1828-yil boshida Sojorner Trut Kingston
(Nyu-York) okrugi Bosh sudiga murojaat
qiladi.
U sud tizimida hech qanday tajribaga
ega emas edi, sud qarshisida uning
na puli va na kuchi bor edi.
Hakamlar hay'atining
bepisandligiga
e'tibor bermay, Trut Alabamadagi quldorga
noqonuniy ravishda sotilgan
besh yoshli o'g'li Pitrni qaytarish
uchun kurashgani kelganini aytadi.
Bir necha oy davom etgan
sud jarayoni chog'ida
Trut mablag' to'playdi,
advokatlar bilan maslahatlashadi
va o'z e'tiqodiga sodiq qoladi.
Nihoyat, 1828-yil bahorida, Pitr
onasi bag'riga qaytadi,
ammo Trutning faoliyati
bu bilan tugamaydi.
U umrining qolgan qismini adolat
o'rnatish va
ma'naviy qarashlarini
shakllantirishga bag'ishlaydi.
Trut 18-asr oxirida Nyu-Yorkning
Ulster okrugida
Izabella Baumfri nomi bilan
qullikda dunyoga keladi.
Garchi Nyu-York shtati 1799-yil qullikni
bekor qilish to'g'risida e'lon qilgan
bo'lsa-da, emansipatsiya
akti sekin amalga oshiriladi.
Ayni paytda qullikka olinganlar
20 yosh o'rtalarigacha doimiy xizmat
muddatini o'tashga majbur bo'lishadi.
Bu davr mobaynida quldorlar
Baumfrini yaqinlaridan ayirib,
bir necha bor sotib yuborishadi.
Ko'pincha uning oila qurishiga
to'sqinlik qilishadi.
Vanihoyat, Tomas ismli qulga
turmushga chiqib,
3 farzandni dunyoga keltiradi.
U yangi oilasini jipslikda
saqlashni istaydi, ammo
qullikni bekor qilish jarayoni sekinlash-
gani umidini puchga chiqaradi.
Baumfrining xo'jayini Jon Dyumont 1826-yil
ga qadar uni ozod qilishni va'da beradi.
So'zining ustidan chiqmagach,
Baumfri qochib ketadi.
O'zi bilan faqat kenja qizi Sofiyani
qutqarishga muvaffaq bo'ladi,
qolgan bolalari esa qullikda qoladi.
2 yildan so'ng Pitrni
ozod qilishga erishadi.
Boshqa farzandlarini ko'rish uchun
yana 2 yil kutishiga to'g'ri keladi.
Bu vaqt ichida Baumfrining e'tiqodi
unga taskin beradi va
diniy qarashlari yanada mustahkamlanadi.
Kingstonga (Nyu-York) ko'chib kelgach,
siyosiy qarashlari o'xshash bo'lgan
Metodistlar jamoasiga qo'shiladi.
U yolg'izlikda ovoz chiqarib Xudoga
murojaat qilishda davom etadi.
Kunlardan bir kun uning kechki ibodatlari
yanada muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Baumfri Xudoning ovozini eshitganini,
u Kingstonni tark etib, o'zining muqaddas
xabarini boshqalar bilan bo'lishishni
buyurganini aytadi.
O'qish va yozishni bilmasligiga qaramay,
Baumfri ruhlantiruvchi voiz
sifatida taniladi.
Uning nutqlari Bibliyadagi fikrlar,
ma'naviy ideallari va
qullik tajribasiga asoslanadi.
Va'zlari afro-amerikaliklar va umuman
ayollarga nisbatan zulmni qoralaydi,
qullikni bekor qilish va ayollar
huquqlari uchun kurashda ommalashadi.
1843-yil u ismini Sojorner Trut
deb o'zgartiradi
va o'zining afsonaviy notiqlik
safarini boshlaydi.
Trut sayohatini Xudoning
topshirig'i sifatida ko'radi.
E'tiqodi uni ko'p bor mamlakatni
eng tahlikali hududlariga yetaklaydi.
Olomon orasidagi yagona qora tanli ayol
o’z tinglovchilariga murojaat qiladi.
Trut Xudo uni himoya qilishiga amin edi,
ammo ayrimlar uning jasoratiga
zo'ravonlik bilan javob qaytaradi.
Va'zlarining birida bir
guruh oq tanli kishilar u nutq so'zla-
yotgan chodirni yoqib yubormoqchi bo'ladi.
Trut ular bilan to'qnashuvni
shunday xotirlaydi: "Olomonga qarshi
chiqib, uni bostirishga yetarlicha
ishonmaganimda... O'zimni go'yo
bir emas uchta yuragim
bordek his etardim!
Ular shu qadar katta ediki, tanam
ularni bazo'r ushlab turardi! ”. Kishilar
o'z fikridan qaytmaguncha Trut ularga
qo'shiq va ibodat aytib tinchlantiradi.
Trut nutqlari butun mamlakat bo'ylab
minglab insonlarga ta'sir ko'rsatadi, ammo
uning faoliyati ommaviy
chiqishlar bilan chegaralanib qolmaydi.
Fuqarolik urushi paytida u Ittifoq
armiyasiga qo'shilib, askarlarni yollash
va qora tanlilar qo'shiniga ta'minot
tashkil etish bilan shug'ullanadi.
Uning mehnati e'tirof etilib, Prezident
Linkoln bilan uchrashuvga taklif qilinadi.
Fursatdan foydalanib, u ilgari
qul bo'lgan kishilarga
hukumat tomonidan
yer berilishi kerakligini aytadi.
Trut 80 yoshlarida ham sayohat qilib,
nutq irod etishda davom etadi.
1883-yil vafotiga qadar u
adovatga boy dunyoda
o'z huquqlari uchun kurashgan
to'g'riso'z tanqidchi bo'lib qoladi.
Trutning o'zi aytganidek:
“Hatto dushmanlarim orasida ham
men o'zimni xavfsiz his etaman; chunki
haqiqat kuchli va u tantana qiladi".