Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim
-
0:03 - 0:06Men juda bir mehribon
-
0:06 - 0:09egizak akam bilan voyaga yetganman.
-
0:09 - 0:13Egizak bo'lishning bir tomoni bor,
-
0:13 - 0:16u sizni favoritizmni
aniqlashda ekspert qiladi. -
0:17 - 0:21Agar uning shirinligi menikidan
zig’ircha kattaroq bo’ldimi, -
0:22 - 0:23menda savollar tug’ilardi.
-
0:23 - 0:26Rostini aytganda, qornim to’q edi.
-
0:26 - 0:28(Kulgu)
-
0:29 - 0:33Psixolog bo'lganimda esa
favoritizmning boshqa bir turiga -
0:33 - 0:35guvoh bo’la boshladim;
-
0:35 - 0:40bu ham bo’lsa, ongimizdan ko’ra
tanamizni nechog'lik ko’proq qadrlashimiz. -
0:40 - 0:46Psixologiyada doktorlik himoyasi uchun
oliygohga umrimning sakkiz yili ketti. -
0:46 - 0:50Qanchadan qancha odamlar
tashrif qog’ozimga qarab, -
0:51 - 0:55“Iye, psixologmisiz, men sizni shifokor
debman,” deganlari menga qorong’u, -
0:56 - 0:58go'yo vizitkada shunday yozilsin.
-
0:58 - 1:01[Dr Gay Uinch, shunchaki psixolog
(haqiqiy shifokor emas)] -
1:01 - 1:02(Kulgu)
-
1:03 - 1:07Tanani ongdan ustun qo’yishdan
iborat bunday favoritizmga -- -
1:07 - 1:09har yerda duch kelaman.
-
1:10 - 1:11Yaqinda do’stimning xonadonida edim
-
1:11 - 1:14ularning besh yosh farzandi
uyquga hozirlanayotgandi. -
1:14 - 1:18U rakovina oldidagi kursiga
chiqib olib, tishlarini yuvayotgandi, -
1:18 - 1:21yiqilib tushdi-yu, oyog’ini o’zi yiqilgan
kursida jarohatlab oldi. -
1:22 - 1:25Bir daqiqacha yig’ladi, biroq keyin
o’rnidan turib, -
1:25 - 1:29jarohati uchun malhamlar solingan
quttini olish ilinjida -
1:29 - 1:30kursiga yana chiqdi.
-
1:31 - 1:35Qarang, bu bolakay poyabzal ipini
arang bog’lay olsa ham, -
1:35 - 1:39yallig’lanmasligi uchun jarohatni
bog’lab qo’yishingiz kerakligi va kuniga -
1:39 - 1:43ikki marta tishlaringiz ozodaligini
saqlashingiz lozimligini biladi. -
1:43 - 1:46Hammamiz qanday qilib tanamiz
sog’ligini saqlash va tishlar -
1:46 - 1:49gigiyenasiga amal qilishni bilamiz,
to'g'rimi? -
1:49 - 1:52Bularni besh yasharligimizdan
buyon bilamiz. -
1:52 - 1:57Ammo psixologik salomatligimizni
saqlash borasida nimalarni bilamiz? -
1:58 - 1:59Aytarli hech narsa.
-
2:00 - 2:04Hissiy gigiyena haqida
farzandlarimizga nimani o’rgatamiz? -
2:05 - 2:06Hech narsa.
-
2:07 - 2:11Qanday qilib ongimizdan ko’ra
tishlarimizga g’amxo’rlik qilish uchun -
2:12 - 2:13ko’proq vaqt sarflashimiz mumkin?
-
2:14 - 2:19Nega tanamiz salomatligi
ruhiy salomatligimizdan -
2:19 - 2:21ko'ra o'ta muhimroq?
-
2:21 - 2:27Mag’lubiyat yoki rad etilish, yolg’izlik
kabi jarohatlarga, ruhiy jarohatlarimizga -
2:27 - 2:31tana jarohatlarimizga
qaraganchalik qaramaymiz. -
2:31 - 2:34Agar e’tibor bermasak, ularning
ahvoli ham tanglashishi -
2:34 - 2:37va hayotimizni butkul o’zgartirib
yuborishi mumkin. -
2:37 - 2:41Buku mayli, bunday ruhiy
yaralarni davolashda foydalanishimiz -
2:41 - 2:45mumkin bo’lgan ilmiy isbotlagan usullar
bo’lishiga qaramay, -
2:46 - 2:47g'aflatdamiz.
-
2:47 - 2:50Buning zarurligi xayolimizga
ham kelmaydi. -
2:50 - 2:54"Tushkunlikdamisiz? Qo'ying,
siqilmang; Bularning bari boshingizda," -
2:55 - 2:58Oyog’i singan biror kimsaga
shunday deb ko'ringchi?: -
2:58 - 3:01"Shunchaki yurib keting; Buning
boisi oyog’ingizda." -
3:01 - 3:03(Kulgu)
-
3:03 - 3:06Jismoniy va ruhiy salomatlik
-
3:06 - 3:09o’rtasidagi bo’shliqqa yakun
yasashning vaqti yetdi. -
3:09 - 3:11Ularning mavqeyini xuddi egizaklarnikidek
-
3:12 - 3:14tenglashtirish vaqti keldi.
-
3:15 - 3:19Ha, aytgancha akam ham psixolog.
-
3:19 - 3:21Shunday ekan, u ham shifokor emas.
-
3:21 - 3:23(Kulgu)
-
3:24 - 3:26Shunday bo’lsa-da, biz birga o’qimadik.
-
3:26 - 3:30Aslida hayotimdagi eng og’ir
narsa psixologiya yo’nalishida -
3:30 - 3:33doktorlik unvoniga ega bo’lish
uchun Atlantika bo’ylab -
3:33 - 3:35Nyu Yorkka ko’chib kelish edi.
-
3:36 - 3:39Ana shunda umrimizda ilk bor
bir-birimizdan yiroqda edik, -
3:39 - 3:42va ayriliqdan har ikkimiz ozor chekdik.
-
3:42 - 3:46Ammo, u oila va do’stlar davrasida
qolgan, -
3:46 - 3:48men esa begona yurtda yolg’iz edim.
-
3:48 - 3:50Bir-birimizni juda qumsadik, lekin
-
3:50 - 3:53o’shanda xalqaro telefon
qo’ng’iroqlari nihoyatda qimmat edi. -
3:53 - 3:58va biz bor-yog'i haftada bir marta
5 daqiqa gaplashishga qurbimiz yetardi. -
3:58 - 4:00Tug’ilgan kunlarimiz yaqinlashdi
-
4:00 - 4:03bu ilk bor bir-birimizdan
yiroqda nishonlashimiz edi. -
4:03 - 4:04Pulni ayamay ishlatishga,
-
4:04 - 4:06va bu hafta 10 daqiqa
gaplashishga kelishdik. -
4:06 - 4:07(Kulgu)
-
4:07 - 4:12Tongni uning qo’ng’irog'iga intiq
xonam bo'ylab yurish bilan o'tkazdim -- -
4:12 - 4:13kutaverdim ...
-
4:14 - 4:15kutaverdim.
-
4:16 - 4:17Ammo telefon jiringlamadi.
-
4:18 - 4:20Vaqt hisobidagi farqdan “Hoynahoy, u
-
4:20 - 4:22do’stlari bilan, salroq qilar” degan
fikr keldi. -
4:22 - 4:24U paytda mobil telefonlar yo'q.
-
4:25 - 4:26Lekin u qilmadi.
-
4:27 - 4:3210 oydan oshiq vaqt uzoqda
bo’lganimdan so’ng, men uni -
4:32 - 4:35sog’inganchalik sog’inmay qo’yganini
anglay boshladim. -
4:36 - 4:39Tongda qo’ng’iroq qilishini bilardim,
-
4:39 - 4:43ammo o’sha tun umrimdagi eng
qayg’uli va uzoq tunlardan biri bo’ldi. -
4:45 - 4:47Ertasi kuni uyg’ondim.
-
4:47 - 4:48Telefonga qarab, go’shakni
-
4:48 - 4:51kechagi tun o'zim bilan olib yurib
telefonga -
4:51 - 4:53ildirib qo’ymaganimni angladim.
-
4:55 - 4:56Karovatimdan qoqilib tushib,
-
4:56 - 5:00go’shakni telefonga qaytib
qo’ydim va sekund o'tib, u jiringladi. -
5:00 - 5:01U akam edi,
-
5:01 - 5:03u mendan nihoyatda qizishgandi,
-
5:03 - 5:05(Kulgu)
-
5:05 - 5:09Bu ham uning hayotidagi eng
qayg’uli va uzoq tunlardan biri edi. -
5:09 - 5:12O’tgan voqealarni
tushuntirishga tushdim, u esa -
5:12 - 5:13"Tushunmayapman.
-
5:13 - 5:15Agar senga qilmaganimni ko’rib tursang,
-
5:15 - 5:18nega go’shakni olib, menga
qo’ng’iroq qilmading? -
5:19 - 5:20U haq edi.
-
5:21 - 5:22Nega unga qo’ng’iroq qilmadim?
-
5:23 - 5:25o'shanda savolga javobim yo’q edi
-
5:26 - 5:27Biroq bugun bor,
-
5:27 - 5:28u ham bo’lsa soddagina:
-
5:30 - 5:31yolg’izlik.
-
5:32 - 5:36Yolg’izlik idrokimizni yanglishtiruvchi
va fikrlarimiz -
5:36 - 5:40shaffofligiga barham beruvchi chuqur
ruhiy jarohatni yaratadi. -
5:40 - 5:45U atrofimizdagi insonlar aslida
unchalik qayg’urmasligiga ishontiradi. -
5:46 - 5:48U insonlarga qo’shilishdan
qattiq qo’rqitadi, -
5:48 - 5:52chunki qalbingiz allaqachon
chidamgizdan chandon og’rib turganda, -
5:52 - 5:56nega o'zingizni rad javobi va qalb
og’rig’iga tutqazasiz? -
5:56 - 6:00O’sha damlarda men chinakam
yolg’izlik og’ushida, ammo har kuni -
6:00 - 6:03odamlar orasida edim, shu sababdan
bu sira xayolimga kelmagan. -
6:04 - 6:08Ammo yolg’izlikni har kim o’zicha
talqin qiladi. -
6:08 - 6:14U siz atrofdagilardan hissiy yoki
jamoaviy ayro his etishingizgagina -
6:14 - 6:15bog’liq.
-
6:15 - 6:17Men yolg’iz edim.
-
6:17 - 6:23Yolg’izlik borasida ko’plab tadqiqotlar
mavjud va ularning bari daxshatli. -
6:23 - 6:26Yolg'izlik ayanchli ahvolgagina solmaydi.
-
6:26 - 6:27U sizni o’ldiradi.
-
6:28 - 6:29Bu hazil emas.
-
6:29 - 6:33Surunkali yolg’izlik erta o’lim
xavfi ehtimolini -
6:33 - 6:3414 foizga ko’paytiradi.
-
6:35 - 6:36O’n to’rt foiz!
-
6:37 - 6:40Yolg’izlik qon bosimi va xolesterinning
-
6:40 - 6:41oshishiga olib keladi.
-
6:41 - 6:45U hatto immun tizimingiz
faoliyatini susaytirib, -
6:45 - 6:49barcha turdagi kasallik va
xastaliklarga chalinish xatarini oshiradi. -
6:49 - 6:52Darhaqiqat, olimlar surunkali
yolg’izlikning -
6:52 - 6:56inson salomatligi va umr ko’rish yoshiga
-
6:56 - 6:59xuddi tamaki chekish kabi halokatli
-
6:59 - 7:00ekanligini aniqlashgan.
-
7:00 - 7:05Tamaki quttilarida ogohlantiruvchi yozuv
bor “Chekish insonni o’ldiradi.” -
7:05 - 7:07Ammo yolg’izlikda yo’q.
-
7:07 - 7:09Va aynan shuning uchun ruhiy
-
7:09 - 7:12salomatligimizni eng oldinga qo’yish,
hissiy-emotsional -
7:12 - 7:15gigiyenaga amal qilish shunchalik muhim.
-
7:16 - 7:18Negaki agarda siz hatto
yaralanganligingizni bilmasangiz, -
7:18 - 7:20ruhiy jarohatingizni tuzata olmaysiz.
-
7:22 - 7:25Idrokimizni yanglishtirib, bizni
chalg’itadigan -
7:25 - 7:28jarohat faqatgina yolg’izlik emas.
-
7:29 - 7:31Bu mag’lubiyatning ham ishidir.
-
7:32 - 7:34Bir kuni bolalar bog’chasiga borib,
-
7:34 - 7:39bir xil plastik o’yinchoqlar bilan
o’ynayotgan uch go’dakka ko’zim tushdi. -
7:39 - 7:43Qizil tugmani sursangiz, undan
yoqimtoy kuchukcha chiqib kelardi. -
7:44 - 7:48Bir qizaloq siyoh rangli tugmani
tortishga, so’ngra itarishga urindi, -
7:48 - 7:51va undan so’ng qaytib o’tirdi
va quttiga pastki labi -
7:51 - 7:53titragancha qarab qoldi.
-
7:53 - 7:56Uning yonida o’tirgan bolakay
bu jarayonga guvoh bo’lib, -
7:56 - 8:00quttisiga qayrilib qaradi va unga qo’lini
ham tekizmay, yig’lab yubordi. -
8:01 - 8:05Bu orada boshqa bir qizaloq qizil
tugmani surmagunicha xayoliga kelgan -
8:05 - 8:06hamma narsani qilib ko’rdi,
-
8:06 - 8:10yoqimtoy kuchukcha chiqdi-yu,
u quvonchdan qiqirlab kuldi. -
8:10 - 8:14Xullas: uch go’dak sira farq
qilmaydigan plastik o’yinchoqlar bilan, -
8:14 - 8:17ammo mag’lubiyatga turlicha munosabatda.
-
8:18 - 8:22Birinchi ikki go'dakda qizil tugmani
surish imkoniyatlari yetarlicha edi. -
8:22 - 8:26Ularni bu ishni uddalashdan
to'xtatgan yagona narsa, -
8:26 - 8:29ularning onggi bu ishni eplay
olmaslik aldoviga chuv tushirdi. -
8:30 - 8:34Kattalar ham bu aldovga chuv tushadilar.
-
8:34 - 8:39Darhaqiqat, har gal xafagarchilik
va omadsizliklarga duch kelganimizda -
8:39 - 8:43eshik qoqmay bostirib keladigan
his va qarashlar hammamizda bor. -
8:43 - 8:46Ongingizning mag'lubiyatga
munosabatidan xabardormisiz? -
8:47 - 8:48Boxabar bo'lish kerak.
-
8:48 - 8:52Chunki ongingiz sizni biror narsada
noqobilligingizga ishontirmoqchi bo'lsa -
8:52 - 8:54va siz bunga ishonsangiz,
-
8:54 - 8:57u holda xuddi o'sha ikki go'dak
kabi o'zingizni ilojsiz his eta -
8:57 - 9:01boshlaysiz va osongina chekinasiz yoki
butkul qo'l urmaysiz. -
9:01 - 9:04Undan so'ng muvaffaqiyat qozona
olmasligingizga to'la ishonasiz. -
9:04 - 9:09Shu sabab ko'plab insonlar o'z
imkoniyatlaridan to'la foydalana olmaydi. -
9:09 - 9:12Yo'lning qaysidir bir manzilida ba'zida
birgina mag'lubiyat g'alaba -
9:12 - 9:16qozona olmasliklariga ishontirgan va
ular bunga chuv tushishgan. -
9:17 - 9:21Biror narsaga ishonsak, fikrlarimizni
o'zgartirish juda qiyin kechadi. -
9:22 - 9:26Akam bilan o'smirlik chog'imizda
bu saboqni kech angladim. -
9:26 - 9:29Militsiya mashinasi to'xtatganida,
tunda og'aynilar bilan mashinada -
9:29 - 9:31qorong'u yo'ldan borardik.
-
9:31 - 9:35O'sha atrofda o'g'irlik bo'lgan va
ular gumondor shaxslarni izlayotgandi. -
9:35 - 9:38Militsiya xodimi mashinaga yaqiniga
kelib, fonarini haydovchiga tutdi, -
9:39 - 9:41so’ng mashina oldida o'tirgan akamga
-
9:41 - 9:42va oxirida menga.
-
9:42 - 9:45Ko'zlari katta ochildi-yu, shunday dedi,
-
9:45 - 9:47"Yuzingizni oldin qayerda ko'rganman?"
-
9:47 - 9:50(Kulgu)
-
9:50 - 9:51Men
-
9:52 - 9:53"Old o'rindiqda." dedim.
-
9:53 - 9:56(Kulgu)
-
9:56 - 9:59U zig’ircha tushunmadi, ana endi u meni
-
9:59 - 10:00narkotik qabul qilgan deb o’yladi.
-
10:01 - 10:02(Kulgu)
-
10:02 - 10:05U meni mashinadan chiqarib olib,
tintuv qildi, -
10:05 - 10:07militsiya mashinasi oldiga yetaklab,
-
10:07 - 10:10jinoyatchilik tarixim yo’qligini
tasdiqlagandan keyingina -
10:10 - 10:14old o’rindiqda egizak akam borligini
ko’rsata oldim. -
10:14 - 10:16Ammo ketar mahalimiz ham,
-
10:16 - 10:19uning yuz ifodasidan men
nimadandir qochib ketayotganimga -
10:19 - 10:21aminligi yaqqol ko’rinardi.
-
10:21 - 10:23(Kulgu)
-
10:23 - 10:27Bir narsaga ishonganimizdan
so’ng ongizmizni o’zgartirish mushkul. -
10:27 - 10:30Shu sababli omadingiz chopmaganidan
so’ng tushkunlik -
10:30 - 10:32va mag’lubiyatni his qilish tabiiy.
-
10:32 - 10:36Lekin omadingiz chopmasligiga o’zingizni
ishontirishga izn bera olmaysiz. -
10:36 - 10:39Nochorlik hislariga qarshi
kurashishingiz lozim. -
10:39 - 10:42Vaziyatni o’z qo’lingizga
olishingiz kerak. -
10:42 - 10:45Bunday salbiy hislar girdobiga
aslo tushib -
10:45 - 10:46qolmasligingiz darkor.
-
10:46 - 10:48[Hissiy qon ketishini to’xtating]
-
10:48 - 10:51Fikrlarimiz va hislarimiz –
-
10:51 - 10:54ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq
do’stlar emas. -
10:54 - 10:57Ular ko’proq kayfiyati
tez ayniydigan do’stlarga -
10:57 - 11:02o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni
ko’klarga ko’taradi, so'ng o’ta sovuqqon. -
11:02 - 11:06Qachonlardir 20 yillik turmushidan
so’ng oilaviy munosabatlari achinarli -
11:06 - 11:08yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim,
-
11:08 - 11:11nihoyat ilk uchrashuvga
yuragi betlagandi. -
11:11 - 11:13o’sha inson bilan onlayn tanishgan,
-
11:13 - 11:15u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi,
-
11:15 - 11:19va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli
borligi sezildi. -
11:19 - 11:21U juda hayajonda edi,
yangi liboslar sotib oldi, -
11:21 - 11:25shu tariqa ular Nyu York ichimliklar
barida uchrashdilar. -
11:26 - 11:29Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas,
erkak o’rnidan turib, dedi -
11:29 - 11:31“Menga yoqmadingiz," va tark etdi.
-
11:34 - 11:37Rad etilish nihoyatda og’riqli kechadi.
-
11:38 - 11:40Ayol shunchalar iztirobda ediki,
qilt etmadi. -
11:40 - 11:42Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq
-
11:42 - 11:46qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa
shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding? -
11:47 - 11:50Beling beso’naqay, aytishga
arzirli aytarli hech narsang yo’q. -
11:50 - 11:53Nega endi uningdek
kelishgan, muvaffaqiyatli inson -
11:53 - 11:55senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?"
-
11:57 - 12:00Daxshat, to’g’rimi, do’st ham
shunchalar bag’ritosh bo’ladimi? -
12:01 - 12:03Ammo bu so’zlarni aytgan inson emasligini
-
12:03 - 12:06aytganimda bunchalik
hayratga tushmasdingiz. -
12:06 - 12:08Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi.
-
12:09 - 12:11Va bu holat barchamizga tanish,
-
12:11 - 12:13ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng.
-
12:13 - 12:17Barcha xatolarimiz va bor
kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi, -
12:17 - 12:19bo’lmasam qani edilarni
o’ylay boshlaymiz. -
12:19 - 12:20O’zimizga laqablar to’qiymiz
-
12:20 - 12:23Unchalik darajada bo’lmasa-da,
hammamiz qo’l uramiz. -
12:23 - 12:25Shunday qilishimiz qiziq, chunki
-
12:25 - 12:28o’z-o’zimizga beriladigan baho
allaqachon aziyat chekyapti. -
12:28 - 12:31Nega endi davom etib,
yanayam parchalash kerak? -
12:31 - 12:34Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku?
-
12:34 - 12:37Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur!
– Qo’limga pichoqni tiqib, -
12:37 - 12:40qanchalik ichkariroq kirishim
mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz. -
12:40 - 12:44Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga
har doim ravo ko’ramiz. -
12:44 - 12:47Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli.
-
12:47 - 12:50Negaki ruhiy salomatligimizni
eng oldinga qo’ymaymiz. -
12:51 - 12:54O’zingizga beriladigan baho pasayganda,
stress va bezovtalikka berilish -
12:54 - 12:58xatari kuchayishi, mag’lubiyat va
rad etilishlar yanada og’riqli -
12:58 - 13:01kechishi va ulardan o'nglanish uzoq vaqt
-
13:01 - 13:03talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan
bilamiz. -
13:04 - 13:07Shu bois rad etilganingizda,
birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish -
13:07 - 13:09Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht
-
13:09 - 13:12tushurish emas, o’zingizga beriladigan
bahoni tiklashdir. -
13:13 - 13:15Hissiy iztirob chekkaningizda,
-
13:15 - 13:18chinakam sodiq do’stdan kutiladigan
-
13:19 - 13:21mehr bilan o’zingizni siylang.
-
13:21 - 13:23[O’zingizga bo'lgan bahoni himoyalang]
-
13:23 - 13:28Nosog’lom psixologik odatlarimizni
payqab, ularni o’zgartirishimiz lozim. -
13:28 - 13:32Va bularning ichida eng nosog’lomi
shilqim fikrlar deb nomlanadi. -
13:32 - 13:35Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverishdir.
-
13:35 - 13:37Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi
-
13:37 - 13:40yoki auditoriyada professor sizni
ahmoqqa chiqardi, -
13:40 - 13:42yo do’stingiz bilan qattiq urushdingiz
-
13:42 - 13:46va bu manzara xayolingizdan
bir necha kunlab o’chmasligi, -
13:46 - 13:48ba’zida haftalab davom etishidir.
-
13:48 - 13:53Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu
yo’sinda o’ylayverish osongina odatga -
13:54 - 13:55aylanishi mumkin va bu sizga
-
13:55 - 14:00qimmatga tushadi, chunki noxush va
salbiy hislarga uzoq vaqt berilish -
14:00 - 14:03natijasida o’zingizni klinik
depressiya, alkogolizm, ovqat -
14:03 - 14:05buzulishlari va hatto yurak va
-
14:05 - 14:07qon-tomir kasalliklari
-
14:07 - 14:08vujudga kelish xatarini
-
14:08 - 14:10birmuncha oshirasiz.
-
14:11 - 14:12Muammo shundaki,
-
14:12 - 14:16shilqim firlarga berilish ehtiyojdek va
o’ta zarurdek tuyilishi mumkin, -
14:16 - 14:18shu bois bu odatdan voz kechish mushkul.
-
14:19 - 14:20Ishonch bilan aytishimga sabab
-
14:20 - 14:24bir yilcha avval bu odatni
o’zimda rivojlantirdim. -
14:25 - 14:30Egizak akamga 3-darajali
Xodginning limfomasi tashxisi qo’yildi. -
14:31 - 14:33Undagi saraton nihoyatda shafqatsiz edi.
-
14:33 - 14:36O’simtalar uning butun tanasi
bo’ylab tarqalgandi. -
14:37 - 14:40Va u og’ir kimyoterapiyani boshlashi
kerak edi. -
14:42 - 14:46Uning kechinmalari haqida
o’ylashdan o’zimni tiyolmasdim. -
14:47 - 14:49U ahvolidan sira nolimagan,
atigi bir martayam, ammo uning -
14:50 - 14:54nechog’lik azob tortayotgani
haqidagi fikr meni tinch qo'ymasdi. -
14:54 - 14:57Unda g’aroyib ijobiy munosabat bor edi.
-
14:57 - 15:00Uning ruhiy sog'ligi havas qilarli edi.
-
15:00 - 15:04Men jismonan sog’lom, ammo ruhiy
jihatdan yaroqsiz holda edim. -
15:05 - 15:07Lek nima qilishni bilardim
-
15:07 - 15:11Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i
ikki daqiqaga o’zingizni chalg’tish o'sha -
15:11 - 15:14daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish
chun yetarli -
15:14 - 15:18Va har gal menda tashvishlanarli,
dilni xufton qiluvchi salbiy fikrlar paydo -
15:18 - 15:22bo’lsa, boshqa narsaga diqqat
qaratishga tirishdim. -
15:22 - 15:27Bir haftadayoq, mening barcha
qarashlarim o’zgardi -
15:27 - 15:29va yanada ijobiy, umidga to'la inson
bo'la boshladim. -
15:30 - 15:31[Salbiy fikrlarga qarshi kurashing]
-
15:31 - 15:36Kimyoterapiyadan to’qqiz hafta o’tib,
akam kompyuter tomografiyasidan o’tdi, -
15:36 - 15:39natijalarini qo’liga olganda, uning
oldida edim. -
15:39 - 15:41Barcha o’simtalar g’oyib bo’lgan.
-
15:42 - 15:45U yana uch kimyoterapiyani bardosh
berishi kerak edi, -
15:45 - 15:47ammo tuzalishini bilardi.
-
15:48 - 15:51Bu sur’at uch hafta oldin olingan.
-
15:54 - 15:56Yolg’izligingizda biror chora ko’rish,
-
15:57 - 16:00mag’lubiyatga bo’lgan
munosabatingizni o’zgartirish, -
16:00 - 16:03o’zingizga bo’lgan bahoni avaylash,
-
16:03 - 16:05salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali
-
16:05 - 16:08ruhiy jarohatingizni tuzatibgina
qolmaysiz, -
16:08 - 16:11balki ruhiy chidamlilikni yaratasiz,
-
16:11 - 16:12o’sa boshlaysiz.
-
16:13 - 16:17Bundan yuz yil muqaddam, odamlar
shaxsiy gigiyenaga amal qila boshlaganlar -
16:17 - 16:22va umr ko’rish yoshi bor-yog’I bir asr
ichida -
16:22 - 16:2350 foizdan ortiq o’sgan.
-
16:24 - 16:28Agar barchamiz hissiy gigiyenaga
amal qilsak, turmushimiz -
16:28 - 16:31sifati ham xuddi shunday
o’sishiga aminman. -
16:32 - 16:34Hamma ruhiy sog’lomroq bo’lgan
sayyora -
16:34 - 16:37ko'rinishini tasavvur qila olasizmi?
-
16:37 - 16:40Yolg’izlik va depressiya kamroq
bo’lganida? Odamlar -
16:40 - 16:43qanday qilib mag’lubiyatni
yengishni bilganlarida? -
16:43 - 16:46O’zi tog’risida iliqroq hislarni tuyganda
va yengilmas his etganda? -
16:47 - 16:49Baxtliroq va qanoatliroq bo’lganlarida?
-
16:50 - 16:53Men tasavvur qila olaman, chunki
bu men yashashni istaydigan dunyo. -
16:54 - 16:58Akam ham shunday dunyoda
umrguzaronlik qilishni istaydi. -
16:58 - 17:03Kerakli ma'lumotlarga ega bo'lib bir ikki
oddiy odatlarni o’zgartirsangiz, xo'sh -- -
17:04 - 17:06bunday sayyorada hammamiz yashay olamiz.
-
17:07 - 17:09Katta rahmat.
-
17:09 - 17:11(Qarsaklar)
- Title:
- Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim
- Speaker:
- Gay Uinch
- Description:
-
Shamollash alomatlari yoki qattiq og'riqni sezganimizda shifokorga boramiz. Shunday ekan, nega ruhiy azob chekkanimizda ushbu soha mutaxassislari ko'rigiga bormasligimiz kerak? Juda ko'pchiligimiz ruhiy salomatlik bilan bog'liq oddiy muammolarni yolg'iz boshdan kechiramiz, deydi Gay Uinch. Biroq biz bunday qilmasligimiz kerak. U hissiyotlarimiz va ongimizga ham xuddi tanamizga g'amxo'rlik ko'rsatgandek e'tibor qaratishimiz kerakligini — hissiy gigiyenaga amal qilish rad etib bo'lmas hayotiy zarurat ekanligini misollar asosida ko'rsatib beradi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 17:24
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for Why we all need to practice emotional first aid |