Sojorner Trutning to'lqinlantiruvchi nutqlari - Daina Ramey Berri
-
0:07 - 0:121828-yil boshida Sojorner Trut Kingston
(Nyu-York) okrugi Bosh sudiga murojaat -
0:12 - 0:15qiladi.
U sud tizimida hech qanday tajribaga -
0:15 - 0:18ega emas edi, sud qarshisida uning
na puli va na kuchi bor edi. -
0:18 - 0:20Hakamlar hay'atining
bepisandligiga -
0:20 - 0:24e'tibor bermay, Trut Alabamadagi quldorga
noqonuniy ravishda sotilgan -
0:24 - 0:27besh yoshli o'g'li Pitrni qaytarish
uchun kurashgani kelganini aytadi. -
0:27 - 0:30Bir necha oy davom etgan
sud jarayoni chog'ida -
0:30 - 0:33Trut mablag' to'playdi,
advokatlar bilan maslahatlashadi -
0:33 - 0:35va o'z e'tiqodiga sodiq qoladi.
-
0:35 - 0:40Nihoyat, 1828-yil bahorida, Pitr
onasi bag'riga qaytadi, -
0:40 - 0:43ammo Trutning faoliyati
bu bilan tugamaydi. -
0:43 - 0:46U umrining qolgan qismini adolat
o'rnatish va -
0:46 - 0:48ma'naviy qarashlarini
shakllantirishga bag'ishlaydi. -
0:48 - 0:51Trut 18-asr oxirida Nyu-Yorkning
Ulster okrugida -
0:51 - 0:54Izabella Baumfri nomi bilan
qullikda dunyoga keladi. -
0:54 - 0:58Garchi Nyu-York shtati 1799-yil qullikni
bekor qilish to'g'risida e'lon qilgan -
0:58 - 1:01bo'lsa-da, emansipatsiya
akti sekin amalga oshiriladi. -
1:01 - 1:03Ayni paytda qullikka olinganlar
-
1:03 - 1:0720 yosh o'rtalarigacha doimiy xizmat
muddatini o'tashga majbur bo'lishadi. -
1:07 - 1:11Bu davr mobaynida quldorlar
Baumfrini yaqinlaridan ayirib, -
1:11 - 1:13bir necha bor sotib yuborishadi.
-
1:13 - 1:17Ko'pincha uning oila qurishiga
to'sqinlik qilishadi. -
1:17 - 1:21Vanihoyat, Tomas ismli qulga
turmushga chiqib, -
1:21 - 1:233 farzandni dunyoga keltiradi.
-
1:23 - 1:26U yangi oilasini jipslikda
saqlashni istaydi, ammo -
1:26 - 1:29qullikni bekor qilish jarayoni sekinlash-
gani umidini puchga chiqaradi. -
1:29 - 1:35Baumfrining xo'jayini Jon Dyumont 1826-yil
ga qadar uni ozod qilishni va'da beradi. -
1:35 - 1:39So'zining ustidan chiqmagach,
Baumfri qochib ketadi. -
1:39 - 1:44O'zi bilan faqat kenja qizi Sofiyani
qutqarishga muvaffaq bo'ladi, -
1:44 - 1:46qolgan bolalari esa qullikda qoladi.
-
1:46 - 1:502 yildan so'ng Pitrni
ozod qilishga erishadi. -
1:50 - 1:53Boshqa farzandlarini ko'rish uchun
-
1:53 - 1:56yana 2 yil kutishiga to'g'ri keladi.
-
1:56 - 1:59Bu vaqt ichida Baumfrining e'tiqodi
unga taskin beradi va -
1:59 - 2:02diniy qarashlari yanada mustahkamlanadi.
-
2:02 - 2:04Kingstonga (Nyu-York) ko'chib kelgach,
-
2:04 - 2:08siyosiy qarashlari o'xshash bo'lgan
Metodistlar jamoasiga qo'shiladi. -
2:08 - 2:11U yolg'izlikda ovoz chiqarib Xudoga
murojaat qilishda davom etadi. -
2:11 - 2:16Kunlardan bir kun uning kechki ibodatlari
yanada muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. -
2:16 - 2:20Baumfri Xudoning ovozini eshitganini,
u Kingstonni tark etib, o'zining muqaddas -
2:20 - 2:23xabarini boshqalar bilan bo'lishishni
buyurganini aytadi. -
2:23 - 2:25O'qish va yozishni bilmasligiga qaramay,
-
2:25 - 2:28Baumfri ruhlantiruvchi voiz
sifatida taniladi. -
2:28 - 2:31Uning nutqlari Bibliyadagi fikrlar,
-
2:31 - 2:34ma'naviy ideallari va
qullik tajribasiga asoslanadi. -
2:34 - 2:39Va'zlari afro-amerikaliklar va umuman
ayollarga nisbatan zulmni qoralaydi, -
2:39 - 2:43qullikni bekor qilish va ayollar
huquqlari uchun kurashda ommalashadi. -
2:43 - 2:471843-yil u ismini Sojorner Trut
deb o'zgartiradi -
2:47 - 2:50va o'zining afsonaviy notiqlik
safarini boshlaydi. -
2:50 - 2:53Trut sayohatini Xudoning
topshirig'i sifatida ko'radi. -
2:53 - 2:57E'tiqodi uni ko'p bor mamlakatni
eng tahlikali hududlariga yetaklaydi. -
2:57 - 3:01Olomon orasidagi yagona qora tanli ayol
o’z tinglovchilariga murojaat qiladi. -
3:01 - 3:04Trut Xudo uni himoya qilishiga amin edi,
-
3:04 - 3:07ammo ayrimlar uning jasoratiga
zo'ravonlik bilan javob qaytaradi. -
3:07 - 3:08Va'zlarining birida bir
-
3:08 - 3:13guruh oq tanli kishilar u nutq so'zla-
yotgan chodirni yoqib yubormoqchi bo'ladi. -
3:13 - 3:17Trut ular bilan to'qnashuvni
shunday xotirlaydi: "Olomonga qarshi -
3:17 - 3:20chiqib, uni bostirishga yetarlicha
ishonmaganimda... O'zimni go'yo -
3:20 - 3:22bir emas uchta yuragim
bordek his etardim! -
3:22 - 3:26Ular shu qadar katta ediki, tanam
ularni bazo'r ushlab turardi! ”. Kishilar -
3:26 - 3:32o'z fikridan qaytmaguncha Trut ularga
qo'shiq va ibodat aytib tinchlantiradi. -
3:32 - 3:36Trut nutqlari butun mamlakat bo'ylab
minglab insonlarga ta'sir ko'rsatadi, ammo -
3:36 - 3:39uning faoliyati ommaviy
chiqishlar bilan chegaralanib qolmaydi. -
3:39 - 3:43Fuqarolik urushi paytida u Ittifoq
armiyasiga qo'shilib, askarlarni yollash -
3:43 - 3:46va qora tanlilar qo'shiniga ta'minot
tashkil etish bilan shug'ullanadi. -
3:46 - 3:51Uning mehnati e'tirof etilib, Prezident
Linkoln bilan uchrashuvga taklif qilinadi. -
3:51 - 3:54Fursatdan foydalanib, u ilgari
qul bo'lgan kishilarga -
3:54 - 3:57hukumat tomonidan
yer berilishi kerakligini aytadi. -
3:57 - 4:00Trut 80 yoshlarida ham sayohat qilib,
nutq irod etishda davom etadi. -
4:00 - 4:051883-yil vafotiga qadar u
adovatga boy dunyoda -
4:05 - 4:09o'z huquqlari uchun kurashgan
to'g'riso'z tanqidchi bo'lib qoladi. -
4:09 - 4:13Trutning o'zi aytganidek:
“Hatto dushmanlarim orasida ham -
4:13 - 4:17men o'zimni xavfsiz his etaman; chunki
haqiqat kuchli va u tantana qiladi".
- Title:
- Sojorner Trutning to'lqinlantiruvchi nutqlari - Daina Ramey Berri
- Speaker:
- Daina Ramey Berri
- Description:
-
To'liq dars: https://ed.ted.com/lessons/the-electrifying-speeches-of-sojourner-truth-daina-ramey-berry
Izabella Baumfri XVIII asr oxirida Nyu-Yorkda qullikda dunyoga keladi. Kenja qizi bilan qullikdan qochib, u ismini Sojorner Trut deb o'zgartiradi va o'zining afsonaviy notiqlik safarini boshlaydi. U mashhur notiq sifatida taniladi va nutqlari AQSh bo'ylab minglab kishilarni ruhlantiradi. Daina Ramey Berri to'g'riso'z faol jamoatchining hayot faoliyati haqida batafsil ma'lumot beradi.
Daina Ramey Berri ma'ruzasi, WOW-HOW studiyasi filmi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 04:17
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for The electrifying speeches of Sojourner Truth - Daina Ramey Berry |