Endi biz if bayonoti bilan tanishamiz. If bayonotlari dasturlashni o‘rganinshning muhim qismidir. Ular kompyuterga qaror qabul qilishda yordam beradi. Barcha kompyuterlar, jumladan mening telefonim ham if bayonotlaridan foydalanadi. Misol uchun, men telefonimni ochmoqchiman, bunda agar men kalit so‘zni to‘g‘ri kiritsam, unda telefonda qulfni och degan kodni ishlaydi. Aks holda u xato xabarini ko‘rsatadi. Siz if bayonotlaridan kodingizda Steve va Alicening ko‘rgan narsalariga javob qaytarishida foydalanishingiz mumkin. Misol uchun, agar ularning ro‘parasida qoya bo‘lsa, ular chapga burila oladi. Yoki, agar ular daraxtga duch kelsa, o‘ngga burilishi mumkin. Bu holatda biz ular lavaga tushib ketishini xohlamaymiz. Lava uchun reja tuzish oson. Biz uni ekranda ko‘ra olamiz. Lekin, toshni ostidagi biz ko‘ra olmaydigan lava haqida nima deysiz? Biz toshni qazib chiqarganimizdan keyin, oldinga harakatlanishdan oldin o‘sha joyda lava bor yo‘qligini tekshirib ko‘rishimiz kerak. Agar u yerda lava bo‘lsa, oldinga harakatlanishdan oldin biz qahramonimiz ro‘parasiga tosh qo‘yib olishini xohlaymiz. Shunday qilib, biz xavfsiz ravishda harakatlana olamiz. Astoydil qazish vaqti keldi! Qadamingizni ko‘rib bosish uchun if bayonotidan foydalanishni unutmang.