-
Dasturlashni 8-sinfdaligimda o‘rganganman.
-
Men birinchi marta
-
ekranga yashil aylana va qizil kvadrat chiqarishni o‘rgangandim.
-
Dasturlashni o‘rganish unchalik qiyinmas, doimiy ravishda yangi buyruqlarni o‘rganib borish kerak,
-
oxir-oqibat sizda shunchalik ko‘p bilim va ko‘nikma shakllanadiki, ular bilan xohlagan ishingizni qila olasiz.
-
Informatika — bu faqat kompyuter qanday ishlashini va qanday o‘ylashini o‘rganishdir,
-
shunday ekan siz unga yangi ishlarni bajarishni o‘rgatishingiz mumkin.
-
Bugungi kunda informatika orqali qila oladigan ishlaringiz talaygina.
-
Menimcha, dasturlash — super qudratga ega bo‘lish uchun eng yaqin soha.
-
(Tanya: informatika talabasi) Keyingi soatda dasturlashning
-
tub mohiyatini o‘rgatadigan o‘yin o‘ynaymiz.
-
Odatda, dasturlash matn ko‘rinishida bo‘ladi, lekin biz
-
dastur yaratishga qulay, olib joylaydigan bloklardan foydalanamiz.
-
Aslida bularning tagida ham kod yozayapmiz.
-
Boshlanishida shunday kod tuzamizki,
-
u mana bu jahldor qushchaga labirint bo‘ylab yurib, tuxumini o‘girlagan zolim cho‘chqachani tutadi.
-
Oyna uch asosiy qismdan iborat.
-
Chap qismda dastur ishga tushadigan labirint joylashgan.
-
Har bir tur uchun qo‘llanmalar labirint pastida yozilgan.
-
O‘rtadagi soha bu asboblar qutisi,
-
undagi har bir blok qushcha tushunadigan buyruqlar.
-
O‘ngdagi oq soha esa ishchi qism
-
va bu yerda biz o‘z dasturimizni quramiz.
-
Agar men “yurish” ("move") blogini olib, ishchi qismga tashlab, “bajar” ("run")ni bossam, nima bo‘ladi?
-
Qushcha bir qadam oldinga yuradi.
-
Agar men qushcha bir qadam tashlagandan keyin biror ish qilishini xohlasamchi?
-
Men dasturga boshqa blok ham qo‘sha olaman.
-
“O‘ngga burilish” ("turn right") blogini tanlab,
-
“yurish” ("move") blogining tagiga sariq strelka paydo bo‘lmaguncha olib kelamiz.
-
Shundan keyin uni qo‘yib yuboramiz va bu ikkala blok birlashadi.
-
Agar “bajar” ("run") tugmasini yana bossam
-
qushcha ishchi qismdagi birlashgan buyruqlarni tepadan pastga qarab bajaradi.
-
Agar biror blokni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz,
-
uni olib, axlat qutisiga tashlaysiz.
-
“Bajar” ("run") tugmasini bosganingizdan keyin qushchani boshlang‘ich o‘rniga qaytarish uchun “tiklash” ("reset") tugmasini bosasiz.
-
Keling endi shu cho‘chqachalarni tutamiz!