Afrika uyqudagi dev va men uni uyg'otishga urinmoqdaman
-
0:01 - 0:02Nima gap, odamlar?
-
0:02 - 0:05Avalambor, ishongim kelmaydi
Ted Talkda ekanligimga. -
0:05 - 0:07Bu katta narsa.
-
0:07 - 0:08Chunki ayni paytda,
-
0:08 - 0:10qishlog'imdagi hamma tomosha qilyapti
-
0:10 - 0:13va albatta, kelinlik narxim oshib ketdi.
-
0:13 - 0:15Mening ismim Adeola Fayehun.
-
0:15 - 0:16Men Nigeriyadanman.
-
0:16 - 0:17AQSHda yashayman.
-
0:17 - 0:20Men jurnalist va qiziqchiman,
-
0:20 - 0:21yoki hajviyachi,
-
0:21 - 0:23siz istagan odam bo'laman, rostdan.
-
0:23 - 0:25Har bir ayol, hammasi o'zimda.
-
0:25 - 0:29Meni YouTubeda shou o'tkazaman,
"Adeola bila haqqoniylik" degan. -
0:30 - 0:35Hozirda bu shou juda muloyim
va qo'pol tarzda -
0:35 - 0:37sotqin Afrika yetakchilari
haqida jar soladi. -
0:37 - 0:40(Video) Prezident Buhari: Bilmadim
xotinim qaysi partiyadan ekanligini -
0:40 - 0:42ammo u meni oshxonamga tegishli.
-
0:42 - 0:44Adeola Fayehun: Yo, Xudo!
-
0:44 - 0:45Menga ozgina suv kerak --
-
0:45 - 0:47Menga suv kerak, dedim!
-
0:49 - 0:50Ko'rdingizmi?
-
0:50 - 0:52Men bu narsalarga haqqoniy qarayman!
-
0:52 - 0:55Ayniqsa ular qovun tushirganida,
ko'p bo'ladigan holat. -
0:55 - 0:58Aytgancha, biror Afrika rasmiysi
meni ko'rayotgan bo'lsa, -
0:58 - 1:00Ser, men siz haqingizda gapirmayapman.
-
1:00 - 1:03Ha, men faqat hamkasblaringiz haqida
gapirmoqdaman. -
1:03 - 1:07Chunki Afrikadagi ko'p narsa ulkandir.
-
1:07 - 1:09Bilasizmi, ulg'ayish davrimda
-
1:09 - 1:12Afrika ulkan qit'a deb,
ishonib ulg'ayganman. -
1:12 - 1:14Bizda mahorat, ziyolilar,
-
1:14 - 1:18tabiiy boyliklarimiz barcha
qit'adan ko'ra ko'p. -
1:18 - 1:22Afrika 31 foiz dunyo oltinini,
-
1:22 - 1:24marganets va uranini,
-
1:24 - 1:2757 foiz dunyo olmosini
-
1:27 - 1:29va 13 foiz dunyo neftini beradi.
-
1:29 - 1:32Bizda hech qanday sabab yo'q
yordamga muhtoj bo'lishga -
1:32 - 1:36yoki Jahon Banki yo Xitoydan
qarz olishga. -
1:36 - 1:37Ammo yaxshi yetakchilarsiz,
-
1:37 - 1:42biz xuddi uchaolishini
bilmayotgan burgutdekmiz, -
1:42 - 1:43parvoz qilishini aytmasa ham bo'ladi.
-
1:43 - 1:46Afrika uyqudagi devga o'xshaydi.
-
1:46 - 1:49To'g'risini aytganda,
men shu devni uyg'otishga urinyapman -
1:49 - 1:51va shu devga qaraydiganlarning
-
1:51 - 1:53kirdikorlarini oshkor qilyapman.
-
1:53 - 1:56Siyosatchilarimiz, diniy ulamolarimizning,
-
1:56 - 1:58katta hurmati bor, albatta.
-
1:58 - 2:01Chunki, hamma narsadan ko'ra,
-
2:01 - 2:04Afrika yetakchilari hurmat qilinishni
yaxshi ko'rishadi. -
2:04 - 2:06Shunday ekan, hurmatini joyiga qo'yaman,
-
2:06 - 2:08O'zimning "Shou"da,
-
2:08 - 2:09Ularga ta'zim qilaman -- ha! --
-
2:09 - 2:12Ularni tog'a, xolalarim deb,
-
2:12 - 2:14otam deb atayman
-
2:14 - 2:15va keyin --
-
2:15 - 2:19ularni ular idrokimizni tahqirlaganiday,
tahqirlayman. -
2:19 - 2:21Chunki biz charchadik
-
2:21 - 2:24munofiqlik va yolg'on va'dalardan.
-
2:24 - 2:26Masalan,
-
2:26 - 2:29Nigeriya prezidenti tibbiy turizmni
tugatishni va'da qilgandi -
2:29 - 2:32yaroqsiz shifoxonalarimizni
ta'mirlash -
2:32 - 2:34va yangilarini qurish orqali.
-
2:34 - 2:36Ammo u nima qildi?
-
2:36 - 2:41U 2017-yil uch oyini Londonda
davolanish bilan o'tkazdi. -
2:41 - 2:44Biz uch oy davomida
prezidentsiz qoldik. -
2:44 - 2:46Bizda uch oy prezidentsizlik bo'ldi.
-
2:46 - 2:49Shu tariqa prezidentga
yuzlanish meni ishimga aylandi, -
2:49 - 2:50albatta, hurmat bilan.
-
2:50 - 2:54Men "Ha, Janob Prezident,
bu sizning qizingiz, Adeola. -
2:54 - 2:56Meni qandayligimni bilasiz,
yaxshimisiz? -
2:56 - 2:57Sizda uyat yo'q ekan" dedim.
-
2:57 - 2:59"Ser" deyishni unutibman.
-
2:59 - 3:01"Ser, sizda uyat yo'q ekan.
-
3:01 - 3:03(Yorubacha: Xudodan qo'rqmaskansiz.)
-
3:03 - 3:04Xudodan qo'rqmas ekansiz."
-
3:04 - 3:09Hozirda 35 ming nigeriyalik shifokorlar
AQSH , Buyuk Britaniya -
3:09 - 3:10va Kanadada ishlashmoqda,
-
3:10 - 3:12a'lo darajada.
-
3:12 - 3:15Chunki Nigeriyada
ular na yaxshi oylik olishadi, -
3:15 - 3:17na kerakli uskunalar bilan
ta'minlanadi, -
3:17 - 3:20Shifokorlik ishini qilish uchun.
-
3:20 - 3:24Va bu ko'plab Afrika mamlakatlarida
sodir bo'lmoqda. -
3:24 - 3:26Bizda uchishga bo'lgan
salohiyat bor. -
3:26 - 3:31Ammo ming afsuski, ko'plab afrikalik
talantlar to'g'ri chetga ketishyapti, -
3:31 - 3:33boshqa mamlakatlarga.
-
3:33 - 3:34Masalan,
-
3:34 - 3:37bu nigeriyalik shifokor
tug'ilmagan chaqaloqni operatsiya qilgan -
3:37 - 3:39Texasda.
-
3:39 - 3:40Bu nigeriyalik shifokor ham
-
3:40 - 3:45atletlardagi chayqalishning
nevrologik ta'sirlarini kashf etgan. -
3:45 - 3:48Ko'p mamlakatlarda afrikalik
atlerlar bor -
3:48 - 3:51ular uchun oltin medal yutib beradigan.
-
3:51 - 3:52Qizig'i shundaki,
-
3:52 - 3:55biz Xudo Afrikani to'g'rilashini
kutib o'tiribmiz. -
3:55 - 3:58Rostdan, xazilsiz
biz kutib o'tiribmiz. -
3:58 - 4:00Ya'ni, shunchaki
Burundi prezidentiga qarang. -
4:00 - 4:02U muxbirlar va muxolifat a'zolarini
qamamoqda, -
4:02 - 4:05lekin u milliy duo qilish kunini
e'lon qildi, -
4:05 - 4:08xalqi Xudodan yurtni epaqaga
keltirishni so'rab iltijo qilishi uchun. -
4:08 - 4:11Ammo u emasmi mamlakatni
epaqaga keltiradigan? -
4:11 - 4:13Oo yo'q, yo'q, yo'q.
-
4:13 - 4:15Biz Xudo shu ishni qilishini kutyapmiz.
-
4:15 - 4:17Ko'ryapsizlarmi nimalar bilan bandligimni?
-
4:17 - 4:19Sizga aytyapman,
-
4:19 - 4:22bu siyosatchilarni bir kun
yashin urishga tayyor turibdi. -
4:22 - 4:24Biz bundan yaxshiroqmiz.
-
4:24 - 4:28Men yetakchilarimizdan
ma'suliyatni bo'yniga olishlarini -
4:28 - 4:32va hamma yerga Xudoni qo'shishni
to'xtatishini istardim. -
4:32 - 4:34Xudo bizga kerakli hamma
narsani bergan. -
4:34 - 4:37Hammasi shu yerda,
keling shuni ishlatamiz. -
4:37 - 4:40Mana, ishimdagi sevimli qismim
-
4:40 - 4:43afrikaliklarning muvaffaqiyatlarini
ko'rsatish, -
4:43 - 4:45oddiy odamlarning sezilarli ishlarini.
-
4:45 - 4:48Bu keniyalik ayol, Wangari Maathai kabi,
-
4:48 - 4:52Nobel Tinchlik sovriniga sazovor bo'lgan
ilk afrikalik ayol, -
4:52 - 4:53inson huquqlarini targ'ib qilgani
-
4:53 - 4:56va bir million daraxt ekkani uchun.
-
4:56 - 4:58Bu zimbabvelik ayol ham,
-
4:58 - 4:59Doktor Tererai Trent,
-
4:59 - 5:0214 yoshida turmushga chiqqan
-
5:02 - 5:04sigirga almashilgan holda.
-
5:04 - 5:07Ammo, bu ayol o'ziga
o'qish va yozishni o'rgatdi -
5:07 - 5:09va Opraning shousiga ham chaqirildi.
-
5:09 - 5:13Ooo, men ham Opraning shousida
qatnashmoqchiman bir kuni. -
5:13 - 5:15Hozirda bu ayol maktablar qurdi
-
5:15 - 5:18Zimbabvedagi minglab bolalar uchun.
-
5:18 - 5:22Shuningdek, britaniyalik taniqli me'mor
David Adjaye dunyo bo'ylab -
5:22 - 5:24ajoyib binolar loyihalashtirgan.
-
5:24 - 5:27U ham ganalik, ham tanzaniyalik.
-
5:27 - 5:31Endi, bilamiz hamma gap Gananing
Jollof guruchida, -
5:31 - 5:33u iste'mol qilgan
-
5:33 - 5:35va unga ishi uchun ilhom bergan.
-
5:35 - 5:37Balki, gap Nigeriya Jollof guruchidadir,
-
5:37 - 5:38chunki bunisi ancha yaxshiroq.
-
5:38 - 5:41Har holda aynan shu unga
ilhom bag'sh etgan -
5:41 - 5:43hozirgidek buyuk odam bo'lib
yetilishi uchun. -
5:43 - 5:45E'tiboringiz menda ekan,
-
5:45 - 5:46yana bir narsa aytsam,
-
5:46 - 5:47iltimos yaqinroq keling.
-
5:47 - 5:50Yaxshi, yaxshi,
o'ta yaqin kelmang, bo'ladi. -
5:50 - 5:52Menga ba'zi birlaringizning
-
5:52 - 5:53Afrikani tasvirlashingiz yoqmaydi.
-
5:53 - 5:55Barchangiz emas, ba'zilaringiz.
-
5:55 - 5:56Sen ayniqsa.
-
5:56 - 5:59Avalambor, bu bir mamlakat emas,
bu bir qit'a. -
5:59 - 6:01Men Ugandadan Paulni tanimayman,
-
6:01 - 6:04Zimbabvedan Rebekkani ham tanimayman.
-
6:04 - 6:06Nigeriya Zimbabvedan ancha uzoqda,
-
6:06 - 6:08Ney-york Parijdan uzoq bo'lgani kabi.
-
6:08 - 6:11U G'arb hayriyasiga muhtoj bo'lgan
bir to'da yalang'och odam emas. -
6:11 - 6:13Siz noto'g'ri ko'rasiz.
-
6:13 - 6:15Sherlar ko'chalarimizda izg'imaydi,
tushunarlimi? -
6:15 - 6:17Yana davom etishim mumkin,
-
6:17 - 6:19lekin, siz tushunib turibsiz,
-
6:19 - 6:20Ishimni qilar ekanman,
-
6:20 - 6:22uyqudagi dev, Afrikani
uyg'otishga urinib, -
6:22 - 6:25dunyo arenasidagi
munosib o'rnini topishi uchun. -
6:26 - 6:27Siz ham nimadir qila olishiz mumkin.
-
6:27 - 6:30Iltimos ko'proq tinglang.
-
6:30 - 6:32Afrikalik do'stlaringizni tinglang,
-
6:32 - 6:34hech qanday noto'g'ri hayolsiz,
-
6:34 - 6:37ular aytmoqchi bo'lgan narsa
haqida o'ylab. -
6:37 - 6:39Afrika kitoblarini o'qing.
-
6:39 - 6:41Yo Xudo, Afrika kinolarini ko'ring.
-
6:41 - 6:42Yoki bo'lmasa,
-
6:42 - 6:4654 ta chiroyli mamlakatlarimizning
bir qanchasini nomlarini yodlang. -
6:46 - 6:49To'g'ri, 54 ta, jonidan, besh-to'rt.
-
6:49 - 6:51Yaxshi, hammasi chin bo'ldi
-
6:51 - 6:53va shu vaqtgacha ham chin bo'lgan.
-
6:53 - 6:55Ko'rishguncha,
Sizlar bilan yana ko'rishamiz. -
6:55 - 6:56Xayr.
- Title:
- Afrika uyqudagi dev va men uni uyg'otishga urinmoqdaman
- Speaker:
- Adeola Fayehun
- Description:
-
Muxbir va hajviyachi Adeola Fayehun o'zining quvnoq va o'tkir suhbatining boshida "Afrika uyqudagi devga o'xshaydi," deydi. "To'g'risini aytganda,
men shu devni uyg'otishga urinyapman. Shuning uchun shu devga qaraydiganlarning kirdikorlarini oshkor qilyapman." U qanday qilib Afrika rasmiylarini "qovurishini" va Afrikada allaqachon dunyo arenalaridan o'zining munosib o'rnini egallashi uchun barcha ehtiyojlar borligini -- faqatgina yetakchilar ma'sulyatni o'z bo'yniga olishni boshlashlari zarurligini ko'rsatganini ko'rish uchun videoni tomosha qiling. - Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 07:09
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up | |
![]() |
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for Africa is a sleeping giant -- I'm trying to wake it up |