"Kimlardir buyuk bo'lib tug'iladi,
kimlardir buyuklikka erishadi,
boshqalarga esa bu taqdim etiladi"
— Uilyam Shekspir
Yoki bu uning so'zlarimasmi?
Ba'zilar Shekspir asarlarni o'zi ozganligi
borasida shubhalanishadi.
Ba'zilar hattoki uning yashaganligiga
shubha bilan qilishadi.
Ularning fikricha, Shekspir bu boshqa bir
yozuvchining tahallusi,
yoki bir guruh yozuvchilardir.
Bu nomga kandidatlar orasida esa
ko'plab mashhur dramaturglar,
siyosatchilar va bir necha ayollar bor.
Buyuk ingliz yozuvchisi o'z asarlariga
o'xshab
o'ylab topilgan bo'lishi mumkinmi?
Ko'pchilik shekspirchilar bu teoriyalarni
inkor etadi,
tarixiy va biografik ma'lumotlarga
asoslangan holda.
Lekin shekspircha parchalarni rostan ham
boshqa yozuvchilar yozgan-yozmaganligini
aniqlashning boshqa bir yo'li ham bor.
Lingvistika bu til haqidagi fan,
bizga qanday
muloqot qilishimiz, yozishimiz haqida
ko'p ma'lumot berishi mumkin.
Sintaksis, grammatika, semantika
va leksika yordamida.
XIX asr oxirida
polyak faylasufi Vinsenti Lyutoslavskiy
stilometriya deb
nomlanadigan mashhur metodni
ishlab chiqadi, va
uni adabiyotda mualliflik huquqi bo'yicha
muammolarni hal qilish uchun qo'llaydi.
Stilometriyaning asl mazmuni nimada?
Uning g'oyasi shundaki, har bir muallifni
o'z uslubi, ajralib turadigan jihati bor
va ularni bitta muallifning alohida
asarlarida ham kuzatish mumkin.
Masalan, gapning o'rtacha uzunligi,
davomiyligi,
so'zlar joylashuvi
va hattoki aniq bir so'zlarning
ishlatilish chastotasi.
Misol uchun, "sen" olmoshini olsak, va uni
markaz, o'q deb tasavvur qilsak.
Shekspirning har bir asarini bu o'qning
ishlatilish
chastotasidan kelib chiqqan holda
belgilab chiqish mumkin.
Statistikada bunday o'qlarning yig'ilishi
bizga dispersiya deb ataluvchi
ehtimolli ma'lumotlar diapazonini beradi.
Lekin bu xali hammasi emas.
Jarayon juda chuqur analizni taqazo etadi.
Bunday guruhlashtirish metodi ya'ni asosiy
qismlarni analiz qilish
yordamida biz oddiy qismlar bilan
birikadigan katta hajmdagi
ma'lumotlarni birlashitirishimiz mumkin,
bularning barchasi esa Shekspirning
ishlarida dispersiyani tashkil etadi.
Biz kandidatlarimiz asarlarini
tekshirishimiz mumkin.
Yuqoridagi komponentlar bo'yicha,
masalan,
agar Frensis Bekonning ko'pchilik asarlari
shekspircha dispersiyaga yaqin kelsa,
bu Frensis Bekon va Uilyam Shekspir
aslida bitta inson deyish uchun
asosli bo'lar edi.
Natijalar nimani ko'rsatdi?
Tadqiqot olib borgan stilometristlar,
aniqlashdiki,
Shekspir boshqa bir inson emas.
Daho — daholigicha qoldi.
Kandidatlarning uslubi Shekspirning maxsus
stiliga yaqin ham kelgani yo'q.
Undan tashqari, statistiklar shuni
aniqlashdiki,
birga qilingan ishlar ham bo'lgan.
Masalan, yaqinda bitta tadqiqot shuni
ko'rsatdiki, Shekspir dramaturg
Kristofer Marlo bilan birga ishlagan,
aniqrog'i, "Genrix VI" pyesasining
I-II qismlarida.
Shekspir shaxsi esa stilometriya
hal qila oladigan
ko'pchilik savollardan bittasidir.
U asarning qachon yozilgan ekanligini
aniqlay oladi.
Yoki soxta yoki soxta emasligini,
plagiat bo'lgan bo'lmaganligini, hozir siz
qabul qilgan e-mail muhimlik darajasini
yoki spam emasligini aniqlay oladi.
Shekspirning abadiy poeziyasi faqat sonlar
va statistikaga bog'liq bo'lib qoladimi?
Unchalik emas.
Stilometrik analiz shuni ko'rsatishi
mumkinki, Shekspir asarlarini aynan nima
nodir asar qiladi,
lekin u tuyg'u va hissiyotlarning
go'zalligini yoki
ular nega bizga ta'sir etishi faktini
o'rnatib bera olmaydi.
U buni uddalay olmaydi.