-
Demak, siz nechanchi sinfsiz? Ikkinchi. O‘ninchi sinf.
Birinchi sinf. Dasturlashni o‘rganganimda men
-
sakkizinchi sinf edim. Birinchi komputerimni olganimda oltinchi sinf bo‘lganman.
Odamlarning muammolarini to‘g‘irlay olish
-
men uchun maroqli. Biron fikr orqali o‘zingizni ifodalay olasiz,
nimalarnidir yarata olasiz.
-
Komputer ilmi keyingi yigirma yoki o‘ttiz
yillarda kollej talabalari
-
va malakalilar qiladigan juda ko‘p narsalar uchun asos bo‘ladi. Men dasturlashni yoqtiraman
chunki,
-
men odamlarga yordam berishni yoqtiraman. Menda odamlar hayotini
osonlashtiradigan nimadir yarataishga imkoniyat bo‘ladi.
-
O‘ylashimcha, bu biz katta kuchga ega bo‘lishimizga yaqin narsa.
Boshlab olish eng muhim qism hisoblanadi.
-
Men o‘zim ham yangi o‘rganuvchiman va men sizlarni men bilan o‘rganishingizni xohlayman.
-
Men John Vechey, PopCap Gamesning asoschilaridan biriman.
Biz Plants vs. Zombies, Bejeweled, va Peggle kabi
-
o‘yinlarni yaratamiz. O‘yinlarning ko‘pchiligi kodingiz, san’atingiz qanchalik mukammalligiga emas,
-
balki o‘yinchi o‘zini qanday his qilishiga va qanchalik qiziqarli ekanligiga bog‘liq.
Bu tuyg‘uni uni sinab ko‘rib,
-
qilib ko‘rib, o‘rganish, moslashish va o‘yin yaratishda o‘z mahoratlaringizni ishlatish orqali his qilishingiz mumkin.
-
Biron sevimli video o‘yiningiz bormi? Yaxshi, Play Labdan foydalanib,
biz hozir o‘yinlar yaratish
-
sari bir qadam tashlamoqchimiz. Yaxshi o‘yinlarning o‘z hikoyasi bor va
har bir hikoyaning o‘z aktyorlari mavjud.
-
Aktyorlar gapirish, harakatlanish va o‘zaro ta’sirlashish kabilarni bajarishadi.
Balki, hattoki
-
o‘yin qoidalariga asoslangan holda ball yig‘ish kabilarni ham.
Bugun biz Anna, Elsa, Hiro, Baymax va Rapunzel kabi qahramonlar bilan
-
bularning barchasini birma-bir qanday qilishni o‘rganib chiqamiz.
Biz boshidan boshlab, telefonda o‘ynalsa bo‘ladigan va
-
ulashsa bo‘ladigan biron o‘yin yaratamiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga bo‘lingan.
-
Chap tomonda dasturingiz ishlaydigan o‘yin maydoni. Har bir bosqich uchun ko‘rsatmalar
-
pastda yozib qo‘yilgan. O‘rta maydon uskunalar qutisi, va bu bo‘limlarnig har biri
-
bir bo‘lak koddan tashkil topgan. O‘ngdagi oq joy ish joyi deb nomlanadi,
-
va bu yerda biz o‘z dasturimizni yaratamiz. Boshlab olish uchun, siz bo‘limlaringizni sabzirang
-
"when run" bo‘limiga bog‘lashingiz kerak. Siz ko‘plab bo‘limlarni sariq chiziq paydo bo‘lmaguncha
tortib olib kelib qo‘yish orqali
-
bir-biriga bog‘lashingiz mumkin, va shunda ular birgalikda joylashib qoladi. Birinchi boshqaotirmada,
-
Hiro birinchi aktyor va Baymax ikkinchi aktyor. Baymaxga yetib olishi uchun biz
Hironi move right bo‘limini olib kelib, keyin
-
when run bo‘limiga bog‘lash orqali harakatlantiramiz. Bo‘limlaringizni joyiga qo‘yib olganingizdan
keyin
-
nimani dasturlashtirganingizni ko‘rish uchun "Run" tugmasini bosing. Boshlab oldingiz
-
va endi oxirigacha o‘zaro ta’sirlashadigan, ball yig‘adigan, kichik robotlarni, giloslarni, tavani uloqtiradigan,
-
yarqiraydigan va bir-birini muzlatib, yo‘q qiladigan bu ajoyib aktyorlar bilan o‘z o‘yiningizni yarata olasiz.
-
Hammasi o‘zingizga bog‘liq!