< Return to Video

Yolg'on tili — Noa Zandan

  • 0:09 - 0:11
    "Kechirasiz, telefonimni quvvati tugadi".
  • 0:11 - 0:13
    "Jiddiy narsa yo'q. Hammasi yaxshi".
  • 0:13 - 0:17
    "Qo'yilgan ayblovlar mutlaqo asossiz".
  • 0:17 - 0:21
    "Kompaniya boshliqlari bu
    qonunbuzarliklardan bexabar edi".
  • 0:21 - 0:24
    "Men seni sevaman".
  • 0:24 - 0:27
    Biz yolg'on bilan har kuni 10 dan
    200 martagacha yuzlanamiz,
  • 0:27 - 0:30
    va yolg'onni aniqlash yo'llarini
  • 0:30 - 0:33
    topish uchun ancha vaqt ketkazamiz:
  • 0:33 - 0:36
    O'rta asr tergov va qiynash
    qurollaridan tortib, poligraflar
  • 0:36 - 0:39
    ovoz va nafas olishni
    analiz qiladigan mashinalar,
  • 0:39 - 0:42
    200 kg dan iborat miya biotoklarini
    yozuvchi uskunalargacha.
  • 0:42 - 0:45
    Shunga qaramay, bunday uskunalar ma'lum bir
    sharoyitda ishlaydi
  • 0:45 - 0:48
    va ko'pchiliklarini hattoki aldash
    ham mumkin, va ularni sud
  • 0:48 - 0:52
    jarayoni uchun ishlatishni
    ishonchli deb bilishmaydi.
  • 0:52 - 0:55
    Agar muammo bu usullarda emas,
    aldoqchilarning
  • 0:55 - 0:59
    fiziologik belgilarining o'zgarishi
    borasidagi g'oyada bo'lsa-chi?
  • 0:59 - 1:01
    Agar bunga to'g'ri qarasak, muloqotga
  • 1:01 - 1:05
    oid bilimlarni yolg'onni analiz qilish
    uchun qo'llasak-chi?
  • 1:05 - 1:10
    Biz ko'pincha o'zimizni yanada yaxshiroq
    ta'riflash uchun aldasak kerak.
  • 1:10 - 1:13
    Aslida qanday bo'lishni xoxlasak
    shunday ta'riflaymiz.
  • 1:13 - 1:15
    Asli holimizda qanaqa ekanligimizni emas.
  • 1:15 - 1:20
    Lekin miyamiz orzu qilish bilan band
    bo'lganda, u juda ko'p signallar beradi.
  • 1:20 - 1:24
    Bizning ongimiz emotsional informatsiya-
    ning bor-yo'g'i 5%ini boshqaradi,
  • 1:24 - 1:25
    muloqot ham shu jumladan.
  • 1:25 - 1:29
    Qolgan 95%i esa ongimiz doirasidan
    tashqarida.
  • 1:29 - 1:32
    Reallikni his qilish haqidagi ayrim
    adabiyotlarga ko'ra,
  • 1:32 - 1:34
    tasavvurga asoslangan voqealar
  • 1:34 - 1:38
    haqiqatga asoslanganlariga qaraganda
    katta farq qiladi.
  • 1:38 - 1:42
    Bu shuni anglatadiki, ma'lum bir mavzuda
    yolg'onni o'ylab topish kuch talab etadi,
  • 1:42 - 1:45
    va buning oqibatida boshqacha
    til modeli ishlatiladi.
  • 1:45 - 1:48
    "Lingvistik matn analizi" deb nom
    olgan texnologiya
  • 1:48 - 1:51
    yolg'onning ong osti tilining to'rtta
    umumiy modelini
  • 1:51 - 1:54
    aniqlashga yordam berdi.
  • 1:54 - 1:58
    Birinchi model: aldayotganda yolg'onchilar
    o'zi haqida juda kam axborot beradi.
  • 1:58 - 2:02
    Ular o'z yolg'onidan uzoqroq bo'lish
    maqsadida o'zlari haqida
  • 2:02 - 2:06
    uchinchi shaxsda gapirishadi yoki
    yozishadi.
  • 2:06 - 2:07
    Nima soxta eshitiladi:
  • 2:07 - 2:10
    "Uyda hech qanday bazm uyushtirilmadi"
  • 2:10 - 2:13
    yoki "Men bu uyda bazm uyushtirmadim"?
  • 2:13 - 2:16
    Ikkinchi tomondan, yolg'onchilarda
    odatda o'z yolg'oni
  • 2:16 - 2:19
    sabab aybdorlik hissi uyg'onib,
    oqibatda negativ kayfiyatda bo'lishadi.
  • 2:19 - 2:21
    Masalan yolg'onchi shunday deydi:
  • 2:21 - 2:26
    "Kechirasiz, telefonim o'chib qolgandi.
    O'lgudek yomon ko'raman shunday qilishini"
  • 2:26 - 2:29
    Uchinchidan, yolg'onchilar odatda
    hammasini juda oddiy izohlashadi.
  • 2:29 - 2:32
    Bunga sabab, miyaning murakkab
    yolg'on o'ylab topishdan bosh tortishi.
  • 2:32 - 2:33
    Hukm yoki baho?
  • 2:33 - 2:36
    Bu narsalarni miyada hisob-kitob
    qilish qiyin.
  • 2:36 - 2:39
    AQSH prezidentining gaplarini eslaymiz:
  • 2:39 - 2:42
    "Menda bu ayol bilan hech qanday jinsiy
    aloqa bo'lgani yo'q".
  • 2:42 - 2:45
    Va, nihoyat, oddiy izohlashlarga qaramasdan,
  • 2:45 - 2:48
    yolg'onchilar murakkab va oddiy bo'lmagan
    gap tuzilishlarini qo'llashadi.
  • 2:48 - 2:50
    Keraksiz so'zlarni ishlatib,
  • 2:50 - 2:54
    ahamiyatsiz, lekin rost bo'lib ko'rinuvchi
    detallarni keltirishadi.
  • 2:54 - 2:56
    Boshqa prezident shov-shuvdan
    keyin shunday degan:
  • 2:56 - 3:00
    "Haqiqiy qidiruv-tergov ishlaridan keyin
    shuni ishontirib aytamanki,
  • 3:00 - 3:01
    Oq uy ishchilaridan hech kim,
  • 3:01 - 3:04
    hozirgi administratiyadan hech kimning
  • 3:04 - 3:07
    bu g'alati hodisada qo'li yo'q".
  • 3:07 - 3:10
    Keling lingvistik analizni mashhur
    misollar bilan ko'rib chiqamiz.
  • 3:10 - 3:13
    7 karra "Tur de Frans" g'olibi
    Lens Armstrongni olaylik.
  • 3:13 - 3:15
    2005-yilgi doping moddalarini
  • 3:15 - 3:18
    iste'mol qilganini inkor qilgan
    intervyusi bilan
  • 3:18 - 3:21
    2013-yilgi buni tan olgan
    intervyusini solishtiramiz.
  • 3:21 - 3:25
    Ikkinchi intervyuda u ishlatgan shaxsiy
    olmoshlar soni 3/4 ga ortgan.
  • 3:25 - 3:28
    Quyidagi ikkita gaplarni bir
    solishtirib ko'ring.
  • 3:28 - 3:32
    Birinchisi: "Xa, bilasizmi,
    Parij laboratoriyasidagi yigit, kim edi,
  • 3:32 - 3:36
    qandaydir Jan-Fransis, sinov uchun
    namunalar oladi.
  • 3:36 - 3:39
    Keyin esa sizga gazetadan qo'ng'iroq qilib
    aytishadi:
  • 3:39 - 3:43
    "Biz EPO bo'yicha 6 marta ijobiy
    analiz oldik".
  • 3:43 - 3:45
    Ikkinchisi: "Men adashib ketdim.
  • 3:45 - 3:48
    Men aminman, bu qo'lidan keladigan
    odamlar topiladi, lekin
  • 3:48 - 3:50
    bu aniq meni qo'limdan kelmaydi.
  • 3:50 - 3:53
    Men hayotimda hamma narsani
    boshqarishga odatlanganman.
  • 3:53 - 3:55
    Va men hayotimdagi har bir natijani
    boshqarganman."
  • 3:55 - 3:58
    Armstrong inkor qilayotib tahminiy
    bir holatni tasvirlaydi,
  • 3:58 - 4:00
    uyam bo'lsa boshqa bir shaxsga qaratilgan,
  • 4:00 - 4:03
    o'zini to'liq chetda qoldirgan holda.
  • 4:03 - 4:05
    Tan olayotib esa u o'zi haqda gapiradi
  • 4:05 - 4:09
    va shaxsiy hissiyotlari va motivatsiyasiga
    berilib ketadi.
  • 4:09 - 4:13
    Lekin shaxs olmoshlari ishlatilish tartibi
    ham yolg'on ko'rsatuvchi indikatordir.
  • 4:13 - 4:15
    AQSH prezidentligiga da'vogar
    sobiq senator
  • 4:15 - 4:18
    Jon Edvardsning ham nutqini ko'rib
    chiqamiz:
  • 4:18 - 4:21
    "Menga faqat bolaning otasi
    deyilayotgan inson go'dakning
  • 4:21 - 4:23
    otasi u ekanini tan olgani ma'lum.
  • 4:23 - 4:25
    Men shuningdek, ayolga yoki
    go'dakning otasiga
  • 4:25 - 4:27
    qo'yilgan talab yoki to'lov bilan bog'liq
    bo'lgan,
  • 4:27 - 4:32
    shu kabi hech qanday biror harakatlarda
    qatnashmadim".
  • 4:32 - 4:36
    Bu yerda nafaqat "Bola meniki emas" gapi-
    ning chalkash bir ko'rinishini ko'ryapmiz,
  • 4:36 - 4:39
    bunda Edvards boshqalarni biror marta ham
    ismlari bilan
  • 4:39 - 4:43
    aytmasdan, "go'dak", "ayol",
    "taxminiy ota" so'zlarini ishlatdi.
  • 4:43 - 4:46
    Endi esa oxiri qanday holatda tan olganini
    ko'ramiz:
  • 4:46 - 4:48
    "Men Quinning otasiman.
  • 4:48 - 4:50
    Men unga u loyiq bo'lgan mehrni
    va yordamni
  • 4:50 - 4:53
    berish uchun kelgan hamma ishni qilaman.
  • 4:53 - 4:55
    Gaplar qisqa va aniq.
  • 4:55 - 4:58
    Go'dak ismi bilan aytilyapti, uning
    hayotidagi roli nazarda tutilgan.
  • 4:58 - 5:02
    Xo'sh, bu metodlarni hayotda
    qanday qo'llasa bo'ladi?
  • 5:02 - 5:05
    Birinchidan, hayotda biz eshitadigan
    yolg'onlar
  • 5:05 - 5:10
    misollarda keltirilgan yolg'onlarga
    nisbatan ancha zararsiz va jiddiy emas.
  • 5:10 - 5:13
    Qaysi belgilar yolg'onni fosh etib
    qo'yadi:
  • 5:13 - 5:16
    o'zi haqida kam gapirish,
    nutqdagi negativ ton,
  • 5:16 - 5:20
    oddiy ta'riflar va murakkab iboralar.
  • 5:20 - 5:23
    Bu sizni katta narxlarda arzon aksiyalarni
    sotib olmaslikdan,
  • 5:23 - 5:26
    sifatsiz mahsulot sotib olishdan,
    yomon munosabatlardan saqlaydi.
Title:
Yolg'on tili — Noa Zandan
Speaker:
Noah Zandan
Description:

To'liq tomosha qilish: http://ed.ted.com/lessons/the-language-of-lying-noah-zandan

Kuniga biz yolg'on bilan 10 dan 200 tagacha marta to'qnashamiz. Biz tariximizni ko'p qismini fiziologik analiz yo'llari bilan yolg'onni aniqlashga ketkazgan bo'lsak-da, bu metodlar ishonchsiz deb topilmoqda. To'g'riroq yoki aniqroq yo'li bormi? Noa Zandan muloqot ilmi yordamida yolg'onni analiz qilish borasida bir necha mashhur yolg'onlardan misollar keltirdi.

Dars — Noa Zandan, multiplikatsiya — The Moving Company Animation Studio.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:42
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for The language of lying
Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The language of lying
Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying

Uzbek subtitles

Revisions