Yolg'on tili — Noa Zandan
- 
0:09 - 0:11"Kechirasiz, telefonimni quvvati tugadi".
- 
0:11 - 0:13"Jiddiy narsa yo'q. Hammasi yaxshi".
- 
0:13 - 0:17"Qo'yilgan ayblovlar mutlaqo asossiz".
- 
0:17 - 0:21"Kompaniya boshliqlari bu
 qonunbuzarliklardan bexabar edi".
- 
0:21 - 0:24"Men seni sevaman".
- 
0:24 - 0:27Biz yolg'on bilan har kuni 10 dan
 200 martagacha yuzlanamiz,
- 
0:27 - 0:30va yolg'onni aniqlash yo'llarini
- 
0:30 - 0:33topish uchun ancha vaqt ketkazamiz:
- 
0:33 - 0:36O'rta asr tergov va qiynash
 qurollaridan tortib, poligraflar
- 
0:36 - 0:39ovoz va nafas olishni
 analiz qiladigan mashinalar,
- 
0:39 - 0:42200 kg dan iborat miya biotoklarini
 yozuvchi uskunalargacha.
- 
0:42 - 0:45Shunga qaramay, bunday uskunalar ma'lum bir
 sharoyitda ishlaydi
- 
0:45 - 0:48va ko'pchiliklarini hattoki aldash
 ham mumkin, va ularni sud
- 
0:48 - 0:52jarayoni uchun ishlatishni
 ishonchli deb bilishmaydi.
- 
0:52 - 0:55Agar muammo bu usullarda emas,
 aldoqchilarning
- 
0:55 - 0:59fiziologik belgilarining o'zgarishi
 borasidagi g'oyada bo'lsa-chi?
- 
0:59 - 1:01Agar bunga to'g'ri qarasak, muloqotga
- 
1:01 - 1:05oid bilimlarni yolg'onni analiz qilish
 uchun qo'llasak-chi?
- 
1:05 - 1:10Biz ko'pincha o'zimizni yanada yaxshiroq
 ta'riflash uchun aldasak kerak.
- 
1:10 - 1:13Aslida qanday bo'lishni xoxlasak
 shunday ta'riflaymiz.
- 
1:13 - 1:15Asli holimizda qanaqa ekanligimizni emas.
- 
1:15 - 1:20Lekin miyamiz orzu qilish bilan band
 bo'lganda, u juda ko'p signallar beradi.
- 
1:20 - 1:24Bizning ongimiz emotsional informatsiya-
 ning bor-yo'g'i 5%ini boshqaradi,
- 
1:24 - 1:25muloqot ham shu jumladan.
- 
1:25 - 1:29Qolgan 95%i esa ongimiz doirasidan
 tashqarida.
- 
1:29 - 1:32Reallikni his qilish haqidagi ayrim
 adabiyotlarga ko'ra,
- 
1:32 - 1:34tasavvurga asoslangan voqealar
- 
1:34 - 1:38haqiqatga asoslanganlariga qaraganda
 katta farq qiladi.
- 
1:38 - 1:42Bu shuni anglatadiki, ma'lum bir mavzuda
 yolg'onni o'ylab topish kuch talab etadi,
- 
1:42 - 1:45va buning oqibatida boshqacha
 til modeli ishlatiladi.
- 
1:45 - 1:48"Lingvistik matn analizi" deb nom
 olgan texnologiya
- 
1:48 - 1:51yolg'onning ong osti tilining to'rtta
 umumiy modelini
- 
1:51 - 1:54aniqlashga yordam berdi.
- 
1:54 - 1:58Birinchi model: aldayotganda yolg'onchilar
 o'zi haqida juda kam axborot beradi.
- 
1:58 - 2:02Ular o'z yolg'onidan uzoqroq bo'lish
 maqsadida o'zlari haqida
- 
2:02 - 2:06uchinchi shaxsda gapirishadi yoki
 yozishadi.
- 
2:06 - 2:07Nima soxta eshitiladi:
- 
2:07 - 2:10"Uyda hech qanday bazm uyushtirilmadi"
- 
2:10 - 2:13yoki "Men bu uyda bazm uyushtirmadim"?
- 
2:13 - 2:16Ikkinchi tomondan, yolg'onchilarda
 odatda o'z yolg'oni
- 
2:16 - 2:19sabab aybdorlik hissi uyg'onib,
 oqibatda negativ kayfiyatda bo'lishadi.
- 
2:19 - 2:21Masalan yolg'onchi shunday deydi:
- 
2:21 - 2:26"Kechirasiz, telefonim o'chib qolgandi.
 O'lgudek yomon ko'raman shunday qilishini"
- 
2:26 - 2:29Uchinchidan, yolg'onchilar odatda
 hammasini juda oddiy izohlashadi.
- 
2:29 - 2:32Bunga sabab, miyaning murakkab
 yolg'on o'ylab topishdan bosh tortishi.
- 
2:32 - 2:33Hukm yoki baho?
- 
2:33 - 2:36Bu narsalarni miyada hisob-kitob
 qilish qiyin.
- 
2:36 - 2:39AQSH prezidentining gaplarini eslaymiz:
- 
2:39 - 2:42"Menda bu ayol bilan hech qanday jinsiy
 aloqa bo'lgani yo'q".
- 
2:42 - 2:45Va, nihoyat, oddiy izohlashlarga qaramasdan,
- 
2:45 - 2:48yolg'onchilar murakkab va oddiy bo'lmagan
 gap tuzilishlarini qo'llashadi.
- 
2:48 - 2:50Keraksiz so'zlarni ishlatib,
- 
2:50 - 2:54ahamiyatsiz, lekin rost bo'lib ko'rinuvchi
 detallarni keltirishadi.
- 
2:54 - 2:56Boshqa prezident shov-shuvdan
 keyin shunday degan:
- 
2:56 - 3:00"Haqiqiy qidiruv-tergov ishlaridan keyin
 shuni ishontirib aytamanki,
- 
3:00 - 3:01Oq uy ishchilaridan hech kim,
- 
3:01 - 3:04hozirgi administratiyadan hech kimning
- 
3:04 - 3:07bu g'alati hodisada qo'li yo'q".
- 
3:07 - 3:10Keling lingvistik analizni mashhur
 misollar bilan ko'rib chiqamiz.
- 
3:10 - 3:137 karra "Tur de Frans" g'olibi
 Lens Armstrongni olaylik.
- 
3:13 - 3:152005-yilgi doping moddalarini
- 
3:15 - 3:18iste'mol qilganini inkor qilgan
 intervyusi bilan
- 
3:18 - 3:212013-yilgi buni tan olgan
 intervyusini solishtiramiz.
- 
3:21 - 3:25Ikkinchi intervyuda u ishlatgan shaxsiy
 olmoshlar soni 3/4 ga ortgan.
- 
3:25 - 3:28Quyidagi ikkita gaplarni bir
 solishtirib ko'ring.
- 
3:28 - 3:32Birinchisi: "Xa, bilasizmi,
 Parij laboratoriyasidagi yigit, kim edi,
- 
3:32 - 3:36qandaydir Jan-Fransis, sinov uchun
 namunalar oladi.
- 
3:36 - 3:39Keyin esa sizga gazetadan qo'ng'iroq qilib
 aytishadi:
- 
3:39 - 3:43"Biz EPO bo'yicha 6 marta ijobiy
 analiz oldik".
- 
3:43 - 3:45Ikkinchisi: "Men adashib ketdim.
- 
3:45 - 3:48Men aminman, bu qo'lidan keladigan
 odamlar topiladi, lekin
- 
3:48 - 3:50bu aniq meni qo'limdan kelmaydi.
- 
3:50 - 3:53Men hayotimda hamma narsani
 boshqarishga odatlanganman.
- 
3:53 - 3:55Va men hayotimdagi har bir natijani
 boshqarganman."
- 
3:55 - 3:58Armstrong inkor qilayotib tahminiy
 bir holatni tasvirlaydi,
- 
3:58 - 4:00uyam bo'lsa boshqa bir shaxsga qaratilgan,
- 
4:00 - 4:03o'zini to'liq chetda qoldirgan holda.
- 
4:03 - 4:05Tan olayotib esa u o'zi haqda gapiradi
- 
4:05 - 4:09va shaxsiy hissiyotlari va motivatsiyasiga
 berilib ketadi.
- 
4:09 - 4:13Lekin shaxs olmoshlari ishlatilish tartibi
 ham yolg'on ko'rsatuvchi indikatordir.
- 
4:13 - 4:15AQSH prezidentligiga da'vogar
 sobiq senator
- 
4:15 - 4:18Jon Edvardsning ham nutqini ko'rib
 chiqamiz:
- 
4:18 - 4:21"Menga faqat bolaning otasi
 deyilayotgan inson go'dakning
- 
4:21 - 4:23otasi u ekanini tan olgani ma'lum.
- 
4:23 - 4:25Men shuningdek, ayolga yoki
 go'dakning otasiga
- 
4:25 - 4:27qo'yilgan talab yoki to'lov bilan bog'liq
 bo'lgan,
- 
4:27 - 4:32shu kabi hech qanday biror harakatlarda
 qatnashmadim".
- 
4:32 - 4:36Bu yerda nafaqat "Bola meniki emas" gapi-
 ning chalkash bir ko'rinishini ko'ryapmiz,
- 
4:36 - 4:39bunda Edvards boshqalarni biror marta ham
 ismlari bilan
- 
4:39 - 4:43aytmasdan, "go'dak", "ayol",
 "taxminiy ota" so'zlarini ishlatdi.
- 
4:43 - 4:46Endi esa oxiri qanday holatda tan olganini
 ko'ramiz:
- 
4:46 - 4:48"Men Quinning otasiman.
- 
4:48 - 4:50Men unga u loyiq bo'lgan mehrni
 va yordamni
- 
4:50 - 4:53berish uchun kelgan hamma ishni qilaman.
- 
4:53 - 4:55Gaplar qisqa va aniq.
- 
4:55 - 4:58Go'dak ismi bilan aytilyapti, uning
 hayotidagi roli nazarda tutilgan.
- 
4:58 - 5:02Xo'sh, bu metodlarni hayotda
 qanday qo'llasa bo'ladi?
- 
5:02 - 5:05Birinchidan, hayotda biz eshitadigan
 yolg'onlar
- 
5:05 - 5:10misollarda keltirilgan yolg'onlarga
 nisbatan ancha zararsiz va jiddiy emas.
- 
5:10 - 5:13Qaysi belgilar yolg'onni fosh etib
 qo'yadi:
- 
5:13 - 5:16o'zi haqida kam gapirish,
 nutqdagi negativ ton,
- 
5:16 - 5:20oddiy ta'riflar va murakkab iboralar.
- 
5:20 - 5:23Bu sizni katta narxlarda arzon aksiyalarni
 sotib olmaslikdan,
- 
5:23 - 5:26sifatsiz mahsulot sotib olishdan,
 yomon munosabatlardan saqlaydi.
- Title:
- Yolg'on tili — Noa Zandan
- Speaker:
- Noah Zandan
- Description:
- 
    more » « lessTo'liq tomosha qilish: http://ed.ted.com/lessons/the-language-of-lying-noah-zandan Kuniga biz yolg'on bilan 10 dan 200 tagacha marta to'qnashamiz. Biz tariximizni ko'p qismini fiziologik analiz yo'llari bilan yolg'onni aniqlashga ketkazgan bo'lsak-da, bu metodlar ishonchsiz deb topilmoqda. To'g'riroq yoki aniqroq yo'li bormi? Noa Zandan muloqot ilmi yordamida yolg'onni analiz qilish borasida bir necha mashhur yolg'onlardan misollar keltirdi. Dars — Noa Zandan, multiplikatsiya — The Moving Company Animation Studio. 
- Video Language:
- English
- Team:
 closed TED closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 05:42
|   | TED Translators admin approved Uzbek subtitles for The language of lying | |
|   | Azizbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The language of lying | |
|   | Azizbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying | |
|   | Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying | |
|   | Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying | |
|   | Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The language of lying |