Eng ko'ngilsiz voqea nima bo'lishi mumkin? Bundan o'n yilcha oldin o'ta sovuq ko'rik xonasida o'tirgandim. Yangi onkolog shifokorim bilan uchrashuvni kutardim. Juda qattiq qo'rquvda edim. Turmush o'rtog'im yonginamda o'tirishiga qaramasdan, o'zimni o'ta yolg'iz his qilayotgan edim. Bir necha daqiqa oldin menga ko'krak saratoni tashxisi qo'yilgan edi. O'sha daqiqada menga shunday tuyuldiki, o'ng o'pkam aks etgan skanerdagi birgina yorug' nuqta saraton tanam bo'ylab allaqachon tarqalib bo'lganini anglatgandek edi. Menda metastatik ko'krak raki aniqlandi. Tibbiy davolanishni halicha boshlab yubormagan edim mabodo boshlaganimda ham, uning yakunini bilardim: Bedavo ko'krak saratoni. Shifosi yo'q ko'krak saratoni. Men 27 yoshda edim, tibbiy maktabga endigina qabul qilindim, menda allaqachon hayotimni so'nggi pallasiga yetib keldimmi degan shubha paydo bo'ldi. Yangi onkolog shifokorimni raxmdil inson deb bo'lmasdi, Eng mahoratli shifokorlar kabi u ham yolg'iz faktlar bilan cheklanar edi. "Bizning tanamiz hujayralardan tashkil topgan," u o'z nutqini shunday boshladi. Men uning gapini bo'lib, "Men yaqinda tibbiy maktabga boraman. Bulardan xabardorman" U bunga ahamiyat bermay o'z so'zida davom etdi. U saratonni nazorat qilish uchun kimyoterapiya zarur ekanligini aytdi. U dori va uning nojo'ya ta'sirlari, uning qo'llanish vaqti haqida so'zlay boshladi. Men unga o'pkam- -dagi o'sha yorug' nuqtani aniqlash uchun hali biopsiya ham olinmaganligini eslatdim va bu haqiqatan ham rak ekanligiga ishonchi komilmi deb so'radim. Savolimdan xafsalasi pir bo'lgani esimda, Ehtimol, u aytganlarimga ergashmayapti, yoki bundan ham yomoni, inkor qilyapti deb o'ylagandir. Yakunlovchi xulosasini isbotlash uchun biopsiya olish shunchaki rasmiyatchilikdan iborat narsa emasligini tushuntirmoqchi edim, xolos. U eng tubimdagi bir qismni yuzaga chiqarish uchun va men so'rashni istamagan savolga javob beruvchi teri, muskullar va suyakdan o'tuvchi tig'li igna edi. Biopsiya olinishidan ilgari men metatistik ko’krak raki mavjud bo’lishi mumkin bo'lgan, metatistik ko’krak raki ehtimol mavjud bo'lgan 27 yoshli ayol bo’lishim mumkin edi. Bular o’rtasida jiddiy farq bor, biroq bunga eng oliy darajali onkologik xizmatda ko’p ham urg’u berilmaydi. Aksincha, mening davolanishim bir necha haftaga ortga surildi Birinchi tashrifimdan so’ng juda ko’p narsalar bo’lib o’tdi. Buni qarangki, biopsiya olish shunchaki rasmiyatchilik emas ekan. Mening oldingi shifokorim rost aytibdi. (Kulgu) Menda saraton aniqlandi, biroq u umuman boshqa turdagi o’pka saraton edi, va bu qanchalik ahmoqona eshitilmasin, bu ajoyib yangilik edi. Menda metatistik ko’krak saratoni bo’lmagan. Menda bir-biridan farq qiluvchi 2 xil saraton bo'lgan, biroq ularning joylashuvi ham turlicha edi. Ularning alohida joylashuvi esa ularni olib tashlash imkoniyatini berardi. Shunday qilib, o’pka jarrohligi bilan boshlangan davo muolajalari kimyoterapiya bilan davom ettirildi 28 yoshga to’lishimdan biroz o'tib ko’krak jarohligi bilan yakunlandi. Ikki haftadan keyin, maktabdagi o’qishlarimni boshlab oldim. Ham faktlarni, ham ularning ahamiyatini yaxshiroq tushuntiruvchi (Kulgu) yangi shifokorim tibbiy maktabga borishni 1 yilga kechiktirishimni, dam olish, sog’ayish uchun biroz vaqt ajratishimni maslahat berdi. Uning maslahatlariga amal qildim. Kuchli kimyoterapiya meni holdan toydirdi. Dekanga murojat qildim. Vaziyatimni izohlashim bilan arizam tezlik bilan qanoatlantirildi. Kimyoterapiya yakunlandi-yu, endi 1 yil nima qilaman, degan savol meni o’ylantira boshladi. Sohilga borsammikan? (Kulgu) Sohilda yurgan inson emasdim. (Kulgu) Nima bo’lganda ham, qancha vaqtim qoldi? Tibbiy ilmgohga borishni judayam xohlagandim. U qalbimdagi kemtik joyni to’ldirishi mumkindek tuyuldi. Bir qarorga kelishni ortga surish o’rniga, o'zimga "Eng ko'ngilsiz voqea nima bo'lishi mumkin? degan savolni berdim. Xo’sh, vazifalarni bajarishga o’ta zaiflik yoki o’ta kasallik qilishim mumkin. Hissiy mashaqqat bo’lib tuyilishi mumkin. O’qishdan chetlatilishim mumkin. Biroq, bu narsa hayotimda o’sha yil yuz bergan eng qo'rqinchli narsa bo’la olmasligini esga oldim. Unda boshlashga nima xalaqit beryapti? O’zim xohlagandek hayotni qurishni davom ettirishgachi? Men buni epladim. Eng chiroyli sirg’alarimni va eng yoqtirgan ko'ylaklarimni sochsiz va ozg’in bo’lsam ham kiydim va boshladim. O’zimni ularning qatoridagidek tutdim va bo’la boshladim. Bu qanchalik qiyin kechganligini tasvirlab bera olmayman. Ba’zi kunlar bu imkonsizdek tuyuldi. O'zimni xuddi kelajak uchun hech qanday ahamiyatsiz narsalarni bajarayotgandek his qildim. Biroq, har kuni o’zimga “Bu senga hali ham yoqadimi?” deya savol berardim. Hali hanuz yoqtirgan ishingni qilyapsanmi? Javob esa har kuni “ha”, ba’zida a’lo darajali “ha”, lekin ha. Vaziyat o’nglashib, o’qishdan chetlatilish xayoli tarqalayotgan bir paytda bundan ham qayg’uli xabarni eshitdim. Vujudimda TP53, qisqacha p53 deb nomlangan gen mutatsiya uchraganligi haqida xabar topdim. Genlar va ularning mutatsiyasi qo’riqchisi sifatida ma’lum bo’lgan p53 DNK larimizning tiklanishini nazorat qilish uchun javobgar. Ushbu genning mutatsiyaga uchrashi esa bu jarayonda xatoliklar kelib chiqadi degani. Bu normal hujayralarning saratonga uchrash xavfi yuqori darajadaligini anglatadi. Bular haqida bilganim zahotiyoq, barcha boshdan kechirganlarim ahamiyatsizdek tuyuldi. Men 7 yoshligimda bolalarda uchraydigan saratonga, rabdomyosarkomaga chalingandim. U o’smirlik davrimda qaytalandi. Va bu p53ning aniqlanishidan ancha oldin edi. Undan keyin katta yoshlilar ko’krak va o’pka saratoni bilan kurashdim. Ushbu mutatsiya haqidagi bilimlarim tufayli kelajakda uchrashim mumkin bo’lgan saratonlarning, ehtimol, son-sanog’i yo’qdek tuyuldi. Shunga qaramasdan, radiatsion onkolog bo’lishga qaror qildim. (Kulgu) Metin bardosh, afzallik evaziga, terapiya tufayli, shifokor hamkasblarim, oilam va o’qituvchilarim yordami bilan genetik tashxislar ortga chekinmaslikka undashi zarurligi sababli o’qishni bir necha oy ichida tugallab, yangi shaharga ko’chish va shifokor hamda tadqiqotchi sifatida dastlabki faoliyatimni boshlashga umid bog’ladim. Bu 2020 yilga kelib ham mo'jiza yoki tibbiyot yutuqlari shifo berishini anglatmaydi. Bunday bedavo dard noaniqlik bilan yashashni o’rgana boshlaysiz degani. Bu sizga qo’yilgan tashxislar eng daxshatli voqelik emasligini anglaysiz degani. Mavhumlik bilan yashashni o’rganish ham go’zallik, ham qiyinchiliklarga to’la hayot tomon odim qadamlashni anglatadi. Bu o'simta hikoyangizning bir qismi ekanligini o’zingiz uchun kashf qilishingiz demakdir. Bu hayotingizdagi eng daxshatli voqelik bo’lmasligi mumkin va bo’lganda ham, hech qisi yo’q. Unga e’tiroz bildirishingiz yoki qabul qilishingiz mumkin, biroq bu boshqa birov tomondan yozib berilmagan, muallifi siz va siz- -ning muallifligingiz ostidagi hikoya bo’lishiga qo’yib bering. Qo’lingizda akademik ta’til xatini o’z talablaringiz doirasida ishlating. Davolanish bosqichlarim yakuniga yetib borar ekan, shunday vaziyatni qayta-qayta tasavvur qilaman: Bemorda o’simta aniqlandi. Bir necha tanlovlar mavjud. Bularning barchasi tuzalish va hayotning yaxshilanishi o’rtasidagi, azobdan qutulish imkoniyati va azob tortishga sababchi bo’lish o’rtasidagi turlicha muvozanatni taklif etadi. Onkologist tanlovlarni taqdim etadi, biroq munozaraning qaysidir qismida vaziyat chigallashib boradi. O’sha tanlov ko’proq shunga o’xshashib ketadi, “Siz nimadir qila olishni yoki hech narsa qilmaslikni tanlay olasiz. Yo biz kuch ishlatib o’simtangizni davolaymiz, yoki buni kuzatib turamiz. 10 martadan 9,9 martasida be’morlar “Qo’limdan kelgan barcha ishni qilishni istayman.” deyishadi. Albatta Kim ham hamma narsaga urinib ko’rishni istamaydi? Biroq hamma narsa nima? Hamma narsa, bu uyingizdagi deraza oldida o’zingizni oftobga tutib, oilangiz qo’ynida o’tirish qobiliyatimi? Hamma narsa, bu kimyoterapiya tufayli uvushib qolmagan barmoqlaringiz va tovonlaringizni his qila olishmi? Biz onkologlarning hamma narsasi saratonni davolash. Bular radiatsiya, jarrohlik, kimyo- terapiya va yangicha davolash amaliyoti. Va biz uchun eng daxshatli voqelik, bu haqda onkologlardan bir necha bor eshitgandim eng daxshatli voqelik, bu bemorda metastatik kasallikning rivojlanishi yoki eng daxshatli narsa, bu besh yildan so’ng saratonning o’sishda davom etishi va bemorga ko’proq radiatsiya berishga majbur bo’lishim, deyishgani. Bemor va onkolog sifatida bularning ko’ngilsiz oqibat emasligi to’g’risida hech qachon baxslashmayman. Biroq, eng yomoni shularmi? Saraton fikrlarimiz diqqat markazida har doim bo’lishi kerakmi? Mendagi saraton va gen mutatsiyasi tufayli so'zlashga til ojizlik qiladigan ko‘plab og‘riq va shafqatsizlikni boshdan kechirdim. Shunga qaramasdan, o’zimni omadli deb hisoblayman, sababi yuz berishi mumkin bo’lgan eng qo’rqinchli narsa aslo yuz bermadi, sababi g’am-anduh va mavhumlikni men bilan bir stolda, biroq uning qaysidir bir chekkasida o’tirishiga ruxsat berdim. Menda metastatik saraton aniqlanganidan so’ng, ikkinchi tahlil uchun Bostonga yo’l oldim, sababi nimani ham yo’qotardim? Shifokorim judayam yaxshi va xavfsiz va odatdagi maslahat berganida, saraton muolajasida bo’lishimga qaramasdan tibbiy ilmgohdagi o’qishlarimni boshlab yubordim. Saratonga chalingan bemorlardan o’zimni olib qochish o’rniga, radiatsion onkologist shifokorga aylandim. Va o’zimga o’xshash bemorlar bilan har kuni ishlayman. Saratondan vafot etganimda bo'lajak turmush o'rtog'imga yetkazadigan aziyatni tasavvur qilish o'rniga, ajoyib inson bilan turmush qurdim. Chunki, yuz berishi mumkin bo’lgan eng qo’rqinchli narsa har doim ziddiyatlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Bularning bari hayot bilan to'ldirilishi lozim bo’lgan bo’sh satrlardir. Mana shunday o’ta mavhum vaziyatda asosiy suyanchig’im nima edi? Bu Uiliyam. U men uchratgan eng quvnoq inson, bir yildan oshiqroq vaqt ichida u dunyoni eng yaxshi manzilga allaqachon aylantirdi. Onkologlar sifatida, biz bemorlar bilan sodir bo'lishi mumkin bo’lgan eng yomon vaziyat, ya'ni ularning saratoni qaytalanishi yoki tarqalishi mumkinligi yoki u tufayli vafot etishi mumkindek suhbatlashamiz. Bemor sifatida, bularning o’ta muhim ekanligini bilaman. Biroq, bu boradagi fikrlarimiz va bemorlarimiz bilan suhbatimizni o’zgartirishni istayman. Bemorlarga yuz berishi mumkin bo’lgan eng yomon narsa, saraton uning o’zligidan, biror narsani bajarish va mehr-muhabbatni tuyish imkoniyatidan mahrum etishidir. Bu ro’y beradi. Hech bo’lmaganda vaqtincha davom etadi. Biroq, hayotdagi bu yo'qotishlarni kamaytirish, mana bu mashaqqatliroq, va menimcha, onkologistning chin vazifasi: bizda mavjud vositalarni olish va bemorning butun hayotiga tadbiq etishdan iborat; Iztiroblariga munosabatida yo'l ko'rsatuvchi bo'lish, uni tub-tubdan anglatish, biroq bo'lajak iztiroblari qo'rquvi keyingi sayohatining hikoyasiga aylanishiga yo'l qo'ymaslik. Ustozlarimdan biri tibbiyot qismi osonligini hamisha ta'kidlaydi. Yosh shifokorga aslo bunday tuyulmaydi, biroq uning doirasi chegaralangan. Bizga yo'l ko'rsatuvchi ko'plab tadqiqotlarni ilm dargohlarida o'rganamiz. Har bir bemorning betobligidan yuzaga keluvchi dardlarni yengillatishni o'rganish og'irroqdir. Ortga boqsam hayotim o'ralgan qadoqqa o'xshashini eslab kulgim keladi. Xuddi har bir zafarli qadamimni reja asosida bosganga o'xshayman va ehtimol saraton hayotimdagi yaxshi narsalarga eltgandir. Ilk qadam: tibbiyot maktabiga topshirish Ikkinchi qadam: saratonning aniqlanishi va muolajasi Va uchinchi qadam: kasb va oila, ularning barchasiga erishish Biroq, sizga shuni ayta olamanki, o'ta noaniqlik sharoitiga qaramasdan, har bir bosqichning asosida ishonch yotardi. Har bir bemorimga mana shu jasoratni taqdim etishga urinaman. Saraton va muolaja borasidagi qarorlarning, mutatsiyalarning tibbiyotga oid ilmiy jihatlariga e'tibor qaratishim kerakligiga qaramasdan taqdim etishga harakat qilaman. Ular nima istashini va ularga nima kerakligini, niyatlari, xavotirlari, orzulari, saraton muolajasining hunuk jarayonlaridan oldin ularni yashashga undagan va undan keyin davom etishga undagan narsalarni bilishga urinaman. Bu aslida ko'p vaqtni talab etmaydi. Bu maqsadli parvarishni talab etuvchi bir yerga yo'nalgan, bir necha sokin daqiqalarni oladi. Bu hamkorlik va bu ahamiyatga molik, chunki eng yomon voqelik saratonni davolash uchun jamiki -- jamiki -- ishni qila turib, o'z hayotingizda yashashingizga ko'mak berish uchun hech narsa qilmaydigan onkologistning bo'lishidir. Rahmat. (Qarsaklar)