-
Barchaga salom,
-
Bironta dasturning eng hayajonli jihatidan biri
bu uning ikki tomonlama bo‘la olishidir.
-
Istalgan vaqtda kimdir komputer yoki telefonda tugmani bossa, sarlavha tashlasa yoki nimadir yozsa, bu qanaqadir hodisa yaratadi.
-
va bironta hodisa ro‘y berganda nima qilishni hal qiladigan ba’zi bir kodlar mavjud.
-
Masalan, sizda "qachonki sichqoncha bosilganda, biron ovoz eshitilsin"
-
degan hodisa tutuvchisi bo‘lishi mumkin.
-
Keling, u qanday ishlashini ko‘rish uchun amalda bajarib ko‘ramiz.
-
Siz hech Flappy Bird o‘yini haqida eshitganmisiz?
-
Hodisa tutuvchilardan foydalanib, siz Flappy Bird ning o‘zingiz uchun shaxsiy, odatiy variantini dasturlashni o‘rganishingiz mumkin.
-
Siz yozadigan kod komputer uchun buyruqlarni namoyish qiladigan
oluvchi(dragging) va qo‘yuvchi(dropping) bo‘limlarni taqazo qiladi.
-
Drag va drop dasturlash bu eng ososn yo‘lidir...
-
Hattoki, universitut talabalari ham shu yo‘l bilan kod yozishni o‘rganishadi.
-
Lekin aslida, har bir bo‘lim haqiqiy kod orqali ifodalangan.
-
Agar siz ish joyiga ko‘z yugurtirsangiz, siz uchun to‘ldirib qo‘yilgan ba’zi bir yashil bo‘limlar mavjudligini ko‘rasiz.
-
Bular hodisa tutuvchilardir.
-
Agar siz siqchqonchani bosganingizda qush qanotini qoqishni xohlasangiz, buni mos hodisa tutuvchiga flap bo‘limini biriktirish orqali qilishigiz mumkin.
-
Endi o‘yiningizda, qachonki sichqonchani bossangiz, bu qush qanotini qoqadi.
-
Bu mashg‘ulotning har bir boshqotirmasida, biz ish joyidagi yashil bo‘limlardek hodisa tutuvchilarning yangi turlarini tanishtirib boramiz.
-
Va bu hodisalarga javob sifatida qo‘shish uchun mos bo‘limlarni tanlay olasiz.
-
Siz mana bu kabi yo‘nalishli belgini ko‘rganingizda, sozlamalarni o‘zgartira olasiz,
-
masalan, qush yerga tekkanda ovoz chiqarishi kabi.
-
So‘nggi boshqotirmada, siz o‘zingizning shaxsiy o‘yiningizni yaratish va uni do‘stlaringizga ulashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
-
Ajoyib!