Return to Video

My Online Neighborhood

  • 0:07 - 0:12
    Salom! Mening ismim Jeremy. Yoshim 7 da.
  • 0:12 - 0:15
    Men onajonimning kompyuterida o'ynashni juda yaxshi ko'raman.
  • 0:15 - 0:17
    Lekin men har doim birinchi navbatda ruxsat so'rayman.
  • 0:17 - 0:21
    Onajon, men kompyuterdan foydalansam maylimi? Onajonm: "albatta, jonim"
  • 0:21 - 0:23
    Onamning kompyuterida ishlashni yaxshi ko'raman, chunki
  • 0:23 - 0:26
    unda Internet bor.
  • 0:29 - 0:32
    Internet ko'chaga juda o'xshaydi.
  • 0:34 - 0:37
    Unda salqin yoqimli joylarni topishingiz mumkin.
  • 0:38 - 0:42
    Oilangiz va do'stlaringiz bilan suhbatlashishingiz mumkin.
  • 0:43 - 0:47
    Siz yana yangi narsalarni o'rganishingiz mumkin.
  • 0:47 - 0:52
    Misol uchun, kecha uyim yaqinidagi hayvonot bog'iga bordim.
  • 0:52 - 0:55
    Zebra toychog'ini ko'rdim.
  • 0:55 - 0:58
    Men uni rasmga oldim.
  • 0:58 - 1:02
    Keyin undagi chiziqlar ranglarini o'zgartirdim.
  • 1:02 - 1:03
    Keyin unga qalpoq kiydirdim
  • 1:03 - 1:07
    va uni ajoyib hayvonlar to'plamiga qo'shdim.
  • 1:07 - 1:09
    Ajoyib!
  • 1:12 - 1:16
    Keyin men olis-olis joylarga bordim.
  • 1:16 - 1:21
    Men Keniyaga tashrif buyurdim. Bu Afrikadagi mamlakat.
  • 1:21 - 1:23
    U yerda ko'plab zebralar yashaydi.
  • 1:23 - 1:27
    Vau! Shuncha zebralar!
  • 1:28 - 1:32
    Ba'zan internetda tanishlarim bilan gaplashaman.
  • 1:34 - 1:37
    Misol uchun, boshqa davlatda yashovchi buvijonim bilan.
  • 1:38 - 1:40
    Salom, buvijon!
  • 1:40 - 1:42
    U menga shirinliklar tayyorlaydi
  • 1:42 - 1:44
    va tug'ilgan kunimga yuboradi.
  • 1:44 - 1:48
    Mazali! Afsuski, Internet uning hidini yetkazmaydi!
  • 1:48 - 1:52
    Internet men turli odamlar bilan muloqot qilishim mumkin.
  • 1:52 - 1:54
    Misol uchun, amakimni qizi - kuzinam bilan.
  • 1:54 - 1:57
    Ammo men faqat tanishlar bilan muloqot qilaman.
  • 1:58 - 2:06
    Biroq menga internetda eng ko'p yoqadigan narsa - bu qiziqarli o'yinlarni o'ynash mumkinligi!
  • 2:09 - 2:11
    Gol!
  • 2:11 - 2:13
    Men yana chizishni
  • 2:13 - 2:16
    va yangi narsalar yaratishni yaxshi ko'raman.
  • 2:16 - 2:19
    Va do'stlarinm bilan baham ko'rishni, albatta.
  • 2:19 - 2:20
    Ajoyib!
  • 2:21 - 2:25
    Ba'zan yangi narsalarni o'rganish uchun saytlarga kiraman,
  • 2:25 - 2:29
    lekin men doimo o'zimga mos saytlarni tanlayman.
  • 2:30 - 2:32
    Vau, dinozavrlar!
  • 2:33 - 2:36
    Internet juda qiziqarli joy!
  • 2:36 - 2:41
    Lekin katta ko'chani kesib o'tish kabi,
  • 2:41 - 2:46
    onlayn bo'lganda
  • 2:46 - 2:49
    ehtiyot bo'lish kerak.
  • 2:49 - 2:51
    Eslab qolish kerak bo'lgan uchta qoida mavjud.
  • 2:51 - 2:56
    Birinchisi, ota-onadan ruxsat so'rash.
  • 2:56 - 3:00
    2.
    Faqat tanishlar bilan muloqot qilish lozim.
  • 3:00 - 3:05
    3-qoida.
    Faqat bolalar saytlariga kirish.
  • 3:05 - 3:08
    Vau, qiziqarli bo'ldi!
  • 3:08 - 3:09
    Onam: "ovqatlanish vaqti keldi!"
  • 3:09 - 3:11
    Boryapman.
  • 3:11 - 3:16
    Va yana qanday joylarni ko'raman deb keyingi safarni men hozirdan kuta boshladim.
  • 3:16 - 3:18
    Uchrashguncha xayr!
Title:
My Online Neighborhood
Description:

more » « less
Video Language:
English
Duration:
03:32

Uzbek subtitles

Revisions