< Return to Video

O'ta mavhum sharoitda yashash jasorati

  • 0:01 - 0:03
    Eng ko'ngilsiz voqea nima bo'lishi mumkin?
  • 0:04 - 0:07
    Bundan o'n yilcha oldin
  • 0:07 - 0:10
    o'ta sovuq ko'rik xonasida o'tirgandim.
  • 0:10 - 0:13
    Yangi onkolog shifokorim
    bilan uchrashuvni kutardim.
  • 0:13 - 0:15
    Juda qattiq qo'rquvda edim.
  • 0:15 - 0:19
    Turmush o'rtog'im yonginamda
    o'tirishiga qaramasdan,
  • 0:19 - 0:21
    o'zimni o'ta yolg'iz his qilayotgan edim.
  • 0:21 - 0:24
    Bir necha daqiqa oldin menga ko'krak
    saratoni tashxisi
  • 0:24 - 0:26
    qo'yilgan edi.
    O'sha daqiqada menga
  • 0:26 - 0:30
    shunday tuyuldiki, o'ng o'pkam aks etgan
    skanerdagi birgina yorug' nuqta saraton
  • 0:30 - 0:33
    tanam bo'ylab allaqachon
    tarqalib bo'lganini anglatgandek edi.
  • 0:34 - 0:36
    Menda metastatik ko'krak raki aniqlandi.
  • 0:37 - 0:39
    Tibbiy davolanishni halicha boshlab
    yubormagan edim
  • 0:39 - 0:41
    mabodo boshlaganimda ham, uning yakunini
  • 0:42 - 0:44
    bilardim: Bedavo ko'krak saratoni.
  • 0:46 - 0:48
    Shifosi yo'q ko'krak saratoni.
  • 0:49 - 0:51
    Men 27 yoshda edim,
  • 0:51 - 0:54
    tibbiy maktabga endigina qabul qilindim,
    menda allaqachon
  • 0:54 - 0:57
    hayotimni so'nggi pallasiga yetib
    keldimmi degan shubha paydo bo'ldi.
  • 0:58 - 1:03
    Yangi onkolog shifokorimni raxmdil
    inson deb bo'lmasdi,
  • 1:04 - 1:06
    Eng mahoratli shifokorlar kabi
  • 1:06 - 1:09
    u ham yolg'iz faktlar bilan cheklanar edi.
  • 1:10 - 1:14
    "Bizning tanamiz hujayralardan tashkil
    topgan," u o'z nutqini shunday boshladi.
  • 1:14 - 1:16
    Men uning gapini bo'lib,
  • 1:16 - 1:19
    "Men yaqinda tibbiy maktabga boraman.
  • 1:19 - 1:20
    Bulardan xabardorman"
  • 1:21 - 1:25
    U bunga ahamiyat bermay
  • 1:26 - 1:27
    o'z so'zida davom etdi.
  • 1:27 - 1:30
    U saratonni nazorat qilish uchun
    kimyoterapiya
  • 1:30 - 1:31
    zarur ekanligini aytdi.
  • 1:31 - 1:35
    U dori va uning nojo'ya ta'sirlari, uning
    qo'llanish vaqti haqida so'zlay
  • 1:35 - 1:36
    boshladi. Men
    unga o'pkam-
  • 1:37 - 1:41
    -dagi o'sha yorug' nuqtani aniqlash
    uchun hali biopsiya ham olinmaganligini
  • 1:41 - 1:44
    eslatdim va bu haqiqatan ham rak
    ekanligiga ishonchi komilmi deb so'radim.
  • 1:45 - 1:51
    Savolimdan xafsalasi pir bo'lgani esimda,
  • 1:51 - 1:54
    Ehtimol, u aytganlarimga ergashmayapti,
    yoki bundan ham yomoni,
  • 1:54 - 1:57
    inkor qilyapti deb o'ylagandir.
  • 1:58 - 2:01
    Yakunlovchi xulosasini isbotlash
    uchun biopsiya olish shunchaki
  • 2:01 - 2:07
    rasmiyatchilikdan iborat narsa
    emasligini tushuntirmoqchi edim, xolos.
  • 2:07 - 2:11
    U eng tubimdagi bir qismni yuzaga
    chiqarish uchun
  • 2:11 - 2:15
    va men so'rashni istamagan savolga
    javob beruvchi
  • 2:15 - 2:18
    teri, muskullar va suyakdan
    o'tuvchi tig'li igna edi.
  • 2:18 - 2:23
    Biopsiya olinishidan ilgari men metatistik
    ko’krak raki mavjud bo’lishi mumkin
  • 2:23 - 2:26
    bo'lgan, metatistik ko’krak raki
    ehtimol mavjud bo'lgan
  • 2:26 - 2:29
    27 yoshli ayol bo’lishim mumkin edi.
  • 2:29 - 2:31
    Bular o’rtasida jiddiy farq bor,
  • 2:31 - 2:36
    biroq bunga eng oliy darajali onkologik
    xizmatda ko’p ham urg’u berilmaydi.
  • 2:37 - 2:41
    Aksincha, mening davolanishim
  • 2:41 - 2:42
    bir necha haftaga ortga surildi
  • 2:44 - 2:47
    Birinchi tashrifimdan so’ng juda
    ko’p narsalar bo’lib o’tdi.
  • 2:47 - 2:50
    Buni qarangki, biopsiya olish shunchaki
    rasmiyatchilik emas ekan.
  • 2:50 - 2:54
    Mening oldingi shifokorim rost aytibdi.
  • 2:54 - 2:55
    (Kulgu)
  • 2:55 - 2:56
    Menda saraton aniqlandi,
  • 2:56 - 3:00
    biroq u umuman boshqa turdagi
    o’pka saraton edi,
  • 3:00 - 3:02
    va bu qanchalik ahmoqona eshitilmasin,
  • 3:02 - 3:05
    bu ajoyib yangilik edi.
  • 3:05 - 3:08
    Menda metatistik ko’krak
    saratoni bo’lmagan.
  • 3:08 - 3:10
    Menda bir-biridan farq
    qiluvchi 2 xil saraton
  • 3:10 - 3:12
    bo'lgan, biroq ularning
    joylashuvi ham turlicha edi.
  • 3:12 - 3:15
    Ularning alohida joylashuvi
    esa ularni olib
  • 3:15 - 3:17
    tashlash imkoniyatini berardi.
  • 3:17 - 3:20
    Shunday qilib, o’pka jarrohligi bilan
    boshlangan davo muolajalari
  • 3:20 - 3:22
    kimyoterapiya bilan davom ettirildi
  • 3:22 - 3:26
    28 yoshga to’lishimdan biroz o'tib
    ko’krak jarohligi bilan yakunlandi.
  • 3:27 - 3:29
    Ikki haftadan keyin, maktabdagi
  • 3:29 - 3:31
    o’qishlarimni boshlab oldim.
    Ham faktlarni,
  • 3:32 - 3:35
    ham ularning ahamiyatini yaxshiroq
    tushuntiruvchi
  • 3:35 - 3:36
    (Kulgu)
  • 3:36 - 3:41
    yangi shifokorim tibbiy maktabga borishni
  • 3:41 - 3:42
    1 yilga kechiktirishimni,
  • 3:42 - 3:46
    dam olish, sog’ayish uchun
  • 3:46 - 3:50
    biroz vaqt ajratishimni maslahat berdi.
  • 3:50 - 3:52
    Uning maslahatlariga amal qildim.
  • 3:52 - 3:56
    Kuchli kimyoterapiya meni holdan toydirdi.
  • 3:56 - 3:58
    Dekanga murojat qildim.
  • 3:58 - 4:00
    Vaziyatimni izohlashim bilan
  • 4:00 - 4:03
    arizam tezlik bilan qanoatlantirildi.
  • 4:03 - 4:06
    Kimyoterapiya yakunlandi-yu,
  • 4:06 - 4:09
    endi 1 yil nima qilaman, degan
    savol meni o’ylantira boshladi.
  • 4:10 - 4:12
    Sohilga borsammikan?
  • 4:12 - 4:13
    (Kulgu)
  • 4:13 - 4:16
    Sohilda yurgan inson emasdim.
  • 4:16 - 4:17
    (Kulgu)
  • 4:17 - 4:21
    Nima bo’lganda ham, qancha vaqtim qoldi?
  • 4:21 - 4:23
    Tibbiy ilmgohga borishni judayam
    xohlagandim.
  • 4:23 - 4:26
    U qalbimdagi kemtik joyni to’ldirishi
    mumkindek tuyuldi.
  • 4:26 - 4:30
    Bir qarorga kelishni ortga surish o’rniga,
    o'zimga "Eng ko'ngilsiz voqea
  • 4:30 - 4:33
    nima bo'lishi mumkin?
    degan savolni berdim.
  • 4:33 - 4:37
    Xo’sh, vazifalarni bajarishga o’ta zaiflik
    yoki o’ta kasallik qilishim mumkin.
  • 4:37 - 4:39
    Hissiy mashaqqat bo’lib tuyilishi mumkin.
  • 4:39 - 4:42
    O’qishdan chetlatilishim mumkin.
  • 4:42 - 4:46
    Biroq, bu narsa hayotimda
    o’sha yil yuz bergan eng qo'rqinchli narsa
  • 4:46 - 4:47
    bo’la olmasligini esga oldim.
  • 4:47 - 4:50
    Unda boshlashga nima xalaqit beryapti?
  • 4:50 - 4:54
    O’zim xohlagandek hayotni qurishni
    davom ettirishgachi?
  • 4:55 - 4:56
    Men buni epladim.
    Eng chiroyli
  • 4:56 - 4:58
    sirg’alarimni va eng yoqtirgan
  • 4:58 - 5:02
    ko'ylaklarimni sochsiz va ozg’in
    bo’lsam ham kiydim
  • 5:02 - 5:04
    va boshladim.
  • 5:04 - 5:06
    O’zimni ularning qatoridagidek tutdim
  • 5:06 - 5:07
    va bo’la boshladim.
  • 5:08 - 5:11
    Bu qanchalik qiyin kechganligini tasvirlab
    bera olmayman.
  • 5:11 - 5:14
    Ba’zi kunlar bu imkonsizdek tuyuldi.
    O'zimni xuddi
  • 5:14 - 5:18
    kelajak uchun hech qanday ahamiyatsiz
    narsalarni bajarayotgandek his qildim.
  • 5:18 - 5:22
    Biroq, har kuni o’zimga “Bu senga hali
    ham yoqadimi?” deya savol berardim.
  • 5:22 - 5:24
    Hali hanuz yoqtirgan ishingni qilyapsanmi?
  • 5:24 - 5:27
    Javob esa har kuni “ha”,
  • 5:27 - 5:29
    ba’zida a’lo darajali “ha”,
  • 5:29 - 5:31
    lekin ha.
  • 5:31 - 5:33
    Vaziyat o’nglashib,
  • 5:33 - 5:37
    o’qishdan chetlatilish xayoli
    tarqalayotgan bir paytda
  • 5:37 - 5:40
    bundan ham qayg’uli xabarni eshitdim.
    Vujudimda TP53,
  • 5:40 - 5:47
    qisqacha p53 deb nomlangan gen mutatsiya
    uchraganligi haqida xabar topdim.
  • 5:47 - 5:50
    Genlar va ularning mutatsiyasi
    qo’riqchisi sifatida
  • 5:50 - 5:51
    ma’lum bo’lgan p53
  • 5:51 - 5:56
    DNK larimizning tiklanishini nazorat
    qilish uchun javobgar. Ushbu genning
  • 5:56 - 6:00
    mutatsiyaga uchrashi esa bu jarayonda
    xatoliklar kelib chiqadi degani.
  • 6:00 - 6:04
    Bu normal hujayralarning saratonga uchrash
    xavfi yuqori darajadaligini anglatadi.
  • 6:04 - 6:06
    Bular haqida bilganim zahotiyoq,
  • 6:06 - 6:09
    barcha boshdan kechirganlarim
    ahamiyatsizdek tuyuldi.
  • 6:10 - 6:14
    Men 7 yoshligimda bolalarda uchraydigan
    saratonga, rabdomyosarkomaga chalingandim.
  • 6:14 - 6:16
    U o’smirlik davrimda qaytalandi.
  • 6:16 - 6:20
    Va bu p53ning aniqlanishidan ancha
    oldin edi.
  • 6:20 - 6:24
    Undan keyin katta yoshlilar ko’krak va
    o’pka saratoni bilan kurashdim.
  • 6:24 - 6:27
    Ushbu mutatsiya haqidagi
    bilimlarim tufayli
  • 6:27 - 6:29
    kelajakda uchrashim mumkin
    bo’lgan saratonlarning,
  • 6:29 - 6:32
    ehtimol, son-sanog’i yo’qdek tuyuldi.
  • 6:33 - 6:35
    Shunga qaramasdan,
  • 6:35 - 6:39
    radiatsion onkolog bo’lishga qaror qildim.
  • 6:39 - 6:40
    (Kulgu)
  • 6:40 - 6:44
    Metin bardosh,
  • 6:44 - 6:45
    afzallik evaziga,
  • 6:45 - 6:50
    terapiya tufayli, shifokor hamkasblarim,
  • 6:51 - 6:53
    oilam va o’qituvchilarim yordami
    bilan genetik
  • 6:53 - 6:55
    tashxislar ortga chekinmaslikka
  • 6:55 - 6:57
    undashi zarurligi sababli
    o’qishni bir necha
  • 6:57 - 7:02
    oy ichida tugallab,
    yangi shaharga ko’chish
  • 7:03 - 7:07
    va shifokor hamda tadqiqotchi sifatida
    dastlabki faoliyatimni
  • 7:07 - 7:08
    boshlashga umid bog’ladim.
  • 7:09 - 7:12
    Bu 2020 yilga kelib ham mo'jiza yoki
  • 7:12 - 7:16
    tibbiyot yutuqlari shifo berishini
    anglatmaydi.
  • 7:17 - 7:20
    Bunday bedavo dard
  • 7:20 - 7:23
    noaniqlik bilan yashashni o’rgana
    boshlaysiz degani.
  • 7:24 - 7:27
    Bu sizga qo’yilgan tashxislar
    eng daxshatli
  • 7:27 - 7:30
    voqelik emasligini anglaysiz degani.
  • 7:30 - 7:32
    Mavhumlik bilan yashashni o’rganish ham
  • 7:32 - 7:35
    go’zallik, ham qiyinchiliklarga
    to’la hayot tomon
  • 7:35 - 7:39
    odim qadamlashni anglatadi.
    Bu o'simta hikoyangizning
  • 7:40 - 7:45
    bir qismi ekanligini o’zingiz
    uchun kashf qilishingiz demakdir.
  • 7:45 - 7:47
    Bu hayotingizdagi eng daxshatli
    voqelik bo’lmasligi
  • 7:47 - 7:49
    mumkin va bo’lganda ham, hech qisi yo’q.
  • 7:49 - 7:52
    Unga e’tiroz bildirishingiz
    yoki qabul qilishingiz
  • 7:52 - 7:56
    mumkin, biroq bu boshqa birov tomondan
    yozib berilmagan, muallifi siz va siz-
  • 7:56 - 7:59
    -ning muallifligingiz ostidagi
    hikoya bo’lishiga qo’yib bering.
  • 7:59 - 8:03
    Qo’lingizda akademik ta’til xatini o’z
    talablaringiz doirasida ishlating.
  • 8:04 - 8:07
    Davolanish bosqichlarim
    yakuniga yetib borar ekan,
  • 8:07 - 8:11
    shunday vaziyatni qayta-qayta
    tasavvur qilaman:
  • 8:11 - 8:13
    Bemorda o’simta aniqlandi.
  • 8:13 - 8:14
    Bir necha tanlovlar mavjud.
  • 8:14 - 8:20
    Bularning barchasi tuzalish va
    hayotning yaxshilanishi o’rtasidagi,
  • 8:20 - 8:24
    azobdan qutulish imkoniyati va azob
    tortishga sababchi bo’lish o’rtasidagi
  • 8:24 - 8:27
    turlicha muvozanatni taklif etadi.
  • 8:27 - 8:29
    Onkologist tanlovlarni taqdim etadi,
  • 8:29 - 8:33
    biroq munozaraning qaysidir qismida
    vaziyat chigallashib boradi.
  • 8:33 - 8:35
    O’sha tanlov ko’proq shunga o’xshashib
  • 8:35 - 8:38
    ketadi, “Siz nimadir qila olishni
  • 8:38 - 8:41
    yoki hech narsa qilmaslikni tanlay olasiz.
  • 8:41 - 8:46
    Yo biz kuch ishlatib o’simtangizni
    davolaymiz,
  • 8:46 - 8:47
    yoki buni kuzatib turamiz.
  • 8:48 - 8:50
    10 martadan 9,9 martasida be’morlar
  • 8:50 - 8:54
    “Qo’limdan kelgan barcha ishni qilishni
    istayman.” deyishadi.
  • 8:55 - 8:56
    Albatta
  • 8:56 - 9:00
    Kim ham hamma narsaga urinib
    ko’rishni istamaydi?
  • 9:00 - 9:02
    Biroq hamma narsa nima?
  • 9:03 - 9:08
    Hamma narsa, bu uyingizdagi deraza
    oldida o’zingizni oftobga tutib,
  • 9:08 - 9:12
    oilangiz qo’ynida o’tirish qobiliyatimi?
  • 9:12 - 9:16
    Hamma narsa, bu kimyoterapiya
    tufayli uvushib qolmagan
  • 9:16 - 9:19
    barmoqlaringiz va tovonlaringizni
    his qila olishmi?
  • 9:20 - 9:24
    Biz onkologlarning hamma narsasi
    saratonni davolash.
  • 9:25 - 9:30
    Bular radiatsiya, jarrohlik, kimyo-
    terapiya va yangicha davolash amaliyoti.
  • 9:30 - 9:32
    Va biz uchun eng daxshatli voqelik,
  • 9:32 - 9:35
    bu haqda onkologlardan bir necha
    bor eshitgandim
  • 9:35 - 9:37
    eng daxshatli voqelik,
  • 9:37 - 9:40
    bu bemorda metastatik kasallikning
    rivojlanishi yoki eng
  • 9:40 - 9:43
    daxshatli narsa, bu besh yildan
    so’ng saratonning o’sishda davom etishi va
  • 9:43 - 9:46
    bemorga ko’proq radiatsiya
    berishga majbur bo’lishim, deyishgani.
  • 9:47 - 9:50
    Bemor va onkolog sifatida
  • 9:50 - 9:54
    bularning ko’ngilsiz oqibat emasligi
    to’g’risida hech qachon baxslashmayman.
  • 9:54 - 9:56
    Biroq, eng yomoni shularmi?
  • 9:56 - 9:59
    Saraton fikrlarimiz diqqat markazida
  • 9:59 - 10:02
    har doim bo’lishi kerakmi?
  • 10:04 - 10:11
    Mendagi saraton va gen mutatsiyasi
    tufayli so'zlashga til ojizlik
  • 10:11 - 10:14
    qiladigan ko‘plab og‘riq va
    shafqatsizlikni boshdan kechirdim.
  • 10:15 - 10:19
    Shunga qaramasdan, o’zimni
    omadli deb hisoblayman, sababi yuz berishi
  • 10:19 - 10:22
    mumkin bo’lgan eng qo’rqinchli
    narsa aslo yuz bermadi,
  • 10:23 - 10:28
    sababi g’am-anduh va mavhumlikni
    men bilan bir stolda, biroq uning
  • 10:28 - 10:31
    qaysidir bir chekkasida
    o’tirishiga ruxsat berdim.
  • 10:31 - 10:33
    Menda metastatik saraton
    aniqlanganidan so’ng,
  • 10:33 - 10:38
    ikkinchi tahlil uchun Bostonga yo’l oldim,
    sababi nimani ham yo’qotardim?
  • 10:38 - 10:41
    Shifokorim judayam yaxshi va xavfsiz va
  • 10:41 - 10:42
    odatdagi maslahat berganida,
  • 10:42 - 10:44
    saraton muolajasida
    bo’lishimga
  • 10:44 - 10:47
    qaramasdan tibbiy ilmgohdagi
    o’qishlarimni boshlab yubordim.
  • 10:48 - 10:51
    Saratonga chalingan bemorlardan
    o’zimni olib qochish o’rniga,
  • 10:51 - 10:54
    radiatsion onkologist shifokorga aylandim.
  • 10:54 - 10:56
    Va o’zimga o’xshash bemorlar bilan
  • 10:56 - 10:58
    har kuni ishlayman.
  • 10:58 - 11:04
    Saratondan vafot etganimda
    bo'lajak turmush o'rtog'imga
  • 11:04 - 11:06
    yetkazadigan aziyatni
    tasavvur qilish
  • 11:06 - 11:09
    o'rniga, ajoyib inson bilan turmush
    qurdim. Chunki,
  • 11:09 - 11:11
    yuz berishi mumkin bo’lgan
    eng qo’rqinchli
  • 11:11 - 11:15
    narsa har doim ziddiyatlar
    ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
  • 11:15 - 11:17
    Bularning bari hayot bilan to'ldirilishi
  • 11:17 - 11:19
    lozim bo’lgan bo’sh satrlardir.
  • 11:20 - 11:26
    Mana shunday o’ta mavhum vaziyatda
    asosiy suyanchig’im nima edi?
  • 11:28 - 11:31
    Bu Uiliyam.
  • 11:32 - 11:38
    U men uchratgan eng quvnoq inson,
  • 11:39 - 11:44
    bir yildan oshiqroq vaqt ichida u dunyoni
    eng yaxshi manzilga allaqachon aylantirdi.
  • 11:46 - 11:50
    Onkologlar sifatida,
    biz bemorlar bilan sodir bo'lishi
  • 11:50 - 11:52
    mumkin bo’lgan eng yomon
    vaziyat, ya'ni
  • 11:52 - 11:54
    ularning saratoni qaytalanishi
    yoki tarqalishi
  • 11:55 - 11:58
    mumkinligi yoki u tufayli vafot
    etishi mumkindek suhbatlashamiz.
  • 11:58 - 12:01
    Bemor sifatida, bularning o’ta
    muhim ekanligini bilaman.
  • 12:01 - 12:04
    Biroq, bu boradagi fikrlarimiz
  • 12:04 - 12:08
    va bemorlarimiz bilan suhbatimizni
    o’zgartirishni istayman.
  • 12:08 - 12:10
    Bemorlarga
  • 12:10 - 12:15
    yuz berishi mumkin bo’lgan eng yomon
    narsa, saraton uning o’zligidan,
  • 12:15 - 12:17
    biror narsani bajarish
  • 12:17 - 12:18
    va mehr-muhabbatni tuyish
  • 12:18 - 12:19
    imkoniyatidan mahrum etishidir.
  • 12:20 - 12:22
    Bu ro’y beradi.
  • 12:22 - 12:24
    Hech bo’lmaganda vaqtincha davom etadi.
  • 12:25 - 12:28
    Biroq, hayotdagi bu yo'qotishlarni
    kamaytirish,
  • 12:28 - 12:34
    mana bu mashaqqatliroq, va menimcha,
    onkologistning chin vazifasi:
  • 12:34 - 12:39
    bizda mavjud vositalarni olish va
    bemorning butun hayotiga
  • 12:39 - 12:41
    tadbiq etishdan iborat;
  • 12:41 - 12:46
    Iztiroblariga munosabatida yo'l
    ko'rsatuvchi bo'lish,
  • 12:46 - 12:48
    uni tub-tubdan anglatish, biroq bo'lajak
  • 12:48 - 12:53
    iztiroblari qo'rquvi keyingi sayohatining
    hikoyasiga aylanishiga yo'l qo'ymaslik.
  • 12:54 - 12:59
    Ustozlarimdan biri tibbiyot qismi
    osonligini hamisha ta'kidlaydi.
  • 13:00 - 13:03
    Yosh shifokorga aslo bunday tuyulmaydi,
  • 13:04 - 13:06
    biroq uning doirasi chegaralangan.
  • 13:07 - 13:13
    Bizga yo'l ko'rsatuvchi ko'plab
    tadqiqotlarni ilm dargohlarida o'rganamiz.
  • 13:14 - 13:21
    Har bir bemorning betobligidan
    yuzaga keluvchi dardlarni
  • 13:21 - 13:23
    yengillatishni o'rganish og'irroqdir.
  • 13:25 - 13:30
    Ortga boqsam hayotim o'ralgan qadoqqa
  • 13:30 - 13:32
    o'xshashini eslab kulgim keladi.
  • 13:33 - 13:37
    Xuddi har bir zafarli qadamimni
    reja asosida bosganga o'xshayman
  • 13:37 - 13:42
    va ehtimol saraton hayotimdagi yaxshi
    narsalarga eltgandir.
  • 13:42 - 13:46
    Ilk qadam: tibbiyot maktabiga topshirish
  • 13:46 - 13:49
    Ikkinchi qadam: saratonning aniqlanishi
    va muolajasi
  • 13:49 - 13:52
    Va uchinchi qadam: kasb va oila,
  • 13:52 - 13:54
    ularning barchasiga erishish
  • 13:55 - 13:57
    Biroq, sizga shuni ayta olamanki,
  • 13:58 - 14:03
    o'ta noaniqlik sharoitiga qaramasdan,
  • 14:03 - 14:07
    har bir bosqichning asosida
    ishonch yotardi.
  • 14:08 - 14:10
    Har bir bemorimga
  • 14:10 - 14:13
    mana shu jasoratni taqdim
    etishga urinaman.
  • 14:13 - 14:18
    Saraton va muolaja borasidagi
    qarorlarning, mutatsiyalarning tibbiyotga
  • 14:18 - 14:20
    oid ilmiy jihatlariga e'tibor qaratishim
  • 14:20 - 14:21
    kerakligiga qaramasdan
  • 14:21 - 14:24
    taqdim etishga
  • 14:24 - 14:26
    harakat qilaman.
  • 14:27 - 14:29
    Ular nima istashini
  • 14:30 - 14:31
    va ularga nima kerakligini,
  • 14:31 - 14:35
    niyatlari, xavotirlari,
  • 14:36 - 14:39
    orzulari,
    saraton muolajasining
  • 14:40 - 14:43
    hunuk jarayonlaridan oldin
    ularni yashashga undagan
  • 14:43 - 14:50
    va undan keyin davom etishga undagan
    narsalarni bilishga urinaman.
  • 14:51 - 14:55
    Bu aslida ko'p vaqtni talab etmaydi.
  • 14:56 - 15:00
    Bu maqsadli parvarishni talab etuvchi
  • 15:00 - 15:04
    bir yerga yo'nalgan, bir necha sokin
    daqiqalarni oladi.
  • 15:05 - 15:07
    Bu hamkorlik
  • 15:08 - 15:10
    va bu ahamiyatga molik,
  • 15:12 - 15:15
    chunki eng yomon voqelik
  • 15:15 - 15:21
    saratonni davolash uchun jamiki --
  • 15:21 - 15:24
    jamiki -- ishni qila turib,
    o'z hayotingizda
  • 15:24 - 15:26
    yashashingizga ko'mak berish uchun
  • 15:26 - 15:29
    hech narsa qilmaydigan
    onkologistning bo'lishidir.
  • 15:31 - 15:32
    Rahmat.
  • 15:32 - 15:36
    (Qarsaklar)
Title:
O'ta mavhum sharoitda yashash jasorati
Speaker:
Shekinah Elmore
Description:

Kelajagingiz mavhum vaziyatlar bilan to'la bo'lganda, ortga chekinmaslik uchun nima qilasiz? Onkologist va saratonni yenggan Shekinah Elmore ushbu ma'ruzada kamyob genetik diagnozlardan so'ng hayotga qaytishi haqidagi hikoyasini ulashadi va nima uchun shifokorlar bemorlarning o'ta noaniqlik sharoitida ularni yashashga o'rgatishga masʼuliyatliligini tushuntirib beradi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
15:53

Uzbek subtitles

Revisions