-
Mening ismim Jens Bergensten, ammo men Jeb
sifatida yaxshiroq tanilganman. Men mojang.comdagi
Minecraftda
-
bosh dasturchiman. Adashmasam, 11 yoki 12 yosh bo‘lganimda
o‘yinlar yaratishni xohlaganim uchun dasturlashni boshlaganman.
-
Dadamning do‘stlaridan biri menga o‘yinlar yasash uchun qanday qilib dasturlashni
o‘rganishim kerakligini aytgan edi.
-
Shunday qilib men boshladim. Men dizaynlashtirishni va
narsalarning arxitekturasini hisoblab chiqishni yoqtiraman.
-
Bular men Minecraftning haqiqatda yoqtiradigan jihatidir.
Keyingi soatlarda siz Alex va Steveni
-
Minecraft dunyosining biron tasviriy qismi bo‘ylab
harakatlantirishni dasturlash orqali
-
komputer ilmining asoslarini o‘rganasiz.
An’anaviy dasturlash odatda matn ko‘rinishida bo‘ladi,
-
ammo bugun biz dasturlar yozishda siz ko‘chirib olib va ko‘chirib
qo‘ya oladigan bo‘limlardan foydalanadigan
-
tizim: blockydan foydalanamiz. Aslida, siz JavaScript
kodlarini yaratayapsiz. Siz o‘rganadigan tushunchalarni
-
komputer dasturchilari har kuni ishlatishadi va ular
komputer ilmining asosi hisoblanadi.
-
Mana bu yerda, Mojangda Minecraft mashg‘ulotini o‘tkazishda
biz mana shu tushunchalardan foydalanamiz.
-
Boshlashingizdan oldin, qahramoningizni tanlab olasiz.
Men Alexni tanlamoqchiman. Keling,
-
unga ekran bo‘ylab harakatlanishga yordam beradigan
kod yaratamiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga ajratilgan.
-
Chap tomonda dasturingizni ishlatib ko‘rsa bo‘ladigan Minecraftning o‘yin maydoni joylashgan.
Har bir bosqich uchun
-
ko‘rsatmalar pastda yozib qo‘yilgan. Bu o‘rta maydon uskunalar qutisi va
bu bo‘limlarning har biri Alexning harakatlarini
-
yo‘naltiradigan buyruqlardir. O‘ngdagi oq joy
ish joyi deb nomlanadi va
-
bu yerda biz dasturimizni yaratamiz.
Agar men ish joyiga moveForward(); bo‘limini olib
kelsam
-
va keyin Runni ustiga bossam, nima sodir bo‘ladi?
-
Alex katakcha bo‘ylab bitta joy oldinga siljiydi.
Va agar biz uni bitta joy oldinga siljigandan keyin nimadir qilishini xohlasakchi?
-
Biz dasturimizga boshqa bir bo‘limni qo‘shishimiz mumkin.
Men turnRight() bo‘limini tanlamoqchiman, va
-
men uni mana bu sabzirang chiziq paydo bo‘lgunicha
moveForward(); bo‘limi ostiga olib qo‘yaman.
-
Keyin, men uni tushuraman va bu ikki bo‘lim yonma-yon turib qoladi.
Biz yana Runni bosganimizda, Alex ish joyimizda yuqoridan pastga qarab
-
taxlangan buyruqlarni namoyish qiladi.
Va agar siz biron bo‘limni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz,
-
uni shunchaki taxlamdan olib uskunalar qutisiga qaytarib qo‘ying.
Qilgan o‘zgartirishlaringizni ortiga qaytarish
-
va boshlagan darajangizga qaytish uchun
ish joyining yuqori o‘ng burchagidagi Start Over
tugmasidan foydalaning.
-
Yana bir narsa, siz turn bo‘limlaridagi kichkina
uchburchaklarni ko‘rayapsizmi?
-
Bu uchburchaklarni ko‘rgan vaqtingizda,
bu siz turli xil tanlovlar qila olishingiz mumkinligini anglatadi.
-
Keling, kodlashni boshlaymiz!