Grammatika biz uchun muhimmi? — Andrea S. Kalyude
-
0:07 - 0:09Siz do'stingizga qiziq bir hikoyani
so'zlab berasiz, -
0:09 - 0:14va kulminatsiyasiga yetib keldingiz,
shu joyida u sizning gapingizni bo'ladi: -
0:14 - 0:18"osmonga chiqayotib" emas,
"ko'tarilayotib". -
0:18 - 0:20Hech kimga yoqmaydi bu holat.
-
0:20 - 0:22Xa, gapni bo'lish qo'pol, albatta.
-
0:22 - 0:24Do'stingiz nohaqmi?
-
0:24 - 0:27Gapingizda xato yo'qmidi?
-
0:27 - 0:31Gap nima haqida ketayotganini shundoq ham
tushunayotgan ekan, nega unday qildi? -
0:31 - 0:33Lingvistika nuqtai nazaridan,
-
0:33 - 0:37grammatika — so'zlarni biror gap yoki
so'z birikmasiga joylashtirishga -
0:37 - 0:39yordam beruvchi qoidalar va tuzilmalar
yig'indisi, -
0:39 - 0:42yozma nutqda ham, og'zakida nutqda ham.
-
0:42 - 0:44Bu tuzilmalar har tilda har xil.
-
0:44 - 0:47Ingliz tilida odatda ega birinchi keladi,
-
0:47 - 0:49uning ketidan kesim,
-
0:49 - 0:50undan keyin to'ldiruvchi.
-
0:50 - 0:53Yapon tilida va ko'plab boshqa tillarda
-
0:53 - 0:56esa so'z tartibi quyidagicha:
ega, to'ldiruvchi, kesim. -
0:56 - 1:00Ba'zi olimlar barcha tillar uchun umumiy
modellarni topishga harakat qilishdi, -
1:00 - 1:02biroq, ot va fe'llar mavjudligi kabi ba'zi
-
1:02 - 1:05oddiy narsalardan tashqari
-
1:05 - 1:09boshqa lingvistik universalliklar topa
olishmadi. -
1:09 - 1:12Til ishlashi uchun aniq modellar
kerak bo'lgani, ularni chuqur -
1:12 - 1:17o'rganishda ikki xil usul tarafdorlari
o'rtasida bahslarga sabab bo'ldi: -
1:17 - 1:21preskriptivizm va deskriptivizm
tarafdorlari. -
1:21 - 1:22Oddiy qilib aytganda:
-
1:22 - 1:26preskriptivistlar hisoblashicha, tilda
ma'lum bir qoidalar bo'lishi kerak, -
1:26 - 1:31deskriptivistlar esa qoidalardan
og'ish va farqlanishlarni -
1:31 - 1:34tilning muhim bir qismi
sifatida ko'rishadi. -
1:34 - 1:38Ko'p vaqtlar davomida tillar faqat og'zaki
shaklda mavjud bo'lgan, -
1:38 - 1:42lekin vaqt sayin yozma shaklga zarurat
paydo bo'la boshladi. -
1:42 - 1:46Muloqotni kengaytirish va insonlar
o'rtasida o'zaro tushunshni -
1:46 - 1:51kafolatlash uchun yozma nutq normalari
shakllana boshladi. -
1:51 - 1:57Ko'pchilik tillarda bu standart shakl
aslida og'zaki shaklning -
1:57 - 2:01variantlaridan biridan kelib chiqqan
bo'lganligiga qaramay -
2:01 - 2:03yagona to'g'ri shakl deb hisoblana
boshlandi. -
2:03 - 2:07Tilni tozalash tarafdorlari o'sha paytda
ishlab chiqilgan grammatika orqali -
2:07 - 2:13ushbu normalarni keng yoya boshladi.
-
2:13 - 2:17Grammatik qoidalar kelgusida og'zaki
nutqda ham qo'llanila boshlandi. -
2:17 - 2:22Yangi normalardan farqli og'zaki nutq
normalari xato deb hisoblana boshlandi, -
2:22 - 2:24yoki past tabaqa belgisi sifatida
qabul qilingan. -
2:24 - 2:27Bolalikdan noto'g'ri gapirishni
o'rganganlarga ham -
2:27 - 2:31bu standart normani o'zlashtirishga
undashgan. -
2:31 - 2:32Lekin keyinchalik,
-
2:32 - 2:36lingvistlar tushunishdiki, nutq aslida
yozuvda farq qilishi, va uning o'zining -
2:36 - 2:38alohida norma va modellari bo'lishi kerak.
-
2:38 - 2:43Ko'pchilik gapirishni erta o'rganishgani
sabab, qanday o'rganganini eslay olmaydi. -
2:43 - 2:46Bizning og'zaki nutq layoqatimiz ongosti
odatlari tufayli shakllanadi, -
2:46 - 2:49qoidalarni o'rganish bilan emas.
-
2:49 - 2:53Og'zaki nutqda asosiy e'tibor kayfiyat va
intonatsiyaga qaratilganidek, -
2:53 - 2:55uning tuzilishi ham juda moslashuvchan
-
2:55 - 2:59va so'zlovchi bilan tinglovchi
ehtiyojlariga moslashadi. -
2:59 - 3:03Masalan bu holatni murakkab, tinglovchi
uchun tushunish qiyin bo'lgan gaplarda, -
3:03 - 3:06qiyin talaffuz qilinadigan iboralarda yoki
-
3:06 - 3:09nutqni tezlashtirish uchun ayrim tovushlar
tushishida ko'rish mumkin. -
3:09 - 3:14Ushbu lingvistik yondashuv, bu hodisalarni
tushunishga va ifodalashga harakat qiladi -
3:14 - 3:18va tilga hech qanday qoidalarni bog'lab
qo'ymaydi. Bu deskriptivizm deb nom olgan. -
3:18 - 3:20Til qanday ishlashini ifodalashdan
farqli holda, -
3:20 - 3:23bu yo'l insonlarning tilni qanday
ishlatishini va -
3:23 - 3:27foydalanish davomida undagi yuzaga
kelayotgan yangiliklarni ifodaydi. -
3:27 - 3:29Preskriptivizm va deskriptivizm
-
3:29 - 3:31maktablari o'rtasidagi bahslar
xali ham davom -
3:31 - 3:34etayotgan bo'lsa-da,
ular bir-birini inkor etmaydi. -
3:34 - 3:37Preskriptivizmning foydasi shundaki,
u ma'lum bir vaqt ichida -
3:37 - 3:42qanday umumiy qoidalar mavjud ekanligi
haqida xabar beradi. -
3:42 - 3:44Bu nafaqat rasmiy nutqlar uchun muhim,
-
3:44 - 3:48balki chet tillarida muloqotni yanada
osonlashtirish yoki jamiyatning -
3:48 - 3:51turli qatlamidagi insonlar muloqoti
uchun ham. -
3:51 - 3:52Deskriptivizm, boshqa tomondan,
-
3:52 - 3:54bizga ongimiz qanday ishlashi haqida va
-
3:54 - 3:59dunyoqarashimiz ongostimizda qanday
shakllanishi haqida ma'lumot beradi. -
3:59 - 4:03Nihoyat, grammatika — eng maqbul
til odatlari yig'indisi, -
4:03 - 4:07va u doim katta omma tomonidan
muhokama qilinadi, -
4:07 - 4:10va doim ko'rib chiqiladi.
-
4:10 - 4:11Umumiy tilga o'xshab,
-
4:11 - 4:13grammatika — o'ziga xos va murakkab
-
4:13 - 4:17material, va u dunyoning har xil
chekkasidagi tinglovchilar va -
4:17 - 4:19so'zlovchilar, yozuvchilar va
-
4:19 - 4:21o'quvchilar,
preskriptivist va deskriptivist -
4:21 - 4:23olimlar nutqlaridan kelib chiqqan.
- Title:
- Grammatika biz uchun muhimmi? — Andrea S. Kalyude
- Speaker:
- Andrea S. Kalyude
- Description:
-
To'liq darsni ko'rish: http://ed.ted.com/lessons/does-grammar-matter-andreea-s-calude
Ba'zida yozma nutqda qo'llaydigan grammatik qoidalarni og'zaki nutqda eslashimiz va qo'llashimiz juda qiyin. "Biz kuchugim bilan aylanishga chiqdik" to'g'ri bo'ladimi yoki "Men kuchugim bilan aylanishga chiqdim"? Umuman olganda, farq bormi? Andrea Kalyuda bir asrdan beri bahslashib kelayotgan ikkita lingvistik maktabni kuzatib kelmoqda. Ularning a'zolari bu savollarga javob berishda turlicha fikrlashadi.
Dars — Andrea S. Kalyude
Multiplikatsiya — Mayk Shell. - Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 04:39
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for Does grammar matter? | ||
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Does grammar matter? | ||
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Does grammar matter? | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Does grammar matter? | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Does grammar matter? |