< Return to Video

Minecraft - Hour of Code: If Statements

  • 0:00 - 0:06
    Endi biz if bayonoti bilan tanishamiz.
    If bayonotlari dasturlashni o‘rganinshning muhim qismidir.
  • 0:06 - 0:13
    Ular kompyuterga qaror qabul qilishda yordam beradi.
    Barcha kompyuterlar, jumladan mening telefonim ham if
    bayonotlaridan foydalanadi.
  • 0:13 - 0:19
    Misol uchun, men telefonimni ochmoqchiman, bunda agar men kalit so‘zni to‘g‘ri kiritsam,
  • 0:19 - 0:26
    unda telefonda qulfni och degan
    kodni ishlaydi. Aks holda u xato xabarini ko‘rsatadi.
  • 0:26 - 0:31
    Siz if bayonotlaridan kodingizda Steve va Alicening
    ko‘rgan narsalariga javob qaytarishida foydalanishingiz mumkin.
  • 0:31 - 0:38
    Misol uchun, agar ularning ro‘parasida qoya bo‘lsa,
    ular chapga burila oladi.
  • 0:38 - 0:46
    Yoki, agar ular daraxtga duch kelsa, o‘ngga burilishi mumkin. Bu holatda biz ular lavaga tushib ketishini xohlamaymiz.
  • 0:46 - 0:51
    Lava uchun reja tuzish oson. Biz uni ekranda ko‘ra olamiz. Lekin, toshni ostidagi biz ko‘ra olmaydigan
  • 0:51 - 0:55
    lava haqida nima deysiz? Biz toshni qazib chiqarganimizdan keyin, oldinga harakatlanishdan oldin
    o‘sha joyda
  • 0:55 - 1:02
    lava bor yo‘qligini tekshirib ko‘rishimiz kerak.
    Agar u yerda lava bo‘lsa, oldinga harakatlanishdan oldin
  • 1:02 - 1:09
    biz qahramonimiz ro‘parasiga tosh qo‘yib olishini xohlaymiz. Shunday qilib, biz xavfsiz ravishda harakatlana olamiz.
  • 1:09 - 1:16
    Astoydil qazish vaqti keldi! Qadamingizni ko‘rib bosish uchun if bayonotidan foydalanishni unutmang.
Title:
Minecraft - Hour of Code: If Statements
Description:

more » « less
Video Language:
English
Team:
Code.org
Project:
CSF '21-'22
Duration:
01:18

Uzbek subtitles

Revisions Compare revisions