0:00:06.648,0:00:09.226 Siz do'stingizga qiziq bir hikoyani [br]so'zlab berasiz, 0:00:09.226,0:00:13.637 va kulminatsiyasiga yetib keldingiz, [br]shu joyida u sizning gapingizni bo'ladi: 0:00:13.637,0:00:17.819 "osmonga chiqayotib" emas, [br]"ko'tarilayotib". 0:00:17.819,0:00:19.813 Hech kimga yoqmaydi bu holat. 0:00:19.813,0:00:21.907 Xa, gapni bo'lish qo'pol, albatta. 0:00:21.907,0:00:23.713 Do'stingiz nohaqmi? 0:00:23.713,0:00:26.837 Gapingizda xato yo'qmidi? 0:00:26.837,0:00:30.867 Gap nima haqida ketayotganini shundoq ham [br]tushunayotgan ekan, nega unday qildi? 0:00:30.867,0:00:32.722 Lingvistika nuqtai nazaridan, 0:00:32.722,0:00:36.547 grammatika — so'zlarni biror gap yoki [br]so'z birikmasiga joylashtirishga 0:00:36.547,0:00:39.096 yordam beruvchi qoidalar va tuzilmalar [br]yig'indisi, 0:00:39.096,0:00:41.905 yozma nutqda ham, og'zakida nutqda ham. 0:00:41.905,0:00:44.090 Bu tuzilmalar har tilda har xil. 0:00:44.090,0:00:47.433 Ingliz tilida odatda ega birinchi keladi, 0:00:47.433,0:00:48.689 uning ketidan kesim, 0:00:48.689,0:00:50.007 undan keyin to'ldiruvchi. 0:00:50.007,0:00:52.554 Yapon tilida va ko'plab boshqa tillarda 0:00:52.554,0:00:55.898 esa so'z tartibi quyidagicha:[br]ega, to'ldiruvchi, kesim. 0:00:55.898,0:01:00.151 Ba'zi olimlar barcha tillar uchun umumiy [br]modellarni topishga harakat qilishdi, 0:01:00.151,0:01:02.496 biroq, ot va fe'llar mavjudligi kabi ba'zi 0:01:02.496,0:01:04.593 oddiy narsalardan tashqari 0:01:04.593,0:01:08.939 boshqa lingvistik universalliklar topa [br]olishmadi. 0:01:08.939,0:01:12.026 Til ishlashi uchun aniq modellar [br]kerak bo'lgani, ularni chuqur 0:01:12.026,0:01:17.306 o'rganishda ikki xil usul tarafdorlari [br]o'rtasida bahslarga sabab bo'ldi: 0:01:17.306,0:01:20.913 preskriptivizm va deskriptivizm [br]tarafdorlari. 0:01:20.913,0:01:22.198 Oddiy qilib aytganda: 0:01:22.198,0:01:26.061 preskriptivistlar hisoblashicha, tilda [br]ma'lum bir qoidalar bo'lishi kerak, 0:01:26.061,0:01:30.692 deskriptivistlar esa qoidalardan [br]og'ish va farqlanishlarni 0:01:30.692,0:01:33.880 tilning muhim bir qismi [br]sifatida ko'rishadi. 0:01:33.880,0:01:38.321 Ko'p vaqtlar davomida tillar faqat og'zaki[br]shaklda mavjud bo'lgan, 0:01:38.321,0:01:42.286 lekin vaqt sayin yozma shaklga zarurat [br]paydo bo'la boshladi. 0:01:42.286,0:01:46.341 Muloqotni kengaytirish va insonlar [br]o'rtasida o'zaro tushunshni 0:01:46.341,0:01:51.081 kafolatlash uchun yozma nutq normalari [br]shakllana boshladi. 0:01:51.081,0:01:56.741 Ko'pchilik tillarda bu standart shakl [br]aslida og'zaki shaklning 0:01:56.741,0:02:00.665 variantlaridan biridan kelib chiqqan [br]bo'lganligiga qaramay 0:02:00.665,0:02:03.078 yagona to'g'ri shakl deb hisoblana [br]boshlandi. 0:02:03.078,0:02:07.426 Tilni tozalash tarafdorlari o'sha paytda [br]ishlab chiqilgan grammatika orqali 0:02:07.426,0:02:13.021 ushbu normalarni keng yoya boshladi. 0:02:13.021,0:02:17.245 Grammatik qoidalar kelgusida og'zaki [br]nutqda ham qo'llanila boshlandi. 0:02:17.245,0:02:21.683 Yangi normalardan farqli og'zaki nutq[br]normalari xato deb hisoblana boshlandi, 0:02:21.683,0:02:24.090 yoki past tabaqa belgisi sifatida [br]qabul qilingan. 0:02:24.090,0:02:26.675 Bolalikdan noto'g'ri gapirishni [br]o'rganganlarga ham 0:02:26.675,0:02:30.570 bu standart normani o'zlashtirishga [br]undashgan. 0:02:30.570,0:02:31.886 Lekin keyinchalik, 0:02:31.886,0:02:36.140 lingvistlar tushunishdiki, nutq aslida [br]yozuvda farq qilishi, va uning o'zining 0:02:36.140,0:02:38.287 alohida norma va modellari bo'lishi kerak. 0:02:38.287,0:02:42.891 Ko'pchilik gapirishni erta o'rganishgani [br]sabab, qanday o'rganganini eslay olmaydi. 0:02:42.891,0:02:46.468 Bizning og'zaki nutq layoqatimiz ongosti [br]odatlari tufayli shakllanadi, 0:02:46.468,0:02:48.828 qoidalarni o'rganish bilan emas. 0:02:48.828,0:02:52.621 Og'zaki nutqda asosiy e'tibor kayfiyat va [br]intonatsiyaga qaratilganidek, 0:02:52.621,0:02:54.775 uning tuzilishi ham juda moslashuvchan 0:02:54.775,0:02:58.727 va so'zlovchi bilan tinglovchi [br]ehtiyojlariga moslashadi. 0:02:58.727,0:03:03.241 Masalan bu holatni murakkab, tinglovchi [br]uchun tushunish qiyin bo'lgan gaplarda, 0:03:03.241,0:03:06.037 qiyin talaffuz qilinadigan iboralarda yoki 0:03:06.037,0:03:09.388 nutqni tezlashtirish uchun ayrim tovushlar[br]tushishida ko'rish mumkin. 0:03:09.388,0:03:13.571 Ushbu lingvistik yondashuv, bu hodisalarni[br]tushunishga va ifodalashga harakat qiladi 0:03:13.571,0:03:17.945 va tilga hech qanday qoidalarni bog'lab [br]qo'ymaydi. Bu deskriptivizm deb nom olgan. 0:03:17.945,0:03:20.301 Til qanday ishlashini ifodalashdan [br]farqli holda, 0:03:20.301,0:03:23.131 bu yo'l insonlarning tilni qanday [br]ishlatishini va 0:03:23.131,0:03:27.259 foydalanish davomida undagi yuzaga [br]kelayotgan yangiliklarni ifodaydi. 0:03:27.259,0:03:28.878 Preskriptivizm va deskriptivizm 0:03:28.878,0:03:31.175 maktablari o'rtasidagi bahslar [br]xali ham davom 0:03:31.175,0:03:33.598 etayotgan bo'lsa-da, [br]ular bir-birini inkor etmaydi. 0:03:33.598,0:03:37.072 Preskriptivizmning foydasi shundaki, [br]u ma'lum bir vaqt ichida 0:03:37.072,0:03:41.675 qanday umumiy qoidalar mavjud ekanligi [br]haqida xabar beradi. 0:03:41.675,0:03:44.471 Bu nafaqat rasmiy nutqlar uchun muhim, 0:03:44.471,0:03:48.432 balki chet tillarida muloqotni yanada [br]osonlashtirish yoki jamiyatning 0:03:48.432,0:03:50.620 turli qatlamidagi insonlar muloqoti[br]uchun ham. 0:03:50.620,0:03:52.194 Deskriptivizm, boshqa tomondan, 0:03:52.194,0:03:54.447 bizga ongimiz qanday ishlashi haqida va 0:03:54.447,0:03:58.855 dunyoqarashimiz ongostimizda qanday [br]shakllanishi haqida ma'lumot beradi. 0:03:58.855,0:04:03.461 Nihoyat, grammatika — eng maqbul [br]til odatlari yig'indisi, 0:04:03.461,0:04:06.751 va u doim katta omma tomonidan [br]muhokama qilinadi, 0:04:06.751,0:04:09.966 va doim ko'rib chiqiladi. 0:04:09.966,0:04:11.352 Umumiy tilga o'xshab, 0:04:11.352,0:04:13.217 grammatika — o'ziga xos va murakkab 0:04:13.217,0:04:17.080 material, va u dunyoning har xil [br]chekkasidagi tinglovchilar va 0:04:17.080,0:04:18.565 so'zlovchilar, yozuvchilar va 0:04:18.565,0:04:20.781 o'quvchilar, [br]preskriptivist va deskriptivist 0:04:20.781,0:04:22.663 olimlar nutqlaridan kelib chiqqan.