Platsebo effektining samarasi - Emma Brays
-
0:07 - 0:111996-yilda 56 nafar ko'ngillilar
Trayverikin nomli yangi og'riq -
0:11 - 0:15qoldiruvchi vositani sinash uchun
o'tkazilgan tadqiqotda qatnashdi. -
0:15 - 0:19Ishtirokchilarning bir ko'rsatkich
barmog'iga sinovdagi yangi og'riqni -
0:19 - 0:22bosuvchi vosita surilgan,
ikkinchisiga teginilmagan. -
0:22 - 0:25Keyin ikkala barmoq ham
og'riqli qisqichlar orasiga solingan. -
0:25 - 0:30Ishtirokchilarning aytishicha, dori
surilgan barmoq unchalik og'rimagan. -
0:30 - 0:31Buning ajablanarli yeri yo'q,
-
0:31 - 0:35chunki Trayveriken aslida og'riq
qoldiruvchi vosita bo'lmagan, -
0:35 - 0:39u umuman og'riq qoldiruvchi xususiyatga
ega bo'lmagan "sohta eliksir" edi. -
0:39 - 0:43Talabalarni sohta dorining
kuchiga ishonishga nima undadi? -
0:43 - 0:46Javob esa platsebo effektida, yetarlicha
-
0:46 - 0:47izohlanmagan fenomen bo'lib,
-
0:47 - 0:52unda ta'sir ko'rsatishi kutilmagan
va ko'pincha sohta dorilar, muolajalar -
0:52 - 0:53va davolash usullari
-
0:53 - 0:56mo'jizaviy ravishda insonni
oyoqqa turgizadi. -
0:56 - 1:00Shifokorlar platsebo atamasini
1700-yildan buyon, bemordagi simptomni -
1:00 - 1:05yengilatishda sohta dorilarning qudratini
anglaganlaridan beri ishlatib kelishmoqda. -
1:05 - 1:08Zarur dorilar mavjud bo’lmaganda
yoki kimdir xayolida o’zini -
1:08 - 1:11nosog'lom his qilsa ulardan foydalanilgan.
-
1:11 - 1:16Platsebo so'zining ma’nosi lotincha
“Iltimos, roziman” degan ma’noni anglatib, -
1:16 - 1:19sarosimadagi bemorni tinchlantirishda
ishlatilganiga ishora qilmoqda. -
1:19 - 1:23Platsebolar ishonarli bo’lishi uchun
haqiqiy malhamga o'xshashi zarur edi, -
1:23 - 1:25shu tariqa ular tabletka, ampula va
-
1:25 - 1:27hatto platsebo jarrohligi
-
1:27 - 1:29ko’rinishini olgan.
-
1:29 - 1:34Ko'p o'tmay shifokorlar odamni bu
tarzda ishontirishning boshqa bir -
1:34 - 1:36istiqbolini angladi: tibbiy sinovlar.
-
1:36 - 1:401950-yillarda tadqiqotchilar plasebolardan
yangi muolajalarini sinovdan o’tkazishda -
1:40 - 1:42dasturilamal sifatida foydalanayotgan edi
-
1:42 - 1:44Misol uchun, yangi dorini baholashda
-
1:44 - 1:47sinovdagi bemorlarning yarmi haqiqiy
dorini ichishi mumkin. -
1:47 - 1:50Qolgan yarmi esa xuddi shu
ko’rinishdagi platseboni ichadi. -
1:50 - 1:54Tadqiqotchilar agar bemorlar haqiqiy yoki
sohta narsa o’rtasidagi farqni bilishmasa, -
1:54 - 1:56natijalarda tarafkashlik bo’lmaydi,
-
1:56 - 1:58deb ishonishardi.
-
1:58 - 2:02So’ng agar yangi dori platseboga nisbatan
sezilarli darajada foyda bersa, -
2:02 - 2:04uning samarasi sinovdan o'tgan.
-
2:04 - 2:10Hozirda platsebodan bu yo'lda foydalanish
axloqiy masalalar bois odat tusida emas. -
2:10 - 2:13Agar eskiroq versiyadagi dorini
yangisiga yoki boshqa bir doriga -
2:13 - 2:15solishtirish imkoni bo’lganda edi,
-
2:15 - 2:19bu insonga hech qanaqangi dori
bermagan yaxshiroq, -
2:19 - 2:21ayniqsa, ular jiddiy xastalikka
chalingan bo’lsa. -
2:21 - 2:26Bu holatlarda platsebolardan odatda
yangi, eski va alternativ dorilarning -
2:26 - 2:30xususiyatlarni aniqroq
solishtirishda sinovning haqqoniyligini -
2:30 - 2:33ta’minlash maqsadida foydalaniladi.
-
2:33 - 2:38Ammo platsebolar ham o’z ta’sir
kuchini ko’rsatishini bilamiz. -
2:38 - 2:39Platsebo effekti boriga shukur
-
2:39 - 2:42bemorlarning bari sohta dori ichgan yoki
yolg'on jarrohlikni -
2:42 - 2:43boshdan kechirgan bo'lishsa
-
2:43 - 2:44ham, ular yurak
-
2:44 - 2:46xastaliklari, astma va
-
2:46 - 2:50qattiq og’riq kabi bir qancha
dardlardan forig’ bo’lishdi. -
2:50 - 2:53Uning mexanizmini tushunishga
hanuz urinmoqdamiz -
2:53 - 2:55Platsebo effektiga shubha qiluvchilar
uning -
2:55 - 2:59boshqa omillar bilan adashtirib
yuborilishiga ishonishadi, misol uchun -
2:59 - 3:03bemor shifokorga ahvoli o’nglanganini
aytib ko’nglini ko’tarishga intilishi. -
3:03 - 3:04Boshqa tomondan,
-
3:04 - 3:08tadqiqotchilarning fikricha, agar
bemor sohta dori haqiqiyligiga -
3:08 - 3:12ishonsa,uning tuzalib ketishga bo’lgan
umidi kasallik alomatlarini yaxshilovchi -
3:12 - 3:14fiziologik faktorlarga ta’sir ko’rsatadi.
-
3:14 - 3:18Platsebo effekti qon bosimi, yurak
urish tezligini o'zgartirishga va og'riqni -
3:18 - 3:19kamaytiruvchi
-
3:19 - 3:23kimyoviy moddalarni, masalan
endorfinlarni ishlab chiqarishi mumkin. -
3:23 - 3:29Shuning uchun og’riq sinovi sinaluvchilari
platsebo foyda berganini ta'kidlagan edi. -
3:29 - 3:31Platsebolar, hatto adrenalin kabi
stress gormonlarini -
3:31 - 3:33kamaytirishi
-
3:33 - 3:36bu esa kasallikning zararli
ta'sirini zaiflashtirishi mumkin. -
3:36 - 3:40Shunday ekan g’ayrioddiy platsebo
effektiga tasannolar aytmaymizmi? -
3:40 - 3:41Xulosa chiqarishga shoshilmang.
-
3:41 - 3:44Agar bemor uni sohta eliksir
oyoqqa turg'azganiga -
3:44 - 3:49ishonsa, u foyda berishi aniq bo’lgan
dori va muolajani ortga surishi mumkin. -
3:49 - 3:52Qolaversa, bu ijobiy ta'sirlar vaqt
o'tishi bilan so'nishi mumkin -
3:52 - 3:54va ko’pincha shunday bo’ladi.
-
3:54 - 3:56Platsebolar tibbiy natijalarga ham shubha
-
3:56 - 3:59uyg’otadi, bu olimlarni uning
bizga ko'rsatayotgan ta'sirini -
3:59 - 4:01chuqurroq o’rganishga undaydi.
-
4:01 - 4:04Tana haqida biz bilgan barcha
bilimlarga qaramasdan, -
4:04 - 4:07platsebo effektiga o’xshash ayrim
g’alati va ochilmagan -
4:07 - 4:09sir-asrorlar hali hanuz barhayot.
-
4:09 - 4:13Xo’sh yana qanday ajoyibotlar
egasi bo’lishimiz mumkin? -
4:13 - 4:16Atrofimizdagi dunyoni o’rganishga
sho’ng’ib, -
4:16 - 4:19uning eng ajabtovur xilqatlaridan biri
ko’z oldimizda ekanligini -
4:19 - 4:21unutib qo’yish oson.
- Title:
- Platsebo effektining samarasi - Emma Brays
- Speaker:
- Emma Brays
- Description:
-
To'liq videoni bu yerda ko'ring: http://ed.ted.com/lessons/the-power-of-the-placebo-effect-emma-bryce
Platsebo effekti yetarlicha izohlanmagan fenomen bo'lib, unda ta'sir ko'rsatishi kutilmagan — va ko'pincha sohta — dorilar, muolajalar va davolash usullari mo'jizaviy ravishda insonning oyoqqa turishiga yordam beradi. Nimalar ro'y beryapti? Emma Bris platseboning g'ayrioddiy foydali jihatlari namoyon etayotgan sir-asrorlarni o'rganishga kirishadi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 04:38
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The power of the placebo effect | |
![]() |
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The power of the placebo effect |