Return to Video

Qanday qilib beton yoriqlari o'zini o'zi tiklashi mumkin? - Kongruy Jin

  • 0:07 - 0:09
    Beton dunyodagi eng keng tarqalgan
  • 0:09 - 0:11
    qurilish materiali hisoblanadi.
  • 0:11 - 0:13
    Ko'pgina shaharlarning qatnov yo'lkalari,
  • 0:13 - 0:16
    keng daryolar uzra o'tgan ko'priklar va
    eng baland
  • 0:16 - 0:18
    osmono'par binolari betondan qurilgan.
  • 0:18 - 0:20
    Biroq bu chidamli materialda bir
  • 0:20 - 0:21
    kamchilik bor:
    unga shikast
  • 0:21 - 0:23
    yetsa, qattiq yorilib ketishi
  • 0:23 - 0:25
    mumkin,
    uni ta'mirlashga har yili
  • 0:25 - 0:26
    milliardlab dollar sarflanadi.
  • 0:26 - 0:28
    Ammo o'z-o'zini tiklovchi betonni
  • 0:28 - 0:31
    yaratish muammoga yechim bo'lsa-chi?
  • 0:31 - 0:33
    G'oya g'alati tuyulishi
    mumkin,
  • 0:33 - 0:34
    ammo unday emas.
  • 0:34 - 0:36
    Avvaliga beton yaratish jarayonini
  • 0:36 - 0:37
    o'rganish va uni o'z maqsadimizga
  • 0:37 - 0:39
    qanday bo'ysundirishni
  • 0:39 - 0:41
    bilish lozim.
  • 0:41 - 0:43
    Beton shag'al va qum aralashmasidan
  • 0:43 - 0:45
    iborat agregatlarni loy va ohaktoshning
  • 0:45 - 0:48
    kukunli aralashmasi bo'lgan sementga
  • 0:48 - 0:49
    qorishtirish orqali tayyorlanadi.
  • 0:49 - 0:51
    Qorishmaga suv qo'shilgach,
  • 0:51 - 0:53
    sement quyuqlashib,
    agregatlar
  • 0:53 - 0:55
    bilan qoplanadi va
    gidratatsiya deb ataluvchi
  • 0:55 - 0:56
    kimyoviy reaksiya tufayli
  • 0:56 - 0:58
    tezda qotib qoladi.
  • 0:58 - 1:00
    Natijada, yuzlab metr balandlikka
  • 1:00 - 1:02
    ko'tariluvchi binolarni qurish uchun
  • 1:02 - 1:04
    mustahkam material
  • 1:04 - 1:05
    hosil bo'ladi.
  • 1:05 - 1:06
    Odamlar 4000 yildan
  • 1:06 - 1:08
    buyon sement yaratishning
    turli usullarini
  • 1:08 - 1:10
    qo'llab kelishganiga qaramay,
  • 1:10 - 1:11
    beton u qadar uzoq
  • 1:11 - 1:14
    vaqt saqlanib turmaydi.
  • 1:14 - 1:16
    20-30 yil ichida
  • 1:16 - 1:19
    sementning tirishishi, kuchli muzlash,
  • 1:19 - 1:20
    qizish va og'ir yuklar ta'sirida
  • 1:20 - 1:24
    yoriqlar paydo bo'ladi.
  • 1:24 - 1:26
    Gap faqat katta yoriqlar
    haqida ketmayapti,
  • 1:26 - 1:28
    arzimas darz ketishlar ham
    xavfli bo'lishi mumkin.
  • 1:28 - 1:30
    Beton ko'pincha po'lat armatura
  • 1:30 - 1:31
    atrofida yordamchi tayanch
  • 1:31 - 1:34
    sifatida ishlatiladi.
  • 1:34 - 1:36
    Bunday holda hatto
    mayda yoriqlardan ham suv,
  • 1:36 - 1:38
    kislorod, karbonat angidrid
    o'tishi mumkin.
  • 1:38 - 1:41
    Bu po'lat zanglashini keltirib chiqarib,
  • 1:41 - 1:43
    imorat qulashiga olib keladi.
  • 1:43 - 1:45
    Ko'prik va magistral yo'llar singari
  • 1:45 - 1:47
    doimiy yuk ostida bo'lgan inshoot-
  • 1:47 - 1:48
    larda bunday muammolarni
  • 1:48 - 1:50
    falokatdan oldin aniqlash ancha
  • 1:50 - 1:52
    qimmatga tushadi va ko'p vaqt talab etadi.
  • 1:52 - 1:54
    Ammo qo'l qovushtirib o'tirish
  • 1:54 - 1:57
    minglab kishilar hayotini
    xavf ostiga qo'yadi.
  • 1:57 - 1:59
    Hayriyatki, biz allaqachon
    betonning o'zini qayta
  • 1:59 - 2:00
    tiklashiga imkon beruvchi
  • 2:00 - 2:02
    metodlar ustida ishlamoqdamiz.
  • 2:02 - 2:03
    Ularning ba'zilari beton-
  • 2:03 - 2:05
    ning o'zini o'zi
    tiklashining
  • 2:05 - 2:07
    tabiiy mexanizmiga asoslangan.
  • 2:07 - 2:09
    Kichik yoriqlar ichiga suv kirganida,
  • 2:09 - 2:12
    u beton tarkibidagi
    kalsiy oksidini to'yintiradi.
  • 2:12 - 2:14
    Havoda hosil bo'lgan kalsiy gidroksidi
  • 2:14 - 2:16
    karbonat angidrid bilan
    reaksiyaga kirishadi va
  • 2:16 - 2:18
    autogen tiklanish jarayoni
  • 2:18 - 2:20
    boshlanadi: kalsiy karbonatining
  • 2:20 - 2:22
    mayda kristallari hosil bo'lib,
  • 2:22 - 2:24
    bo'shliqlarni to'ldira boshlaydi.
  • 2:24 - 2:26
    Afsuski, bu kristallar
  • 2:26 - 2:29
    0,3 mm gacha hajmdagi
  • 2:29 - 2:32
    yoriqlarnigina yopishi mumkin.
    Materialshunos olimlar
  • 2:32 - 2:34
    beton aralashmasiga
    yashirin yelim
  • 2:34 - 2:36
    qo'shib, yoriqlarni ikki baravar
  • 2:36 - 2:38
    katta o'lchamda to'ldirish
    mumkinligini aniqladilar.
  • 2:38 - 2:40
    Agar qorishmaga yopishqoq modda bilan
  • 2:40 - 2:42
    to'ldirilgan tola va naychalar
  • 2:42 - 2:44
    qo'shilsa, yoriqlar paydo bo'lganda,
    ular yorilib,
  • 2:44 - 2:46
    o'zidan teshiklarni to'ldiradigan
  • 2:46 - 2:48
    yopishqoq modda
    ajratib chiqaradi.
  • 2:48 - 2:49
    Biroq, yopishqoq moddalar reaksiyasi
  • 2:49 - 2:51
    betonnikidan farq qilib,
  • 2:51 - 2:53
    vaqt o'tishi bilan yanada ko'proq
  • 2:53 - 2:55
    yoriqlarga sabab bo'lishi mumkin.
  • 2:55 - 2:57
    Ehtimol, katta yoriqlarni tuzatish-
  • 2:57 - 2:59
    ning eng yaxshi yo'li
    betonga o'zini o'zi
  • 2:59 - 3:01
    tiklashi uchun zarur
    vositalarni berishdir.
  • 3:01 - 3:02
    Olimlar ba'zi bakteriya
  • 3:02 - 3:04
    va zamburug'lar autogen tiklanish
  • 3:04 - 3:05
    jarayonida ishtirok etuvchi
  • 3:05 - 3:07
    kalsiy karbonat kabi minerallarni
  • 3:07 - 3:09
    ishlab chiqarishini aniqladilar.
  • 3:09 - 3:11
    Eksperimental beton qorishmalar
  • 3:11 - 3:13
    shunday bakteriya yoki
    qo'ziqorin sporalaridan
  • 3:13 - 3:16
    iborat bo'lib, ular ozuqa
    moddalari bilan
  • 3:16 - 3:17
    o'ralgan holda yuz yillab
  • 3:17 - 3:19
    "uyquda" yotishi mumkin.
  • 3:19 - 3:20
    Yoriqlar paydo bo'lib,
  • 3:20 - 3:22
    suv betonga kirganida,
  • 3:22 - 3:25
    sporalar uyg'onib, o'sadi va atrofdagi
  • 3:25 - 3:27
    ozuqaviy minerallarni yutib,
  • 3:27 - 3:29
    atrof-muhitni o'zgartiradi va
  • 3:29 - 3:31
    kalsiy karbonatning shakllanishi
  • 3:31 - 3:33
    uchun ideal sharoit yaratadi.
  • 3:33 - 3:35
    Bu kristallar asta-sekin
    bo'shliqlarni
  • 3:35 - 3:37
    to'ldirib, taxminan uch haftada
  • 3:37 - 3:38
    mehnatsevar mikroblar
  • 3:38 - 3:40
    deyarli 1mm kenglikdagi
  • 3:40 - 3:43
    yoriqlarni to'liq tuzata oladi.
  • 3:43 - 3:44
    Yoriqlarni yamagach,
  • 3:44 - 3:46
    bakteriya va zamburug'lar
    spora hosil qilib,
  • 3:46 - 3:48
    yangi yoriqlar paydo bo'lganida
  • 3:48 - 3:50
    o'z-o'zini tiklashning yangi
    siklini boshlash
  • 3:50 - 3:51
    uchun yana
    uyquga ketadi.
  • 3:52 - 3:53
    Mazkur metod har
  • 3:53 - 3:54
    jihatdan tadqiq
    etilganiga qaramay,
  • 3:54 - 3:56
    uni ommaviy beton ishlab
  • 3:56 - 3:57
    chiqarish jarayoniga
  • 3:57 - 3:59
    joriy qilinishiga shoshmaslik zarur.
  • 3:59 - 4:02
    Nima bo'lganda ham bu sporalar
    betonni yanada
  • 4:02 - 4:02
    ishiq va mustahkam
  • 4:02 - 4:05
    qilish uchun katta imkoniyatlarga ega.
  • 4:05 - 4:06
    Bu beton ishlab chiqarishning
  • 4:06 - 4:08
    moliyaviy va ekologik
    xarajatlarini sezilarli
  • 4:08 - 4:10
    darajada
    kamaytirish mumkin.
  • 4:10 - 4:13
    Kun kelib bu mikroorganizmlar
  • 4:13 - 4:14
    bizning tosh o'rmonimizga
  • 4:14 - 4:16
    jon kiritib, shaharlar haqidagi
  • 4:16 - 4:18
    tasavvurlarimizni o'zgartirib
  • 4:18 - 4:19
    yuborishi mumkin.
Title:
Qanday qilib beton yoriqlari o'zini o'zi tiklashi mumkin? - Kongruy Jin
Speaker:
Kongruy Jin
Description:

To'liq dars: https://ed.ted.com/lessons/what-if-cracks-in-concrete-could-fix-themselves-congrui-jin

Beton dunyodagi eng keng tarqalgan qurilish materiali hisoblanadi.
Ko'pgina qatnov yo'lkalari, keng daryolar uzra o'tgan ko'priklar va sayyoramizning eng baland osmono'par binolari aynan bitondan qurilgan. Biroq bu chidamli materialning bir kamchiligi bor: u qattiq yorilib ketishi va iqtisodiyot hamda atrof-muhitga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu muammoning oldini olish mumkinmi? Kongruy Jin qanday qilib yanada mustahkam beton yaratish mumkinligini tadqiq etadi.

Kongruy Jin ma'ruzasi, Aeon Production mahsuloti

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:36

Uzbek subtitles

Revisions