0:00:07.982,0:00:10.572 Kunlarning birida shaharda[br]Shaytoni-La'in paydo bo'ldi. 0:00:10.572,0:00:14.652 Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i [br]teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi. 0:00:14.652,0:00:17.577 Mana shu qiziqarli muqaddima[br]Mixail Bulgakovning shoh asari – 0:00:17.577,0:00:22.322 "Usta va Margarita" ning asosiy [br]syujet chizig'ini shakllantiradi. 0:00:22.322,0:00:24.992 XX asrning 30-yillarida [br]Moskvada yozilgan bu asarda 0:00:24.992,0:00:28.782 siyosiy satira, tarixiy proza va 0:00:28.782,0:00:30.632 okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro 0:00:30.632,0:00:34.632 uyg'unlashgan bo’lib, 20-asrning eng [br]buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy 0:00:34.632,0:00:37.122 romanlaridan biri sifatida[br]e'tirof etiladi. 0:00:37.122,0:00:39.742 Hikoya boshida [br]Moskva adabiy uyushmasining 0:00:39.742,0:00:41.525 ikki a'zosi o'rtasidagi suhbat 0:00:41.525,0:00:45.315 o'zini qora jodu seansini [br]o'tkazishga taklif qilingan 0:00:45.315,0:00:47.705 chet ellik olim sifatida tanishtirgan 0:00:47.705,0:00:51.245 Voland ismli g'oyat g'alati kimsaning [br]tashrifi bilan bo'linadi. 0:00:51.245,0:00:55.485 Notanish kishi bu ikki hamrohni [br]falsafiy munozaraga jalb qilib, ularning 0:00:55.485,0:00:58.278 taqdirlari haqida dahshatli [br]bashoratlar qilayotgan 0:00:58.278,0:01:01.949 bir paytda, kitobxon e'tibori to'satdan[br]milodiy I asrda 0:01:01.949,0:01:04.399 Quddusda bo'layotgan [br]voqealarga ko'chiriladi. 0:01:04.399,0:01:08.699 Rim prokuratori Pontiy Pilat Iso Masihni [br]istar-istamas o'limga hukm qiladi. 0:01:08.699,0:01:11.497 Asar syujeti ikkita badiiy olamda[br]parallel ravishda 0:01:11.497,0:01:16.307 yuz beradi – Voland va uning sheriklari: [br]Azazello, Korovyov, Gella va 0:01:16.307,0:01:18.788 Begemot ismli bahaybat mushuk 0:01:18.788,0:01:21.428 aql bovar qilmaydigan sehr-jodu [br]kuchi yordamida 0:01:21.428,0:01:23.648 haqiqiy tomosha ko'rsatib, 0:01:23.648,0:01:28.348 olamonni katta to'palon va [br]sarosima ichida qoldiradilar. 0:01:28.348,0:01:32.780 Romandagi qora yumor ko'pincha [br]nafaqat shaytoniy shumliklarda, 0:01:32.780,0:01:35.660 balki asarning tarixiy kontekstida [br]ham o'z aksini topadi. 0:01:35.660,0:01:39.660 Bulgakov asari voqealari [br]u yaratilgan siyosiy muhit – 0:01:39.660,0:01:43.310 Stalinizm avj olgan SSSR da sodir bo'ladi.[br]O'sha paytda yozuvchi 0:01:43.310,0:01:46.889 va san'atkorlar kuchli senzura bosimi[br]ostida ishlaganlar, 0:01:46.889,0:01:50.299 asarlari davlat mafkurasiga zid [br]bo'lgan taqdirda, qamoqqa olinishlari, 0:01:50.299,0:01:53.679 quvg'in qilinishlari va hatto [br]qatl etilishlari mumkin edi. 0:01:53.679,0:01:55.879 Ishlari ma'qullangan taqdirda ham,[br]ularning 0:01:55.879,0:01:58.379 faoliyati, shuningdek,[br]uy-joyi, safar-sayohatlari, 0:01:58.379,0:02:01.419 butun turmush tarzi [br]qat'iy byurokratiya nazoratiga olingan. 0:02:01.419,0:02:02.289 Romanda Voland 0:02:02.289,0:02:06.509 mazkur tizimni ustalik bilan[br]manipulyatsiya qiladi, voqelikni aqlni 0:02:06.509,0:02:08.519 shoshirar darajada[br]o'zgartirib yuboradi. 0:02:08.519,0:02:12.749 Qahramonlardan birini tramvay urib boshi [br]uziladi, shiftdan pul yomg'ir bo'lib 0:02:12.749,0:02:16.431 yog'iladi – moskvaliklar bularning[br]barchasiga o'ziga xos manfaatparastlik 0:02:16.431,0:02:20.441 bilan munosabat bildiradi. Bu Sovet [br]jamiyatida o'zining yuqori ideallariga 0:02:20.441,0:02:22.111 qaramay ochko'zlik va[br]xudbinlik hukm 0:02:22.111,0:02:24.209 surayotganini ko'rsatadi.[br]Quruq hikoya uslubi 0:02:24.209,0:02:27.919 sekin-asta g'ayrioddiy hodisalarni[br]sovet tuzumidagi 0:02:27.919,0:02:31.659 kundalik hayotning [br]bema'niligi bilan qorishtirib yuboradi. 0:02:31.659,0:02:35.869 Ammo qanday qilib Bulgakov [br]avtoritarizm davrida bunday 0:02:35.869,0:02:38.234 isyonkor romanni nashr etishga[br]muvaffaq bo'ldi? 0:02:38.234,0:02:40.284 Afsuski, u buni uddalay olmadi... 0:02:40.284,0:02:43.484 U "Usta va Margarita" ustida [br]o'n yildan ortiq ishladi. 0:02:43.484,0:02:45.424 Stalinning shaxsiy iltifoti Bulgakovni 0:02:45.424,0:02:48.904 og'ir jazodan saqlab qolgan [br]bo'lishi mumkin, ammo ko'plab pyesalarning 0:02:48.904,0:02:51.904 sahnalashtirilishi va asarlarining [br]chop etilishi taqiqlandi, 0:02:51.904,0:02:55.424 tirik qoldirishsa-da, [br]ijodiy faoliyati cheklandi. 0:02:55.424,0:02:57.844 1940-yil muallif vafot etgach, 0:02:57.844,0:03:00.034 qo'lyozma chop etilmay qoldi. 0:03:00.034,0:03:03.884 1960-yillarga kelibgina senzura [br]qilingan nusxasi bosilib chiqdi, 0:03:03.884,0:03:05.924 qo'lyozmaning asl nusxalari esa 0:03:05.924,0:03:09.214 yashirin doiralarda tarqalishda [br]davom etdi. 0:03:09.214,0:03:12.674 Kitobning to'liq matni [br]u yozib tugatilganiga 30 yildan oshgach, 0:03:12.674,0:03:15.934 1973-yildagina nashr etildi. 0:03:15.934,0:03:19.754 Bulgakovning senzura bilan murosasiz [br]kurashi va ijodiy inqiroz davri 0:03:19.754,0:03:23.474 romanning ikkinchi qismiga [br]avtobiografik ruh bag'ishlaydi, 0:03:23.474,0:03:26.104 unda biz asar nomidagi [br]qahramon bilan tanishamiz. 0:03:26.104,0:03:30.454 "Usta" noma'lum yozuvchi bo'lib, [br]uzoq yil roman ustida ishlaydi, ammo 0:03:30.454,0:03:34.164 nashriyotlar rad etgach, xuddi Bulgakov[br]kitobning birinchi nusxasini yoqib 0:03:34.164,0:03:36.964 yuborgani singari u ham [br]qo'lyozmasini yondirib yuboradi. 0:03:36.964,0:03:41.214 Biroq bosh qahramon [br]Ustaning sevgilisi Margaritadir. 0:03:41.214,0:03:43.807 Sevgilisining sarobga aylangan[br]orzusiga sadoqati 0:03:43.807,0:03:48.207 tufayli u iblis to'dasining [br]nayrangbozliklarida ishtirok etadi 0:03:48.207,0:03:51.627 va roman syujeti [br]kulminatsiya nuqtasiga yetadi. 0:03:51.627,0:03:55.156 O'zining qora yumori va [br]murakkab tuzilishiga qaramay, 0:03:55.156,0:03:58.356 "Usta va Margarita" aslida san'at, [br]sevgi va poklanish to'g'risida 0:03:58.356,0:04:02.406 mulohaza yuritadi, chunki aynan ular 0:04:02.406,0:04:05.233 umidsizlik va xudbinlikka [br]berilishdan saqlaydi. 0:04:05.233,0:04:09.593 Ko'p yillardan so'ng, barcha[br]qiyinchiliklarga qaramay kitobning nashr 0:04:09.593,0:04:14.060 etilishi Voland Ustaga aytgan [br]so'zlarning o'ziga xos tasdig'idir: 0:04:14.060,0:04:17.297 "Qo'lyozmalar yonmaydi".