Shekspir pyesalarining muallifi kim? — Natalya Sent-Kler va Aaron Uilyams
-
0:07 - 0:09"Kimlardir buyuk bo'lib tug'iladi,
-
0:09 - 0:11kimlardir buyuklikka erishadi,
-
0:11 - 0:16boshqalarga esa bu taqdim etiladi"
— Uilyam Shekspir -
0:16 - 0:17Yoki bu uning so'zlarimasmi?
-
0:17 - 0:22Ba'zilar Shekspir asarlarni o'zi ozganligi
borasida shubhalanishadi. -
0:22 - 0:25Ba'zilar hattoki uning yashaganligiga
shubha bilan qilishadi. -
0:25 - 0:29Ularning fikricha, Shekspir bu boshqa bir
yozuvchining tahallusi, -
0:29 - 0:30yoki bir guruh yozuvchilardir.
-
0:30 - 0:32Bu nomga kandidatlar orasida esa
-
0:32 - 0:38ko'plab mashhur dramaturglar,
siyosatchilar va bir necha ayollar bor. -
0:38 - 0:41Buyuk ingliz yozuvchisi o'z asarlariga
o'xshab -
0:41 - 0:45o'ylab topilgan bo'lishi mumkinmi?
-
0:45 - 0:48Ko'pchilik shekspirchilar bu teoriyalarni
inkor etadi, -
0:48 - 0:51tarixiy va biografik ma'lumotlarga
asoslangan holda. -
0:51 - 0:56Lekin shekspircha parchalarni rostan ham
boshqa yozuvchilar yozgan-yozmaganligini -
0:56 - 0:58aniqlashning boshqa bir yo'li ham bor.
-
0:58 - 1:01Lingvistika bu til haqidagi fan,
bizga qanday -
1:01 - 1:04muloqot qilishimiz, yozishimiz haqida
ko'p ma'lumot berishi mumkin. -
1:04 - 1:10Sintaksis, grammatika, semantika
va leksika yordamida. -
1:10 - 1:11XIX asr oxirida
-
1:11 - 1:15polyak faylasufi Vinsenti Lyutoslavskiy
stilometriya deb -
1:15 - 1:18nomlanadigan mashhur metodni
ishlab chiqadi, va -
1:18 - 1:23uni adabiyotda mualliflik huquqi bo'yicha
muammolarni hal qilish uchun qo'llaydi. -
1:23 - 1:25Stilometriyaning asl mazmuni nimada?
-
1:25 - 1:29Uning g'oyasi shundaki, har bir muallifni
o'z uslubi, ajralib turadigan jihati bor -
1:29 - 1:34va ularni bitta muallifning alohida
asarlarida ham kuzatish mumkin. -
1:34 - 1:37Masalan, gapning o'rtacha uzunligi,
davomiyligi, -
1:37 - 1:39so'zlar joylashuvi
-
1:39 - 1:42va hattoki aniq bir so'zlarning
ishlatilish chastotasi. -
1:42 - 1:48Misol uchun, "sen" olmoshini olsak, va uni
markaz, o'q deb tasavvur qilsak. -
1:48 - 1:51Shekspirning har bir asarini bu o'qning
ishlatilish -
1:51 - 1:55chastotasidan kelib chiqqan holda
belgilab chiqish mumkin. -
1:55 - 1:57Statistikada bunday o'qlarning yig'ilishi
-
1:57 - 2:00bizga dispersiya deb ataluvchi
-
2:00 - 2:02ehtimolli ma'lumotlar diapazonini beradi.
-
2:02 - 2:05Lekin bu xali hammasi emas.
-
2:05 - 2:08Jarayon juda chuqur analizni taqazo etadi.
-
2:08 - 2:10Bunday guruhlashtirish metodi ya'ni asosiy
-
2:10 - 2:11qismlarni analiz qilish
-
2:11 - 2:14yordamida biz oddiy qismlar bilan
birikadigan katta hajmdagi -
2:14 - 2:16ma'lumotlarni birlashitirishimiz mumkin,
-
2:16 - 2:20bularning barchasi esa Shekspirning
ishlarida dispersiyani tashkil etadi. -
2:20 - 2:22Biz kandidatlarimiz asarlarini
tekshirishimiz mumkin. -
2:22 - 2:25Yuqoridagi komponentlar bo'yicha,
-
2:25 - 2:26masalan,
-
2:26 - 2:28agar Frensis Bekonning ko'pchilik asarlari
-
2:28 - 2:30shekspircha dispersiyaga yaqin kelsa,
-
2:30 - 2:32bu Frensis Bekon va Uilyam Shekspir
-
2:32 - 2:37aslida bitta inson deyish uchun
asosli bo'lar edi. -
2:37 - 2:39Natijalar nimani ko'rsatdi?
-
2:39 - 2:42Tadqiqot olib borgan stilometristlar,
aniqlashdiki, -
2:42 - 2:47Shekspir boshqa bir inson emas.
-
2:47 - 2:49Daho — daholigicha qoldi.
-
2:49 - 2:54Kandidatlarning uslubi Shekspirning maxsus
stiliga yaqin ham kelgani yo'q. -
2:54 - 2:58Undan tashqari, statistiklar shuni
aniqlashdiki, -
2:58 - 3:01birga qilingan ishlar ham bo'lgan.
-
3:01 - 3:03Masalan, yaqinda bitta tadqiqot shuni
-
3:03 - 3:08ko'rsatdiki, Shekspir dramaturg
Kristofer Marlo bilan birga ishlagan, -
3:08 - 3:11aniqrog'i, "Genrix VI" pyesasining
I-II qismlarida. -
3:11 - 3:13Shekspir shaxsi esa stilometriya
hal qila oladigan -
3:13 - 3:16ko'pchilik savollardan bittasidir.
-
3:16 - 3:18U asarning qachon yozilgan ekanligini
aniqlay oladi. -
3:18 - 3:21Yoki soxta yoki soxta emasligini,
-
3:21 - 3:24plagiat bo'lgan bo'lmaganligini, hozir siz
-
3:24 - 3:29qabul qilgan e-mail muhimlik darajasini
yoki spam emasligini aniqlay oladi. -
3:29 - 3:31Shekspirning abadiy poeziyasi faqat sonlar
-
3:31 - 3:34va statistikaga bog'liq bo'lib qoladimi?
-
3:34 - 3:36Unchalik emas.
-
3:36 - 3:38Stilometrik analiz shuni ko'rsatishi
-
3:38 - 3:41mumkinki, Shekspir asarlarini aynan nima
nodir asar qiladi, -
3:41 - 3:45lekin u tuyg'u va hissiyotlarning
go'zalligini yoki -
3:45 - 3:48ular nega bizga ta'sir etishi faktini
o'rnatib bera olmaydi. -
3:48 - 3:51U buni uddalay olmaydi.
- Title:
- Shekspir pyesalarining muallifi kim? — Natalya Sent-Kler va Aaron Uilyams
- Description:
-
To'liq dars: http://ed.ted.com/lessons/did-shakespeare-write-his-plays-natalya-st-clair-and-aaron-williams
Ba'zi insonlar Shekspir rostan ham barcha asarlarini o'zi yozganmi, o'zi umuman mavjud bo'lganmi degan savollarga yuzlanishadi. Buyuk ingliz yozuvchisi o'ylab topilgan bo'lishi mumkinmi, xuddi o'z pyesalari singari? Natalya Sent-Kler va Aaron Uilyams qanday qilib stilometrik lingvistik metod orqali bu savollarga javob topish mumkinlgini ko'rsatishadi.
Dars — Natalya Sent-Kler va Aaron Uilyams, animatsiya - Pink Kong Studios. - Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 04:07
![]() |
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for Did Shakespeare write his plays? - Natalya St. Clair and Aaron Williams | |
![]() |
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Did Shakespeare write his plays? - Natalya St. Clair and Aaron Williams | |
![]() |
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Did Shakespeare write his plays? - Natalya St. Clair and Aaron Williams | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Did Shakespeare write his plays? - Natalya St. Clair and Aaron Williams | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Did Shakespeare write his plays? - Natalya St. Clair and Aaron Williams |