Mening ismim Jens Bergensten, ammo men Jeb sifatida yaxshiroq tanilganman. Men mojang.comdagi Minecraftda bosh dasturchiman. Adashmasam, 11 yoki 12 yosh bo‘lganimda o‘yinlar yaratishni xohlaganim uchun dasturlashni boshlaganman. Dadamning do‘stlaridan biri menga o‘yinlar yasash uchun qanday qilib dasturlashni o‘rganishim kerakligini aytgan edi. Shunday qilib men boshladim. Men dizaynlashtirishni va narsalarning arxitekturasini hisoblab chiqishni yoqtiraman. Bular men Minecraftning haqiqatda yoqtiradigan jihatidir. Keyingi soatlarda siz Alex va Steveni Minecraft dunyosining biron tasviriy qismi bo‘ylab harakatlantirishni dasturlash orqali komputer ilmining asoslarini o‘rganasiz. An’anaviy dasturlash odatda matn ko‘rinishida bo‘ladi, ammo bugun biz dasturlar yozishda siz ko‘chirib olib va ko‘chirib qo‘ya oladigan bo‘limlardan foydalanadigan tizim: blockydan foydalanamiz. Aslida, siz JavaScript kodlarini yaratayapsiz. Siz o‘rganadigan tushunchalarni komputer dasturchilari har kuni ishlatishadi va ular komputer ilmining asosi hisoblanadi. Mana bu yerda, Mojangda Minecraft mashg‘ulotini o‘tkazishda biz mana shu tushunchalardan foydalanamiz. Boshlashingizdan oldin, qahramoningizni tanlab olasiz. Men Alexni tanlamoqchiman. Keling, unga ekran bo‘ylab harakatlanishga yordam beradigan kod yaratamiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga ajratilgan. Chap tomonda dasturingizni ishlatib ko‘rsa bo‘ladigan Minecraftning o‘yin maydoni joylashgan. Har bir bosqich uchun ko‘rsatmalar pastda yozib qo‘yilgan. Bu o‘rta maydon uskunalar qutisi va bu bo‘limlarning har biri Alexning harakatlarini yo‘naltiradigan buyruqlardir. O‘ngdagi oq joy ish joyi deb nomlanadi va bu yerda biz dasturimizni yaratamiz. Agar men ish joyiga moveForward(); bo‘limini olib kelsam va keyin Runni ustiga bossam, nima sodir bo‘ladi? Alex katakcha bo‘ylab bitta joy oldinga siljiydi. Va agar biz uni bitta joy oldinga siljigandan keyin nimadir qilishini xohlasakchi? Biz dasturimizga boshqa bir bo‘limni qo‘shishimiz mumkin. Men turnRight() bo‘limini tanlamoqchiman, va men uni mana bu sabzirang chiziq paydo bo‘lgunicha moveForward(); bo‘limi ostiga olib qo‘yaman. Keyin, men uni tushuraman va bu ikki bo‘lim yonma-yon turib qoladi. Biz yana Runni bosganimizda, Alex ish joyimizda yuqoridan pastga qarab taxlangan buyruqlarni namoyish qiladi. Va agar siz biron bo‘limni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, uni shunchaki taxlamdan olib uskunalar qutisiga qaytarib qo‘ying. Qilgan o‘zgartirishlaringizni ortiga qaytarish va boshlagan darajangizga qaytish uchun ish joyining yuqori o‘ng burchagidagi Start Over tugmasidan foydalaning. Yana bir narsa, siz turn bo‘limlaridagi kichkina uchburchaklarni ko‘rayapsizmi? Bu uchburchaklarni ko‘rgan vaqtingizda, bu siz turli xil tanlovlar qila olishingiz mumkinligini anglatadi. Keling, kodlashni boshlaymiz!