Men juda bir mehribon egizak akam bilan voyaga yetganman. Egizak bo'lishning bir tomoni bor, u sizni favoritizmni aniqlashda ekspert qiladi. Agar uning shirinligi menikidan zig’ircha kattaroq bo’ldimi, menda savollar tug’ilardi. Rostini aytganda, qornim to’q edi. (Kulgu) Psixolog bo'lganimda esa favoritizmning boshqa bir turiga guvoh bo’la boshladim; bu ham bo’lsa, ongimizdan ko’ra tanamizni nechog'lik ko’proq qadrlashimiz. Psixologiyada doktorlik himoyasi uchun oliygohga umrimning sakkiz yili ketti. Qanchadan qancha odamlar tashrif qog’ozimga qarab, “Iye, psixologmisiz, men sizni shifokor debman,” deganlari menga qorong’u, go'yo vizitkada shunday yozilsin. [Dr Gay Uinch, shunchaki psixolog (haqiqiy shifokor emas)] (Kulgu) Tanani ongdan ustun qo’yishdan iborat bunday favoritizmga -- har yerda duch kelaman. Yaqinda do’stimning xonadonida edim ularning besh yosh farzandi uyquga hozirlanayotgandi. U rakovina oldidagi kursiga chiqib olib, tishlarini yuvayotgandi, yiqilib tushdi-yu, oyog’ini o’zi yiqilgan kursida jarohatlab oldi. Bir daqiqacha yig’ladi, biroq keyin o’rnidan turib, jarohati uchun malhamlar solingan quttini olish ilinjida kursiga yana chiqdi. Qarang, bu bolakay poyabzal ipini arang bog’lay olsa ham, yallig’lanmasligi uchun jarohatni bog’lab qo’yishingiz kerakligi va kuniga ikki marta tishlaringiz ozodaligini saqlashingiz lozimligini biladi. Hammamiz qanday qilib tanamiz sog’ligini saqlash va tishlar gigiyenasiga amal qilishni bilamiz, to'g'rimi? Bularni besh yasharligimizdan buyon bilamiz. Ammo psixologik salomatligimizni saqlash borasida nimalarni bilamiz? Aytarli hech narsa. Hissiy gigiyena haqida farzandlarimizga nimani o’rgatamiz? Hech narsa. Qanday qilib ongimizdan ko’ra tishlarimizga g’amxo’rlik qilish uchun ko’proq vaqt sarflashimiz mumkin? Nega tanamiz salomatligi ruhiy salomatligimizdan ko'ra o'ta muhimroq? Mag’lubiyat yoki rad etilish, yolg’izlik kabi jarohatlarga, ruhiy jarohatlarimizga tana jarohatlarimizga qaraganchalik qaramaymiz. Agar e’tibor bermasak, ularning ahvoli ham tanglashishi va hayotimizni butkul o’zgartirib yuborishi mumkin. Buku mayli, bunday ruhiy yaralarni davolashda foydalanishimiz mumkin bo’lgan ilmiy isbotlagan usullar bo’lishiga qaramay, g'aflatdamiz. Buning zarurligi xayolimizga ham kelmaydi. "Tushkunlikdamisiz? Qo'ying, siqilmang; Bularning bari boshingizda," Oyog’i singan biror kimsaga shunday deb ko'ringchi?: "Shunchaki yurib keting; Buning boisi oyog’ingizda." (Kulgu) Jismoniy va ruhiy salomatlik o’rtasidagi bo’shliqqa yakun yasashning vaqti yetdi. Ularning mavqeyini xuddi egizaklarnikidek tenglashtirish vaqti keldi. Ha, aytgancha akam ham psixolog. Shunday ekan, u ham shifokor emas. (Kulgu) Shunday bo’lsa-da, biz birga o’qimadik. Aslida hayotimdagi eng og’ir narsa psixologiya yo’nalishida doktorlik unvoniga ega bo’lish uchun Atlantika bo’ylab Nyu Yorkka ko’chib kelish edi. Ana shunda umrimizda ilk bor bir-birimizdan yiroqda edik, va ayriliqdan har ikkimiz ozor chekdik. Ammo, u oila va do’stlar davrasida qolgan, men esa begona yurtda yolg’iz edim. Bir-birimizni juda qumsadik, lekin o’shanda xalqaro telefon qo’ng’iroqlari nihoyatda qimmat edi. va biz bor-yog'i haftada bir marta 5 daqiqa gaplashishga qurbimiz yetardi. Tug’ilgan kunlarimiz yaqinlashdi bu ilk bor bir-birimizdan yiroqda nishonlashimiz edi. Pulni ayamay ishlatishga, va bu hafta 10 daqiqa gaplashishga kelishdik. (Kulgu) Tongni uning qo’ng’irog'iga intiq xonam bo'ylab yurish bilan o'tkazdim -- kutaverdim ... kutaverdim. Ammo telefon jiringlamadi. Vaqt hisobidagi farqdan “Hoynahoy, u do’stlari bilan, salroq qilar” degan fikr keldi. U paytda mobil telefonlar yo'q. Lekin u qilmadi. 10 oydan oshiq vaqt uzoqda bo’lganimdan so’ng, men uni sog’inganchalik sog’inmay qo’yganini anglay boshladim. Tongda qo’ng’iroq qilishini bilardim, ammo o’sha tun umrimdagi eng qayg’uli va uzoq tunlardan biri bo’ldi. Ertasi kuni uyg’ondim. Telefonga qarab, go’shakni kechagi tun o'zim bilan olib yurib telefonga ildirib qo’ymaganimni angladim. Karovatimdan qoqilib tushib, go’shakni telefonga qaytib qo’ydim va sekund o'tib, u jiringladi. U akam edi, u mendan nihoyatda qizishgandi, (Kulgu) Bu ham uning hayotidagi eng qayg’uli va uzoq tunlardan biri edi. O’tgan voqealarni tushuntirishga tushdim, u esa "Tushunmayapman. Agar senga qilmaganimni ko’rib tursang, nega go’shakni olib, menga qo’ng’iroq qilmading? U haq edi. Nega unga qo’ng’iroq qilmadim? o'shanda savolga javobim yo’q edi Biroq bugun bor, u ham bo’lsa soddagina: yolg’izlik. Yolg’izlik idrokimizni yanglishtiruvchi va fikrlarimiz shaffofligiga barham beruvchi chuqur ruhiy jarohatni yaratadi. U atrofimizdagi insonlar aslida unchalik qayg’urmasligiga ishontiradi. U insonlarga qo’shilishdan qattiq qo’rqitadi, chunki qalbingiz allaqachon chidamgizdan chandon og’rib turganda, nega o'zingizni rad javobi va qalb og’rig’iga tutqazasiz? O’sha damlarda men chinakam yolg’izlik og’ushida, ammo har kuni odamlar orasida edim, shu sababdan bu sira xayolimga kelmagan. Ammo yolg’izlikni har kim o’zicha talqin qiladi. U siz atrofdagilardan hissiy yoki jamoaviy ayro his etishingizgagina bog’liq. Men yolg’iz edim. Yolg’izlik borasida ko’plab tadqiqotlar mavjud va ularning bari daxshatli. Yolg'izlik ayanchli ahvolgagina solmaydi. U sizni o’ldiradi. Bu hazil emas. Surunkali yolg’izlik erta o’lim xavfi ehtimolini 14 foizga ko’paytiradi. O’n to’rt foiz! Yolg’izlik qon bosimi va xolesterinning oshishiga olib keladi. U hatto immun tizimingiz faoliyatini susaytirib, barcha turdagi kasallik va xastaliklarga chalinish xatarini oshiradi. Darhaqiqat, olimlar surunkali yolg’izlikning inson salomatligi va umr ko’rish yoshiga xuddi tamaki chekish kabi halokatli ekanligini aniqlashgan. Tamaki quttilarida ogohlantiruvchi yozuv bor “Chekish insonni o’ldiradi.” Ammo yolg’izlikda yo’q. Va aynan shuning uchun ruhiy salomatligimizni eng oldinga qo’yish, hissiy-emotsional gigiyenaga amal qilish shunchalik muhim. Negaki agarda siz hatto yaralanganligingizni bilmasangiz, ruhiy jarohatingizni tuzata olmaysiz. Idrokimizni yanglishtirib, bizni chalg’itadigan jarohat faqatgina yolg’izlik emas. Bu mag’lubiyatning ham ishidir. Bir kuni bolalar bog’chasiga borib, bir xil plastik o’yinchoqlar bilan o’ynayotgan uch go’dakka ko’zim tushdi. Qizil tugmani sursangiz, undan yoqimtoy kuchukcha chiqib kelardi. Bir qizaloq siyoh rangli tugmani tortishga, so’ngra itarishga urindi, va undan so’ng qaytib o’tirdi va quttiga pastki labi titragancha qarab qoldi. Uning yonida o’tirgan bolakay bu jarayonga guvoh bo’lib, quttisiga qayrilib qaradi va unga qo’lini ham tekizmay, yig’lab yubordi. Bu orada boshqa bir qizaloq qizil tugmani surmagunicha xayoliga kelgan hamma narsani qilib ko’rdi, yoqimtoy kuchukcha chiqdi-yu, u quvonchdan qiqirlab kuldi. Xullas: uch go’dak sira farq qilmaydigan plastik o’yinchoqlar bilan, ammo mag’lubiyatga turlicha munosabatda. Birinchi ikki go'dakda qizil tugmani surish imkoniyatlari yetarlicha edi. Ularni bu ishni uddalashdan to'xtatgan yagona narsa, ularning onggi bu ishni eplay olmaslik aldoviga chuv tushirdi. Kattalar ham bu aldovga chuv tushadilar. Darhaqiqat, har gal xafagarchilik va omadsizliklarga duch kelganimizda eshik qoqmay bostirib keladigan his va qarashlar hammamizda bor. Ongingizning mag'lubiyatga munosabatidan xabardormisiz? Boxabar bo'lish kerak. Chunki ongingiz sizni biror narsada noqobilligingizga ishontirmoqchi bo'lsa va siz bunga ishonsangiz, u holda xuddi o'sha ikki go'dak kabi o'zingizni ilojsiz his eta boshlaysiz va osongina chekinasiz yoki butkul qo'l urmaysiz. Undan so'ng muvaffaqiyat qozona olmasligingizga to'la ishonasiz. Shu sabab ko'plab insonlar o'z imkoniyatlaridan to'la foydalana olmaydi. Yo'lning qaysidir bir manzilida ba'zida birgina mag'lubiyat g'alaba qozona olmasliklariga ishontirgan va ular bunga chuv tushishgan. Biror narsaga ishonsak, fikrlarimizni o'zgartirish juda qiyin kechadi. Akam bilan o'smirlik chog'imizda bu saboqni kech angladim. Militsiya mashinasi to'xtatganida, tunda og'aynilar bilan mashinada qorong'u yo'ldan borardik. O'sha atrofda o'g'irlik bo'lgan va ular gumondor shaxslarni izlayotgandi. Militsiya xodimi mashinaga yaqiniga kelib, fonarini haydovchiga tutdi, so’ng mashina oldida o'tirgan akamga va oxirida menga. Ko'zlari katta ochildi-yu, shunday dedi, "Yuzingizni oldin qayerda ko'rganman?" (Kulgu) Men "Old o'rindiqda." dedim. (Kulgu) U zig’ircha tushunmadi, ana endi u meni narkotik qabul qilgan deb o’yladi. (Kulgu) U meni mashinadan chiqarib olib, tintuv qildi, militsiya mashinasi oldiga yetaklab, jinoyatchilik tarixim yo’qligini tasdiqlagandan keyingina old o’rindiqda egizak akam borligini ko’rsata oldim. Ammo ketar mahalimiz ham, uning yuz ifodasidan men nimadandir qochib ketayotganimga aminligi yaqqol ko’rinardi. (Kulgu) Bir narsaga ishonganimizdan so’ng ongizmizni o’zgartirish mushkul. Shu sababli omadingiz chopmaganidan so’ng tushkunlik va mag’lubiyatni his qilish tabiiy. Lekin omadingiz chopmasligiga o’zingizni ishontirishga izn bera olmaysiz. Nochorlik hislariga qarshi kurashishingiz lozim. Vaziyatni o’z qo’lingizga olishingiz kerak. Bunday salbiy hislar girdobiga aslo tushib qolmasligingiz darkor. [Hissiy qon ketishini to’xtating] Fikrlarimiz va hislarimiz – ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq do’stlar emas. Ular ko’proq kayfiyati tez ayniydigan do’stlarga o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni ko’klarga ko’taradi, so'ng o’ta sovuqqon. Qachonlardir 20 yillik turmushidan so’ng oilaviy munosabatlari achinarli yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim, nihoyat ilk uchrashuvga yuragi betlagandi. o’sha inson bilan onlayn tanishgan, u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi, va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli borligi sezildi. U juda hayajonda edi, yangi liboslar sotib oldi, shu tariqa ular Nyu York ichimliklar barida uchrashdilar. Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas, erkak o’rnidan turib, dedi “Menga yoqmadingiz," va tark etdi. Rad etilish nihoyatda og’riqli kechadi. Ayol shunchalar iztirobda ediki, qilt etmadi. Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding? Beling beso’naqay, aytishga arzirli aytarli hech narsang yo’q. Nega endi uningdek kelishgan, muvaffaqiyatli inson senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?" Daxshat, to’g’rimi, do’st ham shunchalar bag’ritosh bo’ladimi? Ammo bu so’zlarni aytgan inson emasligini aytganimda bunchalik hayratga tushmasdingiz. Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi. Va bu holat barchamizga tanish, ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng. Barcha xatolarimiz va bor kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi, bo’lmasam qani edilarni o’ylay boshlaymiz. O’zimizga laqablar to’qiymiz Unchalik darajada bo’lmasa-da, hammamiz qo’l uramiz. Shunday qilishimiz qiziq, chunki o’z-o’zimizga beriladigan baho allaqachon aziyat chekyapti. Nega endi davom etib, yanayam parchalash kerak? Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku? Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur! – Qo’limga pichoqni tiqib, qanchalik ichkariroq kirishim mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz. Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga har doim ravo ko’ramiz. Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli. Negaki ruhiy salomatligimizni eng oldinga qo’ymaymiz. O’zingizga beriladigan baho pasayganda, stress va bezovtalikka berilish xatari kuchayishi, mag’lubiyat va rad etilishlar yanada og’riqli kechishi va ulardan o'nglanish uzoq vaqt talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan bilamiz. Shu bois rad etilganingizda, birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht tushurish emas, o’zingizga beriladigan bahoni tiklashdir. Hissiy iztirob chekkaningizda, chinakam sodiq do’stdan kutiladigan mehr bilan o’zingizni siylang. [O’zingizga bo'lgan bahoni himoyalang] Nosog’lom psixologik odatlarimizni payqab, ularni o’zgartirishimiz lozim. Va bularning ichida eng nosog’lomi shilqim fikrlar deb nomlanadi. Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverishdir. Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi yoki auditoriyada professor sizni ahmoqqa chiqardi, yo do’stingiz bilan qattiq urushdingiz va bu manzara xayolingizdan bir necha kunlab o’chmasligi, ba’zida haftalab davom etishidir. Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu yo’sinda o’ylayverish osongina odatga aylanishi mumkin va bu sizga qimmatga tushadi, chunki noxush va salbiy hislarga uzoq vaqt berilish natijasida o’zingizni klinik depressiya, alkogolizm, ovqat buzulishlari va hatto yurak va qon-tomir kasalliklari vujudga kelish xatarini birmuncha oshirasiz. Muammo shundaki, shilqim firlarga berilish ehtiyojdek va o’ta zarurdek tuyilishi mumkin, shu bois bu odatdan voz kechish mushkul. Ishonch bilan aytishimga sabab bir yilcha avval bu odatni o’zimda rivojlantirdim. Egizak akamga 3-darajali Xodginning limfomasi tashxisi qo’yildi. Undagi saraton nihoyatda shafqatsiz edi. O’simtalar uning butun tanasi bo’ylab tarqalgandi. Va u og’ir kimyoterapiyani boshlashi kerak edi. Uning kechinmalari haqida o’ylashdan o’zimni tiyolmasdim. U ahvolidan sira nolimagan, atigi bir martayam, ammo uning nechog’lik azob tortayotgani haqidagi fikr meni tinch qo'ymasdi. Unda g’aroyib ijobiy munosabat bor edi. Uning ruhiy sog'ligi havas qilarli edi. Men jismonan sog’lom, ammo ruhiy jihatdan yaroqsiz holda edim. Lek nima qilishni bilardim Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i ikki daqiqaga o’zingizni chalg’tish o'sha daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish chun yetarli Va har gal menda tashvishlanarli, dilni xufton qiluvchi salbiy fikrlar paydo bo’lsa, boshqa narsaga diqqat qaratishga tirishdim. Bir haftadayoq, mening barcha qarashlarim o’zgardi va yanada ijobiy, umidga to'la inson bo'la boshladim. [Salbiy fikrlarga qarshi kurashing] Kimyoterapiyadan to’qqiz hafta o’tib, akam kompyuter tomografiyasidan o’tdi, natijalarini qo’liga olganda, uning oldida edim. Barcha o’simtalar g’oyib bo’lgan. U yana uch kimyoterapiyani bardosh berishi kerak edi, ammo tuzalishini bilardi. Bu sur’at uch hafta oldin olingan. Yolg’izligingizda biror chora ko’rish, mag’lubiyatga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirish, o’zingizga bo’lgan bahoni avaylash, salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali ruhiy jarohatingizni tuzatibgina qolmaysiz, balki ruhiy chidamlilikni yaratasiz, o’sa boshlaysiz. Bundan yuz yil muqaddam, odamlar shaxsiy gigiyenaga amal qila boshlaganlar va umr ko’rish yoshi bor-yog’I bir asr ichida 50 foizdan ortiq o’sgan. Agar barchamiz hissiy gigiyenaga amal qilsak, turmushimiz sifati ham xuddi shunday o’sishiga aminman. Hamma ruhiy sog’lomroq bo’lgan sayyora ko'rinishini tasavvur qila olasizmi? Yolg’izlik va depressiya kamroq bo’lganida? Odamlar qanday qilib mag’lubiyatni yengishni bilganlarida? O’zi tog’risida iliqroq hislarni tuyganda va yengilmas his etganda? Baxtliroq va qanoatliroq bo’lganlarida? Men tasavvur qila olaman, chunki bu men yashashni istaydigan dunyo. Akam ham shunday dunyoda umrguzaronlik qilishni istaydi. Kerakli ma'lumotlarga ega bo'lib bir ikki oddiy odatlarni o’zgartirsangiz, xo'sh -- bunday sayyorada hammamiz yashay olamiz. Katta rahmat. (Qarsaklar)