< Return to Video

Ser Ken Robinson: Ta’limda katta o’zgarishlar kerak

  • 0:01 - 0:03
    Bu konferensiyada to’rt yil muqaddam ishtirok etganman.
  • 0:03 - 0:05
    U vaqtlar ma’ruzalarni
  • 0:05 - 0:08
    Internetga joylashtirilmas edi.
  • 0:08 - 0:12
    Ishtirokchilar DVD disklari bilan to’la qutini
  • 0:12 - 0:14
    uylariga olib ketishardi.
  • 0:14 - 0:17
    O’sha disklar, hoynahoy, hozir ham chang bosib yotgandir.
  • 0:17 - 0:19
    (Kulgi)
  • 0:19 - 0:21
    Konferensiya tugagandan bir hafta o’tgach,
  • 0:21 - 0:23
    Kris menga telefon qilib:
  • 0:23 - 0:25
    “Biz ma’ruzalarni Internetga joylashtirayapmiz,
  • 0:25 - 0:28
    siznikini ham qo'ysak bo’ladimi?”, dedi. Men aytdim: "Albatta".
  • 0:28 - 0:30
    Va mana, oradan to’rt yil o’tgach
  • 0:30 - 0:32
    o’sha videoni to’rt million marotaba tomosha…
  • 0:32 - 0:35
    yo’q, o’sha videoni to’rt million marotaba yuklab olishgan.
  • 0:35 - 0:38
    Agar buni, aytaylik, 20 ga ko’paytirsak
  • 0:38 - 0:40
    mening chiqishimni tomosha qilganlar sonini kelib chiqadi.
  • 0:40 - 0:44
    Krisning aytishicha, mening ma’ruzalarimga
  • 0:44 - 0:46
    tashnalik holati yuzaga kelgan.
  • 0:46 - 0:49
    (Kulgi)
  • 0:49 - 0:52
    (Qarsaklar)
  • 0:54 - 0:55
    … shunday emasmi?
  • 0:55 - 0:58
    (Kulgi)
  • 1:00 - 1:03
    Menimcha, bularning hammasi mening yana bir marta kelishim
  • 1:03 - 1:07
    uchun ishlatilgan bir nayrang edi, xolos. Mana, men shu yerda.
  • 1:07 - 1:08
    (Kulgi)
  • 1:10 - 1:12
    Albert Gor ham o‘sha, to’rt yil odingi
  • 1:12 - 1:15
    TED konferensiyasida ishtirok etib,
  • 1:15 - 1:17
    atrof-muhit inqirozi gapirgan edi.
  • 1:17 - 1:19
    Men esa o’z chiqishimning oxirida uning
  • 1:19 - 1:21
    fikrlarini eslatib o’tgandim.
  • 1:21 - 1:23
    Bugun esa o’sha gapni davom ettirmoqchiman.
  • 1:23 - 1:26
    Axir mening ixtiyorimda bor-yo’g’i 18 daqiqa bor edi.
  • 1:26 - 1:28
    Shunday qilib, boyagina aytib o’tganimdek…
  • 1:28 - 1:33
    (Kulgi)
  • 1:36 - 1:38
    Albert Gor to’g’ri aytadi,
  • 1:38 - 1:41
    biz yirik inqiroz qarshisida turibmiz. Shak-shubhasiz.
  • 1:41 - 1:44
    Agar kim bunga ishonmasa, ko’chaga chiqib qarasin.
  • 1:44 - 1:47
    (Kulgi)
  • 1:47 - 1:50
    Ammo, mening fikrimcha, biz yana bitta, undan ham
  • 1:51 - 1:53
    jiddiyroq ekologik inqirozning guvohi bo’lib turibmiz.
  • 1:53 - 1:56
    Uning kelib chiqishi ham juda o’xshash,
  • 1:56 - 1:59
    unga e’tibor qaratishimiz esa juda muhim.
  • 1:59 - 2:01
    Men nimani nazarda tutayapman?
  • 2:01 - 2:03
    Oralaringizdan kimdir aytishi mumkin: “Qo’ysangiz-chi,
  • 2:03 - 2:05
    bizga bitta inqiroz ham yetib ortadi,
  • 2:05 - 2:08
    boshqasi kerakmas”, deb.
  • 2:08 - 2:10
    Ammo, bu yerda tabiiy resurslar inqirozi emas,--
  • 2:10 - 2:13
    albatta u ham muhim--
  • 2:13 - 2:15
    balki inson resurslari inqirozi haqida gap ketmoqda.
  • 2:15 - 2:17
    So’zga chiqqanlarning ko’pchiligi
  • 2:17 - 2:19
    aytib o’tishganidek, biz o’zimizdagi iqtidorni
  • 2:19 - 2:22
    yaxshi ishga sola olmaymiz.
  • 2:22 - 2:25
    Bunga ishonchim komil.
  • 2:25 - 2:27
    Ko’p hollarda kishilar hayotda shunday yashab o’tishadiki,
  • 2:27 - 2:30
    biror nimada talant, qobiliyatlari
  • 2:30 - 2:32
    borligidan bexabar qolishadi.
  • 2:32 - 2:34
    Hech narsada qobiliyatim yo’q, deb ta’kidlovchi
  • 2:34 - 2:37
    odamlarni o’zim shaxsan ko’p uchratganman.
  • 2:38 - 2:41
    Men hozirda dunyoni ikkiga ajratadigan bo’lganman.
  • 2:41 - 2:44
    Buyuk utilitarizm faylasufi Jeremi Bentam
  • 2:44 - 2:46
    o’z vaqtida bunday yondashuvni tanqid qilgan edi.
  • 2:46 - 2:48
    U aytgan edi: “Dunyoda odamlar ikki toifaga
  • 2:48 - 2:50
    bo’linadi: bir qism odamlar dunyoni ikki toifaga bo’lsa,
  • 2:50 - 2:52
    ikkinchi qism odamlar bunday qilishmaydi.”
  • 2:52 - 2:55
    (Kulgi)
  • 2:57 - 2:59
    Diqqat: “Men dunyoni ikkiga bo’laman”.
  • 2:59 - 3:01
    (Kulgi)
  • 3:04 - 3:06
    Turli xil odamlarni uchrataman: ular
  • 3:06 - 3:09
    o’z kasblaridan mamnun emaslar.
  • 3:09 - 3:11
    Qay usul bilan bo’lsa-da,
  • 3:11 - 3:13
    o’z sharoitlariga moslashib olib, aslida bundan bahra olishmaydi.
  • 3:13 - 3:15
    Ishni qalbdan his qilib emas,
  • 3:15 - 3:18
    balki qo’l uchida qilishadi;
  • 3:18 - 3:21
    dam olish kuni qachon kelarkan, deb yurishadi.
  • 3:21 - 3:23
    Shu bilan birga, o’z ishini yurakdan sevib,
  • 3:23 - 3:25
    hayotini usiz tasavvur qila olmaydigan
  • 3:25 - 3:27
    odamlarni ham bilaman.
  • 3:27 - 3:30
    “Bu ishingizni tashlang”, deb aytib ko’ring ularga –
  • 3:30 - 3:33
    – gapingizni tushunishni ham xohlashmaydi.
  • 3:33 - 3:35
    “Ishimni to'xtatish xayolimga ham kelmaydi,
  • 3:35 - 3:37
    chunki u mening qalbimga kirib borgan.
  • 3:37 - 3:39
    Bu mening o'zligim".
  • 3:39 - 3:42
    Faqatgina kamchilik odamlar o’zlari haqida bunday deb ayta oladilar.
  • 3:42 - 3:44
    Ko’pchilik uchun esa
  • 3:44 - 3:46
    vaziyat umuman boshqacha.
  • 3:46 - 3:48
    Menimcha, bu holatning mohiyatini
  • 3:48 - 3:50
    ochib beradigan birqancha sabablar bor.
  • 3:50 - 3:52
    Ulardan eng ko’p tilga olinadigani -
  • 3:52 - 3:54
    ta’lim.
  • 3:54 - 3:56
    Chunki ta’lim ko’pgina talabalarni
  • 3:56 - 3:58
    ularning tug’ma qobiliyatlaridan
  • 3:58 - 4:00
    ancha uzoqlashtiradi.
  • 4:00 - 4:03
    Inson resurslari esa tabiiy boyliklarga o’xshaydi:
  • 4:03 - 4:05
    ular odatda ancha chuqur joylashgan bo'ladi.
  • 4:05 - 4:07
    Qidirib topishingiz kerak bo'ladi.
  • 4:07 - 4:09
    Talant “mana men” deb o’zini ko’rsatmaydi.
  • 4:09 - 4:12
    Talant yuzaga chiqishi uchun sharoit kerak.
  • 4:12 - 4:14
    Bir qaraganda, ta’lim tizimi
  • 4:14 - 4:16
    ularni yuzaga chiqarish uchun xizmat qilayotgandek.
  • 4:16 - 4:18
    Ammo, ko'pincha bunday emas.
  • 4:18 - 4:20
    Dunyodagi har bitta ta’lim tizimi
  • 4:20 - 4:22
    hozirda islohot bosqichida.
  • 4:22 - 4:24
    Bu lekin yetarli emas.
  • 4:24 - 4:26
    Islohotlar samara bermay qo'ydi, chunki
  • 4:26 - 4:29
    ular ishlamaydigan modelni takomillashtirishga mo’ljallangan.
  • 4:29 - 4:31
    Bizga esa...
  • 4:31 - 4:33
    to’g’ri, bu so’z konferensiyada ko’p qo’llanildi…
  • 4:33 - 4:35
    bizga ta’limdagi evolyutsia emas,
  • 4:35 - 4:38
    balki ta'limdagi revolyutsiya kerak.
  • 4:38 - 4:40
    Unga butkul yangicha
  • 4:40 - 4:42
    shakl bermoq lozim.
  • 4:42 - 4:47
    (Qarsaklar)
  • 4:48 - 4:50
    Eng murakkab vazifalardan biri
  • 4:50 - 4:52
    ta’limga fundamental o’zgarishlar
  • 4:52 - 4:54
    kiritish hisoblanadi.
  • 4:54 - 4:56
    Innovatsiya kiritish doimo qiyin bo’lgan.
  • 4:56 - 4:58
    Chunki bu ko’pchilik qabul qilishi amri mahol bo’lgan
  • 4:58 - 5:00
    narsani boshlash degani.
  • 5:00 - 5:03
    Bu degani shu paytgacha ravshan, isbot talab qilmaydigan
  • 5:03 - 5:06
    narsalarni shubha ostiga qo’yish degani.
  • 5:06 - 5:08
    Islohot yoki o’zgarishlarni o’tkazishda eng katta
  • 5:08 - 5:10
    muammolardan biri bu
  • 5:10 - 5:12
    an’anaviy fikr tarzining ustinligidir.
  • 5:12 - 5:14
    Bunda odamlar taxminan quyidagicha fikrlaydilar:
  • 5:14 - 5:16
    “Boshqacha bo’lishi mumkin emas, bu ish har doim shunday qilib kelingan.”
  • 5:16 - 5:19
    Men yaqinda Avraam Linkolnning quyidagi ajoyib so’zlarini o’qib qoldim…
  • 5:19 - 5:22
    Buni sizlarga o’qib bersam u bundan xursand bo’ladi, deb o’ylayman.
  • 5:22 - 5:24
    (Kulgi)
  • 5:24 - 5:27
    Bu so’zlar 1862 yilning dekabrida,
  • 5:27 - 5:30
    Kongressning ikkinchi yillik kengashida aytilgan.
  • 5:31 - 5:34
    Ha, shuni ham aytib o’tishim kerakki, bu vaqtda mamlakatda nimalar bo’lib o’tgani haqida tasavvurim yo’q.
  • 5:36 - 5:38
    Chunki bizda, Buyuk Britaniyada, Amerika tarixini o’tilmaydi.
  • 5:38 - 5:40
    (Kulgi)
  • 5:40 - 5:43
    Biz uni taqiqlaymiz –siyosatimiz shu.
  • 5:43 - 5:45
    (Kulgi)
  • 5:46 - 5:48
    Ammo ishonchim komilki, 1862 yilning dekabrida qandaydir qiziqali voqealar bo’lib o’tgan.
  • 5:48 - 5:50
    Bu haqda auditoriyamizning amerikalik
  • 5:50 - 5:52
    vakillariga yaxshi ma’lum bo’lsa kerak.
  • 5:53 - 5:55
    Demak, Linkoln quyidagilarni aytgan edi:
  • 5:55 - 5:57
    “Osoyishta o’tmishda
  • 5:57 - 5:59
    ish bergan aqidalar
  • 5:59 - 6:02
    bugunning shiddatiga dosh bera olmaydi.
  • 6:02 - 6:04
    Bizning yuksak maqsadimiz
  • 6:04 - 6:06
    sari yo’l cheksiz mushkulliklar ichra o’tadi.
  • 6:06 - 6:09
    Biz u bilan baravar balandlikda bo’lishimiz kerak.”
  • 6:09 - 6:11
    Menga mana shu qismi yoqadi:
  • 6:11 - 6:14
    balandlikka “ko’tarilish” emas, aynan “baravar” bo’lish.
  • 6:15 - 6:17
    “Bizning ishimiz misli ko’rilmagan bo’lib,
  • 6:17 - 6:20
    o’ylarimiz va amallarimiz ham mislsiz
  • 6:20 - 6:23
    bo’lmog’i darkor.
  • 6:23 - 6:26
    Qachonki odatiylik kishanidan xalos bo’lar ekanmiz,
  • 6:26 - 6:29
    o’shandagina mamlakatni qutqara olamiz.”
  • 6:29 - 6:31
    “Odatiylik kishani” jumlasi menga alohida yoqib tushdi.
  • 6:31 - 6:33
    Bu nimani anglatadi, bilasizlarmi?
  • 6:33 - 6:36
    Biz o’zimiz hech bir isbotsiz qabul qiladigan,
  • 6:36 - 6:38
    kunday ravshan deb biladigan
  • 6:38 - 6:40
    g’oyalarga chulg’anib qolganmiz.
  • 6:40 - 6:42
    Vaholanki, o’sha g’oyalarning ko’pi
  • 6:42 - 6:45
    bizning bugungi sharoitimizga mos bo’lmay,
  • 6:45 - 6:48
    balki o’tgan asrlar muammolarini hal qilishga xizmat qilib kelgan.
  • 6:48 - 6:50
    Ammo ular hali ham ongimizni kishanlab turibdi
  • 6:50 - 6:53
    va bizning vazifamiz bu kishanlarning ayrimlaridan qutulishdir.
  • 6:53 - 6:56
    Ammo, buni aytish osonu, qilish qiyin.
  • 6:56 - 6:59
    Aynan qaysi g’oyalar isbot talab qilmasligini aniqlash juda mushkul ish. (Kulgi)
  • 6:59 - 7:02
    Chunki biz u g’oyalarga qattiq ishonib qolganmiz.
  • 7:02 - 7:05
    Sizga isbot talab qilmaydigan biror narsa haqida savol bersam.
  • 7:05 - 7:08
    Aytaylik, shu zalda yoshi 25 dan yuqori bo’lganlar qo’llarini ko’tarishsin.
  • 7:08 - 7:10
    Yo’q, bu narsa siz isbotsiz qabul qiladigan narsalar toifasidan emas.
  • 7:10 - 7:12
    Aminmanki, bu sizga ma’lum.
  • 7:12 - 7:15
    Xo’sh, shu yerda yoshi 25 gacha bo’lganlar bormi?
  • 7:15 - 7:18
    Yaxshi. Endi esa yoshi 25 dan yuqori bo’lganlar
  • 7:18 - 7:21
    orasidan qo’l soati taqadiganlarni ko’rmoqchiman.
  • 7:21 - 7:24
    Ko’pchilik ekanmiz, to’g’rimi?
  • 7:24 - 7:27
    Shu savolni bir guruh o’smirlarga berib ko’ring.
  • 7:27 - 7:29
    O’smirlar qo’l soatidan foydalanishmaydi.
  • 7:29 - 7:31
    Ularga man qilingani yoki imkoni yo’qligidan emas,
  • 7:31 - 7:33
    balki shunchaki soat taqmaslikni afzal bilishadi.
  • 7:33 - 7:35
    Gap shundaki, biz hammamiz – yoshi 25 dan yuqori
  • 7:35 - 7:38
    bo’lgan insonlar raqamli asrdan oldingi davrda ulg’aydik.
  • 7:38 - 7:40
    Vaqtni bilish uchun soat
  • 7:40 - 7:42
    taqishga o’rganib qoldik.
  • 7:42 - 7:45
    Hozir esa bolalar raqamli asrda katta bo’lishmoqda
  • 7:45 - 7:47
    a soat necha bo’lganini hammayog’dan bilib olaverishadi.
  • 7:47 - 7:49
    Vaqtni bilish uchun biror narsa taqib yurishga ehtiyoj sezishmaydi.
  • 7:49 - 7:51
    Aslida sizda ham bunday ehtiyoj yo’q,
  • 7:51 - 7:54
    ammo soatga o’rganib qolganingiz uchun hali ham taqasiz.
  • 7:54 - 7:57
    Mening qizim Keyt – u 20 yoshda – qo’l soatidan mutlaqo foydalanmaydi.
  • 7:57 - 7:59
    Unga bu narsaning nega kerakligini tushuntirish befoyda.
  • 7:59 - 8:02
    Aytadi: “Bu - yagona funksiyali apparat.”
  • 8:02 - 8:07
    (Kulgi)
  • 8:07 - 8:10
    “Bu nima degan gap...”
  • 8:10 - 8:12
    Men esa unga javoban: “Yo’q, yo’q, qara. Bugungi sanani ham ko’rsatyapti!”
  • 8:12 - 8:16
    (Kulgi)
  • 8:17 - 8:20
    “U ko’pfunksiyali apparat.”
  • 8:20 - 8:23
    Ta’limda biz aytib o’tgan o’sha “odatiylik kishanlari” mavjud.
  • 8:23 - 8:25
    Men hozir bir-ikkita misol keltiraman.
  • 8:25 - 8:28
    Birinchisi – liniyaviylik tushunchasi.
  • 8:28 - 8:31
    Aytaylik, mana bu yer boshi,
  • 8:31 - 8:33
    va hamma narsa rejadagidek amalga oshsa, ikkinchi nuqtaga – yakunga yetib kelasiz
  • 8:33 - 8:35
    va bunga butun umringizni sarflaysiz.
  • 8:37 - 8:39
    Vaholanki, bizning konferensiyamizdagi har bitta chiqish,
  • 8:39 - 8:42
    xoh bevosita, xoh va bilvosita bo’lsin, butkul boshqa fikrni tasdiqlamoqda:
  • 8:42 - 8:45
    hayot liniyaviy emas, balki organik hisoblanadi
  • 8:45 - 8:47
    Biz hayotimizni shunday simbiotik yo’l bilan izga solamizki,
  • 8:47 - 8:49
    bunda qobiliyatlarimiz ularning o’zi
  • 8:49 - 8:52
    yaratgan sharoitlarda rivoj topadi.
  • 8:52 - 8:54
    Ammo biz liniyaviy rivojlanishga
  • 8:54 - 8:56
    o’ta ko’nikib qolganmiz.
  • 8:56 - 8:58
    Biz uchun ta’limning eng yuksak cho’qqisi
  • 8:58 - 9:00
    bu universitetga kirish sanaladi.
  • 9:00 - 9:03
    Aytgan bo’lardimki, universitetlarga, aniqrog’i, nufuzli universitetlarga
  • 9:03 - 9:05
    kirish tushunchasiga mukkasidan ketganmiz.
  • 9:05 - 9:07
    O’qishga kirish noto’g’ri demoqchi emasman. Aytmoqchimanki, har kim ham
  • 9:07 - 9:09
    oliy o’quv yurtiga kirishi shart emas va hamma ham hozirning o’zida kirishi shart emas.
  • 9:09 - 9:11
    Keyinroq ham kirish mumkin, aynan hozir emas.
  • 9:11 - 9:13
    Yaqinda San-Fransiskoda kitoblarimga imzo qo’yish marosimida
  • 9:13 - 9:15
    yoshi 30 larda bo’lgan bir xaridor
  • 9:15 - 9:17
    kelib o’zini tanishtirdi.
  • 9:17 - 9:19
    “Nima bilan shug’ullanasiz?”, deb so’radim men.
  • 9:19 - 9:22
    “O’t o’chiruvchiman.”
  • 9:22 - 9:24
    “Qachondan beri?”
  • 9:24 - 9:26
    “Men doim o’t o’chiruvchi bo’lib kelganman.”
  • 9:26 - 9:28
    Shunda men yana so’radim: “Qachon shu qarorga kelgansiz?”
  • 9:28 - 9:31
    “Bolaligimda.” U davom etdi: “Aslida mening bu qarorim maktabda
  • 9:31 - 9:34
    ayrim muammolarga sabab bo’lgandi. Chunki maktabda hamma o’t o’chiruvchi bo’lishni orzu qilardi.
  • 9:34 - 9:37
    Lekin men rostdan ham o’t o’chiruvchi bo’lmoqchi edim.
  • 9:37 - 9:40
    Yuqori sinflarga o’tganimda o’qituvchilarim meni
  • 9:40 - 9:43
    umuman jiddiy qabul qilishmasdi.
  • 9:43 - 9:45
    Ayniqsa, bitta o’qituvchim.
  • 9:45 - 9:47
    U menga bu qarorni qabul qilsam,
  • 9:47 - 9:49
    butun umrimni behudaga sarflashim,
  • 9:49 - 9:52
    uning o’rniga universitetga kirib biron soha mutaxassisi bo’lishim kerakligini aytardi.
  • 9:52 - 9:54
    Men o’z salohiyatimni, talantimni
  • 9:54 - 9:56
    ko’kka sovurayotgan emishman.”
  • 9:56 - 9:58
    Suhbatdoshim davom etdi: “Buni ayniqsa butun sinf oldida eshitish
  • 9:58 - 10:00
    menga yoqmasdi, o’zimni juda noqulay sezardim.
  • 10:00 - 10:02
    Rostdan ham shu kasbni egalamoqchi bo’lganim uchun maktabni bitiriboq,
  • 10:02 - 10:05
    o’t o’chirish xizmatiga ariza topshirdim va meni qabul qilishdi.”
  • 10:05 - 10:07
    U davom etardi: “Bir necha daqiqa oldin, siz nutq so’zlayotgan paytingizda
  • 10:07 - 10:10
    o’sha o’qituvchimni esga olib turgandim.
  • 10:10 - 10:12
    Sababi, olti oy muqaddam men uning
  • 10:12 - 10:14
    hayotini saqlab qoldim.”
  • 10:14 - 10:16
    (Kulgi)
  • 10:16 - 10:18
    “Avtohalokat sodir bo’lgan edi.
  • 10:18 - 10:21
    Men o’sha o’qituvchimni mashinadan chiqarib oldim, sun’iy nafas oldirdim.
  • 10:21 - 10:24
    Halokat joyida xotinini ham qutqarib qoldim.
  • 10:24 - 10:26
    Menimcha, shundan keyin o’qituvchimning men haqimdagi fikri biroz o’zgardi.”
  • 10:26 - 10:28
    (Kulgi)
  • 10:28 - 10:33
    (Qarsaklar)
  • 10:34 - 10:36
    Fikrimcha, har qanday jamiyat
  • 10:36 - 10:38
    iqtidorlar xilma-xilligiga muhtoj,
  • 10:38 - 10:40
    qobiliyat haqidagi
  • 10:40 - 10:43
    yakka tushunchaga emas.
  • 10:43 - 10:45
    Bizning bosh vazifamiz esa…
  • 10:45 - 10:47
    (Qarsaklar)
  • 10:47 - 10:49
    oldimizda turgan asosiy vazifa esa
  • 10:49 - 10:51
    iqtidor va zakovat tuyg’usini
  • 10:51 - 10:53
    qayta shakllantirishdir.
  • 10:53 - 10:55
    Bitta muammo – liniyaviylik, bu haqda gapirib o’tdik.
  • 10:55 - 10:57
    Bundan 9 yil muqaddam Los-Anjelesga
  • 10:57 - 10:59
    oilaviy ko’chib o’tganimizda
  • 10:59 - 11:02
    bir yaxshigina tamoyillar deklaratsiyasiga ko’zim tushdi.
  • 11:02 - 11:04
    U mana bunday so’zlar bulan boshlanardi:
  • 11:04 - 11:07
    “Universitet bog’cha ostonasidan boshlanadi”.
  • 11:09 - 11:11
    Kechirasiz-u, bu noto’g’ri.
  • 11:11 - 11:14
    (Kulgi)
  • 11:14 - 11:16
    Bo’lishi mumkin emas.
  • 11:16 - 11:19
    Bu haqda batafsilroq to’xtalgan bo’lardim-u, ammo vaqtimiz yetmaydi.
  • 11:19 - 11:21
    (Kulgi)
  • 11:21 - 11:23
    Bog’cha ostonasida bog’cha boshlanadi.
  • 11:23 - 11:25
    (Kulgi)
  • 11:25 - 11:27
    Mening bir do’stim aytgandi:
  • 11:27 - 11:30
    “Uch yoshli bola olti yosharning yarmi degani emas”.
  • 11:30 - 11:32
    (Kulgi)
  • 11:32 - 11:37
    (Qarsaklar)
  • 11:37 - 11:39
    U uch yashar, xolos.
  • 11:39 - 11:41
    Hozirgina qilingan nutqda
  • 11:41 - 11:44
    biz bolalar bog’chasiga,
  • 11:44 - 11:46
    yaxshi bog’chaga bolani joylashtirish uchun qanday
  • 11:46 - 11:49
    jiddiy raqobat ketayotgani haqida eshitdik.
  • 11:51 - 11:53
    Tasavvur qiling, uch yashar bola komissiya qarshisida o’tiribdi.
  • 11:53 - 11:55
    Qattiqqo’l komissiya vakillari uning anketasini varaqlashayapti.
  • 11:55 - 11:58
    (Kulgi)
  • 11:58 - 12:00
    “Bor-yo’g’i shumi?”
  • 12:00 - 12:02
    (Kulgi)
  • 12:02 - 12:05
    (Qarsaklar)
  • 12:05 - 12:08
    “Uch yoshga to’libsan-u, shumi qilgan ishlaring?”
  • 12:08 - 12:15
    (Kulgi)
  • 12:15 - 12:18
    “Hech narsaga erishmabsan, bola.”
  • 12:18 - 12:21
    “Dastlabki 6 oyni sut emish bilan o’tkazibsan, shu xolos!”
  • 12:21 - 12:24
    (Kulgi)
  • 12:26 - 12:29
    Mana shunaqa bo’lmag’ur ishlar sodir bo’layapti.
  • 12:29 - 12:31
    Ikkinchi katta muammo - birxillik.
  • 12:31 - 12:33
    Ta’lim tizimini biz fastfud oshxonasi
  • 12:33 - 12:35
    modeliga asosanib tuzganmiz.
  • 12:35 - 12:38
    Bu haqda yaqinda Jeymi Oliver gapirib o’tdi.
  • 12:38 - 12:40
    Umumiy ovqatlanish sohasida sifat kafolatining ikki xil modeli bor.
  • 12:40 - 12:42
    Birinchisi - hamma narsa
  • 12:42 - 12:44
    andozalashtirilgan fastfud.
  • 12:44 - 12:46
    Ikkinchisiga Zagat yoki Michelin misol bo’la oladi.
  • 12:46 - 12:48
    Bu tizimlar andozalashtirilmagan, balki
  • 12:48 - 12:50
    mahalliy talablarga moslashtirilgan.
  • 12:50 - 12:53
    mahalliy talablarga moslashtirilgan.
  • 12:53 - 12:56
    Bu narsa ruhimiz va aqliy quvvatimizni qashshoqlashtirmoqda.
  • 12:56 - 12:59
    Xuddi fastfud tanamizga putur yetkazganidek.
  • 12:59 - 13:04
    (Qarsaklar)
  • 13:05 - 13:07
    Siz bilan avvalo bir narsani tushunib olaylik.
  • 13:07 - 13:10
    Birinchidan, inson talanti g’oyat turli-tuman.
  • 13:10 - 13:12
    Har bitta odamning o’ziga yarasha qandaydir qobiliyati bor.
  • 13:12 - 13:14
    Yaqinda bir narsani angladim:
  • 13:14 - 13:16
    Bolaligimda menga gitara sovg’a qilishgan vaqt
  • 13:16 - 13:19
    Erik Klapton o’zining birinchi gitarasini qo’lga olgan paytga to’g’ri kelar ekan.
  • 13:20 - 13:23
    Bu narsaning Erikka foydasi tegdi. Shuni ayytmoqchiman, xolos.
  • 13:23 - 13:25
    (Kulgi)
  • 13:25 - 13:27
    Menga esa ish bermadi.
  • 13:27 - 13:30
    Qanchalik urinmayin, cholg’udan hech bir
  • 13:30 - 13:32
    eshitgulik sado chiqara olmadim.
  • 13:32 - 13:34
    (Kulgi)
  • 13:37 - 13:39
    U qildim, bu qildim – bo’lmadi.
  • 13:39 - 13:41
    Chunki, hamma gap ishtiyoqda.
  • 13:41 - 13:43
    Odatda bizni kam qiziqtiradigan narsalarni yaxshi uddalaymiz.
  • 13:43 - 13:45
    Aytmoqchi bo’lganim -
  • 13:45 - 13:48
    ruh va quvvatni yuzaga chiqaruvchi ishtiyoq.
  • 13:48 - 13:51
    Agar sevgan ishingiz bilan shug’ullansangiz, uning yaxshi uddasidan chiqsangiz,
  • 13:51 - 13:54
    vaqtingizni butkul boshqacha o’tkazasiz.
  • 13:54 - 13:57
    Rafiqam yaqindagina bir roman yozib tugatdi.
  • 13:57 - 13:59
    Uning asari ajoyib chiqdi,
  • 13:59 - 14:02
    ammo uni yozish uchun odatda bir necha soat yo’q bo’lib ketardi.
  • 14:02 - 14:04
    O’zingiz bilasiz – yoqtirgan ishingizni qilayotganingizda
  • 14:04 - 14:07
    soatlar daqiqadek o’tib ketadi.
  • 14:07 - 14:09
    Lekin qalbingizda aks topmagan narsalarni qilganingizda
  • 14:09 - 14:11
    besh daqiqa bir soatdek tuyuladi.
  • 14:11 - 14:14
    Ko’pchilik ta’limni tashlab ketishiga sabab shuki,
  • 14:14 - 14:16
    Ko’pchilik ta’limni tashlab ketishiga sabab shuki,
  • 14:16 - 14:19
    kuch-quvvat va ishtiyoq bag’ishlamaydi.
  • 14:19 - 14:22
    Majoziy ma’noda gapiradigan bo’lsak, ta’limning
  • 14:22 - 14:25
    sanoatga asoslangan modelidan,
  • 14:25 - 14:27
    ishlab chiqarishga, liniyaviylikka,
  • 14:27 - 14:29
    bir xillikka asoslangan modelidan
  • 14:29 - 14:32
    voz kechishimiz darkor.
  • 14:32 - 14:34
    Aslida dehqonchilik tamoyillariga asoslangan
  • 14:34 - 14:37
    model tomon harakatlanishimiz lozim.
  • 14:37 - 14:40
    Bir narsani tan olaylik:
  • 14:40 - 14:42
    insonning rivojlanishi mexanik emas,
  • 14:42 - 14:44
    ko’proq organik jarayondir.
  • 14:44 - 14:47
    Har bitta shaxs rivojining natijasini oldindan ayta olmaymiz;
  • 14:47 - 14:49
    biz faqat uning o’sishi uchun
  • 14:49 - 14:51
    shart-sharit yaratib bera olamiz –
  • 14:51 - 14:53
    xuddi dehqonchilikda bo’lgani singari.
  • 14:53 - 14:56
    Demak, ta’lim islohoti, uni shaklan yangilash
  • 14:56 - 14:59
    bu mavjud tizimlarni klonlashtirish emas ekan.
  • 14:59 - 15:01
    Ajoyib tizimlar ham yo’q emas, masalan, KIPP.
  • 15:01 - 15:03
    Boshqalari ham bor.
  • 15:03 - 15:06
    Ammo bizning maqsadimiz sharoitlarga moslashish,
  • 15:06 - 15:08
    ta’limni o’quvchining shaxsiy talablariga
  • 15:08 - 15:10
    mos ravishda inidividuallashtirisdir.
  • 15:10 - 15:12
    Bu ishlar, nazarimda, kelajakdagi
  • 15:12 - 15:14
    vazifalarimizga mos keladi.
  • 15:14 - 15:17
    Biz mavjud yechimlarni takomillashtirish va kengaytirish emas,
  • 15:17 - 15:19
    balki har bir kishi o’z shaxsiy yechimini topa oladigan,
  • 15:19 - 15:22
    shu bilan birga, individual dastur tamoyillariga asoslangan tashqi yordamdan
  • 15:22 - 15:25
    foydalana oladigan ta’lim sohasi yo’nalishini yaratish haqida gapirmoqdamiz.
  • 15:25 - 15:27
    Ushbu zalda biznes,
  • 15:27 - 15:29
    multimedia va Internetdagi
  • 15:29 - 15:31
    favqulodda noyob manbalar
  • 15:31 - 15:33
    vakillari to’planishgan.
  • 15:33 - 15:35
    Bu texnologiyalar hamda ularni boshqaradigan
  • 15:35 - 15:38
    yuksak iqtidorli murabbiylar ta’lim tizimidagi
  • 15:38 - 15:41
    transformatsiya uchun munosib sharoit yaratadilar.
  • 15:41 - 15:43
    Va men sizlarni shu jarayonda ishtirok etishga chorlamoqchiman.
  • 15:43 - 15:45
    Bu nafaqat o’zimiz, balki bolalarimiz kelajagi
  • 15:45 - 15:47
    uchun ham juda muhimdir.
  • 15:47 - 15:49
    Ammo buning uchun industrial modelni
  • 15:49 - 15:51
    dehqonchilik modeliga aylantirishimiz kerak,
  • 15:51 - 15:54
    toki ertaga har bitta maktab taraqqiy topsin.
  • 15:54 - 15:56
    U yerda bolalar chinakam hayotni his qilsin.
  • 15:56 - 15:58
    Yoki, kerak bo’lsa, o’z uylarida – oila a‘zolari va
  • 15:58 - 16:00
    do’stlari yonida samarali ta’lim olishsin.
  • 16:00 - 16:02
    Keyingi bir necha kun ichida biz siz bilan
  • 16:02 - 16:05
    orzu-istaklar haqida ko’p yaxshi so’zlar eshitdik.
  • 16:05 - 16:07
    Shu fursatdan foydalanib men ham, qisqacha...
  • 16:07 - 16:10
    Kuni kecha men Natali Merchantning qo’shiqlari,
  • 16:10 - 16:12
    eski dostonlarning aranjirovkasidan ancha ta’sirlandim.
  • 16:12 - 16:14
    Men sizga U.B. Yeytsning she’riyatidan
  • 16:14 - 16:17
    bir parcha o’qib bermoqchiman. Uning nomi sizlarga, ehtimol, tanishdir.
  • 16:17 - 16:19
    O’z sevgilisi Mod Gonnga atab yozgan
  • 16:19 - 16:21
    bu misralarida shoir
  • 16:21 - 16:24
    o’zining nochrligi, ma’shuqasi kutgan narsalarni
  • 16:24 - 16:27
    unga bera olmaslidan kuyunadi.
  • 16:27 - 16:30
    U yozadi: “Menda boshqa narsalar bor, ammo ular senga keraksiz bo’lishi mumkin”.
  • 16:30 - 16:32
    Mana o’sha misralar:
  • 16:32 - 16:35
    “Bo’lsa edi menda shunday bir mato:
  • 16:35 - 16:37
    Zarrin quyosh nuridan to’qilgan,
  • 16:37 - 16:39
    Kumush oy nuriga yo’g’rilgan.
  • 16:39 - 16:41
    Unda ham shafaq,
  • 16:41 - 16:43
    ham tong jilolari
  • 16:43 - 16:46
    mujassam.
  • 16:46 - 16:49
    Shu matoni yo’lingga poyandoz qilsam...
  • 16:49 - 16:52
    Aytgin, qashshoqning nimasi bor?
  • 16:52 - 16:55
    Orzui va istagi bor. Shu, xolos.
  • 16:55 - 16:58
    O’tinaman sendan, ohista oyoq bos.
  • 16:58 - 17:00
    Chunki
  • 17:00 - 17:03
    bu mening orzularim.
  • 17:03 - 17:06
    Har kuni, har lahza farzandlarimiz katta umidlar bilan
  • 17:06 - 17:09
    o’z orzularini oyoqlarimiz ostiga yoyadilar. Bu poyandoz ustiga
  • 17:09 - 17:12
    ohista qadam qo’yaylik.
  • 17:12 - 17:14
    Rahmat.
  • 17:14 - 17:31
    (Olqishlar)
  • 17:31 - 17:33
    Tashakkur.
Title:
Ser Ken Robinson: Ta’limda katta o’zgarishlar kerak
Speaker:
Sir Ken Robinson
Description:

O'zining zukko va quvnoq ruhda taqdim etilgan nutqida Ser Ken Robinson andozalashtirilgan maktab tizimidan individuallashtirilgan ta'limga o'tish, ya'ni bolalarning iqtidorlari ko'proq yuzaga chiqadigan sharotlarni yaratish haqida so'z yuritadi. Bu chiqish notiqning 2006 yildagi chiqishining davomidir.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
17:37
Otabek Gulyamov added a translation

Uzbek subtitles

Revisions