lsa-da, -
2:43 - 2:45odamlar menga achinishlarini xohlamayman.
-
2:45 - 2:48Men bu noqulayliklar haqida o'ylamayman,
-
2:48 - 2:51va nima bo'lganda ham
ko'pchiligini amallay olaman. -
2:51 - 2:56Bugun men sizlarga o'zimning baxtli hayot
konsepsiyamni ulashish uchun bu yerdaman. -
2:56 - 3:01Xo'sh, men 3 ta aspektga ajrataman.
-
3:01 - 3:05Quyida mashhur Ferris Byullerdan sitata.
-
3:05 - 3:09Konsepsiyamning birinchi aspekti —
-
3:09 - 3:12Men nima qila olmasligim borasida
bosh qotirmayman, -
3:12 - 3:14chunki men qila oladigan
shuncha narsa bor. -
3:14 - 3:17Ba'zida insonlar shunga o'xshash
savollar berishadi: -
3:17 - 3:19"Progeriya bilan yashash qiyinmi?", yoki
-
3:19 - 3:23"Bu bilan bog'liq qanday
qiyinchiliklar bilan har kuni yuzlanasiz?" -
3:23 - 3:26Men javob berishni xohlardim,
progeriya bilan kasal bo'lsam-da, -
3:26 - 3:29odatda u bilan bog'liq bo'lmagan narsalar
-
3:29 - 3:32haqida o'ylab ko'p vaqtimni o'tkazaman.
-
3:32 - 3:36Bu men bu kabi noqulayliklarni inkor
qilaman degani emas. -
3:36 - 3:38Men nimadir qila olmaganimda,
masalan, -
3:38 - 3:43uzoq masofaga yugurish, yoki
daxshatli attraksionlarda ucha olmaganimda -
3:43 - 3:45nimalardan mahrumligimni tushunaman.
-
3:45 - 3:48Shunday bo'lsa ham, men o'zim qila
oladigan ishlarda -
3:48 - 3:52o'zimni diqqatimni jamlayman,
ular bilan ko'p shug'ullanaman, -
3:52 - 3:56bular skautlar harakati, yoki musiqa,
yoki komikslar, -
3:56 - 3:59yoki qanday men yoqtirgan Boston
sport jamoasi. -
3:59 - 4:02Xa, shunday. (Kulgu)
-
4:02 - 4:06Xullas, ayrim narsalarni "qila olaman"
kategoriyasiga o'tkazish uchun -
4:06 - 4:08ba'zida original yechimlarni o'ylab
-
4:08 - 4:12topishimga, ba'zi narsalarga esa
moslashishimga to'g'ri keladi. -
4:12 - 4:15Baraban bilan bo'lgan voqeadagidek.
-
4:15 - 4:17Mana bu klipda
-
4:17 - 4:19men "O'rgimchak odam" dagi musiqani
chalayapman, -
4:19 - 4:22Foksboro maktabi marsh ansambli tarkibida,
-
4:22 - 4:24oraliqlardagi tanaffuslarda,
ikki yil oldin. -
4:24 - 4:26(Video)
-
4:27 - 4:32♫ "O'rgimchak odam" filmidagi musiqa ♫
-
5:07 - 5:11(Qarsaklar)
-
5:11 - 5:13Tashakkur.
-
5:13 - 5:15Yaxshi, xo'sh...
-
5:15 - 5:16Bu juda zo'r bo'lgan edi.
-
5:16 - 5:20Shunday qilib men marsh jamoasida
kichkina barabanda o'ynash orzuyimni -
5:20 - 5:22amalga oshira oldim,
-
5:22 - 5:25chunki men buni uddalay olishimga
ishongandim. -
5:25 - 5:30Xullas, umid qilamanki, sizlar ham
o'z orzularingizga erisha olasizlar. -
5:30 - 5:32Konsepsiyamning ikkinchi aspekti — bu
-
5:32 - 5:37o'zimni o'zim xohlagan insonlar bilan
o'rashim, -
5:37 - 5:39yuqori irodali insonlar bilan.
-
5:39 - 5:43Mening shunday ajoyib oilam bor ekanligi
bu mening omadli ekanligimdir. -
5:43 - 5:46Oilam meni doim qo'llab-quvvatlagan,
butun umrim davomida. -
5:46 - 5:48Va mening shunday yaqin o'rtoqlarimning
borligi ham -
5:48 - 5:51mening omadliligimdan dalolat beradi.
-
5:51 - 5:55Albatta biz biroz "aqldan ozgan"
musiqiy fanatlarga o'xshaymiz, -
5:55 - 5:57va biz bir-birimiz bilan muloqotdan
zavq olamiz, -
5:57 - 6:00kerakli payt bir-birimizga yordam beramiz.
-
6:00 - 6:05Biz bir-birimizni ichkaridan ko'ramiz.
-
6:05 - 6:07Biz ba'zida biroz tentakroqmiz.
-
6:07 - 6:09Hozir biz o'rta maktabning oxirgi
sinfidamiz, -
6:09 - 6:15va biz yoshroq ishtirokchilarni musiqiy
guruhimizga chaqirishimiz mumkin, -
6:15 - 6:17xuddi bir jamoadek.
-
6:17 - 6:20Musiqiy guruhda bo'lish menga nega yoqadi?
biz birgalikda -
6:20 - 6:23chaladigan musiqa — jonli,
-
6:23 - 6:28sohta emas,
u progeriyani chetga surib tashlaydi. -
6:28 - 6:30Shunday ekan, men bu haqda
-
6:30 - 6:34havotirlanmayman, musiqa bilan
shug'ullanib o'zimni yaxshi his qilaman. -
6:34 - 6:37Va hattoki, hujjatli film olib,
-
6:37 - 6:39bir-ikki marta televidenyega
borganimda yoki -
6:39 - 6:41har kuni o'z yaqinlarim orasida o'zimni
-
6:41 - 6:46hissiyotlarimning eng yuqori
nuqtasida his qilaman. -
6:46 - 6:49Ular mening hayotimga ijobiy ta'sir
ko'rsatishadi va -
6:49 - 6:55men ham xuddi shunday, ularga ijobiy
ta'sir ko'rsataman deb umid qilaman. -
6:55 - 6:58(Qarsaklar)
-
6:58 - 6:59Rahmat.
-
6:59 - 7:01Xo'sh, eng muhimi bu yerda shuki,
-
7:01 - 7:05umid qilamanki,
siz o'z oilangizni qadrlaysiz va sevasiz. -
7:05 - 7:08O'z do'stlaringizni, aka-ukalaringizni,
-
7:08 - 7:12o'rtoqlaringiz, ustozlaringizni va
-
7:12 - 7:14atrofingizdagilarni.
-
7:14 - 7:17Chunki buning barchasi kundalik hayotimiz
uchun juda muhim, -
7:17 - 7:21va buning barchasi hayotimizga yetarlicha
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. -
7:21 - 7:24Konsepsiyamning uchinchi aspekti —
-
7:24 - 7:26Doim oldinga harakatlaning.
-
7:26 - 7:30Mana bu siz hammangiz biladigan inson
Uolt Disneyning gaplari, -
7:30 - 7:31va bu mening eng sevimli sitatam.
-
7:31 - 7:34Men doim quvonch bilan kutib yashayman.
-
7:34 - 7:37Hayotimni boyitish uchun doim olg'a
intilaman, harakat qilaman. -
7:37 - 7:39Bu katta narsa bo'lishi
shart emas. -
7:39 - 7:41Bu yoki sabrsizlik bilan
-
7:41 - 7:44kutilgan komiksning davomi chiqishi,
-
7:44 - 7:46yoki oila bilan birga
uzoqqa dam olishga otlanish, -
7:46 - 7:49yoki do'stlar davrasida
vaqtichog'lik qilish, -
7:49 - 7:52maktabda keyingi futbol o'yiniga
tayyorgarlik ko'rish. -
7:52 - 7:55Bularning barchasi asosiy narsalarda
diqqatni jamlashga va -
7:55 - 7:58oldinda yorqin kelajak
kutayotganini his qilishga, -
7:58 - 8:02va ba'zida men duch keladigan qiyin
vaqtlardan o'tishga yordam beradi. -
8:02 - 8:08Dunyoni bunday ko'ra olish uzoqni ko'zlay
olish va ehtiyotkorlik talab qiladi. -
8:08 - 8:11Men o'zimga achinib kuchimni
sarflamaslikka harakat qilaman, -
8:11 - 8:15chunki shunday bo'lganida men o'zimni
boshi berk bo'chaga kirib qolgandek -
8:15 - 8:19his qilaman va bunday paytda quvonch
uchun o'zingizda kuch topa olmaysiz. -
8:19 - 8:23Bu albatta tushkunliklarga e'tibor
qilmayman degani emas, -
8:23 - 8:25men ularni qabul qilaman,
-
8:25 - 8:28hech bo'lmaganda ularni tushunish
-
8:28 - 8:32va buni oldini olishga harakat
qilish uchun. -
8:32 - 8:35Men yoshroq bo'lganimda,
injener bo'lishni xohlaganman. -
8:35 - 8:37Men ixtirochi bo'lishni istaganman.
-
8:37 - 8:40Dunyoga yorqin kelajak olib kela oladigan.
-
8:40 - 8:42Menimcha bu mening Lego o'yinchoqlarini
-
8:42 - 8:45yoqtirganimdan bo'lsa kerak.
Ularni yasayotib men -
8:45 - 8:48o'z g'oyalarimda mustaqil ekanimni
his qilardim. -
8:48 - 8:53Va bu menimcha oilam va ustozlarim ham
tufayli shunday. -
8:53 - 8:58Ular menga doim o'zimni butun va pozitiv
baholay olishimga yordam berishgan. -
8:58 - 9:01Bugungi kunda mening intilishlarim
biroz o'zgargan, -
9:01 - 9:04men o'zimni biologiya fanida
sinab ko'rmoqchiman, -
9:04 - 9:08ehtimol aynan hujayra biologiyasi yoki
genetika sohasida -
9:08 - 9:12yoki bioximiya yoki shunga
o'xshash yo'nalishda. -
9:12 - 9:16Bu mening do'stim, va men uni juda
hurmat qilaman. -
9:16 - 9:19Frensis Kollinz, Sog'liqni Saqlash
Milliy Instituti direktori, -
9:19 - 9:23va biz bu yerda o'tgan yilgi TEDMEDda
suhbat qurayapmiz. -
9:23 - 9:26Menda shunday hissiyot borki,
kim bo'lishimdan qat'iy nazar -
9:26 - 9:30men dunyoni o'zgartira olishimga
ishonaman. -
9:30 - 9:34Va bunga harakat qilayotib men o'zimni
baxtiyor his qilaman. -
9:34 - 9:374 yilcha oldin,
-
9:37 - 9:39HBO "Semga ko'ra hayot" deb nomlanadigan
men va oilam -
9:39 - 9:42haqda hujjatli film suratga olishni
boshladi. -
9:42 - 9:46Bu ajoyib tajriba bo'ldi, lekin nima
bo'lgandayam bu to'rt yil oldin edi. -
9:46 - 9:50Va hammada bo'lganidek, mening qarashlarim
bu vaqt ichida ancha o'zgardi. -
9:50 - 9:54Umid qilamanki, yanada yaxshi tomonga.
-
9:54 - 9:59Lekin ba'zi narsalar baribir o'zgarmadi.
-
9:59 - 10:03Masalan mening dunyoqarashim va
hayotga munosabatim. -
10:03 - 10:05Men sizlarga men kichkinaroq
-
10:05 - 10:08bo'lgan paytimning videosini
ko'rsatishni xohlardim, -
10:08 - 10:11u yerda bu munosabatni ko'rish mumkin.
-
10:11 - 10:13(Video)
-
10:13 - 10:16Men kasallikning genezisi haqda
ko'p narsa bilaman. -
10:16 - 10:20Bu hozir aktual emas,
-
10:20 - 10:21lekin bir paytlar ko'pchilik
-
10:21 - 10:24bolalarning o'limiga sabab ekani va
-
10:24 - 10:27bu har bir insonni tushkunlikka tushirishi
-
10:27 - 10:30meni bu materialni yaratishdan
to'xtatib turardi. -
10:30 - 10:35Va hozir siz hujayralar rivojlanishini
sekinlashtiruvchi defektli -
10:35 - 10:39oqsilsimon moddani ko'rayapsiz.
-
10:40 - 10:42Shunday ekan,
-
10:42 - 10:45men endi o'zimni ancha yengil his qilaman,
-
10:45 - 10:48men progeriya haqda
-
10:48 - 10:52o'ylamasligim kerak.
-
10:56 - 10:58Yomon emas, to'g'rimi?
-
10:58 - 11:02(Qarsaklar)
-
11:02 - 11:03Rahmat.
-
11:03 - 11:06Ko'rayotganingizdek, men ko'p
yillar davomida shunday o'ylaganman. -
11:06 - 11:10Lekin men bu konsepsiyamning barcha
aspektlarini bir vaqtning o'zida his qila -
11:10 - 11:14olmasdim.
O'tgan yilning yanvarigacha. -
11:14 - 11:19Men og'ir kasallangan edim, bir necha kun
shifoxonada bronxit bilan yotdim. -
11:19 - 11:24Va bu payt meni men qiladigan,
shaxs ekanligimni his qilishga -
11:24 - 11:25yordam beradigan hayotimning
-
11:25 - 11:28barcha sferalaridan mahrum edim.
-
11:28 - 11:31Lekin sog'ayayotganimni va tez orada
-
11:31 - 11:34o'zimni yaxshi his qila boshlashimni
tushunishim -
11:34 - 11:37oldinga harakat qilishimga yordam berardi.
-
11:37 - 11:39Va ba'zida,
dadilroq bo'lishimga to'g'ri kelar edi, -
11:39 - 11:41va bu har doim ham oson kechmas edi.
-
11:41 - 11:43Ba'zida qaltirardim,
-
11:43 - 11:44yomon kunlar ham bo'lardi,
-
11:44 - 11:48lekin qat'iyatli bo'lish oson
emasligini tushunardim. -
11:48 - 11:52Va shuni ham tushunardimki, bu
meni oldinga intilishim uchun kalit edi. -
11:52 - 11:54Ya'ni, aniq qilib aytganda,
-
11:54 - 11:58men vaqtimni va kuchimni o'zimga
achinish bilan sarflamas edim. -
11:58 - 12:01Men o'zimni yaqin insonlarim
bilan o'rayman va -
12:01 - 12:03oldinga intilishda davom etaman.
-
12:03 - 12:07Va shunday bir kayfiyat bilan,
umid qilamanki, hammangiz, -
12:07 - 12:09nima bo'lishiga, to'siqlarga qaramay
-
12:09 - 12:12baxtli hayot kechira olasizlar.
-
12:12 - 12:13To'xtang, yana bir soniya,
-
12:13 - 12:16yana bitta kichik maslahat —
-
12:16 - 12:17(Kulgu)
-
12:17 - 12:20Ziyofatlarni o'tkazib yubormang,
agar sizga bu yoqsa. -
12:20 - 12:22Bizning maktabimizda ertaga
bitiruvchilar balli, -
12:22 - 12:24va men u yerda bo'laman.
-
12:24 - 12:26Katta rahmat sizlarga.
-
12:26 - 12:31(Qarsaklar)
- Title:
- Mening baxtli hayot konsepsiyam — Sem Byornz
- Description:
-
Ikki yoshligida Sem Byornzda progeriya degan kamdan-kam uchraydigan erta qarish kasalligini aniqlashgan. Ushbu ilhomlantiruvchi chiqishda u biz bilan o'zining baxtli hayot konsepsiyasi bilan ulashadi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDxTalks
- Duration:
- 12:46
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for My Philosophy for a Happy Life: Sam Berns at TEDxMidAtlantic |