Prokrastinatsiya ustasining ongida
-
0:01 - 0:02Universitetda men
-
0:03 - 0:05davlat boshqaruvini o'rgandim.
-
0:05 - 0:07Shuning uchun menga ko'p yozma
ishlar berishardi. -
0:07 - 0:09Oddiy talabalar buni bajarishda
-
0:09 - 0:12ishni quyidagidek taqsimlashadi.
-
0:12 - 0:13Demak, tushundingiz...
-
0:13 - 0:15Oz-ozdan boshlaysiz,
-
0:15 - 0:17Birinchi hafta
-
0:17 - 0:19xuddi shunday hajmda yozasiz.
-
0:19 - 0:20Keyin ishni yanada tezlashtirib,
-
0:20 - 0:23so'ngida o'z vaqtida topshirish uchun.
-
0:23 - 0:24(Kulgu)
-
0:24 - 0:26Men ham doim shunday qilishni xohlaganman.
-
0:26 - 0:27Shunday reja qilganman.
-
0:27 - 0:30Shunday ham bo'lganki, men deyarli
ishni boshlardimu -
0:30 - 0:32keyin hammasi birdan o'z-o'zidan
buzilib ketardi. -
0:32 - 0:34Keyin mana bunday holat yuzaga kelardi.
-
0:34 - 0:37(Kulgu)
-
0:37 - 0:39Doim shunaqa bo'laverardi.
-
0:40 - 0:44Keyin esa 90 betlik diplom ishini yozish
vaqti keldi. -
0:44 - 0:46g'oyasi bo'yicha unga bir yil ajratilardi.
-
0:46 - 0:49Biroq diplom ishi uchun bu yondashuvim
ish bermaydi deya fikrlay boshladim. -
0:49 - 0:51Bu juda katta proyekt.
-
0:51 - 0:52Hammasini rejalashtirib,
-
0:52 - 0:55quyidagicha ish tutishga qaror qildim.
-
0:56 - 0:57Bu mening bir yillik rejam.
-
0:57 - 0:59Behazil, boshlayman, dedim o'zimga.
-
0:59 - 1:02O'rtasiga yaqin tempni oshiraman,
-
1:02 - 1:04oxirroqda esa yanada tezlashaman.
-
1:04 - 1:06Shunday zinapoya kelib chiqdi.
-
1:06 - 1:08Zinama-zina ko'tarilish - oddiy!
-
1:08 - 1:10Juda oson, to'g'rimi?
-
1:11 - 1:13Lekin keyin qiziq narsa yuz berdi.
-
1:13 - 1:14Dastlabki oylar
-
1:15 - 1:16kelishdi va ketishdi,
-
1:16 - 1:18men xatto boshlaganim ham yo'q.
-
1:18 - 1:20Shuning uchun yangi reja paydo bo'ldi.
-
1:20 - 1:21Aniqroq.
-
1:21 - 1:22Keyin esa...
-
1:22 - 1:24(Kulgu)
-
1:24 - 1:27Ketidan o'rtadagi oylar ham o'tib ketdi.
-
1:27 - 1:29Men esa yozishni boshlamadim ham.
-
1:29 - 1:31Shunday jarayon...
-
1:32 - 1:34Keyin esa ikki oy bir oyga aylandi,
-
1:34 - 1:36keyin ikki haftaga.
-
1:36 - 1:37Bir kuni uyg'onsam,
-
1:38 - 1:40topshirish kunigacha uch kun qolgan.
-
1:42 - 1:43Menda birorta so'z ham yozilmagan.
-
1:43 - 1:46Shuning uchun men yagona yo'lni tanladim:
-
1:46 - 1:4890 ta betni 72 soatda yozdim.
-
1:48 - 1:50Bittamas, ikkita to'liq tunni
uyqusiz o'tkazib. -
1:50 - 1:53Inson uchun ikkita ketma-ket uyqusiz tun
juda zarar. -
1:54 - 1:56Butun kampus bo'ylab yugurib bordim,
-
1:56 - 1:58sekinlashtirilgan kadrdagidek.
-
1:58 - 2:00Oxirgi soniyada topshirishga ulgurdim.
-
2:00 - 2:02Endi hammasini qutuldim deb o'ylagan edim.
-
2:02 - 2:04Lekin bir hafta o'tgach
-
2:04 - 2:05o'qishdan telefon qilishdi.
-
2:06 - 2:07So'rashdi: "Tim Urban?"
-
2:07 - 2:09Javob berdim: "Xa".
-
2:09 - 2:11"Diplom ishingizni muhokama
qilishimiz kerak". -
2:11 - 2:13"Yaxshi", - dedim.
-
2:13 - 2:15Ular davom etishdi:
-
2:15 - 2:17"Bu xotiramizdagi eng zo'r diplom ishi"
-
2:17 - 2:19(Kulgu)
-
2:20 - 2:23(Qarsaklar)
-
2:25 - 2:26Afsuski, unaqa bo'lmadi.
-
2:26 - 2:28(Kulgu)
-
2:28 - 2:31Diplom ishi juda-juda yomon edi.
-
2:31 - 2:33(Kulgu)
-
2:33 - 2:37Men faqat bu lahzadan rohatlangim keldi,
men haqda -
2:38 - 2:39"Barakalla! Yashavor!" deganlaringizda.
-
2:39 - 2:41(Kulgu)
-
2:41 - 2:43Yo'q, diplom ishi foydasiz edi.
-
2:43 - 2:47Mana, hozir esa men yozuvchi va blogerman.
-
2:47 - 2:49Blogim 'Wait But Why' deb nomlanadi.
-
2:49 - 2:52Ikki yil oldin men prokrastinatsiya haqida
yozishga qaror qildim. -
2:52 - 2:56Mening harakatlarim prokrastinator
bo'lmaganlarni doim o'yga solardi. -
2:56 - 2:59Va men butun dunyoga shuni
isbotlashni xohladim: -
2:59 - 3:01prokrastinatorlarning miyasida
nimalar yuz -
3:01 - 3:03beradi va nega biz bunaqamiz.
-
3:03 - 3:04Menda shunday teoriya
-
3:04 - 3:07bor edi, prokrastinator miyasi aslida
boshqalarnikiga -
3:07 - 3:09qaraganda farq qiladi deb o'ylardim.
-
3:10 - 3:12Buni tekshirish uchun men MRTga bordim.
-
3:12 - 3:14U yerda meni va sinalgan, prokrastinator
bo'lmagan -
3:14 - 3:17insonni miyasini skanerlashdi.
-
3:17 - 3:18Taqqoslash uchun.
-
3:19 - 3:21Sizlarga ko'rsatishga natijalarni
olib keldim. -
3:21 - 3:24Yaxshilab qarang: farqni ko'ra olasizmi.
-
3:24 - 3:27Bilaman, sizlar buni o'rganmagansizlar,
-
3:27 - 3:29tushunish osonmas - shundayam
bir harakat qiling. -
3:29 - 3:31Bu prokrastinator bo'lmagan
insonning miyasi. -
3:32 - 3:34(Kulgu) [Ratsional inson]
-
3:34 - 3:35Mana bu esa...
-
3:36 - 3:38mening miyam.
-
3:38 - 3:42(Kulgu) [Lahzali zavqlanishni
talab qiluvchi maymun] -
3:44 - 3:45Farq katta.
-
3:46 - 3:48Undayam, bundayam ratsional inson bor.
-
3:48 - 3:50Lekin prokrastinatorning miyasida
-
3:50 - 3:53lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun
ham yashaydi. -
3:53 - 3:55Prokrastinator uchun bu qanday
yakun topadi? -
3:55 - 3:58Quyidagi holat yuz bermagunicha
hammasi yaxshi. -
3:58 - 4:00[Ishlashning ayni vaqti.]
[Yo'q!] -
4:00 - 4:03Ratsional inson ratsional qarorlar
chiqaradi. -
4:03 - 4:05Unumli ishlash...
-
4:05 - 4:07Lekin maymunchaga bu reja yoqmaydi.
-
4:07 - 4:09U shturvalni o'z qo'liga oladi
-
4:09 - 4:12va shunday deydi: "Yaxshisi, Vikipediyani
o'qiymiz, -
4:12 - 4:14Nensi Kerrigan va Tonya Harding
mojarolari, -
4:14 - 4:16negadir birdan ular esimga tushib qoldi".
-
4:16 - 4:17(Kulgu)
-
4:17 - 4:18Keyin...
-
4:18 - 4:20(Kulgu)
-
4:20 - 4:22Keyin biz muzlatgich yoniga boramiz,
-
4:22 - 4:24xuddi oxirgi 10 daqiqa ichida u yerda
nimadir o'zgargandek. -
4:25 - 4:27Keyin esa bizni YouTube girdobiga tortib
ketadi: -
4:27 - 4:30Richard Faynmanning magnitlar haqidagi
suhbatidan boshlaymiz, -
4:30 - 4:33va katta yo'l bosib o'tilgach bu jarayonni
Jastin Biber va -
4:33 - 4:35onasini intervyusi bilan yakunlaymiz.
-
4:35 - 4:37(Kulgu)
-
4:37 - 4:39Bu juda katta vaqt oladi.
-
4:39 - 4:43Shuning uchun ishlashga vaqt ajratish
bizda deyarli o'xshamaydi. -
4:43 - 4:44Meni kechir...
-
4:44 - 4:45(Xo'rsinadi)
-
4:46 - 4:50Xo'sh, aslida nima yuz beradi?
-
4:51 - 4:54Maymuncha - rulni boshqarish uchun
-
4:54 - 4:55yaxshi kandidat emas.
-
4:55 - 4:57U hozirgi vaqt bilan yashaydi.
-
4:57 - 5:00U o'tmishni eslamaydi va kelajakni
bilmaydi. -
5:00 - 5:02Uni faqat ikkita narsa qiziqtiradi:
-
5:02 - 5:04oddiylik va quvnoqlik.
-
5:04 - 5:07Hayvonot olamida bu zo'r ishlaydi.
-
5:07 - 5:09Agar siz it bo'lsangiz,
-
5:09 - 5:12butun umringizni faqat quvnash bilan
o'tkazsangiz, siz juda -
5:12 - 5:13muvaffaqiyatli itsiz!
-
5:13 - 5:15(Kulgu)
-
5:15 - 5:17Maymuncha uchun
-
5:18 - 5:20insonlar ham xuddi shunday jonivor.
-
5:20 - 5:25Uning fikricha siz yaxshigina uxlashingiz,
ovqatlanishingiz va ko'payishingiz kerak. -
5:25 - 5:27Bu albatta g'orda yashash davrida
ish berardi. -
5:27 - 5:30Xali payqamagan bo'lsangiz — biz endi
g'orlarda yashamaymiz. -
5:30 - 5:34Biz rivojlangan sivilizatsiyadamiz,
maymuncha esa bundan umuman habarsiz. -
5:34 - 5:36Shuning uchun, miyamizda yana bir
personaj bor: -
5:36 - 5:39ratsional insoncha.
-
5:39 - 5:42Boshqa jonivorlar qila olmaydigan
ishlarni bajara oladigan, -
5:42 - 5:44kelajakni tasavvur qila oladigan,
-
5:44 - 5:45to'liq kartinani ko'ra oladigan,
-
5:45 - 5:47uzoq rejalar tuza oladigan,
-
5:47 - 5:49barini nazorat qilishni xohlaydigan
ratsional inson. -
5:50 - 5:52U xoxlaydiki, biz aynan hozir ma'no
-
5:52 - 5:55anglatadigan ishni bajarishimizni. Hozir.
-
5:55 - 5:56Albatta ba'zan oson, yoqimli
-
5:56 - 5:58bo'lgan ishlarni qilishda ham ma'no bor.
-
5:58 - 6:00Masalan, ovqatlanish yoki uxlash,
-
6:00 - 6:02yoki o'zingizga loyiq holda dam olish.
-
6:02 - 6:04Shuning uchun ba'zan maqsadlar
-
6:04 - 6:06tutashishadi: ba'zan maymuncha va
-
6:06 - 6:08ratsional insonning maqsadi
bir xil bo'ladi. -
6:08 - 6:12Lekin ba'zida qiyin va o'zimizga
yoqmaydigan ishlar -
6:12 - 6:14bizga ko'proq foydalidir.
-
6:14 - 6:15Va aynan shunda konflikt yuzaga keladi.
-
6:16 - 6:17Prokrastinator uchun
-
6:17 - 6:20bu konflikt doim bir xil yakun topadi:
-
6:20 - 6:24u ko'p vaqtni to'q sariq zonada sarflaydi.
-
6:24 - 6:28U yerda hammasi oson, zavqli, va
ratsionallik doirasidan tashqarida. -
6:28 - 6:30Men buni Yovuz o'yin maydonchasi
deb atayman. -
6:30 - 6:32(Kulgu)
-
6:32 - 6:35Yovuz o'yin maydonchasi.
-
6:35 - 6:38Barcha prokrastinatorlarga juda yaxshi
tanish. -
6:39 - 6:41U yerda barcha o'yin-kulgu aynan
-
6:41 - 6:44o'yin-kulguni vaqti emas, bandlik yuqori
bo'lgan paytda bo'ladi. -
6:44 - 6:46Yovuz o'yin maydonchaning o'yin-kulgusi
-
6:46 - 6:49aslida hech qanday o'yin-kulgu emas,
siz o'zingizda -
6:49 - 6:52aybdorlik hissi, qo'rquv va
o'zingizga bo'lgan nafratni his qilasiz. -
6:52 - 6:54Hammasi prokrastinatorning yo'ldoshlari.
-
6:55 - 6:58Maymuncha shturvalda turgan bir paytda
asosiy savol: -
6:58 - 7:02prokrastinator qanday qilib o'zini ko'k
zonaga o'tkazishi kerak? -
7:02 - 7:05U yer yoqimli joy emas, lekin eng muhim
ishlar ham o'sha yerda -
7:05 - 7:10amalga oshadi. Aslida, prokrastinatorlarda
qutqaruvchi-farishta bor ekan, -
7:10 - 7:13u doim orqamizdan kuzatadi,
-
7:13 - 7:15eng qiyin paytda paydo bo'ladi
-
7:15 - 7:17— uning ismi Vahimali Mahluq.
-
7:17 - 7:20(Kulgu)
-
7:22 - 7:27Bu mahluq ko'pincha uyquda yotadi,
-
7:27 - 7:31lekin berilgan vaqt tugayotganda birdan
uyg'onib ketadi, yoki sizni -
7:31 - 7:33ommaviy sharmandalik kutayotgan bo'lsa.
-
7:33 - 7:36Ishdagi muvaffaqiyatsizlik yoki
boshqa oqibatlar. -
7:36 - 7:38Muhimi, maymuncha Mahluqdan
qattiq qo'rqadi. -
7:38 - 7:40Oxirgi paytlarda menda u bilan juda
-
7:40 - 7:45ko'p narsa bog'liq.
-
7:45 - 7:48Chunki, 6 oy oldin meni
-
7:48 - 7:50TED da nutq qilish uchun taklif qilishdi.
-
7:50 - 7:52(Kulgu)
-
7:55 - 7:57Albatta men rozi bo'ldim.
-
7:57 - 8:01Doim orqaga, o'tmishimga qarab, TED da
qanday gapirganimni eslashni xohlar edim. -
8:01 - 8:05(Kulgu)
[Bir paytlar men TED da nutq qilganman.] -
8:05 - 8:09(Qarsaklar)
-
8:12 - 8:14Lekin shunday bir quvonchli lahzada
-
8:14 - 8:17ratsional insonni bir narsa
xavotirga solar edi. -
8:18 - 8:20U shunday derdi: "Biz nimaga rozi
bo'lganimizni -
8:20 - 8:23tushunayapmizmi? Ertaga nima
bo'lishini bilamizmi? -
8:23 - 8:26Hozir shuning ustida bosh
qotirishimiz kerak". -
8:26 - 8:29Maymuncha esa: "Butunlay qo'shilaman,
lekin Google Earthni ochamiz, -
8:29 - 8:32Hindistonning janubini 60 metr
balandlikdan kuzatamiz, -
8:32 - 8:36va to shimoligacha borguncha yarim
soat sarflaymiz, axir Hindistonni -
8:36 - 8:38yaxshilab o'rganishimiz kerakku".
-
8:38 - 8:42(Kulgu)
-
8:43 - 8:45Biz aynan shu ishni qildik.
-
8:45 - 8:47(Kulgu)
-
8:49 - 8:52Olti oy 4 oyga aylandi, keyin 2, keyin
bir — TED tashkilotchilari nutq -
8:53 - 8:56qiluvchilarning ro'yxatini e'lon qilishdi.
-
8:56 - 8:58Men saytga kirdim va o'zimni suratimni
-
8:58 - 9:00ko'rdim, u menga qarayotgandi.
-
9:00 - 9:01Topingchi, keyin kim uyg'ondi?
-
9:01 - 9:04(Kulgu)
-
9:05 - 9:08Vahimali Mahluq esidan og'ayotgandek edi,
-
9:08 - 9:11bir sekund o'tgach shunday tartibsizlik
boshlandi. -
9:11 - 9:13(Kulgu)
-
9:16 - 9:19Maymuncha, eslataman, mahluqdan o'lgudek
qo'rqadi. -
9:19 - 9:20Tezda palmaga chiqadi.
-
9:20 - 9:21Nihoyat.
-
9:21 - 9:24Ratsional inson shturvalni o'z
qo'liga oladi, -
9:24 - 9:25va men ishlashni boshlayman.
-
9:25 - 9:28Vahimali Mahluqning paydo bo'lishi
-
9:28 - 9:31prokrastinatorlarning barcha
ahmoqliklarini izohlaydi. -
9:31 - 9:34Masalan, menga o'xshash kimdir ishga
kirishishni -
9:34 - 9:37ikki haftaga orqaga suradi, keyin esa
-
9:37 - 9:40qandaydir mo'jiza unda ishga chanqoqlik
uyg'otadi. -
9:40 - 9:43Va u tuni bilan uxlamasdan sakkizta
bet yozadi. -
9:44 - 9:47Bu uchta personaj haqidagi butun voqelik —
-
9:47 - 9:49prokrastinatorning ishlash sxemasidir.
-
9:50 - 9:54Unchalik yoqimli emas, lekin bu ishlaydi.
-
9:54 - 9:58Mana o'z blogimda ikki yil oldin nima
haqida yozishga harakat qilgandim. -
9:58 - 10:01Bu ishni qilganimdan keyin esa sharhlar
meni hayron qoldirdi. -
10:01 - 10:03Mingga yaqin xabar oldim.
-
10:03 - 10:06Dunyo bo'ylab turli xil insonlardan,
-
10:06 - 10:07har xil kasb egalari:
-
10:07 - 10:10hamshira, bankir, rassom, muhandis,
-
10:10 - 10:13va juda ko'pchilik aspirantlardan.
-
10:13 - 10:15(Kulgu)
-
10:15 - 10:17Va ularning hammasi bir gap aytishardi:
-
10:17 - 10:19"Menda ham shunday muammo".
-
10:19 - 10:23Lekin meni hayron qoldirgani postning
yengilligi va -
10:23 - 10:25bu xabarlarning jiddiyligi orasidagi farq.
-
10:25 - 10:28Odamlar tushkun kayfiyatda edi,
-
10:28 - 10:31prokrastinatsiyaning ularni hayotiga
ta'siri, -
10:31 - 10:33maymunchaning qilgan ishlaridan.
-
10:35 - 10:38Men o'ylanib qoldim:
-
10:38 - 10:41agar prokrastinatorlarning sxemasi ish
bersa, muammo nimada? -
10:41 - 10:44Nimaga bu insonlar shunchalik
tushkun kayfiyatda? -
10:44 - 10:47Aslida, prokrastinatsiyaning ikkita
turi bor ekan. -
10:48 - 10:51Bugun keltirgan hamma misollarim,
gapirganlarimda -
10:51 - 10:52aniq bir muddat mavjud.
-
10:52 - 10:53Muddat qo'yilganda esa
-
10:53 - 10:56prokrastinatsiyaning ta'siri vaqt bilan
chegaralangan — -
10:56 - 10:58Vahimali Mahluqqa rahmat.
-
10:58 - 11:00Lekin prokrastinatsiyaning boshqa turi
-
11:00 - 11:03ham bor, hech qanday muddat bo'lmaganda.
-
11:03 - 11:06Karyerangizni qurishni,
shaxsiy ishingizni ochishni, -
11:06 - 11:08ijod qilish yoki biznes boshlashni
xohlaysiz, -
11:08 - 11:11ularda muddat yo'q, chunki siz o'zingiz
ishlashni boshlamaguningizcha, -
11:12 - 11:14ishingiz iziga tushib ketmaguncha
-
11:14 - 11:15hech narsa yuz bermaydi.
-
11:15 - 11:19Karyeradan tashqari aniq bir
muddati bo'lmagan -
11:19 - 11:20yana boshqa muhim narsalar ko'p.
-
11:20 - 11:23Masalan, ota-onangizni ko'rishga borish,
sport bilan shug'ullanish, -
11:23 - 11:25munosabatlarni mustahkamlash
-
11:25 - 11:28yoki ularni yakunlash, bu sizni holdan
toydirgan bo'lsa. -
11:28 - 11:33Agar prokrastinator uchun muhim
vazifalarni bajarishning yagona yechimi — -
11:33 - 11:35mahluq yordami bo'lsa, bu katta muammo.
-
11:35 - 11:37Chunki, muddatsiz holatlarda hech
-
11:37 - 11:39qanday mahluq yordamga kelmaydi.
-
11:39 - 11:41U uyg'onmaydi.
-
11:41 - 11:43Bu holatda prokrastinatsiya umuman
chegaralanmaydi, -
11:43 - 11:45hammasi orqaga surilib boraveradi.
-
11:46 - 11:49Aynan shunday uzoq muddatli
prokrastinatsiyaga -
11:49 - 11:52kamdan-kam holatlarda e'tibor beriladi va
kam muhokama qilinadi. -
11:52 - 11:55Yakuniy muddatli prokrastinatsiya
ko'proq qiziq ko'rinadi. -
11:55 - 11:58Muddatsiz prokrastinatsiya tinch va
sezilmas azobdir. -
11:59 - 12:00U uzoq muddatli azoblar
-
12:00 - 12:04va afsuslar o'chog'iga aylanishi mumkin.
-
12:05 - 12:07Menimcha, aynan shu sabab ushbu insonlar
menga yozishgan. -
12:07 - 12:10Shu sabab ular shunchalik
tushkunlikda edi. -
12:10 - 12:13Ularning muammosi shoshilinch va majburiy
vazifalar emas, -
12:13 - 12:16muammo — hayoti qanday o'tib
ketayotganini kuzatishga majbur -
12:16 - 12:18qilayotgan davomiy prokrastinatsiya.
-
12:19 - 12:22Ular orzularini amalga oshira
olmaganidan emas, ularga -
12:22 - 12:25erishishga harakat qilishni boshlay
olmaganlaridan tushkunlikda. -
12:25 - 12:29Bu xabarlarni o'qib, men birdan
shuni tushundim: -
12:30 - 12:34aslida prokrastinator bo'lmagan insonni
o'zi yo'q. -
12:34 - 12:37Xa, hammangiz prokrastinatorsizlar
deb hisoblayman. -
12:38 - 12:40Balki unchalik beparvomasdirsizlar,
-
12:40 - 12:41ko'pchiligimizga o'xshab,
-
12:41 - 12:43(Kulgu)
-
12:43 - 12:46ko'pchiligingiz esa muddatlarga jiddiy
yondashasizlar. -
12:46 - 12:49Lekin bilingki, maymunchaning eng
makkor xiylasi -
12:49 - 12:50muddat bo'lmaganda amalga oshadi.
-
12:51 - 12:53So'ngida yana bir narsa ko'rsatmoqchiman.
-
12:53 - 12:56Men buni hayot kalendari deb atayman.
-
12:56 - 13:01Bunda 90-yillik hayot aks etgan va har bir
hafta uchun bittadan kvadrat. -
13:01 - 13:03Kvadatchalar unchalik ko'p emas,
-
13:03 - 13:06uni ham ko'pchilik qismini sarflashga
ulgurgansiz. -
13:07 - 13:12Bu kalendarga yaxshilab nazar solishimiz
kerak. -
13:13 - 13:16Aslida nimalarni ortga surayotganimizni
o'ylashimiz kerak. -
13:16 - 13:19Bu narsa har birimizni hayotimizda
yuz beradi. -
13:21 - 13:24Lahzali zavqni talab qiladigan maymuncha
haqida o'ylang. -
13:25 - 13:28Bu vazifa hammamiz uchun.
-
13:29 - 13:31Kvadratlarning unchalik ko'p emasligi
uchun ham -
13:31 - 13:33aynan bugundan boshlashimiz kerak.
-
13:33 - 13:36Balki... bugunmasdir...
-
13:36 - 13:38(Kulgu)
-
13:38 - 13:39O'zingiz tushunasiz.
-
13:40 - 13:41Qachondir, keyin.
-
13:41 - 13:43Rahmat.
-
13:43 - 13:44(Qarsaklar)
- Title:
- Prokrastinatsiya ustasining ongida
- Speaker:
- Tim Urban
- Description:
-
Tim Urban ishlarni ortga surish befoyda ekanini tushunar edi, lekin bu odatdan xolos bo'la olmas edi. Urban ushbu quvnoq nutqida bizga YouTube bo'ylab sayohat, Vikipedia tuzog'i kabilarni misol keltirib, aslida biz qanday qilib vaqtimiz tugamagunicha hech ish qilmasligimiz va bu qanday oqibatlarga olib kelishi haqida gapiradi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 14:03
![]() |
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | |
![]() |
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | |
![]() |
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | |
![]() |
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator |