Demak, siz nechanchi sinfsiz? Ikkinchi. O‘ninchi sinf. Birinchi sinf. Dasturlashni o‘rganganimda men sakkizinchi sinf edim. Birinchi komputerimni olganimda oltinchi sinf bo‘lganman. Odamlarning muammolarini to‘g‘irlay olish men uchun maroqli. Biron fikr orqali o‘zingizni ifodalay olasiz, nimalarnidir yarata olasiz. Komputer ilmi keyingi yigirma yoki o‘ttiz yillarda kollej talabalari va malakalilar qiladigan juda ko‘p narsalar uchun asos bo‘ladi. Men dasturlashni yoqtiraman chunki, men odamlarga yordam berishni yoqtiraman. Menda odamlar hayotini osonlashtiradigan nimadir yarataishga imkoniyat bo‘ladi. O‘ylashimcha, bu biz katta kuchga ega bo‘lishimizga yaqin narsa. Boshlab olish eng muhim qism hisoblanadi. Men o‘zim ham yangi o‘rganuvchiman va men sizlarni men bilan o‘rganishingizni xohlayman. Men John Vechey, PopCap Gamesning asoschilaridan biriman. Biz Plants vs. Zombies, Bejeweled, va Peggle kabi o‘yinlarni yaratamiz. O‘yinlarning ko‘pchiligi kodingiz, san’atingiz qanchalik mukammalligiga emas, balki o‘yinchi o‘zini qanday his qilishiga va qanchalik qiziqarli ekanligiga bog‘liq. Bu tuyg‘uni uni sinab ko‘rib, qilib ko‘rib, o‘rganish, moslashish va o‘yin yaratishda o‘z mahoratlaringizni ishlatish orqali his qilishingiz mumkin. Biron sevimli video o‘yiningiz bormi? Yaxshi, Play Labdan foydalanib, biz hozir o‘yinlar yaratish sari bir qadam tashlamoqchimiz. Yaxshi o‘yinlarning o‘z hikoyasi bor va har bir hikoyaning o‘z aktyorlari mavjud. Aktyorlar gapirish, harakatlanish va o‘zaro ta’sirlashish kabilarni bajarishadi. Balki, hattoki o‘yin qoidalariga asoslangan holda ball yig‘ish kabilarni ham. Bugun biz Anna, Elsa, Hiro, Baymax va Rapunzel kabi qahramonlar bilan bularning barchasini birma-bir qanday qilishni o‘rganib chiqamiz. Biz boshidan boshlab, telefonda o‘ynalsa bo‘ladigan va ulashsa bo‘ladigan biron o‘yin yaratamiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga bo‘lingan. Chap tomonda dasturingiz ishlaydigan o‘yin maydoni. Har bir bosqich uchun ko‘rsatmalar pastda yozib qo‘yilgan. O‘rta maydon uskunalar qutisi, va bu bo‘limlarnig har biri bir bo‘lak koddan tashkil topgan. O‘ngdagi oq joy ish joyi deb nomlanadi, va bu yerda biz o‘z dasturimizni yaratamiz. Boshlab olish uchun, siz bo‘limlaringizni sabzirang "when run" bo‘limiga bog‘lashingiz kerak. Siz ko‘plab bo‘limlarni sariq chiziq paydo bo‘lmaguncha tortib olib kelib qo‘yish orqali bir-biriga bog‘lashingiz mumkin, va shunda ular birgalikda joylashib qoladi. Birinchi boshqaotirmada, Hiro birinchi aktyor va Baymax ikkinchi aktyor. Baymaxga yetib olishi uchun biz Hironi move right bo‘limini olib kelib, keyin when run bo‘limiga bog‘lash orqali harakatlantiramiz. Bo‘limlaringizni joyiga qo‘yib olganingizdan keyin nimani dasturlashtirganingizni ko‘rish uchun "Run" tugmasini bosing. Boshlab oldingiz va endi oxirigacha o‘zaro ta’sirlashadigan, ball yig‘adigan, kichik robotlarni, giloslarni, tavani uloqtiradigan, yarqiraydigan va bir-birini muzlatib, yo‘q qiladigan bu ajoyib aktyorlar bilan o‘z o‘yiningizni yarata olasiz. Hammasi o‘zingizga bog‘liq!