Nima uchun "Usta va Margarita" ni o'qish kerak? - Aleks Gendler
-
0:08 - 0:11Kunlarning birida shaharda
Shaytoni-La'in paydo bo'ldi. -
0:11 - 0:15Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i
teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi. -
0:15 - 0:18Mana shu qiziqarli muqaddima
Mixail Bulgakovning shoh asari – -
0:18 - 0:22"Usta va Margarita" ning asosiy
syujet chizig'ini shakllantiradi. -
0:22 - 0:25XX asrning 30-yillarida
Moskvada yozilgan bu asarda -
0:25 - 0:29siyosiy satira, tarixiy proza va
-
0:29 - 0:31okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro
-
0:31 - 0:35uyg'unlashgan bo’lib, 20-asrning eng
buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy -
0:35 - 0:37romanlaridan biri sifatida
e'tirof etiladi. -
0:37 - 0:40Hikoya boshida
Moskva adabiy uyushmasining -
0:40 - 0:42ikki a'zosi o'rtasidagi suhbat
-
0:42 - 0:45o'zini qora jodu seansini
o'tkazishga taklif qilingan -
0:45 - 0:48chet ellik olim sifatida tanishtirgan
-
0:48 - 0:51Voland ismli g'oyat g'alati kimsaning
tashrifi bilan bo'linadi. -
0:51 - 0:55Notanish kishi bu ikki hamrohni
falsafiy munozaraga jalb qilib, ularning -
0:55 - 0:58taqdirlari haqida dahshatli
bashoratlar qilayotgan -
0:58 - 1:02bir paytda, kitobxon e'tibori to'satdan
milodiy I asrda -
1:02 - 1:04Quddusda bo'layotgan
voqealarga ko'chiriladi. -
1:04 - 1:09Rim prokuratori Pontiy Pilat Iso Masihni
istar-istamas o'limga hukm qiladi. -
1:09 - 1:11Asar syujeti ikkita badiiy olamda
parallel ravishda -
1:11 - 1:16yuz beradi – Voland va uning sheriklari:
Azazello, Korovyov, Gella va -
1:16 - 1:19Begemot ismli bahaybat mushuk
-
1:19 - 1:21aql bovar qilmaydigan sehr-jodu
kuchi yordamida -
1:21 - 1:24haqiqiy tomosha ko'rsatib,
-
1:24 - 1:28olamonni katta to'palon va
sarosima ichida qoldiradilar. -
1:28 - 1:33Romandagi qora yumor ko'pincha
nafaqat shaytoniy shumliklarda, -
1:33 - 1:36balki asarning tarixiy kontekstida
ham o'z aksini topadi. -
1:36 - 1:40Bulgakov asari voqealari
u yaratilgan siyosiy muhit – -
1:40 - 1:43Stalinizm avj olgan SSSR da sodir bo'ladi.
O'sha paytda yozuvchi -
1:43 - 1:47va san'atkorlar kuchli senzura bosimi
ostida ishlaganlar, -
1:47 - 1:50asarlari davlat mafkurasiga zid
bo'lgan taqdirda, qamoqqa olinishlari, -
1:50 - 1:54quvg'in qilinishlari va hatto
qatl etilishlari mumkin edi. -
1:54 - 1:56Ishlari ma'qullangan taqdirda ham,
ularning -
1:56 - 1:58faoliyati, shuningdek,
uy-joyi, safar-sayohatlari, -
1:58 - 2:01butun turmush tarzi
qat'iy byurokratiya nazoratiga olingan. -
2:01 - 2:02Romanda Voland
-
2:02 - 2:07mazkur tizimni ustalik bilan
manipulyatsiya qiladi, voqelikni aqlni -
2:07 - 2:09shoshirar darajada
o'zgartirib yuboradi. -
2:09 - 2:13Qahramonlardan birini tramvay urib boshi
uziladi, shiftdan pul yomg'ir bo'lib -
2:13 - 2:16yog'iladi – moskvaliklar bularning
barchasiga o'ziga xos manfaatparastlik -
2:16 - 2:20bilan munosabat bildiradi. Bu Sovet
jamiyatida o'zining yuqori ideallariga -
2:20 - 2:22qaramay ochko'zlik va
xudbinlik hukm -
2:22 - 2:24surayotganini ko'rsatadi.
Quruq hikoya uslubi -
2:24 - 2:28sekin-asta g'ayrioddiy hodisalarni
sovet tuzumidagi -
2:28 - 2:32kundalik hayotning
bema'niligi bilan qorishtirib yuboradi. -
2:32 - 2:36Ammo qanday qilib Bulgakov
avtoritarizm davrida bunday -
2:36 - 2:38isyonkor romanni nashr etishga
muvaffaq bo'ldi? -
2:38 - 2:40Afsuski, u buni uddalay olmadi...
-
2:40 - 2:43U "Usta va Margarita" ustida
o'n yildan ortiq ishladi. -
2:43 - 2:45Stalinning shaxsiy iltifoti Bulgakovni
-
2:45 - 2:49og'ir jazodan saqlab qolgan
bo'lishi mumkin, ammo ko'plab pyesalarning -
2:49 - 2:52sahnalashtirilishi va asarlarining
chop etilishi taqiqlandi, -
2:52 - 2:55tirik qoldirishsa-da,
ijodiy faoliyati cheklandi. -
2:55 - 2:581940-yil muallif vafot etgach,
-
2:58 - 3:00qo'lyozma chop etilmay qoldi.
-
3:00 - 3:041960-yillarga kelibgina senzura
qilingan nusxasi bosilib chiqdi, -
3:04 - 3:06qo'lyozmaning asl nusxalari esa
-
3:06 - 3:09yashirin doiralarda tarqalishda
davom etdi. -
3:09 - 3:13Kitobning to'liq matni
u yozib tugatilganiga 30 yildan oshgach, -
3:13 - 3:161973-yildagina nashr etildi.
-
3:16 - 3:20Bulgakovning senzura bilan murosasiz
kurashi va ijodiy inqiroz davri -
3:20 - 3:23romanning ikkinchi qismiga
avtobiografik ruh bag'ishlaydi, -
3:23 - 3:26unda biz asar nomidagi
qahramon bilan tanishamiz. -
3:26 - 3:30"Usta" noma'lum yozuvchi bo'lib,
uzoq yil roman ustida ishlaydi, ammo -
3:30 - 3:34nashriyotlar rad etgach, xuddi Bulgakov
kitobning birinchi nusxasini yoqib -
3:34 - 3:37yuborgani singari u ham
qo'lyozmasini yondirib yuboradi. -
3:37 - 3:41Biroq bosh qahramon
Ustaning sevgilisi Margaritadir. -
3:41 - 3:44Sevgilisining sarobga aylangan
orzusiga sadoqati -
3:44 - 3:48tufayli u iblis to'dasining
nayrangbozliklarida ishtirok etadi -
3:48 - 3:52va roman syujeti
kulminatsiya nuqtasiga yetadi. -
3:52 - 3:55O'zining qora yumori va
murakkab tuzilishiga qaramay, -
3:55 - 3:58"Usta va Margarita" aslida san'at,
sevgi va poklanish to'g'risida -
3:58 - 4:02mulohaza yuritadi, chunki aynan ular
-
4:02 - 4:05umidsizlik va xudbinlikka
berilishdan saqlaydi. -
4:05 - 4:10Ko'p yillardan so'ng, barcha
qiyinchiliklarga qaramay kitobning nashr -
4:10 - 4:14etilishi Voland Ustaga aytgan
so'zlarning o'ziga xos tasdig'idir: -
4:14 - 4:17"Qo'lyozmalar yonmaydi".
- Title:
- Nima uchun "Usta va Margarita" ni o'qish kerak? - Aleks Gendler
- Speaker:
- Aleks Gendler
- Description:
-
To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/why-should-you-read-the-master-and-margarita-alex-gendler
Kunlarning birida shaharda Shaytoni-La'in paydo bo'ldi. Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi. Mana shu g'ayritabiiy muqaddima Mixail Bulgakovning shoh asari – "Usta va Margarita" ning asosiy syujet chizig'ini shakllantiradi. Siyosiy satira, tarixiy proza va okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro uyg'unlashgan bu asar 20-asrning eng buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy romanlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Aleks Gendler isyonkor romanni tadqiq etadi.
Aleks Gendler darsi, Adriatic Animation tomonidan tayyorlandi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 04:12
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Why should you read "The Master and Margarita"? | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Why should you read "The Master and Margarita"? | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why should you read "The Master and Margarita"? | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "The Master and Margarita"? | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "The Master and Margarita"? | ||
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "The Master and Margarita"? |