Universitetda men
davlat boshqaruvini o'rgandim.
Shuning uchun menga ko'p yozma
ishlar berishardi.
Oddiy talabalar buni bajarishda
ishni quyidagidek taqsimlashadi.
Demak, tushundingiz...
Oz-ozdan boshlaysiz,
Birinchi hafta
xuddi shunday hajmda yozasiz.
Keyin ishni yanada tezlashtirib,
so'ngida o'z vaqtida topshirish uchun.
(Kulgu)
Men ham doim shunday qilishni xohlaganman.
Shunday reja qilganman.
Shunday ham bo'lganki, men deyarli
ishni boshlardimu
keyin hammasi birdan o'z-o'zidan
buzilib ketardi.
Keyin mana bunday holat yuzaga kelardi.
(Kulgu)
Doim shunaqa bo'laverardi.
Keyin esa 90 betlik diplom ishini yozish
vaqti keldi.
g'oyasi bo'yicha unga bir yil ajratilardi.
Biroq diplom ishi uchun bu yondashuvim
ish bermaydi deya fikrlay boshladim.
Bu juda katta proyekt.
Hammasini rejalashtirib,
quyidagicha ish tutishga qaror qildim.
Bu mening bir yillik rejam.
Behazil, boshlayman, dedim o'zimga.
O'rtasiga yaqin tempni oshiraman,
oxirroqda esa yanada tezlashaman.
Shunday zinapoya kelib chiqdi.
Zinama-zina ko'tarilish - oddiy!
Juda oson, to'g'rimi?
Lekin keyin qiziq narsa yuz berdi.
Dastlabki oylar
kelishdi va ketishdi,
men xatto boshlaganim ham yo'q.
Shuning uchun yangi reja paydo bo'ldi.
Aniqroq.
Keyin esa...
(Kulgu)
Ketidan o'rtadagi oylar ham o'tib ketdi.
Men esa yozishni boshlamadim ham.
Shunday jarayon...
Keyin esa ikki oy bir oyga aylandi,
keyin ikki haftaga.
Bir kuni uyg'onsam,
topshirish kunigacha uch kun qolgan.
Menda birorta so'z ham yozilmagan.
Shuning uchun men yagona yo'lni tanladim:
90 ta betni 72 soatda yozdim.
Bittamas, ikkita to'liq tunni
uyqusiz o'tkazib.
Inson uchun ikkita ketma-ket uyqusiz tun
juda zarar.
Butun kampus bo'ylab yugurib bordim,
sekinlashtirilgan kadrdagidek.
Oxirgi soniyada topshirishga ulgurdim.
Endi hammasini qutuldim deb o'ylagan edim.
Lekin bir hafta o'tgach
o'qishdan telefon qilishdi.
So'rashdi: "Tim Urban?"
Javob berdim: "Xa".
"Diplom ishingizni muhokama
qilishimiz kerak".
"Yaxshi", - dedim.
Ular davom etishdi:
"Bu xotiramizdagi eng zo'r diplom ishi"
(Kulgu)
(Qarsaklar)
Afsuski, unaqa bo'lmadi.
(Kulgu)
Diplom ishi juda-juda yomon edi.
(Kulgu)
Men faqat bu lahzadan rohatlangim keldi,
men haqda
"Barakalla! Yashavor!" deganlaringizda.
(Kulgu)
Yo'q, diplom ishi foydasiz edi.
Mana, hozir esa men yozuvchi va blogerman.
Blogim 'Wait But Why' deb nomlanadi.
Ikki yil oldin men prokrastinatsiya haqida
yozishga qaror qildim.
Mening harakatlarim prokrastinator
bo'lmaganlarni doim o'yga solardi.
Va men butun dunyoga shuni
isbotlashni xohladim:
prokrastinatorlarning miyasida
nimalar yuz
beradi va nega biz bunaqamiz.
Menda shunday teoriya
bor edi, prokrastinator miyasi aslida
boshqalarnikiga
qaraganda farq qiladi deb o'ylardim.
Buni tekshirish uchun men MRTga bordim.
U yerda meni va sinalgan, prokrastinator
bo'lmagan
insonni miyasini skanerlashdi.
Taqqoslash uchun.
Sizlarga ko'rsatishga natijalarni
olib keldim.
Yaxshilab qarang: farqni ko'ra olasizmi.
Bilaman, sizlar buni o'rganmagansizlar,
tushunish osonmas - shundayam
bir harakat qiling.
Bu prokrastinator bo'lmagan
insonning miyasi.
(Kulgu) [Ratsional inson]
Mana bu esa...
mening miyam.
(Kulgu) [Lahzali zavqlanishni
talab qiluvchi maymun]
Farq katta.
Undayam, bundayam ratsional inson bor.
Lekin prokrastinatorning miyasida
lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun
ham yashaydi.
Prokrastinator uchun bu qanday
yakun topadi?
Quyidagi holat yuz bermagunicha
hammasi yaxshi.
[Ishlashning ayni vaqti.]
[Yo'q!]
Ratsional inson ratsional qarorlar
chiqaradi.
Unumli ishlash...
Lekin maymunchaga bu reja yoqmaydi.
U shturvalni o'z qo'liga oladi
va shunday deydi: "Yaxshisi, Vikipediyani
o'qiymiz,
Nensi Kerrigan va Tonya Harding
mojarolari,
negadir birdan ular esimga tushib qoldi".
(Kulgu)
Keyin...
(Kulgu)
Keyin biz muzlatgich yoniga boramiz,
xuddi oxirgi 10 daqiqa ichida u yerda
nimadir o'zgargandek.
Keyin esa bizni YouTube girdobiga tortib
ketadi:
Richard Faynmanning magnitlar haqidagi
suhbatidan boshlaymiz,
va katta yo'l bosib o'tilgach bu jarayonni
Jastin Biber va
onasini intervyusi bilan yakunlaymiz.
(Kulgu)
Bu juda katta vaqt oladi.
Shuning uchun ishlashga vaqt ajratish
bizda deyarli o'xshamaydi.
Meni kechir...
(Xo'rsinadi)
Xo'sh, aslida nima yuz beradi?
Maymuncha - rulni boshqarish uchun
yaxshi kandidat emas.
U hozirgi vaqt bilan yashaydi.
U o'tmishni eslamaydi va kelajakni
bilmaydi.
Uni faqat ikkita narsa qiziqtiradi:
oddiylik va quvnoqlik.
Hayvonot olamida bu zo'r ishlaydi.
Agar siz it bo'lsangiz,
butun umringizni faqat quvnash bilan
o'tkazsangiz, siz juda
muvaffaqiyatli itsiz!
(Kulgu)
Maymuncha uchun
insonlar ham xuddi shunday jonivor.
Uning fikricha siz yaxshigina uxlashingiz,
ovqatlanishingiz va ko'payishingiz kerak.
Bu albatta g'orda yashash davrida
ish berardi.
Xali payqamagan bo'lsangiz — biz endi
g'orlarda yashamaymiz.
Biz rivojlangan sivilizatsiyadamiz,
maymuncha esa bundan umuman habarsiz.
Shuning uchun, miyamizda yana bir
personaj bor:
ratsional insoncha.
Boshqa jonivorlar qila olmaydigan
ishlarni bajara oladigan,
kelajakni tasavvur qila oladigan,
to'liq kartinani ko'ra oladigan,
uzoq rejalar tuza oladigan,
barini nazorat qilishni xohlaydigan
ratsional inson.
U xoxlaydiki, biz aynan hozir ma'no
anglatadigan ishni bajarishimizni. Hozir.
Albatta ba'zan oson, yoqimli
bo'lgan ishlarni qilishda ham ma'no bor.
Masalan, ovqatlanish yoki uxlash,
yoki o'zingizga loyiq holda dam olish.
Shuning uchun ba'zan maqsadlar
tutashishadi: ba'zan maymuncha va
ratsional insonning maqsadi
bir xil bo'ladi.
Lekin ba'zida qiyin va o'zimizga
yoqmaydigan ishlar
bizga ko'proq foydalidir.
Va aynan shunda konflikt yuzaga keladi.
Prokrastinator uchun
bu konflikt doim bir xil yakun topadi:
u ko'p vaqtni to'q sariq zonada sarflaydi.
U yerda hammasi oson, zavqli, va
ratsionallik doirasidan tashqarida.
Men buni Yovuz o'yin maydonchasi
deb atayman.
(Kulgu)
Yovuz o'yin maydonchasi.
Barcha prokrastinatorlarga juda yaxshi
tanish.
U yerda barcha o'yin-kulgu aynan
o'yin-kulguni vaqti emas, bandlik yuqori
bo'lgan paytda bo'ladi.
Yovuz o'yin maydonchaning o'yin-kulgusi
aslida hech qanday o'yin-kulgu emas,
siz o'zingizda
aybdorlik hissi, qo'rquv va
o'zingizga bo'lgan nafratni his qilasiz.
Hammasi prokrastinatorning yo'ldoshlari.
Maymuncha shturvalda turgan bir paytda
asosiy savol:
prokrastinator qanday qilib o'zini ko'k
zonaga o'tkazishi kerak?
U yer yoqimli joy emas, lekin eng muhim
ishlar ham o'sha yerda
amalga oshadi. Aslida, prokrastinatorlarda
qutqaruvchi-farishta bor ekan,
u doim orqamizdan kuzatadi,
eng qiyin paytda paydo bo'ladi
— uning ismi Vahimali Mahluq.
(Kulgu)
Bu mahluq ko'pincha uyquda yotadi,
lekin berilgan vaqt tugayotganda birdan
uyg'onib ketadi, yoki sizni
ommaviy sharmandalik kutayotgan bo'lsa.
Ishdagi muvaffaqiyatsizlik yoki
boshqa oqibatlar.
Muhimi, maymuncha Mahluqdan
qattiq qo'rqadi.
Oxirgi paytlarda menda u bilan juda
ko'p narsa bog'liq.
Chunki, 6 oy oldin meni
TED da nutq qilish uchun taklif qilishdi.
(Kulgu)
Albatta men rozi bo'ldim.
Doim orqaga, o'tmishimga qarab, TED da
qanday gapirganimni eslashni xohlar edim.
(Kulgu)
[Bir paytlar men TED da nutq qilganman.]
(Qarsaklar)
Lekin shunday bir quvonchli lahzada
ratsional insonni bir narsa
xavotirga solar edi.
U shunday derdi: "Biz nimaga rozi
bo'lganimizni
tushunayapmizmi? Ertaga nima
bo'lishini bilamizmi?
Hozir shuning ustida bosh
qotirishimiz kerak".
Maymuncha esa: "Butunlay qo'shilaman,
lekin Google Earthni ochamiz,
Hindistonning janubini 60 metr
balandlikdan kuzatamiz,
va to shimoligacha borguncha yarim
soat sarflaymiz, axir Hindistonni
yaxshilab o'rganishimiz kerakku".
(Kulgu)
Biz aynan shu ishni qildik.
(Kulgu)
Olti oy 4 oyga aylandi, keyin 2, keyin
bir — TED tashkilotchilari nutq
qiluvchilarning ro'yxatini e'lon qilishdi.
Men saytga kirdim va o'zimni suratimni
ko'rdim, u menga qarayotgandi.
Topingchi, keyin kim uyg'ondi?
(Kulgu)
Vahimali Mahluq esidan og'ayotgandek edi,
bir sekund o'tgach shunday tartibsizlik
boshlandi.
(Kulgu)
Maymuncha, eslataman, mahluqdan o'lgudek
qo'rqadi.
Tezda palmaga chiqadi.
Nihoyat.
Ratsional inson shturvalni o'z
qo'liga oladi,
va men ishlashni boshlayman.
Vahimali Mahluqning paydo bo'lishi
prokrastinatorlarning barcha
ahmoqliklarini izohlaydi.
Masalan, menga o'xshash kimdir ishga
kirishishni
ikki haftaga orqaga suradi, keyin esa
qandaydir mo'jiza unda ishga chanqoqlik
uyg'otadi.
Va u tuni bilan uxlamasdan sakkizta
bet yozadi.
Bu uchta personaj haqidagi butun voqelik —
prokrastinatorning ishlash sxemasidir.
Unchalik yoqimli emas, lekin bu ishlaydi.
Mana o'z blogimda ikki yil oldin nima
haqida yozishga harakat qilgandim.
Bu ishni qilganimdan keyin esa sharhlar
meni hayron qoldirdi.
Mingga yaqin xabar oldim.
Dunyo bo'ylab turli xil insonlardan,
har xil kasb egalari:
hamshira, bankir, rassom, muhandis,
va juda ko'pchilik aspirantlardan.
(Kulgu)
Va ularning hammasi bir gap aytishardi:
"Menda ham shunday muammo".
Lekin meni hayron qoldirgani postning
yengilligi va
bu xabarlarning jiddiyligi orasidagi farq.
Odamlar tushkun kayfiyatda edi,
prokrastinatsiyaning ularni hayotiga
ta'siri,
maymunchaning qilgan ishlaridan.
Men o'ylanib qoldim:
agar prokrastinatorlarning sxemasi ish
bersa, muammo nimada?
Nimaga bu insonlar shunchalik
tushkun kayfiyatda?
Aslida, prokrastinatsiyaning ikkita
turi bor ekan.
Bugun keltirgan hamma misollarim,
gapirganlarimda
aniq bir muddat mavjud.
Muddat qo'yilganda esa
prokrastinatsiyaning ta'siri vaqt bilan
chegaralangan —
Vahimali Mahluqqa rahmat.
Lekin prokrastinatsiyaning boshqa turi
ham bor, hech qanday muddat bo'lmaganda.
Karyerangizni qurishni,
shaxsiy ishingizni ochishni,
ijod qilish yoki biznes boshlashni
xohlaysiz,
ularda muddat yo'q, chunki siz o'zingiz
ishlashni boshlamaguningizcha,
ishingiz iziga tushib ketmaguncha
hech narsa yuz bermaydi.
Karyeradan tashqari aniq bir
muddati bo'lmagan
yana boshqa muhim narsalar ko'p.
Masalan, ota-onangizni ko'rishga borish,
sport bilan shug'ullanish,
munosabatlarni mustahkamlash
yoki ularni yakunlash, bu sizni holdan
toydirgan bo'lsa.
Agar prokrastinator uchun muhim
vazifalarni bajarishning yagona yechimi —
mahluq yordami bo'lsa, bu katta muammo.
Chunki, muddatsiz holatlarda hech
qanday mahluq yordamga kelmaydi.
U uyg'onmaydi.
Bu holatda prokrastinatsiya umuman
chegaralanmaydi,
hammasi orqaga surilib boraveradi.
Aynan shunday uzoq muddatli
prokrastinatsiyaga
kamdan-kam holatlarda e'tibor beriladi va
kam muhokama qilinadi.
Yakuniy muddatli prokrastinatsiya
ko'proq qiziq ko'rinadi.
Muddatsiz prokrastinatsiya tinch va
sezilmas azobdir.
U uzoq muddatli azoblar
va afsuslar o'chog'iga aylanishi mumkin.
Menimcha, aynan shu sabab ushbu insonlar
menga yozishgan.
Shu sabab ular shunchalik
tushkunlikda edi.
Ularning muammosi shoshilinch va majburiy
vazifalar emas,
muammo — hayoti qanday o'tib
ketayotganini kuzatishga majbur
qilayotgan davomiy prokrastinatsiya.
Ular orzularini amalga oshira
olmaganidan emas, ularga
erishishga harakat qilishni boshlay
olmaganlaridan tushkunlikda.
Bu xabarlarni o'qib, men birdan
shuni tushundim:
aslida prokrastinator bo'lmagan insonni
o'zi yo'q.
Xa, hammangiz prokrastinatorsizlar
deb hisoblayman.
Balki unchalik beparvomasdirsizlar,
ko'pchiligimizga o'xshab,
(Kulgu)
ko'pchiligingiz esa muddatlarga jiddiy
yondashasizlar.
Lekin bilingki, maymunchaning eng
makkor xiylasi
muddat bo'lmaganda amalga oshadi.
So'ngida yana bir narsa ko'rsatmoqchiman.
Men buni hayot kalendari deb atayman.
Bunda 90-yillik hayot aks etgan va har bir
hafta uchun bittadan kvadrat.
Kvadatchalar unchalik ko'p emas,
uni ham ko'pchilik qismini sarflashga
ulgurgansiz.
Bu kalendarga yaxshilab nazar solishimiz
kerak.
Aslida nimalarni ortga surayotganimizni
o'ylashimiz kerak.
Bu narsa har birimizni hayotimizda
yuz beradi.
Lahzali zavqni talab qiladigan maymuncha
haqida o'ylang.
Bu vazifa hammamiz uchun.
Kvadratlarning unchalik ko'p emasligi
uchun ham
aynan bugundan boshlashimiz kerak.
Balki... bugunmasdir...
(Kulgu)
O'zingiz tushunasiz.
Qachondir, keyin.
Rahmat.
(Qarsaklar)