Barchaga salom, Bironta dasturning eng hayajonli jihatidan biri bu uning ikki tomonlama bo‘la olishidir. Istalgan vaqtda kimdir komputer yoki telefonda tugmani bossa, sarlavha tashlasa yoki nimadir yozsa, bu qanaqadir hodisa yaratadi. va bironta hodisa ro‘y berganda nima qilishni hal qiladigan ba’zi bir kodlar mavjud. Masalan, sizda "qachonki sichqoncha bosilganda, biron ovoz eshitilsin" degan hodisa tutuvchisi bo‘lishi mumkin. Keling, u qanday ishlashini ko‘rish uchun amalda bajarib ko‘ramiz. Siz hech Flappy Bird o‘yini haqida eshitganmisiz? Hodisa tutuvchilardan foydalanib, siz Flappy Bird ning o‘zingiz uchun shaxsiy, odatiy variantini dasturlashni o‘rganishingiz mumkin. Siz yozadigan kod komputer uchun buyruqlarni namoyish qiladigan oluvchi(dragging) va qo‘yuvchi(dropping) bo‘limlarni taqazo qiladi. Drag va drop dasturlash bu eng ososn yo‘lidir... Hattoki, universitut talabalari ham shu yo‘l bilan kod yozishni o‘rganishadi. Lekin aslida, har bir bo‘lim haqiqiy kod orqali ifodalangan. Agar siz ish joyiga ko‘z yugurtirsangiz, siz uchun to‘ldirib qo‘yilgan ba’zi bir yashil bo‘limlar mavjudligini ko‘rasiz. Bular hodisa tutuvchilardir. Agar siz siqchqonchani bosganingizda qush qanotini qoqishni xohlasangiz, buni mos hodisa tutuvchiga flap bo‘limini biriktirish orqali qilishigiz mumkin. Endi o‘yiningizda, qachonki sichqonchani bossangiz, bu qush qanotini qoqadi. Bu mashg‘ulotning har bir boshqotirmasida, biz ish joyidagi yashil bo‘limlardek hodisa tutuvchilarning yangi turlarini tanishtirib boramiz. Va bu hodisalarga javob sifatida qo‘shish uchun mos bo‘limlarni tanlay olasiz. Siz mana bu kabi yo‘nalishli belgini ko‘rganingizda, sozlamalarni o‘zgartira olasiz, masalan, qush yerga tekkanda ovoz chiqarishi kabi. So‘nggi boshqotirmada, siz o‘zingizning shaxsiy o‘yiningizni yaratish va uni do‘stlaringizga ulashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ajoyib!